3 daqiqada öqiladi

321 marta körilgan

Işq maktublari

Raşod Nuri

Rasim bir kuni maktabdan qaytgandan söng, stolining ustida turgan xatjildni kördi va qiziqsinib oçdi. Qarasa, atrofida jimjimador naqşlar çizilgan bir maktub. Unda şunday deyilgandi: “Rasim oğa, men bir yoş qizman va sizni sevaman. Men juda ham gözalman, hatto sizga buni qörqmasdan ayta olaman. Mening hayotdagi eng buyuk istagim siz bilan kelajakda turmuş qurmoqdir. Hali yoş bölganligimiz bois, bir neça yil kutişimiz kerak. Hozirça özimni sizga tanitolmayman. Sizdan maktub kutaman. Yozgan maktubingizni qölingizdagi maktub yuborilgan manzilga jönating. Mening otam judayam asabiy. Köçaga çiqişimga ruxsat bermaydi. Balki bir kun, judayam qisqa vaqt bölsa-da, siz bilan körişişga harakat qilarman. Uyda yolğizlikdan judayam siqildim. Bilingki, xatlaringiz men uçun bir tasallidir”.

Bu maktub Rasimning butun öy-xayollarini band etdi. Öşa kuni keçqurun kinoga bormoqçi edi, ammo hozirgina sizga aytgan voqeadan keyin, bu fikrdan voz keçdi. Vaqtli xonasiga kirib, javob maktubini yozdi-da, uni poçta qutisiga taşlarkan özini yana ön yoşga ulğayganday his etdi. Qizning ismi Badia edi. Badia kelgan maktublarga çiroyli şaklda javob berardi. Rasim maktub jönatişni biroz keçiktirsa, uning juda ham jahli çiqib:

“Sizni judayam sevaman, buni bilmaysizmi? Nega tezroq javob qaytarmaysiz. Yana, maktublaringizni juda ham qisqa yozasiz. Sizdan yana bir iltimos: xatlaringizni biroz öqilişli yozuvda yozsangiz?” derdi.

Yoş oşiq oqşomlari xonasiga juda ertadan kirib ketar, sevgilisiga özini yaxşi körsatiş uçun soatlarça çiroyli yozişni maşq qilar, kitoblar kabi uzun maktublar yozardi.

Badia juda ham ajoyib qiz edi. Baʼzan şunday savollar sörardi: “Turmuş qurganimizdan söng, Italiyaga boramizmi yoki Şvetsiyagami? Bu ikki mamlakat qanday ekan-a? Xalqi qanday yaşaydi? Nima iş qiladi? U yerlarga qanday borsa böladi? Yoki siz qaysi şoirlarning şeʼrlarini öqiysiz? Qanday şeʼrlarni yoqtirasiz? Yozib yuboring, men ham öqiyman…”

Rasim qizning oldida uyalib qolmaslik uçun tarix, geografiya va adabiyot kitoblarini öqib, sevgilisining aytgan narsalarini töplaş uçun kun böyi harakat qilardi. Badia bir maktubida: “Siz bilan körişmoqçi edim. Keça maktabdan qaytişingizda yölingizni poyladim. Siz bir çiroyli va latofatli qizning sevgilisisiz, ammo buni unutyapsiz. Şuning uçun judayam yomon kiyingan ekansiz. Ust-boşingiz, oyoq kiyimingiz loy. Yoş bola kabi edingiz. Sizni bu ahvolda körganimdan söng, yoningizga borişga andişa qildim”.

Rasim özidan-özi uyalib, öşa kundan keyin odatiga zid ravişda çiroyli va toza kiyina boşladi.

Badia bir safar Rasimning maktabdan çiqqandan söng, keç kirgunga qadar köçada yurganidan şikoyat qilib: “Ajabo, siz boşqa qizlarni kuzatib yuribsizmi?” – degan edi. Rasim: “Dunyoda sendan boşqa heç qanday qizga qiyo boqmayman!” – deya qasam içdi.

Bir kun keçqurun Rasimning onasi Nedimi xonim eri Ahmetning istiqboliga çiqar ekan, qayğuli holda: “Oh, nimalar bölganini söramang. Öğlimizga Badia ismli bir qiz yöliqibdi. Bugun Rasimning xonasini tartibga keltirayotganimda jönatgan maktublarini topib oldim. Farzandimiz qölimizdan çiqyapti. Bir çorasini topmasak bölmaydi”, – deya diydiyo qildi. Rasimning otasi Ahmetning yuzida heç qanday ajablaniş belgisi körinmadi, aksinça, kuldi. U xotinining xavotirdan bözargan yuziga boqib: – “Qörqma, onasi! – dedi. – Öğlimizga bu maktublarni men yozayotgandim! Öğlimizning beboşligi haddan oşayotgandi. Töğri-tuzuk yozişni bilmas edi. Nihoyat, buning çorasini topdim. Rasim bu maktublar tufayli bu yil maktabni aʼlo baholarga tugatadi, bunga işonçim komil. Töğrisini aytsam, bir vaqtlar men ham çiroyli yozişni şunday örgangan edim”.

 

Raşod Nuri Guntekin

1889-yili Istanbulda tuğilgan. Istanbul universitetining turk tili va adabiyoti bölimini tamomlagan. “Sirli qöl”, “Xazonrezgi”, “Tamğa”, “Yaşil tun”, “Çoliquşi” kabi romanlar muallifi. Adib

1956-yilda vafot etgan.

Turk tilidan Ozodbek Ravşanov tarjimasi

2022/11-12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)