7 daqiqada öqiladi

154 marta körilgan

“Rost qilğaysen eʼtiqodingni”

Şoh va şoir Mirzo Boburning har bir şeʼrida donişmand insonning poetik qiyofasi yorqin jonlanib turadi. Bu, xususan, masnaviylarida közga yaqqol taşlanadi. Uning adabiy merosida 20 ga yaqin masnaviy janri namunalari mavjud. Ular orasida “Bir keça xotirim muşavvaş erdi” misrasi bilan boşlanuvçi şeʼr ruhiy kamolot yölidagi solik – lirik qahramonning ranj-u iztiroblari, öy-keçinmalari, orzu-umidlarini yanada teranroq kaşf etişga imkon berişi bilan boşqalaridan yaqqol ajralib turadi. Mazkur şeʼr jami 72 baytdan iborat bölib, hafifi maxbun va abtar vaznida yozilgan. Maqolada biz şoirning ana şu masnaviysi xususida töxtalamiz.

Aslida, ötmiş şeʼriyatida bu dunyo barça yomon odatlar, noqisliklar, tubanliklarning ramzi sifatida tasvirlanadi. Dunyoga muhabbat qöyiş esa insonning maʼnaviy kamolotiga tösiq bölişi aytilib, dunyoparastlik keskin qoralanadi. Bobur masnaviysida ham bu olamning ranj-u zahmatlarini köp körgan, hayotning aççiq-çuçugini “xöb” totgan, ğam-anduhdan yuragi zada bölgan “miskin” kişining hasrat-u alamlari öta taʼsirçan bir tarzda ifoda etilgan. Mazkur şeʼr lirik qahramonning “vafosi yöq zolim”, “zulmdin özga işni bilmay”digan, odamlarni “yuz işva-u firib bila” aldab, öziga rom etadigan “dahr”dan şikoyati bilan boşlanadi:

Bir keça xotirim muşavvaş erdi,

Közda suv, könglum içra otaş erdi.

Dahr işidin fiğon qilur erdim,

Xotirimni yomon qilur erdim.

Agar xotir sözi bölmasa, uşbu satrlarni bu dunyoning taşviş-u iztiroblaridan qalbi ozor topgan çorasiz kimsaning oh-u fiğoni deb şarhlaş mumkin bölar edi. Özi, aslida ham şunday. Biroq, diqqat qilinsa, mazkur baytlarda irfoniy fikr-tuyğular ham ifodalangan. Çunki mumtoz adabiyotda “xotir” deyilganda, köp hollarda insonning içki olamida paydo böladigan ovozlar tuşuniladi. Bular tasavvuf tadqiqotçilari tomonidan törtga ajratilib örganilgan. Birinçisi – Ollohdan keladigan saslar, yaʼni xotiri Haq. Ikkinçisi malakdan yetadigan – ilhom. Uçinçisi – şaytondan keladigan sado – “vasvasa” va törtinçisi nafsdan tuğilajak saslar – “havojiz” sanaladi. Inson botinida vasvasa bilan havojiz barham topmas ekan, u heç qaçon xotir tinçligi va osudaligiga erişa bilmaydi. Masnaviyda lirik qahramonning “muşavvaş xotir”, yaʼni parişon, taşvişli, beorom kayfiyatga sohib ekaniga, “köngil içra otaş”ni “köz” yoşlari bilan öçirişga urinayotganiga bir sabab ham ana şunda. Ayonki, xotir – qalb, köngil demakdir. “Navoiy asarlari luğati”da ham xotir sözi “1. Köngil 2. Öy, fikr, xayol 3. Es, yod, xotira” deb izohlangan. Xotirni xuş tutmoq, uni har turfa tiyraliklardan asramoq lozim. Ana şunda qalb haqiqiy rohatni tuyadi, jon huzur-halovat topadi. Haq maʼrifatiga yaqin bir hol qalbga faroğat, maʼnaviy nashʼa, huzur bağişlaydi. Şu sababli, şeʼrda ğoyibdan kelgan hotif ovozi lirik qahramonga, mana, nima deydi:

Tama uzgil bu eski dunyodin,

Xotiringdin çiqar bu dun yodin.

Şunisi ham borki, Boburning lirik qahramoni – hayot kuraşlarida çiniqqan, maşaqqat-u zahmat olovida toblangan, şijoat-u jasoratda, qatʼiyat-u qanoatda boşqalarga sira öxşamagan metin irodali nodir şaxs. Uning umidsizligi zamirida umid va işonç, zaif-u notavonligi ortida kuç-qudrat, baxtsizligi zaminida saodat-u iqbol hamişa böy körsatib turadi. Çunki:

Arzimas ğam yemakka bu dunyo,

Bal otin ham demakka bu dunyo, –

deyişga jurʼati, fikrati, hatto jasorati ham yetadi uning. Mumtoz adabiyotda öz tabiatidagi katta-yu kiçik – barça nuqsonlarni oşkor aytişdan aslo çöçimagan, nafs qutqulariga uçib, yöl qöygan har qanday xato va kamçiliklarini keskin foş etişdan sira çekinmagan isyonkor kişilarga malomatiylar deyilgan. Malomatiylar uçun nafs nazorati, botiniy va zohiriy noqisliklar, kemtikliklarni tuzatiş masʼuliyati inson kamolotining boş masalasi sanalgan. Malomatiylik maslagidagi solikka eng muhim, eng ahamiyatli narsa – qalb va vaqt. Ularning özlaridan bir talablari, xalqning taʼna-yu malomatiga, yozğiriş-u mazammatiga aslo parvo qilmay, eʼtiqodda sobitlik, ruhoniy huzur-halovatga erişiş yölida barça maşaqqatlarga toqat aylaşdir. Bir ğazalida Bobur bu haqda mana bunday yozgan edi:

Ulusning taʼn-u taʼrifi manga, Bobur, barobardur,

Bu olamda özimni çun yamon-yaxşidin ötkardim.

Bu bayt bir maʼnaviy hol mahsuli. Irfoniy adabiyotda “bu holatga Tark deyilgan. Malomatning yana ikki körinişi bölib, biriga Istiqomat, ikkinçisiga Qasd nomi berilgan. Istiqomat – dilni fisq-u fasod, munofiqlik va riyodan tozalab, faqat Haq talablariga muvofiq yaşaş maʼnosini bildirgan”. Bobur masnaviysida lirik qahramon ana şu – istiqomat tamoyillari asosida umr keçiruvçi maʼnan yetuk şaxsdir. Şu boisdan u hotif tilidan öz nafsini qattiq qoralaydi, tabiatidagi xato va kamçiliklarni tanqid qilişdan aslo istihola qilmaydi. Masalan:

Fisq qilmoqdin özga fikring yöq,

Fahş demakdin özga zikring yöq…

Qilğasiz xalqni tumon ğiybat,

Degasiz otingizni xuşsuhbat…

Bu ne umr-u bu ne baloliğdur,

Bu ne tavr-u ne yuz qaroliğdur….

Darhaqiqat, nafs iskanjasidan butkul xalos bölib, öz-özini Haq matlabi, çin insonlik maslagi bilan umr keçirişga qatʼiy daʼvat etiş ruhi Bobur lirik qahramoniga xosdir. Ruh pok gavhardan yaratilgani uçun uning mohiyati vahdat, yaʼni birlikdan iborat. Nafs-çi? Nafsning istak-xohişlari çegara bilmaydi, unga erk berilsa, insonni ötkinçi hoy-u havaslar yölida ne köylarga solib, umrning gözal damlarini behuda sarf qilinişiga sabab böladi. Nafsning tamali kasrat, yaʼni köplik bölgani uçun mumtoz adabiyotda u ruh bilan hamişa ziddiyatda tasvirlanadi. Jumladan:

Nafsning kasbidur havo-u havas,

Ruh alidadur bular yaramas.

Ayonki, subh tong demakdir. Maʼrifiy adabiyotda esa, subh deganda, ğayb olamida Haq jamolining nurlanib oşiq dilidan borliq, mavjudot zulmatini aritişi ham tuşunilgan. Yaʼni “subh” vahdat nuri hamdir. Tasavvuf istilohi sifatida “subh – ilohiyot tajallisining zuhuri bölib, u ğayb olamidan nozil böladi; tayyunot (moddiy borliq, mavjud aşyolar) zulmatlarini oşiqning dil sahifasidan sidirib taşlaydi”. Demak, tong – fayz manbai, zavq va farah timsoli. Butun borliği “subhi sodiq nafasi” – Haq maʼrifati bilan yorişgan maʼnaviy huzur holidagi solikning his-tuyğulari masnaviyda quyidagiça ifodalangan:

Manga sözlarki tong bu tun qotti,

Jonima öqlar erdi tong otti.

Subhi sodiqliği çu zohir edi,

Nafasi subhning muassir edi.

Tasavvufda vaqt, nafas, lahza Haq yöliga kirgan solikning faqat muayyan fursat, yaʼni ayni damdagi ruhiy keçinmalarini anglatadi. Vaqt hol sohibining qalbidagi ilohiy surur demakdir. Solikning aql-u şuuri, his-tuyğulari bu dunyo va uning taşvişlari bilan boğliq bölsa, vaqt va nafas ana şu – dunyodir. U ğam-anduh çeksa, vaqt ham ğam-anduh, şodlansa, vaqt – şodlikdir. Vaqt – solikning maʼnaviy olamida ğolib va hokim bölgan tuyğu va tuşunçalar. Barça maʼnaviy fazilatlar va ruhiy kamolot sirlari vaqt bilan qozoniladi. Masnaviydagi “tong”, “subhi sodiq”, “fursat” kabilar orqali ana şunday mazmunlardan ham bahs yuritilgan.

Maʼrifiy adabiyotda “jazba insondagi alohida ilohsevarlik mayli” deb qaraladi. U “işqdan holga, holdan qalb va ruhga, ruhdan Haqqa yönaltiruvçi hurriyat yöli”dir. Bobur masnaviysida ham muallif ruhiyatidagi jazba holati yuqori darajada aks etgan.

Davlat uçun köngulni zor etma,

Izzat uçun özungni xor etma

misralari orqali köngli çinakam hurlik saodati va Haq maʼrifatidan zavq-u farah tuygan faqr holidagi solikning ruhiy keçinmalari ifodalangan. “Jazba qança kuçli bölsa, solik şunça tez tariqat odobini özlaştirib, qalb közi oçiladi, holga kiradi”. Hol esa, “öziga xos qisqa muddatli kayfiyat. Qalbning porlaşi, çaqmoq çaqilganday yarqiragan çaroğon nurni tuyiş lazzati.” Boburning mazkur masnaviysi ana şunday bir hol mahsulidir. Lirik qahramon esa tafakkur odami, ruh kişisi. Buni şeʼrning sönggi baytlari mazmunidan ham anglaş unça qiyin bölmaydi:

Rost qilğaysen eʼtiqodingni,

Bilgasen mabdau maodingni.

Körinadiki, Bobur masnaviysida öz mohiyatini anglaş sari borayotgan malomat maslagidagi komil insonning öy-keçinmalari badiiy ifoda topgan. Şeʼrda hidoyat nurlari botiniy olamini munavvar etgan maʼnaviy hol sohibining axloqiy qiyofasi favqulodda jonli va taʼsirçan gavdalantirilgan. Masnaviy öquvçiga Bobur lirik qahramonining öziga xos fikr dunyosi, ruhiy kamolot sirlari, hayotiy xulosalari haqida yorqin tasavvur beradi. Qolaversa, Bobur şeʼriyatida vaqt, fursat, nafas, dam timsollarining mohiyatini yanada teranroq muşohada qilişga imkon yaratadi. Umuman olganda, mazkur masnaviyni atrofliça tahlil etiş şoh va şoir Bobur şaxsiyati va tarjimai holini kengroq bilişga, adabiyotşunoslikda Bobur va malomatiylik maslagi, Bobur va naqşbandiya tariqati ğoyalari masalalariga atrofliça baho berişga ham yöl oçadi.

Maqsud ASADOV,

filologiya fanlari doktori, professor

 

1979-yili tuğilgan.

Buxoro davlat universitetini tamomlagan.

ÖzR FA Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti Özbek mumtoz adabiyoti tarixi bölimi mudiri. “Soqiynoma: Tarix va Poetika” nomli monografiya muallifi.

2023/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)