8 daqiqada öqiladi

201 marta körilgan

“Voh”dan çiqqan ohlar

Çaros Avazova

Hozirgi özbek şeʼriyatida özidan norozi, içki “meni” bilan isyon qilayotgan va özini izlayotgan ijodkorlar talaygina. Ana şunday yozarlardan biri Bek Ali (Begali Eşonqulov)dir. Şoir öquvçilarga özining “Men axir senman” nomli ilk kitobi bilan, matbuot va ijtimoiy tarmoqlardagi faol ijodiy çiqişlari bilan ançayin taniş. Uning yaqinda çop etilgan “Voh” nomli ikkinçi kitobi ham  qisqa vaqt içida öz öqirmanlarini topib ulgurdi. Ijodi bilan yaqindan taniş bölgan şeʼr ixlosmandlari birinçi kitobdan ikkinçisigaça bölgan yöl davomida şoirning ijodiy ösganini oson payqaydi. “Voh”dan örin olgan şeʼrlarda qişloq va şahar tasvirini hamda bu ikki makon aro muallaq turgan şoir hislarini köp kuzatamiz:

Borsang, qolging kelmaydi,

Ketsang, baxting bölmaydi. 

                  (“Marsdan qaraganda”).

Orzulari şahar tomon eltgan yigitning köngliga soğinç hissi mudom kölanka solib turadi:

 

Qismatimda safar erdi,

Har safar bir şahar berdi.

Söng qişloq tortqilar erdi

Yerga kirsam quloğimdan.

                  (“Uv-v-v, çavandoz edim qanday…”)

Ha, u butun umri “Paxtadan paxtaga, daladan dalaga, Oylardan oylarga, sanadan sanaga” ötib borayotgan qişloqdoşlaridan, “fermer sökişlari” tutgan, “terimçi qizlarning maʼyus közlari” aks etgan qişloğidan bezib, şaharga kelgandi. Ammo izlagani baxt va halovatni u yerdan topolmaydi:

Biroq azoblaydi yodimga tuşib,

Biroq köksimdagi yurak norozi.

Afsus, etakdagi paxtaga qöşib

Qismatimni xato tortgan tarozi!

                              (“Paxta dalasidan…”)

Şu sababmi, şaharning har bir burçagidan qişloq manzaralari jonlanaveradi, könglida ona yurt soğinçi kezinaveradi:

Biroq xiyobonda qayga qaramay,

Paxmoqsoç tutlarim körindi közga.

                              (“Birinçi aldov”)

Qişloq va qişloqdoşlaridan mehnatdan boşqasini bilmagani, bor taşvişi dala-qöy bölgani uçun oğrinsa, boşqa tomondan ularni oqlab, şaraflab şunday deydi:

Hazar qilar edi tuhmat, yolğondan

Va jahl otidan tezda tuşardi.

Har kuni nolimas edi zamondan,

Gunohga botişdan iymanişardi…

                              (“Eslamasak ham…”)

“Örin çol haqida ballada”da ham jonini mehnat va millatga tikkan sodda qişloq odamining bir umr öy-hislari içra qovrilib, tirnoqqa zor ötgani qalamga olingan.  Ballada qahramoni Örin çol haqida “asli sağir edi”, “maktab körmagandi”, “yori qoçib ketdi özga er bilan” deya axborot beriladi. Yupun holida “eşonga qöy berib”, “masjidga böy berib” ham farzand körmagan çolga ayanç bir surat beradiki, öqirman beixtiyor özini unga darddoşdek sezadi, “qabrdek kulbada” “dözaxdek kunlar”ni ötkazayotgan Örin çolga iç-içdan açinadi. Diqqat qilinsa, “Öldi, Örin çolning örni tölmadi” satri har bandda takror kelgan. Bu holat banddan bandga ötilgan sari taʼsirlilikni ham orttirib boradi. Ayniqsa, şeʼr quyida özining kulminatsiyasiga yetgan:

Odamlar bolasi uruşda öldi,

Köçada bemahal yurişdan öldi.

Öksinib öylaydi bizning Örin çol,

Harqalay tuproqqa kömişda öldi.

Mayliydi, şunga ham könar Örin çol,

Ğazabdan goh uçib-qönar Örin çol.

Dunyoga kelmagan daydi öğlini

Köngil mozoriga kömar Örin çol.

Kötaray desa, lek tobut bölmadi,

Öldi, Örin çolning örni tölmadi.

“Elomon haqida doston”da uruşdan qaytmagan, şahid ketgan farzandi uçun har lahza ming turfa iztirob çekayotgan ota-ona ruhiyati çizib berilgan. Şoir ota-ona, öğil sözlarini töğridan-töğri bermay, ularni majozan ğaşlik va yoşlik nomi bilan ataydi:

Biroq şod-u xurram, dilbar ovulning

Çekka kulbasida yaşaydi ğaşlik.

Boisi bahorlar qaytsa ham elga,

Uruşdan qaytmagan navnihol yoşlik.

“Ayo farzand”da yuqoridagi ikki şeʼrdan farqli ravişda otalik baxtidan sarmast erkakning keçinmalari yoritilgan:

 

Ayo farzand, sen tuğilding-u,

Boşim osmon toqiga yetdi.

Turmuşdagi ğam-ğussalarning

Hajmi juda kiçrayib ketdi.

Ayo farzand!

“Otamning maktabda işi bor edi” şeʼrida voqealar vaqt nuqtayi nazaridan xronologik tartibda berib borilgan. Unda dastlab yomğirli, söngra qurğoqçil paytlarda, bir gal yöqçilikda, boşqa safar töqçilikda sinalgan qişloq ahlining, qanday holatda bölmasin, hamişa nolib, norozi ötgani va ularga zid tarzda mayda-çuydalarga eʼtibor bermay, öz holiga şukr qilib, maktab işlariga bel boğlagan ota obrazi keltirilgan. Bir qaraşda uning siymosi ovuldoşlar oldida satrdan satrga yuksalib borayotgandek. Lekin şeʼr söngiga kelib, xulosalar butkul boşqa özanga burilib ketadi. Köz öngimizda odamdek yaşaşga vaqt topa olmayotgan, qişloqdoşlarining dardiga eş bölmay, el bölmay umri ötib ketayotgan, hayotining bor mazmuni işdan iborat bölgan ayanç inson qiyofasi jonlanadi:

 

Otamning işi yöq edi odamda,

Otamning maktabda işi bor edi.

“Alamli soçma şeʼr”ida dengiz sözi hayot maʼnosini bergan. Unda kelgan  “dengizim yöq dengizlarda” satri orqali şoir göyo yaşab yaşay olmayotganidan va:

 

Jalalarda yupun ketding,

Nega yomğirpöşingmasman, – deya otasiga yelkadoş bölolmayotganidan siqiladi:

Yarolmadim, borolmadim,

Borgan edim, qololmadim,

Şunça öqib, soçingdagi

Oqning oldin ololmadim.

Şoir şeʼrlarida xalqona va öynoqi ohang bor. Uning xalq oğzaki ijodidan yaxşigina  taʼsirlanganini seziş qiyin emas. Masalan, “Köringay” şeʼriga  “Alpomiş” dostonidan, “Kimki oşiq”qa “Vomiq va Uzro”dan epigraf olingan. Yoki “Uyimning örnida sahroni kördim” şeʼrida Zuhro, Laylo, Oybarçin, “Mening rivoyatim”da Namrud, Majnun, Tohir, “Mening javobim”da esa Ultontoz obrazlariga duç kelamiz. Bundan körinadiki, garçi şoir şeʼrlari bugungi kunga, zamonamizga daxldor bölsa-da, uning tub ildizlari xalq oğzaki ijodidan suv içyapti:

Qator turar terakzor,

Asrlardir un elak.

Un elakda şoirlar,

Şoirlar qaysar kepak.

Oq terag-u kök terak,

Bizdan sizga kim kerak?

Şuningdek, u xalq içida keng isteʼmolda bölgan ibora (frazeologizm)larni ham şeʼrga osongina olib kiradi:

 

Sen mendan xafasan, bilaman, dildor,

Qovoğingdan nuqul qor yoğadi, qor.

                              (“Bedorlik öylari”).

Yoki:

Xizr eşagiga hurgan kuçukdek

Qoş qöyaman desam, nuqul köz çiqar.

                              (“Gulijonga ertak”).

“Voh”dan doston, şeʼriy esse, ballada kabi turli şeʼriy janrlar örin olgan. Ammo şoir bu bilan çeklanmaydi, özini har xil şakl, vaznlarda sinab köradi. Masalan, “Bu keça” şeʼrida qofiyalaniş ham, misralar soni ham boşqalaridan farqli:

 

Eşigingga bor ança,

Eşingingda bodomça

Gullab turar bu keça.

Bek Ali ijodida sonlar alohida ahamiyatga ega. Ularda hayotning turli pallasida özini taftiş qilayotgan inson tasviri böy körsatadi:

 

Ön töqqiz yoşimdan ketganman badar,

Yetganim çumoli doni barobar. (“Xayyom ham, Maşrab ham bölganim yöq-ku!”)

 

Lekin öttizga kirmay,

Öttizta ğov körganman.

                  (“Quyilib kelaverar”).

Şoir könglida  mudom kuraş keçadi. Bu – öz-özi bilan kuraş. U yana özi sabab yaqinlarining ham ozor çekayotganidan eziladi. Bir örinda:

 

Ön yilki, yelkamda bir olaxörjin,

Ön yilki, soçlarim tözğitar şamol.

Köçaga soçilgan rizqimiz qursin,

Ön yilki, mehrga mahtal bir ayol (“Ön yillik ölan”), – deb, “olaxörjin” sabab ayoliga yetarliça baxt va vaqt berolmayotganidan dili ğaş tortadi. Boşqa bir örinda:

Ming yil xat-xabarsiz ketdim ovuldan,

Ming yil yöqlamadim ota-onamni.

Ming yil omadimni çiqardim qöldan,

Ming yil sözga kömdim ijodxonamni (“Ming yil”), – deya, ota-ona xizmatini örniga qöya olmayotgani uçun özini ayblaydi. Aslida inson ming yil yaşaşi mumkinmi? Bunda “ming yillik” hayot mubolağa bölib körinsa-da, bir xil, zerikarli hayot tarzining lahzalarni yillarga çözişga qodirligi heç kimga sir emas. Bir gal şoir özini:

 

Hamma quyoş bölib çaraqlaganda,

Men esa uzlatga botganim nedir? (“Yöqotganim nedir”), – deya söroqlaydi. Söng bunday hayot tarziga çek qöyiş kerak, deya yana öziga xitoban:

 

Bu karvon yölida,  bu ğam çölida

Suyak ilinjida hurişdan töxtang.

Siz axir şoirsiz, bani muhabbat

Şarobini isrof qilişdan töxtang, (“Töxtang!”) – deydi.

Qişloqqa boriş xabaridan ayoli va farzandlarining katta bir sevinç tuyişi şoirni iztirobga soladi, negaki öşa yerdan bölak:

 

Na Parij, na Maskov,  na Arab-u Rum,

Na nomdor toğlarga yetdi qadamlar.                                                       (“Qişloqqa boramiz”).

Negaki, u faqat hovuzda emas, keng daryo-irmoqlarda ham suzişni istaydi. Öziga sirtdan nazar soladi, öz hayotiga özi taşxis qöyadi. Ayniqsa, bu holat “Marsdan qaraganda” şeʼrida yaqqolroq namoyon böladi. Şoir Marsda turib, özi kabi bir yerlikning yaşam tarzini kuzatarkan, göyo unga emas, öz-öziga ayovsiz közgu tutadi. Turmuş çambaragiga tobora çirmaşib borayotganidan “oh” çekadi:

 

Menga öxşagan bir kimsa,  bir daydi

Xayol surişga ham, şeʼr yozişga ham,

Qişloqdagi onasin söraşga ham,

Qarindoş-uruğin yöqlaşga ham,

Odamdek bir töyib uxlaşga,

Hatto boş qaşlaşga vaqt topolmaydi.

Nihoyat, u bunday kundalik hayotga isyon qiladi, özini ipsiz boğlagan erksizlik zanjirini uzmoqçi böladi. Ammo uddalay olmaydi, yana tuşkunlikka beriladi:

Yerliklar vaqti bilan soat ön sakkiz,

Menga öxşagan odam işxonasidan çiqadi.

Va unga ozod quşlarning,

Erkin şamollarning

Hayot tarzi yoqadi,

Biroq  şamol ham bölolmaydi,

Quş ham…

Yaşayotgandek böladi u,

Ammo yaşamaydi.

                  (“Marsdan qaraganda”).

Töğri, yuqoridagi tahlillardan bizda lirik qahramon misolida özini-özi taftiş qilayotgan, özidan boşqa dardlarni körmayotgan odam taassuroti şakllanadi, ammo şoirni millat uçun, özgalar uçun qayğurmaydi deyiş xato. Kitobdan joy olgan “Bu kunlar” şeʼrida u bir safar: “nogironday onajon tilim” deya, goh-gohida ozor va hurmatsizlik körayotgan tilimizning buguni va ertasidan taşvişlanadi. Bir gal esa:

 

Alpomişning nomi bor, ammo

Alpomişning avlodlari yöq, – deya ölkada vatanparvar yoşlarning va ona yurt tuyğusining mörtlaşib borayotganidan xavotirga tuşadi. Eng qiziği, kitobning biror yerida “Voh” nomli şeʼrga közimiz tuşmaydi. Ammo voh söziga bot-bot  duç kelamiz. Göyo bu vohlarda, umuman, şeʼrlarning har bir satrida dard atalmiş kuy baland-past pardalarda özini namoyon qilib turadi. Zero, şoirni yozişga undagan kuç ham uning  DARDidir:

 

Oşiqlarga azob-u

Maʼşuqlarga qulluq ber.

Köksim töla dardlarni

Aytgani bir quduq ber.

                  (“Imdod” şeʼri).

“Voh”da 50 dan ortiq katta-kiçik şeʼrlar bor. Aslida, ularning har biri alohida tahlil va tadqiqotni talab qiladi. Biz esa uşbu maqolamizda undagi ayrim şeʼrlarning ayrim örinlarigagina baholiqudrat töxtalib ötdik.

Çaros AVAZOVA

 

2001-yili tuğilgan.

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va

adabiyoti universiteti magistranti.

Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi (2021).

 

2023/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)