Taniqli avar şoiri Rasul Hamzatovning maşhur “Mening Doğistonim” asarida yoş ijodkorlar ibrat olişi kerak bölgan lavhalar bisyor. Biz ularning ayrimlarini eʼtiboringizga havola etamiz. Umid qilamizki, ular yoşlarning ijod yöllari ravon bölişiga yordam beradi.
* * *
“Hurmatli yozuvçilar, mening ham juda yozgim kelyapti. Faqat nima haqda yozişni bilmayapman. Menga biror dolzarb mavzuni aytinglar, ajoyib kitob yozib berardim”.
Yoş qalamkaşlar şunday iltimos bilan Yozuvçilar uyuşmasiga, gazeta-jurnal tahririyatlariga, şaxsan yozuvçilarning özlariga murojaat qilib turişadi. Bunday xatlarni men ham olib turaman. Bunday xatlarni otam ham olgan. Şunday kezlarda otam boşini çayqab der edi:
– Yoş yigit uylanişni xohlayapti-yu, lekin kimga uylanişni bilmayapti. Köz ostiga olib qöygan qizi yöq, kimga sovçi jönatişni bilmasdan hayron.
* * *
YON DAFTARÇADAN: Men ham bolaligimda köçadan beri kelmasdim. Maktabda öqib yurganimda şeʼr yoza boşladim. Lekin ötirib şeʼr yozişga ham, adabiy kitob öqişga ham, uy vazifalarini bajarişga ham sabrim çidamasdi. Stulga ötir deyişsa, bir joyda tinç ötira olmasdim. Payt poylab köçaga chopardim. Hozir ham stolga yopişib ötirib, sabr-bardoş bilan işlayman deb aytişim qiyin.
Bir kuni otam meni dars tayyorlatiş uçunmi yoki şeʼr yozdiriş uçunmi, stulga ötqazib bir daqiqaga uydan çiqdi. Otam
eşikni yopişga ham ulgurmadi. Men stuldan sakrab tuşib tomning ustiga çopdim. Meni tomning ustida körgan otam onamga buyurdi:
– Ilgakka osilgan arqonni olib kel.
– Nima qilasiz?
– Rasulni stulga boğlab qöymoqçiman, bölmasa undan odam çiqmaydi.
Otam şoşilmasdan meni stulga boğladi va peşanamga sekin çertib dedi:
– Mana şu yerdagini qoğozga köçir!
Qaniydi, biz yozuvçilarni kimdir vaqti-vaqti bilan ijod stolimiz yonidagi stulga şunday boğlab qöysa.
Ehtimol, boş yaxşi işlar. Lekin boş işlaganda qöl işlamasa, bu buğdoy maydalamasdan quruq aylanayotgan tegirmonga öxşaydi.
* * *
OTAMNING ESDALIGIDAN: Bir toğlik otamning oldiga kelib söradi:
– Men yozib kördim va qattiq işonç hosil qildim: şeʼr töqiy olaman. Ammo zör şeʼr yoziş uçun nima qiliş kerakligini bilmayapman.
Otam javob berdi:
– Skripkani sozlaş bilan iş bitmaydi, unda kuy çala oliş kerak. Dalaning borligi yaxşi, unga işlov beriş va don sepa biliş kerak.
– Zör şeʼr yoziş uçun nima qiliş kerak?
– Nima qiliş kerak? Işla!
* * *
Bir kuni otam toğlik yigitning dostonini öqib dedi:
– Bu dostonning devorlari çiroyli ekan. Beixtiyor Alibek qurgan tovuqxonaning devorini esga soladi. Lekin qasr heç qaçon tovuqxonani, tovuqxona esa heç qaçon qasrni esga solmasligi kerak.
Otam boşqa yozuvçining uzun hikoyasini öqib, asarini sira tugata olmayotgan muallifga dedi:
– Sen heç qaçon özing yopa olmaydigan eşikni oçibsan. Sen heç qaçon özing qayta buray olmaydigan jömrakni burabsan. Sen tugun boğlaşdan oldin arqonni köproq suvda ivitibsan.
* * *
Otamga yoş şoirlar maşqlarini olib kelganda, avvalo ulardagi imloviy xatolarga qarardi. Çunki “jöyaklar qanday olingan bölsa, demakki, uning egasi ham şunday”. Keyin imloviy xatolarini töğrilab, tiniş belgilarini qöyib çiqardi. Boşini çayqab, ularga şunday deganday bölardi: “Avval töğri yozişni örgan”. Ayrim yoşlar “XX asr Gomeri” savodsiz bölganini aytişardi. “Bu haqda bilmas ekanman”, – der edi otam yoş “gomer”ga. Doğistonda bunday “gomer”lar hozir ham köp. Şeʼrlardagi bitta imloviy xato ham otamning ğaşini keltirardi.
* * *
Bir kuni mening iştirokimda Abutolibga laklik yoş şoir önta şeʼrini öqidi. Yoş şoir ketgaç, Abutolib menga qarab dedi:
– Bu bolaning kelajagiga umid qilsa böladi.
– Sizga uning şeʼrlari yoqdimi?
– Şeʼrlari hali xom. Lekin ularning içida sakkiz misrasi bor ekan, bu misralarga şahar bersang arziydi. Bunday sakkizlikni lak tilida hali heç kim yozmagan.
Agar şeʼr-qöşiqda yoddan çiqmaydigan törtlik yoki sakkizlik bor ekan, demak, odamning umrida ham unutilmas kunlar va uçraşuvlar, mamlakat hayotida ham unutilmas voqealar va qahramonliklar böladi.
* * *
ABUTOLIB AYTGANDI: Isteʼdod va iş şeʼrda birlaşişi kerak, xuddi xanjar qinga joylaşganday.
Abutolibning gapi menga olis Yaponiyada körgan dengiz tubidan marvarid izlayotgan qizlarning zahmatli mehnatini eslatdi. Çiroyli, kelişgan qizlar dengiz tubiga şönğib, mumkin qadar köproq molyuska çiğanoqlarini terib, belidagi xaltaçalarga solişib olib çiqişardi. Olib çiqilgan çiğanoqlarning bittasidagina marvarid bölişi mumkin. Lekin marvaridli çiğanoq bölişi uçun minglab çiğanoqlarni olib çiqiş kerak. Öşa marvaridli çiğanoqni olib çiqiş va ulardan şoda paydo qiliş uçun neça martalab dengiz tubiga şönğişga töğri keladi.
Xuddi şunday oddiy suhbatlarda işlatiladigan sözlardan saralab olib, ulardan marvarid qöşiq yaratiş oson emas. Barça oddiy sözlar, barça voqealar, barça tuyğular, barça hayotiy tajribalar misoli dengiz tubidagi soçilgan marvaridli çiğanoqlar. Dengiz tubiga töxtovsiz şönğiyotgan marvarid izlovçilarning işi oğir. Buning uçun qança salomatlik, bardoş, intiliş, iroda va tajriba kerak. Şuningdek, bunday işda omad juda ham zarur. Marvarid izlovçilarning sabr-bardoşi, kumuş idişga bezaklar çizayotgan kubaçinlik miskarlarning sabr-bardoşi – bular bir vaqtning özida ham isteʼdod, ham mehnat.
* * *
DEYDILAR, pulning qadrini uni halol mehnat qilib topgan odam biladi.
Ehtimol, şeʼrda ham şunday. Agar şeʼrni qiynalib yozgan bölsang, undagi har bir söz, har bir öxşatiş sen uçun aziz. Agar sen ğoyani köçadan topib, yöl-yölakay yozgan bölsang, undan bebaho şeʼr çiqmaydi.
* * *
Baʼzan şeʼr deb taqdim etilgan narsalarni öqiganda hayron qolasan. Ularda nima köproq: şeʼriyatmi yoki sözbozlik? Bunday tizmalarni ijodxonasida ötirib işlaşga toqati yöq qalamkaşlar qoralaşadi. Ammo şaldiragan jilğa dengizga, yalqov piyoda Makkaga yetib bormaydi. Agar ikki çavandoz bitta otga mingaşsa, ular bir-birini uşlab olişadi. Isteʼdod va iş bitta otda şunday ketişadi.
* * *
ESDALIKDAN: Bir kuni Abutolibdan Doğiston Yozuvçilar uyuşmasiga ariza tuşdi. U olis ovullardan biriga ijodiy safarga jönatişimizni söragandi. Boşqaruv aʼzolaridan biri muhokama paytida Abutolibdan nima haqda yozmoqçisiz deb sörab qoldi. Keksa şoir ranjib dedi:
– Ovga ketayotgan ovçi toğda unga quyonmi yo ğoz, börimi yo qizğiş tulki uçraydimi, qayoqdan biladi? Jangçi oldindan jangda qanday qahramonlik körsatişini biladimi?
Men ham öşa majlisda qatnaşgandim va Abutolibning sözlari xotiramga muhrlanib qoldi.
* * *
Har doim meni yozuvçilarga yaqin yildagi rejalaringizni sözlab bering, deya qilingan iltimoslar taajjubga soladi. Albatta, yozuvçilar ham yozmoqçi bölgan narsalarining umumiy yönalişlarini çamalab qöyişadi. Ehtimol, roman yoki trilogiya yozişni rejalaştiriş mumkindir, lekin şeʼrni… Şeʼrlar har doim kutilmaganda, bir tuhfaday keladi. Şoirning iş tartibi biron-bir qatʼiy rejaga böysunmaydi. Axir, oldindan qanday qilib şunday reja tuziş mumkin:
“Bugun men soat önda köçada bir qizni uçratib, sevib qolaman. Yoki ertaga keçqurun soat beşda qandaydir yaramasdan çeksiz nafratlanaman”.
Şeʼr köz oldingda turgan tuvakdagi yoki gulzordagi gul emas. Agar u gul bölsa, toğ yaylovidagi gulga öxşaydi, har qadamda yangisi, çiroyliroği uçraydigan.
Tuyğulardan musiqa tuğiladi, musiqadan tuyğular tuğiladi. Qaysisini birinçi öringa qöyiş kerak?
* * *
YON DAFTARÇADAN: Doğistonda ham hozirgi yoşlar milliy kiyim kiyişmaydi. Xuddi Moskva, Toşkent, Tbilisi, Duşanbe şaharlaridagi yoşlar kabi köylaklariga mos galstuk taqişadi, şim, kostyum yoki pidjak kiyişadi.
Milliy kiyimlarni faqat qöşiq va raqs ansambli artistlari kiyişadi. Töylarda ham milliy kiyim kiygan kişilarni uçratiş muşkul. Agar kimgadir milliy kiyim kiyiş zarurati tuğilsa, bunday kiyimni döstlaridan yoki tanişlaridan ijaraga olib turadi. Özlarida milliy kiyim yöq. Bir söz bilan aytganda, milliy kiyim yöqolib boryapti. Şukurki, hali batamom yöqolib ketganiça yöq.
Ayrim şoirlarimizning şeʼrlarida ham milliy şakl yöqolib boryapti, ular bundan faxrlanişadi ham.
Men ham yevropaça kiyim-boşdaman, otamning börkini kiymayman. Lekin şeʼrlarimga töğri kelgan kiyimni kiydirmoqçi emasman. Men şeʼrlarimning Doğiston milliy şaklida bölişini istayman.
Nima böpti dersiz? Menga ham yaşaş uçun bir neça ön yillik berilgan.
Bu umrim muddati odamlar şim, pidjak, botinka kiygan davriga töğri keldi. Şeʼrlarning öz umr yöli bor. Özining tuğilgan kunlari va vafot etadigan kunlari böladi. Yöq, men öz şeʼrlarim töğrisida fikr bildirmoqçi emasman, ehtimol, ular mendan köproq yaşar.
* * *
YON DAFTARÇADAN: Yengilgina yozilgan şeʼrlarni öqişga qiynalasan. Qiynalib yozilgan şeʼrlarni öqiganda rohatlanasan. Şakl va mazmun bu misoli kiyim va odam. Agar odam xuşfeʼl, aqlli, olijanob bölsa, nega u öziga mos çiroyli kiyinmasligi lozim? Nega odamning yuzi çiroyli bölsa, nega uning şirin orzulari bölmasligi kerak?
Bizning toğliklar mehmonlarni katta yoki kiçkinaga, nafi tegadigan yoki nafi tegmaydiganlarga bölişmaydi. Eng kiçik yoşli mehmon ham izzatda, çunki u mehmon. Hatto eng kiçik yoşli mehmonga ham yoşi uluğ mezbonga nisbatan köproq hurmat körsatiladi. Mehmonning qayerdan kelganini suriştirmaymiz, ostonada kutib olib, uyning töriga ötqazamiz, yonboşiga yostiq qöyamiz.
Toğliklarning uyiga mehmonlar kutilmaganda kelişadi. Lekin ular toğliklar uçun heç qaçon kutilmagan mehmon bölişmaydi. Çunki biz toğliklar mehmon kelişini har doim, har kun, har soatda, har daqiqada kutib yaşaymiz.
Xuddi şunday kitobdagi fikrlar ham toğlik mehmonlarga öxşab xayolimga kutilmaganda kirib kelişdi.
* * *
BAʼZAN ŞUNDAY BÖLADI, devorga osilgan pandurni erinibgina qölingga olasan. Şunday özingça qanday sozlanganini tekşiriş uçun dinğirlatasan, birdan yangi kuy-qöşiq tuğiladi. Endi sen şu qöşiqni berilib kuylay boşlaysan. Tun ötganini ham, tong otganini ham bilmay qolasan.
* * *
OTAM AYTGANDILAR: Olis ovuldan kelgan toğlik otamga özining şeʼrlarini öqigan. Otam toğlikni diqqat bilan tinglab, maşqlaridagi kamçiliklarni tuşuntirgan. Keyin şu mavzuda özi qanday şeʼr yozişi mumkinligini aytgan.
– Hurmatli, Hamzat, – degan hayratlanib toğlik, – siz aytganday yoziş uçun isteʼdod bölişi kerak.
– Nima ham derdim, sen haqsan. Birozgina isteʼdoddan bölsa ham ziyon qilmasdi.
Hamzat Sadasaning kinoyasini tuşunmagan toğlik söragan:
– Maslahat bering, isteʼdodni qayerdan topsam böladi?
– Bugun magazinga borgandim, u yerda körmadim. Balki bozorda bordir, qidirib köriş kerak.
Bilmaymiz, odamda isteʼdod qanday paydo böladi? Bilmaymiz, uni Yer berar, balki osmondan tuşar. Ehtimol, Yer-osmon inʼomidir. Bilmaymiz, isteʼdod odamning qayerida joylaşadi: yuragidami, qonidami, miyasidami? U tuğilgan vaqtdayoq odam yuragida böladimi, yoki hayot yöllarida yurilgandan keyin duç kelinadimi? Unga nima köproq kuç bağişlaydi: muhabbatmi yoki nafrat, quvonçmi yoki ayanç, kulgimi yoki közyoş? Yoki isteʼdod ulğayişi va böy körsatişi uçun u ham, bu ham, uçinçisi ham kerakmi? U nasldan naslga ötadimi, yoki odam hayoti davomida körganlarini, eşitganlarini, öqiganlarini, boşdan keçirganlarini, tuşunganlarini töplab paydo qiladimi?
Bulardan qaysisi mehnat samarasi, qaysisi tabiat inʼomi? Odam tuğilgandagi közlarining rangi va kundalik jismoniy maşqlar natijasida paydo bölgan muşaklari, yoki boğbonning zahmatli mehnatlari tufayli ösgan olma daraxti va töppa-töğri bolaning qöliga tuşgan olma mevasi?
Isteʼdod – sirli bir olam! Odamzod Yer, Quyoş, yulduzlar, olov, gullar haqida hamma narsani bilgandan keyin oxirida isteʼdod sirlarini ham oçadi. Isteʼdodning özi nima, qanday paydo böladi, qayerda joylaşadi, nega u odamga emas, bu odamga berilgan? Albatta, bu savollarga javob topiladi.
Dunyoda bir-biriga öxşaş ikkita isteʼdod bölmaydi, agar bir-biriga öxşasa isteʼdod atalmaydi. Isteʼdod odamlarning taşqi körinişi, umuman qiyofaga boğliq emas. Men otamning taşqi körinişiga öxşaydigan odamlarni köp uçratdim, Lekin otam isteʼdodiga öxşaydigan isteʼdodni heç qayerda uçratmadim.
Isteʼdod köp hollarda nasldan naslga ötmaydi. Yöqsa, sanʼatda faqat sanʼatkorlar sulolasi hukm yurgizardi. Baʼzan donişmanddan oddiy farzand tuğiladi, baʼzan oddiy odamning farzandi donişmand bölib voyaga yetadi.
Isteʼdod odamdan joy olganda, undan qaysi davlatning fuqarosisan, qaysi millatga mansubsan deb söramaydi. Har doim isteʼdodning paydo bölişi şoirona hayrat uyğotadi, xuddi tiniq osmondagi çaqmoqday, qaqragan sahroga yoğgan yomğirday, ufqlarda tovlangan kamalakday!
* * *
NEGA QADRDONIM MENDAN ARAZLADI? Bir kun stol atrofida dam olib ötirgandim, uyimizning oldida ot mingan yigit kelib töxtadi.
– Assalomu alaykum!
– Vaalaykum assalom!
– Rasul, men sizning oldingizga kiçkina iltimos bilan kelgandim.
– Uyga kir, iltimosingni stolga qöy.
Çindan ham yigit çöntagidan qoğoz varaqlarini çiqarib, stolga qöydi. Birinçi qoğoz uyimizda tez-tez mehmon bölib turadigan otamning qadrdoni iltimosi bitilgan maktub ekan. Unda oilamizning qadrdoni şunday yozibdi: “Qadrdonim Rasul, bu yigit bizning yaqin qarindoşimiz böladi. Özi yaxşi yigit. Unga özingday maşhur şoir bölişi uçun yordam ber”.
Qolgan qoğozlar: Qişloq kengaşidan maʼlumotnoma, jamoa xöjaligidan maʼlumotnoma, partiya taşkilotidan maʼlumotnoma va tavsifnoma.
Qişloq kengaşi maʼlumotnomasida yigitning haqiqatan ham Kaxob Rasoda yaşagan maşhur şoir Mahmudning jiyani ekanligi va Qişloq kengaşi uni Doğistonda taniqli şoir bölişga munosib nomzod deb hisoblaşi bitilgandi.
Boşqa maʼlumotnomalarda Mahmudning jiyani töqqizinçi sinfni bitirgani, soğlom va yigirma beş yoşda ekanligi tasdiqlangandi.
– Juda yaxşi, qani yozganlaringni köraylik, – dedim. – Balki sen isteʼdodlidirsan. Yillar ötib taniqli şoir bölib ketarsan. Men qadrdonimizning iltimosini yerda qoldirmayman, senga qölimdan kelgança yordam beraman.
– Nima? Özi meni sizning oldingizga şeʼr yozişni örgatişingiz uçun jönatişdi-ku. Hali biron narsa yozişga urinib ham körmaganman.
– Hozir nima iş qilasan?
– Xöjalikda işlayman, lekin bu işdan tuşum kam. Oilamiz esa katta. Şuning uçun meni şoir qilişmoqçi bölişyapti. Mahmud amakim şoirlikdan men xöjalikda işlab topgandan köra köproq pul topgan. Rasul, aytişlariça, sizning topişingiz ham yaxşi ekan.
– Oldindan aytib qöyay, juda xohlagan taqdirimda ham seni şoir qila olmasam kerak.
– Nima? Men Mahmudning jiyaniman. Maʼlumotnomalarimda bari yozilgan. Qişloq kengaşi, partiya taşkiloti meni şoirlikka tavsiya etişgan.
– Mahmudning öğli bölganingda ham bu iş qölimdan kelmaydi. Sen özing yaxşi bilasan, Mahmudning otasi şoir emas, oddiy ötyoqar bölgan.
– Haqiqat yöq ekan-da. Siz şoir-yozuvçilar Mahaçqalʼada adabiyotning yoğli töşini özlaringiz yeb yotibsizlar, menga kalla-poçani ham ravo körmaysizlar. Men kalla-poçaga ham rozi edim. Endi nima iş qilaman? Biror işga joylaşişimga yordam bering. Maʼlumotnomalarim bari joyida.
Biz unga Mahmudning jiyani sifatida Adabiyot jamğarmasidan birozgina moddiy yordam puli ajratdik. Iltimosimga köra, uni Doğiston elektromaş zavodiga işga olişdi.
Baribir maşhur şoirlikka daʼvogar yigit mendan xafa bölib ketgan ekan. Çunki köp ötmay oilamiz qadrdoni mendan ranjiganini bildirib xat yozdi:
“Otang Hamzat mening barça iltimoslarimni bajargandi. Heç qaçon raʼyimni qaytarmagandi. Sen Hamzatning öğli böla turib, yaqin qarindoşimizni şoirlikka joylaştirib qöygin degan kiçkinagina iltimosimni bajarging kelmadi. Sen bola, bosar-tusaringni bilmay qolibsan. Rasul, sen otangga tortmabsan. Men heç qaçon qadrdonlarimdan yuz ögirmagandim, endi şunday qilaman. Xayr”.
Isteʼdod sabab, töğriroği istedod yöqligi sabab men eski qadrdonim bilan şu tariqa xayrlaşdim. Lekin öşa qadrdonim yaxşi odam edi. Faqat u heç kim – Yozuvçilar uyuşmasi raisi ham, partiya taşkiloti kotibi ham, hukumat rahbari ham isteʼdod deb atalmiş noyob fazilatni stolga tortilgan qöy göştiday davradagilarga bölib bera olmasligini tuşungisi kelmadi.
* * *
OTAM AYTARDI: “Dengizni tingla, uning nima demoqçi bölayotganini tuşunişga harakat qil. U juda köp narsani körgan, juda köp narsani biladi”.
– Aytgin, dengiz, nega bunça suving şör?
– Qöşilgandir başar közyoş daryosi.
– Aytgin, dengiz, bunça tovlanasan zör?
– Ular bağrimdagi durlar jilosi.
– Aytgin dengiz, bunça solasan tuğyon?
– Bağrimda yotibdi qança mard öğlon.
Şörim yuvaman deb biri bergan jon,
Boşqasi durim deb bölgandir qurbon.
Ikki nuroniy – otam va Abutolib uçraşib qolganda, suhbatlaşib dengiz tomonga ketişardi. Ular bandargoh va kemalar körinib turadigan tepalikka çiqişardi. Dimoğlariga dengizning nam havosi va baliq hidi urilardi. Ikkisi dengizga tikilgança soatlab sukut saqlaşardi, dengizning sözlariga quloq solişardi.
Sen sukut saqlagin, sözlasin dengiz,
Ğam-şodliging unut, quloq sol bir on.
Puşkin söz aytişda bölsa-da tengsiz,
Jim tinglagan, dengiz solsa ğalayon.
Odamlar bordir yo yöqdir qirğoqda,
Mayli, bor ovozda sözlasin tölqin.
Qarşisida dengiz guvlagan çoğda,
Hatto buyuk Dante olgan ekan tin.
Ikki oppoq soçli toğlik, ikki şoir. Tepalikda ikki qari burgutday ötirişibdi. Qilt etişmaydi, jimgina dengizni tinglaşyapti. Dengiz tölqinlari ularni ikki qirğoq orasida keçadigan hayot haqida öylaşga undayapti. Dengizdan farqli ravişda hayot ummonida sokin bandargohlar bölavermaydi. Yana olğa suzişing kerak. Faqat bitta sokin bandargoh bor, bu sönggi bandargohdir.
Kaspiy dengizi ham, Xvalin dengizi ham tebranmoqda. Ularga bir tomondan Volga, Ural, ikkinçi tomondan Kura, Terek, Sulak daryolari quyiladi. Daryolar suvi qöşilib ketadi, endi ularni bir-biridan ajratib bölmaydi. Göyo daryolar uçun dengiz sönggi bandargoh. Zero, daryolarning suvi beiz yöqolmaydi, buğlanib ketmaydi, goho-goho oppoq tölqinlar bölib boş kötaradi. Mana şu tölqinlar orasida kemalar manzillari sari suzaveradi.
Toğliklar, Doğiston farzandlari, sizning taqdiringiz ham daryolarga öxşamaydimi? Siz ham ulkan ummonga – qardoşlik oilasiga qöşildingiz.
Kaspiy guvullaydi. Tepalikda ikki oppoq soçli toğlik, ikki şoir va ular yonida bitta ösmir ötiribdi. Biz uyga qaytayotganimizda Abutolib otamga qarab dedi:
– Sening öğling ulğaydi. Bugun u uluğ tuyğuni his qildi.
– Biz turgan tepalikda heç kim bolaligiça qola olmaydi, – deya javob qaytardi otam Abutolibga.
Endi dengiz qarşisiga qaçon kelmayin, xuddi otam yonimda turganday tuyilaveradi.
* * *
EFFENDI KAPIYEV AYTGANDI: Issiq yoz kunlarining birida Sulaymon Stalskiy uyining tomida osmonga tikilgança yotardi. Atrofda quşlar sayrardi, jilğalar şildiraşi eşitilardi, körgan odam Sulaymon dam olyapti deb öylardi. Sulaymonning xotini ham şunday öyladi va tomga çiqib uni çaqirdi:
– Ovqat pişdi, suzib stolga qöydim, tuşlik qilib oling.
Sulaymon javob bermadi, hatto qayrilib ham qaramadi.
Bir muddat ötgandan keyin xotini yana tomga çiqib erini çaqirdi:
– Ovqat sovib qoldi, tuşing.
Sulaymon qimirlab ham qöymadi.
Şunda xotini erim tomda tuşligini qilib olsin degan niyatda patnisga yegulikni solib tomga kötarildi va dedi:
– Ertalabdan buyon tuz totganingiz yöq. Tatib köring, men sizga qanday mazali ovqat tayyorladim.
Sulaymonning sabri tugab, joyidan sakrab turdi va xotinini koyidi:
– Har doim şu, işlaşimga xalaqit berganing bergan.
– Siz qimirlamay yotganingizga, men öylabmanki…
– Yöq, men işlayotgandim. Boşqa bunday xalaqit berma.
Maʼlum bölişiça, çindan ham öşa kuni Sulaymon Stalskiy yangi şeʼrini xayolida pişitayotgan ekan.
Demak, şoir osmonga qarab qimirlamay yotgan vaqtida ham işlaydi.
OTAM AYTGANDILAR: Sevgi kuyçisi sifatida nom qozongan Mahmud bir kuni hurmatli odamning uyida mehmonda bölibdi. Undan boşqa mehmonlar ham bor ekan. Yarim tungaça özining şeʼr-qöşiqlarini aytib, barçani xuşnud etibdi. Keyin uxlaş uçun tarqalişibdi. Mahmudni eng yaxşi xonalardan biriga joylaştirişibdi. Mezbon uning ertalab tahorat olişi uçun közada suv va toğora qöyibdi, xayrli tun tilab öz xonasiga ketibdi.
Tongda mezbon Mahmud uxlab qolmadimikan degan xavotirda u yotgan xonaga möralabdi. Şoir hali öringa yotmagan ekan, gilamga çök tuşgança şeʼr yozardi va ovoz çiqarib öqib ohangini pişitib olardi:
Çekdim aççiq hijron doğini,
Qanday maqtay jannat boğini.
Mayli, jannat boğlari senga,
Ohu közli yorim ber menga.
– Mahmud, bomdod namozi vaqti böldi, şeʼrlaringni qöyib tur, ibodat qilib ol, – dedi sekingina mezbon.
– Bu mening ibodatim, – deb javob qaytardi Mahmud.
Demak, şoir ibodat vaqtida ham işlaydi.
YONDAFTARÇADAN: Endi özim bitta avar şoiri bilan bölgan voqeani sözlab beraman. Uning ismini yozmayman. Keyin hamma uni barmoği bilan körsatib, ustidan kulişlarini istamayman. Çunki bu miriqib kuladigan voqea.
Şoir uylandi. Töy bölib ötdi. Mehmonlar yangi kelin-kuyovni ular uçun jihozlangan xonada qoldirib, uy-uyiga tarqalişdi. Kelin tayyor öringa yotib kuyovning kelişini kuta boşladi. Biroq kuyov kelinning oldiga keliş örniga stulga ötirib şeʼr qoralaşga tuşdi. Tun böyi yozib-çizib sevgi, yor va nikoh keçasi töğrisidagi uzundan-uzoq şeʼrini tugatdi.
Bundan biz şunday xulosa çiqarişimiz kerakday: “Demak, şoir nikoh keçasida ham işlaydi”. Agar men şu avar şoiriday işlasam edi, ehtimol, kitoblarim soni hozirgidan ellik baravar köproq bölardi. Lekin öşa hozirgidan köproq kitoblarimda samimiyatim saqlanib qolarmidi?!
Yangi kelin örinda quçoğini oçib kutib turganda, qaysi şoir ijod qiliş uçun ötiradi? Bu munofiqlikdan boşqa narsa emas. Mayli, u ön karra, yigirma karra köproq yozar, lekin yozganlari samimiy çiqişiga işoniş qiyin.
Ha, işlaş kerak! Bir ziyolinamo kişi daraxt tagida “olma piş, oğzimga tuş” deb qança yotmasin, oğziga olma tuşmagan ekan.
Ammo şoirga işlaşdan ham, isteʼdoddan ham köproq kerakli narsa, bu uning öz vijdoni oldida, odamlar oldida hamişa samimiy bölişidir.
Rasul Hamzatov
(1923-2003)
Doğistonlik şoir.
“Haroratli işq va kuydiruvçi ğazab”, “Mening Vatanim”, “Bizning toğlar”, “Akam qissasi”, “Doğiston bahori”, “Tuğilgan yilim”, “Qalbim toğlarda” singari önlab şeʼriy töplamlari, şuningdek, “Toğ qizi” va “Otam bilan suhbat” dostonlari maşhur.
Asror MÖMIN tarjimasi
2023/7
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


