5 daqiqada öqiladi

271 marta körilgan

Men “Yoşlik”da ulğaydim

Neʼmat Arslon

Ijodkorning şakllanişida gazeta-jurnallar va hattoki bosmaxona ham muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda internetdan istagan asaringizni topib mutolaa qilişingiz mumkin, ammo ular matbuot naşrlaridek huzur bağişlay olmaydi. Buning ustiga ular muvaqqat. Inson tafakkurining mahsuli bölgan badiiy bitiklar toki bosmaxona maşinalarining temir vujudidan ötib qoğozga muhrlanmagunça boqiylik kasb etmaydi. Artur Konan Doyl, Jyul Vern kabi yozuvçilar hayotidan şu narsa maʼlumki, gazeta-jurnallar, muharrirlar va noşirlarning maslahati bu uluğ yozuvçilarning töğri yöl tanlaşida dastlabki bosqiç bölgan. Aynan şu yozuvçilarning ijodiga urğu berayotganimning sababi şundaki, dunyoga maşhur Sherlok Xolms va xayolparast olim Benedikt toğa hamda antiqa xarakterli Paganel kabi betakror qahramonlarning dunyoga kelişida  aynan noşirlarning xizmati bor.  Konan Doyl  romanlarni naşriyotga  olib borar, ammo noşirlar bölmaydi deb qaytarişardi. Bir safar katta hajmli qölyozmalar orasiga tasodifan Sherlok Xolms töğrisidagi kiçkina hikoya ham qöşilib qolgan böladi va  bu noşirga maʼqul tuşadi, ana şunday asarlar yoziş tavsiya qilinadi yozuvçiga. Biz esa bugun  katta hajmli romanlari bilan emas, balki Sherlok Xolms tufayli Konan Doylning dunyoga tanilganini yaxşi bilamiz. Matbuot naşrlarining ijodkor hayotida, uning ulğayişida, töğri yöl tanlaşida va yangidan-yangi baquvvat asarlar yaratişida matbuot naşrlarining naqadar katta ahamiyati borligini, xususan, (misol tariqasida) Jyul Vern ijodida yaqqol köramiz. Uning “Kapitan Grant bolalari”, “Ön beş yoşli kapitan” kabi asarlari ham noşirlarga dastlab maʼqul bölmay, “nimadir yetişmaydi” deb qaytarişgan va ularning maslahati bilan yozuvçi şu asarlarga Benedikt toğa va Paganel obrazlarini kiritgandan keyin romanlar butunlay özgaça tus olgan.

Inçunin, “Yoşlik” jurnali ham ijod ahlining, xususan, adabiyot maydoniga dastlabki qadamlarini qöyayotgan yozuvçi-şoirlarning yaqin dösti, maslahatgöyi va agar yanglişmasam, 82-yildan to bugunga qadar özining muqaddas vazifasini oğişmay ado etib kelmoqda. Yillar ötib jurnal sonlarini varaqlab köriş naqadar maroqli. Mana, bir yonda ulkan şoirimiz Usmon Azim, yana bir yonda Amirqul Karimov, Ikrom Otamurod, Halima Ahmedova, Tursunmurod Ermatov, Sobir Önar… Ularning yoşlik va kuç-ğayrat barq urib turgan suvratlarini körib zavq-u şavqqa tölaman. Orzu-umidlarga töla nigohlar, inson içki dunyosining tajassumi bölib qoğozga tökilgan misralar:

Quvonç bölib gullar umidim,

Orzularga qanot berar vaqt.

Çorlar seni intiq vujudim,

Oğuşingni dariğ tutma, Baxt!                                                  

Şoir ukamiz Amirqul Karimov yozganiday, “Orzularga qanot bergan vaqt” şiddat bilan ötib bormoqda. Bugun birimiz oltmişda, boşqa birimiz saksonda… Sevimli jurnalimiz “Yoşlik”ni varaqlaymiz va bir damgina bölsa-da, yoşlikka qaytamiz. Asad Dilmurodning “Larza”si kişini larzaga soladi. Sobir Önarning “Orzuga töla qişloq” degan dastlabki hikoyasini öqib beixtiyor orzularga berilasiz.  Men ham muallif ölaroq tahririyatdan köplab maktublar olganman. Ular orasida  bevosita jurnalda işlamaydigan uluğ ustozlarning tavsiyalari ham bor. Quyida mahoratli tarjimon, benazir adabiyotşunos olim Ibrohim Ğafurovning kaminaga yozgan maktubi:

“Hurmatli Neʼmatjon! Xatingiz va hikoyangizni oldim. “Kafolat” ança çuqur hikoya bölibdi. Ğoyasining özi juda hayajonli.  Siz hikoya uçun zarur söz, zarur ohangni yaxşi topa olasiz. Çol ham, yigit ham, va ayniqsa, Behi nozik, taʼsirli çiqibdi.  Hikoyani öqib hanuzgaça uning ruhi haqida öylanib yuribman. Sizni çin badiiy hikoya bilan tabriklayman, Neʼmatjon! Agar şuning yoniga yana ikkita hikoya qöşsangiz, “Yoşlik”ka tavsiya qiliş mumkin edi. Jurnalda bir turkum hikoyalaringiz çiqsa, soz bölardi.

Ibrohim Ğafurov.

20.11.1986. Toşkent”.

Aytiş mumkinki, men “Yoşlik”ning dastlabki mualliflaridan biriman. Avvalgilarini eslolmadim (jurnalda dastlabki hikoyam qaçon çiqqanini eslolmadim), ammo 1986-yilda, Omon Matjon muharrirlik qilgan davrlarda jurnalda alohida kitob şaklida “Bir dasta binafşa” degan turkum ostida: “Kafolat”, “Oq laylak”, “Eʼlon qilinmagan tomoşa”, “Qurt tuşgan olma”, “Bir dasta binafşa” deb nomlangan hikoyalarim çiqqan edi. Öşandan buyon oradan qariyb qirq yil ötib öşa davrlarni hayajon bilan yodga olaman. Mana, qölimda “Yoşlik”ning yana bir naşri (1.1988-y). Dastlabki sahifalarda Lotin Amerikasi yozuvçisi Gabriel Garsia Markesning surati, sözlari va imzosi, keyingi sahifada rafiqasi Mersedes bilan birga va yana uning özbek tönini kiyib jurnalist Anvar Jöraboyev bilan quçoqlaşib turgan surati. Xuddi şu sonda mening “Quyoşning közyoşlari” hamda “Devor kemtigidagi bola” deb nomlangan hikoyalarim ham bor. Inson tabiatan orzumand xilqat. Markes bilan jurnalning bir sonida çiqqanimdan şodlanganman, şu yozuvçiday bölişni orzu qilganman, şunga intilganman. Demakki, “Yoşlik” ana şunday vositalar bilan ham biz yozuvçi-şoirlarni töğri yöl tanlaşga, dadillikka, yaxşi yozişga undagan. U paytlarda jurnalning oddiy xodimidan tortib boş muharririgaça mualliflarga maktub yöllab turişardi. Ha, mana, iş qoğozlarim orasida jurnaldan menga yöllangan maktubi ham saqlanib qolgan ekan. Bu xat bevosita jurnal tarixiga aloqador bölganligi sababli uni eʼtiboringizga havola qilaman:                              

“Salom, Neʼmatjon! Hikoyalaringizni tanladik. Ular jurnalning navbatdagi soniga tayyorlanmoqda. Afsuski, biz tanlagan holda ularning hajmi 32 sahifadan oşmadi. Siz qisqa muddat içida bizga heç bölmaganda yana ikkita hikoya yetkazib berişingiz lozim. Mabodo yangi hikoyalaringiz köproq bölsa, ularning barçasini olib kelavering. Hikoyalar uzoği bilan 14-15-mayda – bu oxirgi muddat – bizning qölimizda bölişi zarur. Çunki ular 20-22-mayga qolmay terişga topşiriladi. Şuni hisobga olgan holda hikoyalarni bizga tezroq yetkazişga harakat qilasiz degan umiddamiz.

Salom bilan “Yoşlik” tahririyati.

30-aprel 1986.”

Agar yanglişmasam, “Qatortol” köçasida joylaşgan edi öşa yillarda jurnal tahririyatining binosi. Boş muharrirning xonasida yerdan şiftgaça çözilgan ikkita şkaf. Içi töla qölyozma. Ammo muharrirning aytişiça, ular orasida birorta ham öqişga arziydigani yöq. Bundan körinadiki, öşa yillarda, hozir ham va hamişa yaxşi asarlarga ehtiyoj katta bölgan va şunday bölib qolaveradi. Yoş ijodkorlar ham, yoşulli yozuvçilar ham buni unutmasliklari zarur. Albatta, Sobir Önar boş muharrirlik qilgan yillarda jurnal bir neça poğona yuksaldi, yangi qiyofa kaşf etdi, keyingi davrlarda jahon adabiyotining durdona asarlarini tavsiya etiş, tarğib qiliş eʼtiborda böldi. Men ham jurnalning sörovi bilan “Sangisopoltoş” va boşqa bir qator maqolalar, esselar yozganman va yoş avlod uçun öqilişi zarur bölgan önlab kitoblarni, jumladan: Kafka, Kortasar, Borxes, Kabo Abe, Tomas Mann kabi maşhur yozuvçilarning asarlarini tavsiya etganman. Va bu borada öz tajribalarim bayoni bilan taniştirganman. “Men ana şu uluğlarni sevib öqiyman va vaqti-vaqti bilan Hazrat Navoiyning “Şayx Sanʼon”iga qaytaman” deb yozganlarim hamon yodimda…

Fursatdan foydalanib, mening ijodkor sifatida ulğayişim va yozuvçi bölib şakllanişimga bevosita taʼsir körsatgan “Yoşlik” jurnalini tabarruk va ayni paytda navqiron yoşi bilan muborakbod etaman.     

 

Neʼmat ARSLON

 

1941-yili tuğilgan.

Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

“Ayol suvratiga çizgilar”, “Oldinda yana tun bor”,

“Yozuvçi uçun atir” hikoyalar töplamlari hamda “Adam vodiysi”,  “Mavhumot”, “Savti sarvinoz” kabi romanlari naşr etilgan.

 

2023/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)