8 daqiqada öqiladi

256 marta körilgan

“Özbegim” möjizasi

Erkin Vohidov

XX asr özbek şeʼriyatida Vatan konsepsiyasining, falsafasining tubdan yangilanişida Erkin Vohidov va Abdulla Oripov asarlarining, xususan, ularning mumtoz va şohona şeʼrlari – “Özbegim” (1968) va “Özbekiston vatanim manim” (1969) qasidalarining alohida örni bor. Şeʼriyatimizda milliy ruhning ösişida, Vatan obrazini yangiça maʼnaviy-axloqiy nuqtai nazardan yaratişda mazkur asarlarning ahamiyati mislsiz darajada katta. Ularning yoniq va bir qadar şikasta, soğinçli Vatan taronalari olislarning ovoziday hasratli, ayni çoğda, Istiqlolning yaqinlaşib kelayotgan sadosiday qudratli va umidbaxş edi. “Özbegim” va “Özbekiston Vatanim manim” nafaqat bir şoirning, yoki avlodning, balki erk va istiqlol işqida yonayotgan butun boşli millatning orzumand Vatan qöşiqlariday tuğilgandi. “Özbegim” 1966-yil Toşkent zilzilasining oqibatlarini qahramonlarça yenggan jasur va zahmatkaş özbek xalqining yangi tarixining va taqdirining ğolibona madhiyasi edi:

Tarixingdir ming asrlar

 Içra pinhon, özbegim.

 Senga tengdoş Pomir-u

  Oqsoç Tiyonşon, özbegim.

 

Söylasin Afrosiyob-u

  Söylasin Örxun xati,

Köhna tarix şodasida

  Bitta marjon, özbegim.

 

Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,

 Al-Forob avlodidan,

Asli nasli balki Özluq,

 Balki Tarxon, özbegim.

“Qurʼoni karim”, “Alpomiş”, “Devon”, “Aruz”, “Ğazal”, “Xalq Maqomlari” singari muqaddas va mumtoz kitoblar, klassik badiiy ijod numunalari rosa 40 yil mobaynida taʼqiqlangan va taʼqib qilingan bir muhitda “Yoşlik” devonining paydo bölişi çinakam estetik “inqilob” edi. “Yoşlik” devonining 60-yillarda röyobga çiqişi Sovet ada­biy-mafkuraviy tizimini çöktiriş sotsialistik realizm mifini yöqqa çiqarişda oldinga taşlangan hal qiluvçi qadamlardan biri edi desak, aslo mubolağa qilmaymiz. Agar şu yerda 20-50-yillarda hattoki milliy klassika va mumtoz musiqa asboblari (tor, dutor, rubob, ğijjak, soz, dömbira va h.k)ning ham qatağon qilinganini, “Men Majnunman, şeʼrim, sen – Layli” va “Kuyla, tor, kuyla, tor, Seni kim unutar?!” deya bong urganlari uçun Usmon Nosir va Mikoyil Muşfiqlarning 30 yoşning nari-berisida şahid bölganlarini eslasak, Erkin Vohidovning ayni yoşlik va yigitlik çoğlarida “Yoşlik” devonini yaratişga bel boğlaganini faqat adabiy emas, balki milliy jasorat namunasi ekanligini yetarliça tasavvur qila olamiz. Ötgan asrning maşhur va sevib öqiladigan kitoblaridan bölgan “Yoşlik” devoni 60-yillardagi adabiy jarayonning va estetik izla­nişlarning çöqqisi bölsa, “Özbegim” uşbu devonning gözal namunasi, gultoji edi. Mazkur şeʼrning milliy-maʼnaviy uyğonişimizda va adabiyotimizdagi örni va hissasi şu darajada uluğvorki, Erkin Vohidov xuddi mana şu şeʼrni yaratiş va öz xalqiga manzur qiliş uçun butun boşli bir devon yaratişga rozi bölgandi, desak yanglişmaymiz. “Özbegim” yangi özbek şeʼriyatining heç xazon bölmas boyçeçagiday yodimizga örnaşgan.

Haqiqatan ham, “Özbegim” oddiy va anʼanaviy yurt madhiyasi emas edi. Şuning uçun ham muallif şeʼr davomida bir neça marotaba badiiy fikr harakatini va intonatsiya­ning yönalişini özgartirib, poetik tasdiq va taʼrif oqimini töxtatib, inkor ohangini tanlaydi:

…Yoğdi tört yondin asrlar

 Boşingga tiyri kamon,

Umri qurbon, mulki toroj,

 Yurti vayron, özbegim.

 

Davr zulmiga va lekin

 Bir umr boş egmading,

Sen – Muqanna, Sarbador – sen,

 Erksevar qon, özbegim.

 

Sen na zarduşt, sen na buddiy,

 Senga na otaş, sanam,

Odamiylik dini birla,

 Toza imon, özbegim.

Eʼtibor bersangiz, uşbu misralarda ijtimoiy zamon bilan poetik zamon örtasidagi uyğunsiz­likni sezamiz. Şoir “…Yoğdi tört yondin asrlar, Boşingga tiyri kamon, Umri qurbon, mulki toroj, Yurti vayron, özbegim” satrlari vositasida poetik zamon va ob-havo yaratib, göyoki zamonning absurd baxt va iqbol “payrov”ini buzişga şoşiladi. “Davr zulmiga va lekin Bir umr boş egmading, Sen – Muqanna, Sarbador – sen, Erksevar qon, özbegim” misralaridagi tazodga murojaat qiliş muallifning badiiy-estetik maqsadini aniq va ravşan ifodalaydi.

Yangi özbek şeʼriyati va Erkin Vohidov ijodining çuqur bilimdoni, atoqli adabiyotşunos olim Ibrohim Ğafurov “Şodlik” şeʼriyati va “Ğam” şeʼriyati, “Quvonç” lirikasi bilan “Dard” lirikasi örtasidagi özaro munosabat, yanada aniqroği, estetik fikrning bu ikki poetik yöna­lişiga yondaşuv töğrisida hali ötgan asrning 70-80-yillarida şu keça-kunduzda ham öz qimmatini yöqotmagan muhim mulohazalarini bildirgandi. “Özbegim”, “Özbekiston vatanim manim” va boşqa şu ruhdagi millat dardi va darddoşlik tuyğulari teran ifodalangan qator şeʼrlarni közda tutib, ustoz munaqqid bejiz yozmagandi: “Ijodkorning va ayniqsa, lirik şoirning dardi bu – özgaça, şaxsiy va xu­susiy, tor doiradan çiqib ketgan dard. Ijodkor öz dardi orqali özgalarning dardini öz dardiga aylantirgan, boşqalarga qaraganda, ularga nisbatan darddoşlik tuyğusi öta rivojlangan va öz sanʼati, jonbaxş, şifobaxş sözi bilan inson dardlarini yengillatişga çoğlangan hamda şuning ulkan masʼuliyatini yaxşi ang­lagan şaxs. dardlar – bu olamda qarama-qarşiliklardan tuğiladi. Ular ziddiyatlar­ning natijasi. Şeʼr ziddiyatlarning katta dramalarini aks ettiradi. Dramalar esa – şeʼrning dardla­ridir” (Ğafurov I. “Şeʼriyat – izlaniş demak”. Ğ.Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşri­yoti, Toşkent, 1984, 74-bet.).

“Özbegim”ning öziga xosligi va nihoyatda betakrorligi, aslida qasida poetikasiga va anʼanasiga mos kelmasa-da, mana şu misralarda, ayniqsa, “Davr zulmiga va lekin Bir umr boş egmading”da börtib nazarga taşlanadi. “va lekin” tazod yaratuvçi element sifatida faqat “Özbegim”ning emas, balki butun boşli yangi özbek şeʼriyatining badiiy-estetik pafo­sini belgilaydigan markaziy-boşqaruvçi obraz va terminologik atama darajasiga kötariladi. “Sen na zarduşt, sen na buddiy, Senga na otaş, sanam” poetik ifodalarida esa “na”lar orqali şeʼrda inkor pafosi yanada kuçaygan va muallif şular vositasida millatning maʼnaviy-mafkuraviy va ruhoniy sofligini, davr­ning ğayriinsoniy tazyiqlariga yengilmasdan “Odamiylik dini birla, Toza imon, özbegim” deya xalqimizning maʼnaviy ğalabasini taʼkidlaydi.

Turkiston tarixining uluğvor va nurafşon çöqqilari şoirning ilhomiga qanot bağişlaydi, uning ruhini kötaradi. Şeʼrda teran, ziddiyatli tuyğu va keçinmalar – milliy iftixor va armon, tarixiy yuksaliş va yöqotişlar, ğurur va ğam keçinmalari bir-biriga ötadi, ketma-ket keladi:

Tuzdi-yu Mirzo Uluğbek

 Köragoniy jadvalin,

Sirli osmon toqiga ilk –

 Qöydi narvon, özbegim.

Mir Alişer naʼrasiga

 Aks-sado berdi jahon,

Şeʼriyat mulkida böldi

 Şoh-u sulton, özbegim.

Şoir örni-örni bilan, izçil va sistemali şaklda tazod sanʼatidan mohirona foydalaniş orqali bir tomondan lirik taʼsirçanlikni kuçaytirgan bölsa, ikkinçi tomondan “Özbegim”ning milliy-tarixiy inʼikosi va qamrov miqyoslarini benihoya kengaytiradi:

Ilm-u şeʼrda şoh-u sulton,

  Lek taqdiriga qul,

Öz elida çekdi ğurbat,

  Zor-u nolon, özbegim.

Şoir özbek tarixining turli davrlaridan, ötmiş asrlardan söz oçsa-da, jonajon xalqi­ning buguni va ertasi uni köproq öylantiradi. “Ilm-u şeʼrda şoh-u sulton” bölişiga qaramay, aziz millatining holiga “Öz elida çekdi ğurbat” deya açinadi. Ravşan böladiki, muallifning asosiy maqsadi faqat ötmişnigina nazm ipiga tiziş emas, aksinça, biz yaşab turgan bu kunning qiyofasini va mohiyatini oçib berişdan iboratdir.

Qasidaning yuksak va tantanavor, haşamatli tarannum uslubini Erkin Vohidov öz buyuk va beqiyos milliy-tarixiy madhiyasining epilogida ham jörttaga özgartirişga intilgan va judayam yuksak saviyada şunga erişgan ham. Quyidagi orzu va armon, sevinç va ğam, afsus-nadomat va çeksiz milliy ğurur bilan yöğrilgan misralarda Erkin Vohidov yana öz sevimli uslubiga qaytadi va tazod yordamida öz badiiy-falsafiy xulosasining köp qirraliligi va köp maʼnoliligiga erişadi:

Men buyuk yurt öğlidurman,

 Men başar farzandiman,

Lekin avval senga bölsam,

 Sodiq öğlon, özbegim.

Menga Puşkin bir jahon-u

 Menga Bayron bir jahon,

Lek Navoiydek bobom bor,

 Köksim osmon, özbegim.  

Bu şeʼr bitilgan olis 60-yillarni qöya bering, bu kun ham, şu keça-kunduzda ham uşbu misralarni öqiyotib ruhan va maʼnaviy jihatdan ulğayib, tölqinlanib ketayotganligingizni sezmay qolasiz. Faqat adabiy zamonning emas, umuman, muhitning va jamiyatning milliy tuyğulariga, öy va qaraşlariga yoş şoir dadillik bilan qarşi borgandi. “Lek Navoiydek bobom bor” yangi poetik davrning muhtaşam badiiy manifesti bölgan “Özbegim”ning leytmotivi edi va ötgan asrning eng uluğ şeʼrlaridan biri xuddi mana şu za­bardast misraning yelkalarida qad kötarib turgandi!..

“Özbegim” yaratilganidan buyon roppa-rosa 55 yil ötmoqda. 550 yildan keyin ham, işonçimiz komilki, bu gözal va samimiy qasida xalqimiz qalbini mislsiz bir zavq-şavq va şukuh tuyğulari bilan tölqinlantiradi. Qomusiy ziç va yombi uslubi, ensiklopedik keng qamrovliligi bilan ajralib turadigan, öta murakkab davr kayfiyatini va özgaruvçan zamon ruhini öziga singdirib yuborgan uşbu şeʼr XX asrning özbekona obrazini unutilmas tarzda ifodalaydigan betakror poetik namunalardan biridir. Ayni şu jihatlariga va fazilatlariga köra “Özbegim” Abdulla Avloniyning “Öz millatimdan rijoyi ojizonam”, “Turkiston tufroğindan bir sado”, “Turkiston tufroğiga xitob”, Abdurauf Fit­ratning “Turon qayğusi”, “Temur sağanasi qoşida”, Çölponning “Gözal”, Oybekning “Naʼmatak”, Hamid Olimjonning “Özbekis­ton”, Ğafur Ğulomning “Kuzatiş” va “Soğiniş”, Maqsud Şayxzodaning “Xi­yobon”, Mirtemirning “Toş bu” va boşqa qator milliy darddoşlik va vatandoşlik keçinmalari bilan yöğrilgan, yurak qoni bilan yozilgan badiiy ijod durdonalari bilan yonma-yon turadi.

Şuni ham alohida taʼkidlaşimiz kerakki, “Özbegim” özidan oldin yozilgan, özbekning ozodlik orzularini, dard va hasratlarini teran aks ettirgan beqiyos lirik asarlardan qançalik oziq va ruh, kuç va qudrat olgan bölsa, keyingi yarim asrda Özbekni va Özbekistonni yuksak saviyada kuylagan, aytiş mumkinki, barça şeʼr va dostonlarga öz hayotbaxş taʼsirini körsata olgan. Yangi özbek şeʼriyatining sarba­land çöqqilaridan biri sifatida tan olingan “Özbegim”, ayni paytda, Istiqlol davri milliy söz sanʼatimizning poydevorini yaratgan kamyob va mumtoz badiiy möjizalardan biri sifatida etʼirofga va tahsinga sazovordir.

Yaşar Qosim,

filologiya fanlari doktori, professor.

Ozarboyjon Fanlar akademiyasining boş ilmiy xodimi.

U 1955-yili tuğilgan. Toşkent davlat (hozirgi ÖzMU) universiteti­ning Özbek filologiy­asi fakultetini tamomlagan. Olim ÖzFA Özbek tili, adabiyoti va folklori institutida özbek şeʼriyati böyiça ilmiy izlaniş olib borgan.

Bir muddat “Yoşlik” jurnalida “Adabiy tanqid bölimini” boşqargan. Uning “Meni şeʼr boğiga yetaklagan kim?”, “Ezgulikka ulangan soğinç”, “Olis iztirob tafti” kabi maqolalari ada­biyot ixlosmandlariga yaxşi taniş.

 

2023/8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)