Rahmatli padari buzrukvorimiz adabiyot muallimi bölganligi sababli, uyimizda kitob uzilmasdi. Maktabda ustozlardan taʼlim olib, kitobning qanday neʼmat ekanini anglaganimdan keyin, beixtiyor adabiyot boğiga möralaşni boşlaganman. Şeʼrni tanişimda adabiyot öqituvçilarimning hissasi katta bölgan. Lekin mening “şoirga aylanişim”da köproq tuman gazetasi ayriça rol öynagan. Tahririyatdagi jonkuyar ustozlar biz gazetaga deb xatjildda yöllagan boşi bor, oyoği yöq maşqlarni özlaridan qöşib, jonlantirib gazeta sahifalarida berib yuborişsa, dunyoda bizdan zör va bizdan maşhur şoir yöq edi.
Kezi kelganda boşimdan ötgan bir qiziq voqeani aytib ötsam. Öşa paytlarda viloyat va respublika gazeta-jurnallarigina emas, hatto tuman gazetasidan ham eʼlon qilingan şeʼr yoki maqola uçun qalam haqi tölanar edi. Heç esimdan çiqmaydi. Tuman gazetasida bosilgan şeʼrim uçun qalam haqi kelgan ekan. Bir joyda haşarda edik, poçtaçi: “Pulini olib ketsin”, deb çaqiribdi. Umrimda birinçi marotaba yozgan şeʼrim uçun pul olayotganimdan hayajonlanib, poçta idorasiga oşiqdim. Haşarda yurganim uçun oyoqyalang edim. Yölda oyoğimga eski taxta bölagiga qoqilgan mix kirib ketdi. Mix tuşmagur kirişga kirdi-yu, uni oyoğimdan suğurib oliş azob böldi. Çunki mixning uçi qayrilgan ekan. Haşardagi şeriklarim bir narsa qilib mixni suğurib olişdi-da, meni kötarib poçtaxonaga qarab yurişdi… Hozirgaça şu voqea esimga tuşib qolsa, şeʼriyat ixlosmandlariga “Men şeʼriyatga qon bilan kirganman”, deb hazillaşib yuraman.
Bir vaqtlar: “Omad keladi yolğon ovozi yöqqa, Ustoz böladi Şayton ustozi yöqqa”, deb boşlanadigan şeʼr yozgan edim. Mening bu “donoligim”siz ham ustozlarni uluğlovçi juda köp hikmatlar aytib ketilgan.
Aslida, men hayotimda uçragan har bir kişini, u xoh yoş bölsin, xoh keksa, özimga ustoz deb bilaman. Çunki ularning har biri menga qaysidir jabhada maʼlum bir saboq beradi. Lekin hayotda sizga doimiy ravişda ustozlik qiladigan çin maʼnodagi ustozlar ham böladiki, ularning bu savobli xizmatlari haqini bu dunyoga yuz qayta kelsangiz ham ado etolmaysiz. Ha, Lazizxon Qayumov va Yöldoş Sulaymon mening ana şunday ustozlarimdan edi. Ular bilan boğliq qiziq voqealar ham köp.
Bir kuni – unda yigit yoşida edim – Toşkentga, ustozim Lazizxon Qayumovning huzuriga bordim. Domla Respublikaning nufuzli naşrlaridan bölmiş “Özbekiston madaniyati” gazetasida Boş muharrir edilar. Har safar borganimda domla meni navbatsiz qabul qilar, xonasiga kirsam, suyunib, yuzlari yorişib ketar edi. Öşa safar ham şunday böldi. Ançagaça gaplaşib ötirdik. Keyin domla dabdurustdan “Falonçining qiziga uylanmaysanmi?” deb sörab qoldi. U “falonçi” juda katta yozuvçi edi. Öylanib qoldim. Men bu yozuvçini hayotda körmaganman, lekin adabiyot darsliklarida suratiga köp bora közim tuşgan edi. Biroz öylanib turib, özimça bölajak qaynotamni tasavvur qildim. Keyin sap-sariq bölsa kerag-ov, ha-da, dadasi sariq bölgandan keyin qiziyam sariq böladi, deb könglimdan ötkazdim. Şunda beixtiyor: “Yöq, uylanmayman”, dedim. Domlayam “Ha, mayli, özing bilasan”, deb qöya qoldi. Öşanda “Sen avval qizni bir kör-çi”, deb rahmatli ustozim aytmabdi, “Qizni bir köray-çi”, deb men indamabman.
Oradan, çamasi, ön yillar ötib domla bilan Toşkentdagi bir töyga bordik. Röparamizdagi stolga beş-oltita ayollar kelib ötirişdi. Ustozim ular içidan birini körsatib: “Ana şu sen olmayman degan qiz böladi”, dedi. Ayol tomonga qaradim-u, tilimni tişlab qoldim. Röparamda husni bir jahon hurliqo ötirar edi.
Şunday bir gap bor: biz özimiz munosib bölgan insonnigina sevib qolamiz. Bu gapga qöşimça sifatida aytsam: biz özimiz munosib bölgan ayolga uylanamiz. Şukr, mana, neça yil ötibdiki, umr yöldoşim yomonimni yaşirib, yaxşimni oşirib, işongan boğim, suyangan toğim bölib kelmoqda.
Yöldoş Sulaymon bilan ham köp qiziq voqealar bölgan. Bir kuni Yöldoş akam zudlik bilan Farğonaga yetib kelişimni söradi. Uçib bordim. Erkin Samandar degan xorazmlik maşhur şoir oilasi bilan Yöldoş Sulaymonning uyiga mehmonga kelibdi. Oş damlaş kerak ekan. “Özim döndiraman”, dedim. Yonimda meni olib kelgan maşina haydovçisi ham bor edi. Şerigim davraga kelgani tortinib, öçoq boşida ötirdi. Mehmonlar sörida. Men ularning yoniga borib-kelib turibman. Nihoyat, oş pişdi, suzib söriga olib bordim. “Mehmon atoyi Xudo” deganlaridek, avvalo, Erkin Samandarga manzirat qildik. Undan keyin Yöldoş Sulaymon bir qoşiq oşni oğziga soldi hamki, yuzi burişib ketdi.
– Oşni nima qilding, Bahodir?! – dedi alam bilan.
Hayron bölib, bir oşam oşni oğzimga soldim. Oş şu qadar şör ediki, umuman yeb bölmaydi.
Mehmonlarning köziga qaraşga uyalib, xayr-maʼzurni ham nasiya qilib yölga tuşdik. Kayfiyatim butkul tuşib ketganini körgan şerigim yölning yarmida yorildi. Bahodir şoirlik qilib oşga tuz solmagandir, bemaza bölib qolmasin, deb u ham bir hovuç tuz solib qöygan ekan…
Bunaqa qiziq hangomalar köp bölgan. Ustozlarim bunaqa ayb-u nuqsonlarimning qançasini keçirişgan. Qanday voqea yuz bermasin, ustozlarimning menga nisbatan mehri kamaymaganini, aksinça, yanayam ortganini hamişa his qilib turganman.
Ustozlarim umrlarining oxirigaça menga otamday mehribonlik qilişdi. Hamişa meni qöllab-quvvatlab, yozişga undab, yozganlarimni matbuot yuzini körişida jon kuydirib ötdilar. Meni katta şoir deb işontirişga urindilar. Oxiratlari obod bölsin!
Ammo şuni tan olişim kerakki, ustozlarim qançalik undamasin, köp kitob çiqariş, uning adadini köpaytirişga uriniş degan narsalarga heç hafsala qilolmadim. Axir, köp kitob çiqariş uçun köp şeʼr yoziş kerak. Köp şeʼr yoziş esa aksaran örtamiyonalikka olib keladi. Yanayam oçiqroği, şoirda şeʼrga hurmatsizlik tuyğusini paydo qiladi.
Mening bugungaça yozgan şeʼrlarimdan ham, çiqargan kitoblarimdan ham könglim tölmagan. Bu hol har bir ijodkorga xos, deb öylayman. Çunki qança çiranma, baribir zukko şeʼrxon nigohi seni hamişa taʼqib qilib turadi.
Gapning löndasi, şoirning yozganlaridan köngli tölgani – şoir sifatida allaqaçon ölgani…
Zotan, adabiyot – tirik tilning hodisasi, tirik til esa millatning tirikligiga dalil. Demak, qaysi til tirik bölsa, unda sözlaşadigan odamlar içidan çiqqan isteʼdodlar adabiyot ham yaratadilar va şu zaylda millat tirikligi davom etadi.
Gohida gurunglar orasida yuksak badiiy asarlar haqida gap ketganda “Dunyo adabiyoti”da, “Jahon adabiyoti”da deb aytiladi va asosan, ötgan asrlarda yozilgan asarlar haqida fikr yuritiladi. Xöş, bugun-çi, bugun dunyoda, özimizda adabiyotning ahvoli qanday, deb öylab qolasan kişi. Döppini boşdan olib qöyib, munday öylaydigan bölsak, bizda yuksak badiiy asarlar bundan yetmiş yil, boringki, ana qirq-ellik yil oldin allaqaçon yozib bölingan. Abdulla Qodiriy, Ğafur Ğulom, Oybek, Ölmas Umarbekov, Ötkir Hoşimov, ayniqsa, Toğay Murod asarlarini heç ikkilanmay misol qila olamiz. Lekin bularni oradan şunça yil ötib ham “dunyo adabiyoti” yoki “jahon adabiyoti” namunasi sanalmayotganini mualliflarga yoki asarning öziga tirkaş kerak emas, deb öylayman. Bir tomondan, ayb öşa balandparvoz atamalar bilan ğarb yozuvçilarining örtamiyona asarlarini osmonlarga kötarayotgan “asar qimmatini belgilovçi”larda. Çunki ular özbek tilini, bu suyumli-totli tildagi jozibani his qilmaydilar. Umuman, özbek tili borligini bilmasalar ham ajab emas. Eng dahşatli fojia ham ana şunda. Kalavaning beridagi uçini uşlaydigan bölsak, bugun “men özbekman, mana, milliylikdan jahoniy darajaga yetgan adabiyotimiz bor”, deb özimiz baralla hayqiradigan fursat yetmadimikin, deb öylab qolaman. Koşkiydi bizning tilimiz ham ingliz, yapon, rus tillari kabi dunyodagi boşqa millat vakillariga ikkinçi tilday örgatilsa, örgatsak… Ana öşanda bizning adabiyotimiz dunyodagi eng baland adabiyot ekanligi barçaga maʼlum bölar edi.
Bahodir ISO
1956-yili Rişton tumanidagi Dötir qişloğida tavallud topgan. Farğona pedagogika institutini tamomlagan.
“Xayrli tun”, “Yaxşilar bor yaxşiyam”, “Içimdagi duşmanlarim”, “Odamlar içidan odam izladim”, “Qişloqi şoir”, “Otam kutgan kunlar” kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
2024/6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


