Turkiy xalqlar osmonining sönmas quyoşi Nizomiddin Mir Alişer Navoiy Movarounnahrning markazi bölmiş Samarqandni jannatlarga tenglaştirib, “Samarqandi firdavsmonand” deb ataydi. Uning tasavvurida Samarqand – jannat, atrofidagi ariqlar ham jannat ariqlari. Rudi Köhak (Zarafşon daryosi)ning suvi asal bilan tengdir. Bu suv bemorni davolaydi. Undan butun Samarqand vodiysi bahramand böladi. Samarqanddagi Köhak (Çöponota tepaligi) jahon xazinasining tilsimotidir. Undagi hatto “uşoq toşlar” ham “laʼl-u inju” bilan tengdir, öt-ölanlarning yam-yaşil rangi moviy osmonni eslatadi.
Hazrat Alişer Navoiyning 24-25 yoşlarida Samarqandga qilgan safari, bu yerda keçirgan hayoti, bu sermaşaqqat, ammo farahli yillarining şoir ijodiga taʼsiri masalalari samarqandlik olimlar tomonidan ança mufassal tadqiq etilgan. Ötgan asrning örtalarida akademik Vohid Abdullayev uluğ şoirimizning Samarqanddagi hayoti va faoliyati haqida fundamental tadqiqot yaratdi. Bu tadqiqot bugungi kunga qadar ham özining yuksak ilmiy qimmatini yöqotgani yöq. Uning navoiyşunoslikdagi ahamiyati şundan iboratki, buyuk şoir hayoti davrlarining Maşhad, Hirot (Samarqandga kelgunga qadar), Astrobod tafsilotlari mufassal yoritilmagan. Fanimiz bu sohada umumiy maʼlumotlar bilan kifoyalanmoqda. Buning öziga xos sabablari ham bor, albatta. Navoiy Maşhadda juda yoşlik davrlarida bölgan. Uning bu yerdagi faoliyati asosan öqiş-örganişdan iborat bölib, uni qurşagan adabiy-maʼrifiy muhit haqida öz asarlarida maʼlumotlar qoldirgan.
Astrobodda şoir bor-yöği bir yil bölgan. Şuning uçun uning bu davr hayoti tafsilotlarini yoritişning muşkullik jihatlari bor. Samarqandda esa şoir ongli hayotining eng jöşqin davri keçdi. U bu yerga maşhur şoir bölib keldi. Samarqand hokimi Ahmad Hojibek Vafoiy uni öz martabasiga munosib tarzda izzat-ikrom qildi, samarqandlik yirik olimlar unga dars berganlarida alohida eʼtibor bilan munosabatda böldilar. Ammo eng muhim va jiddiy masala borki, bu Samarqandning hazrat Navoiyning Maşhadda Şayx Kamol Turbatiy, Pahlavon Muhammadlar vositasida şakllana boşlagan falsafiy-maʼrifiy, diniy-tasavvufiy qiziqişlari bir özanga tuşişiga yöl oçgan, bu sohadagi dunyoqaraşi takomiliga imkon yaratgan şaharlardan biri ekanligidir.
Akademik Botirxon Valixöjayevning ilmiy asoslangan mantiqiy xulosalariga köra, hazrat Navoiy Hirotdan çiqib ketişni niyat qilar ekan, qaysi şaharni tanlaş özining ixtiyorida edi. Ul zot Kamol Turbatiydek, Pahlavon Muhammaddek döst-u yorlari bor bölgan yer – Maşhadni tanlaşlari ham mumkin edi. Buning ustiga, şoir Hirotdan ketişni niyat qilgan paytlari otaxoni Sayyid Hasan Ardaşer ham Maşhadda edi. Ammo Navoiy Samarqandni tanladi. Çunki bu yerda aqli kamolga yetgan, qalamining şuhrati keng yoyilgan yoş şoirni mehrigiyo singari öziga tortib turgan yangi ilm-ilmi irfon darğasi, murşidi komil Hazrat Nosuruddin Xoja Ubaydulloh Ahrori Vali bor edilar. Navoiyning Samarqanddagi tahsil yillari, ul zotni qurşagan maʼnaviy, adabiy muhit, şoir va Abullaysiylar xonadoni, şoirning maşğulotlari va bilim doirasi, adabiy faoliyati, uning Hirotga qaytişi va Samarqand bilan doimiy munosabatda bölişi, Navoiyning samarqandlik izdoşlari kabi mavzular akademik Vohid Abdullayevning ilmiy tadqiqoti va “Navoiy Samarqandda” deb nomlangan monografiyasida keng tahlil etilgan bölsa, keyingi yirik navoiyşunos olim Botirxon Valixöjayev şoir faoliyatining yangi tafsilotlariga ahli ilm eʼtiborini tortdi. Olim Navoiyning Şayx Xoja Ahrori Vali nazariga tuşişi, uning iltifotlariga muşarraf bölişi, yirik faqih Xoja Fayzulloh Abullays Samarqandiy va uning oilasi bilan munosabatlari, Samarqandda yaratilgan yoki bu şahar bilan boğliq asarlari xususida fikr yuritadi. U özigaça yaratilgan tadqiqotlarni töldirişga, yangi ilmiy faktlar bilan boyitişga intilar ekan, şoirning naqşbandiya tariqatiga rasman kirişi ham Samarqand bilan bevosita boğliq edi, degan fikrni örtaga taşlaydi.
B.Valixöjaevning kuzatuvlariga köra, şoir özining piri, şayx Nuriddin Abdurahmon Jomiy bilan ham Samarqand safarida, karvon yöllarida uçraşgan edi. Olim Navoiyning samarqandlik yor-birodarlari, eng qadrli hamsaboq döstlari bilan munosabatlarini ham nazardan qoçirmaydi.
Navoiyning Samarqandda yozilgan:
Kökragimdir subhning pirohanidin çokrok,
Kiprigim şabnam tökilgan sabzadin namnokrok, –
matlasi bilan boşlanuvçi ajoyib diltortar ğazali haqida qiziqarli maʼlumotlar keltiradi.
Olimning yozişiça, yoş Alişer Samarqand bozorida kitob rastalarini tez-tez aylanib, özini qiziqtirgan asarlarni topib öqişni odat qilgan edi. Bir kuni rasta aylanayotib, baland ovoz bilan bir baytni nihoyatda gözal hirgoyi qilayotgan bir tilançini uçratib qoladi. Tilançi yoş, baquvvat, ovozi ham bağoyat şirali edi. Bayt mazmuni va ohangi Navoiyga juda yoqib qoladi. Şu boisdan tilançining yoniga borib, şu baytni sotib oliş niyati borligini aytadi. Tilançi: “Sotib oliş şart emas, şunday yodlab olib, öqib yuravering”, – deydi. Yoş Alişer tilançiga: “Men baytni şuning uçun sotib olmoqçimanki, siz uni bundan keyin öqib yurmaysiz”, – deydi. Tilançi bu taklifga rozi bölmaydi. Çunki u şu bayt vositasi bilan rözğor boqar, bola-çaqa katta qilayotgan edi.
Oradan yillar ötadi. Alişer Navoiy Samarqanddan Hirotga qaytib, Sohibqiron Sulton Husayn Boyqaro saroyida vaziri aʼzam martabasida faoliyat yuritadi. U bir munosabat bilan yana Samarqandga keladi va Samarqand bozoriga yöli tuşadi. Ittifoqo, quloğiga bundan ança yillar oldin özini maftun etgan bayt çalinadi. Uluğ şoir ögirilib qarab, hirgoyi qiluvçini köradi va taniydi. Bu öşa yoş şoirga yoqib qolgan baytni sotmagan gado edi.
Şoir unga yaqin kelib özini taniştiradi va hamon öşa niyati borligini aytadi. Endi gado bu taklifga rozi böladi va baytning narxi – şaharning tinç xiyobonlaridan birida bir hovli, bir tegirmon va bir eşak böladi, deydi. U şoirga kuçi ketib, ovozidan ham fayz ketganini, yoşlikdagi kabi bozorlarni kezolmasligini, qarilikda tinçgina tegirmonda mehnat qilib, kun ötkazmoqçi ekanini aytadi. Navoiy darhol rozi bölib, keksa otaxon söragan narsalarning hammasini muhayyo qiladi va şu tariqa baytni sotib oladi. Şundan söng uluğ şoirning yuqorida keltirilgan matlaʼli gözal ğazali dunyoga keladi.
Şoirning zulqofiyatayn sanʼati bilan darj etilgan, ötkir fahm-farosati bilan “saromadi zamona” sanalgan dösti Mirzobek xotirasiga yozib tugatilgan
Közung ne balo qaro bölubtur,
Kim jonga qaro balo bölubtur, –
deb boşlanuvçi ğazali ham Samarqanddagi ijodiyoti namunalaridan biridir. U dösti qalami natijasi bölgan mazkur matlaʼni
uning xotirasini abadiylaştiriş uçun töliq ğazal holiga keltirganligi haqida “Majolis un-nafois” tazkirasida maʼlumot beradi.
Navoiyning Samarqanddagi adabiy-ilmiy faoliyati hali juda köp tadqiqotlar uçun mavzu bölişi mumkin. Navoiyşunoslik sohasida izlanişlar olib boruvçilar şoirning bu yerda aniq va tabiiy fanlarni örganiş böyiça qilgan saʼy-harakatlari, qiziqişlari doirasi haqida çuqurroq fikr yuritmoqlari, uning maktuboti (yozişmalari)dagi Samarqand bilan boğliq tafsilotlarga aniqlik kiritişlari, Samarqanddagi qadamjolari xaritasi xususida öylab körmoqlari lozim körinadi. Şoir şeʼriyatida osmon jismlari, sayyoralar bilan boğliq çuqur ilmiy mulohazalar közga taşlanadi. Bu uning Mirzo Uluğbek rasadxonasida olgan taʼlimi samaralari emasmikin? Şoir asarlarida qimmatbaho toşlar, javohirlar haqida ham teran ilmiy tuşunçalar, taşbehlar, badiiy lavhalar uçraydi. Bu bevosita Navoiyning biror javharşunos ustozi ham bölgandir, degan tasavvur uyğotadi.
Bu kabi qator savollarga javob topiş uçun hali samarqandlik tolibi ilmlar ixlos bilan juda köp izlanişlar olib borişlari lozim.
Dilorom Salohiy,
adabiyotşunos va manbaʼşunos olima, filologiya fanlari doktori, professor.
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan Yoşlar murabbiyi.
2024/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


