7 daqiqada öqiladi

123 marta körilgan

Hayot – eng buyuk maktab, eng uluğ ustoz

Jumagul Suvonova

Taniqli şoira, filologiya fanlari nomzodi, Samarqand davlat universiteti dotsenti Jumagul SUVONOVA bilan suhbat

 

– Jumagul opa, bugun siz ustoz ijodkor darajasidasiz. Ijod qilişingizga kimlar turtki bergan? Ada­biy maydonda kimlardan örgandingiz, özingizga yaqin oldingiz, ustoz bildingiz?

– Avvalo, meni eʼtiborga olganingiz uçun rahmat! Bundan juda xursand böldim. Keyin yana adabiy jamoatçilik oldida SÖZ aytiş masʼuliyati ham biroz çöçitadi kişini. Töğri, men ham yaxşi şoirlar ijodini öqiganimda taʼsirlangan, hayajonlangan, yangi-yangi ğoyalar haqida öylaganman. Axir, ijodkorlik yaratişdan, yaratganda ham yangi möjizaviy söz, yangi yöl, yangi uslub, rang va ohanglar yaratişdan iborat-ku!

Maktabda bitiruvçi sinfda öqib yurgan paytlarimda taniqli şoirimiz Erkin Vohidovning “Muhabbatnoma” şeʼrlar töplamini tölasinça yodlab olib lirik tuyğuni, Abdulla Oripovdan falsafani, Halima Xudoyberdiyevadan millat tuşunçasi va ğurur tuyğusini, Usmon Azimdan milliy ruhni, xalqona ohangni, Sirojiddin Sayyiddan Vatan tuyğusini, Eşqobil Şukurdan otasöz qadrini örganganimda, bu şoirlarning barçasini özimga ğoyibona ustoz deb bilganman. Yana qator mumtoz adabiyot namoyondalaridan dardning şarhini örganganimda ham şu tuyğuni his etganman. Qolaversa, bugungi kun yoş şoirlaridan ham hamişa özimga yaqin olib nimanidir örga­nişga harakat qilaman.

Biroq haqiqiy ustoz haqida gap ketadigan bölsa, hamişa HAYOTning yuziga boqib, oğir öyga tolaman. Uning dargohida çiqargan darsim, olgan saboqlarim, qalbimga solgan dard va iztiroblari, ilohiy işqi buyuk bir maktab ekanini, naqadar uluğ ustoz ekanini eʼtirof etgim keladi. Axir, men nimaga erişgan bölsam, şu maktab saboqlari, şu ustoz ögitlari bilan erişmadimmi?! Axir, menga yiqilsam turişni, yiğlasam yupanişni, yengilsam qaytadan kuraşişni u örgatmadimi?! Ha, men uçun undan buyuk maktab, undan uluğ ustoz yöq!..

– Ijodkor borki, Vatanga muhabbatini asarlari orqali ifodalaydi, aytadi. Kezi kelganda, amali bilan körsatadi. Bu borada ijodkorlar­ning boşqalardan yana qanday farqi bor, deb öylaysiz?

– Töğri, yoş ijodkor eng boşidan tuyğular, hissiyotlar taʼsirida ijod qiladi. Bora-bora, ulğaygani sari uning qaraşlari, tafakkur olami, keçinmalar hududi kengayib boradi. Endi u özi tuğilib ösgan qişloq yoki şaharninggina emas, çeksiz-çegarasiz hududlar quçoğini makon tutadi. Endi unga zamin yostiq, osmon körpadek bölib tuyiladi. Mana şunday paytlarda endi uning yuragiga Vatan tuyğusi ruhiyatida paydo bölgan yuksaklik va çeksizlik aro yuksalib va çeksizlik kasb etib kirib keladi. Bu sizga oddiy ijodkorona öxşatişdek bölib tuyilişi mumkin. Biroq endi u oddiy odamlardan boşqaça fikrlay boşlaydi. Boşqa dunyoda, boşqa maqsadlar bilan yaşay boşlaydi. Endi uning dunyosi VATAN nomli bir ulkan tuyğuga aylanib, yuragidan tomirlarigaça oqib kiradi va borliği bilan tutaşib ketadi. Endi uning MAQSADi mana şu ulkan borliqni butun dunyo tuşu­nadigan va butun dunyo eşitadigan qilib ifodalaşdan iborat bölib qoladi. Ana şu tariqa Vatan haqidagi ölmas, sara asarlar dunyoga keladi. Endi bu asarlarda Vatan tarixi, uning şonli ötmişi, buguni va istiqboli namoyon böla boşlaydi. Men bu tuyğuni boşimdan keçirganim uçun töla işonç bilan yoza­yapman. Ajdodlarimiz yaratgan – Vatan haqidagi gözal, durdona asarlar ham şu tariqa dunyoga kelgan bölsa, ajab emas. Balki buni aytişim nokamtarlik bölar, lekin men ham “Samarqandnoma” asarini yozganimda xuddi şu köyga tuşganman. Ijodkor özi yaratayotgan asari bilan birga yaşarkan, boşqalar tasavvur ham qilolmaydigan bir dunyoda yaşayotganini özi ham his etib turadi. U hamişa ilohiy keçinmalarga boy bu dunyoni ulkan Vatan hududlari bilan uyğun köradi. Uning nafaqat gulzori, balki toşi, tuproği, butoği ham qadrli va noyob ekanini tuşunişini boşqalarga ham yuqti­rişni istaydi. Özi jonidan ham ortiq köradigan Vatan nomli bu dunyoni boşqalarga ham sevdirişni istaydi. Ijodkor ana şu jihatlari bilan boşqalardan farq qiladi.

– Ötgan asrning saksoninçi yillarida şeʼriyatning asosiy mavzusi – yurt mustaqilligi, inson ozodligi edi. Sizningça, bugun bizning ijodkorlarimiz köproq nima haqida yozişi kerak?

– Bilmadim, nazarimda, tinçlikni qadr­laş, farovon hayotimizga şukronalik, ezgu tuşunçalar, adolat, haqiqat, yaxşilik haqida juda kam yozyapmiz, deb öylayman. Kimdir bu gapimdan jahli çiqar balki. Çunki oramizda bugungi hayotimizdan ham norozilar uçrab turadi. Biroq men şu gaplarni aytayotganimda hamişa quloqlarim tagida onam rahmatlik­ning: “Men “No-o-n! No-o-n!” deb ölganlarni körganman”, degan gaplari jaranglab turadi. Nima haqida yozsa yozsin, faqat baçkanalaşmasin. Baʼzan tuppa-tuzuk şoir deganingiz şunday maqtanib baçkanalaşadiki, hayratdan yoqangni uşlaysan. Axir, kamtarga – kamol, deyişmaganmidi ota-bobolarimiz. Ijodda kibr nima ekanini, uning savol-javobi oğir ekanini, qolaversa, sözga xiyonat degan tuşunçalarning borligini ham biliş lozim, deb öylayman.

– Jamiyatda qanday anʼanalar davom etişini, qanday illatlar barham topişini istar edingiz?

– Agar eʼtibor bergan bölsangiz, donişmand ajdodlarimiz juda gözal didaktik asarlar yaratib, maʼnaviy merosimizning yuksalişiga munosib hissa qöşib ketişgan. Ana şunday asarlar bugungi kun yoşlar tarbiyasida juda katta ahamiyat kasb etmoqda. Ular Kaykovusning “Qobusnoma”si, Yassaviyning “Hikmatlar”i, Abdurahmon Jomiyning “Şarhi mullo”, Ali­şer Navoiyning “Hayrat ul-Abror”, “Mahbub ul-qulub” singari asarlaridir. Biz bu asarlardagi qadim anʼanalarni farzand tarbiyasidek uluğ işga olib kirmoğimiz, döstlik, odob-axloq, mehr-oqibat, kasb-hunar va ota-onaga muhabbat tuşunçalarini kuçaytirmoğimiz lozim.

Bugun aksariyat hollarda eʼtiborsizlik, loqaydlik, hurmatsizlik holatlariga duç kelib, dilimiz ranjiydi. Hozir bu illatlarning soni ya­nayam köpaygan – yolğonçilik, muttahamlik, közböyamaçilik, nopisandlik, öğirlik, pora­xörlik, buzuqlik, ğiybat, fitna, tuhmat… Qaniydi, hayotda şunday illatlar heç qaçon bölmasa-yu, dunyo gödakdek pok va beğubor bölsa.

– Baʼzan badiiy asar inson hayotini özgartirib yuborişi, yölini butunlay boşqa özanga ham burib yuborişi mumkin, degan qaraş bor. Şunday kitoblar böladiki, inson kamolotiga turtki böladi. Siz ham bugun bir millat ziyolisi sifatida şunday asar yoki asarlarni misol keltira olasizmi?

– Bu borada Alişer Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari men uçun bebaho bir xazinadir. Balki dasturilamal desam, mubolağa bölmas. U menga hamişa mehrni, sabrni, adolatni, halollikni, sadoqatni, mehnatni, maʼrifatni, muhabbatni, qanoatni örgatib turadi. Mana şu ezgu fazilatlar insonni hamişa komillikka undaguvçi jihatlardir. Yana Mirzakalon Ismoiliyning “Inson husni” nomli kitobi. Bu asar öquvçilik davrimdan boşlab menga eng yaqin va dösti-qadrdondir. Undagi “Odamiylik qissasi” deb nomlangan bölimda “Gözallik”, “Husn xazinasining durdonalari” degan sarlavha ostida berilgan suhbatlar bor. Gözallik haqidagi suhbatda inson qanday bölişi lozimligi haqida şunday fikrlar ifoda etiladi: “Gözallik ham bamisoli daraxt. Yaproği – axloq, ildizi – içki dunyo, mevasi – yaxşi fazilat. Xulosa qilib aytganda, odam bolasidagi gözallik – tabiat ato qilgan husn-jamoldan taşqari, yana eng yaxşi xulq-atvorni, insondagi eng yaxşi fazilatlarni öz içiga olgan odamiylikdan iboratdir”. Bu boradagi axloq-odob haqidagi suhbatlar hayotning past-u baland yöllarida insonga hamişa yorqin bir mayoq sifatida xizmat qiladi.

– “Yoşlik” öquvçilariga aytişim zarur, deb öylagan yana qanday fikr-mulohazalaringiz bor?!

– Kuzatişlarim asnosida Bernard Şou­ning: “Eng muhimi – qalbingda tartib örnatiş. Uçta narsaga amal qilamiz: nolimaymiz, ayblamaymiz, özimizni oqlaşga urinmaymiz”, – degan dono fikriga amal qilaman. Çunki yaxşi bilamanki, noligan bilan, ayblagan bilan, özimizni oqlagan bilan ham heç narsaga erişib bölmaydi. Muhimi, inson öz qalbida tartib örnatişi. Öşandagina uni işi ham, oilasi ham, hayoti ham töğri va ravon yöldan boradi. Men bu gaplarni, eng avvalo, öz-özimga aytib yaşayman. Çunki bugungi kun baʼzi kibor insonlarga bunday gaplarni gapirsangiz, aqllilik qilyapti, deb ustingizdan kulişadi. Eng yomoni, bugun aqllilar ham, bilimlilar ham pul topiş ilinjiga tuşib qolişgan. Bu istak şu qadar kuçayib ketganki, hatto baʼzan mehr-oqibat, odamgarçilik, qarindoşlik riştalariga çek qöyiş darajasigaça yetib bordi. Faqat pul topiş, boy böliş, mol-dunyo orttiriş masalasi birinçi öringa çiqib oldi. Men xalqimni boy bölişini istayman, ular bunga munosib! Mehnatlari, harakatlari, soddadilligi, samimiyati, mehribonligi, bağrikengligi, mehmondöstligi evaziga. Ular yaxşi uylarda, yaxşi şaroitlarda, yaxşi hayotda yaşaşi kerak. Biroq maʼrifat, maʼnaviyat, milliy ğurur va qadriyatlarni öldiriş evaziga emas! Mol-dunyo orttiriş, pul topiş deb, farzandlar tarbiyasini boy beriş evaziga emas! Şu örinda Hazrat Mir Alişer Navoiyning ilm haqidagi bir hikoyati esimga tuşadi. Hikoyatning nomi “Ahmad Bin Mansur Halloj Q.S. vasiyati” deb nomlanadi. (“Q.S.”ning maʼnosi, uning sirri muqaddas qilindi, degani ekan).

“Husayn Mansur öğli Ahmad dediki, otamning sönggi keçasida undan vasiyat talab qildim. Dedi:

– Nafsing seni bir şuğilga solişidan oldin nafsingni bir nima bilan maşğul qil!

Dedim:

– Vasiyatga bir nima qöşing.

Dedi:

– Barça xizmatga kirişgan paytda sen bir nimani özlaştirmoqqa harakat qilkim, uning bir zarrasi ikki olam ilmidan uluğroq va yaxşiroq bölgay.

Söradimki:

– Ul nedur?

Dedikim:

– Maʼrifat.”

Maʼrifat sözining luğaviy maʼnosi insonlarning ong-bilimini, madaniyatini oşiruv­çi taʼlim-tarbiyadir. Men bugun xalqimning farzandlariga “Yoşlik”ning yoş muxlislariga baralla aytgim keladi: Azizlar, öqing! Maʼrifatli böling! Aslo kam bölmaysiz! Axir, “Olim bölsang – olam seniki”, deb, bejiz aytişmagan.

Bobomurod SAʼDULLAYEV suhbatlaşdi.

2024/11

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…