6 daqiqada öqiladi

383 marta körilgan

Taniş qahramonlar talqini

Elmurod Nişonov

Öktam Mirzayorning 2012-yili “Özbekiston” naşriyot-matbaa ijodiy uyida çop etilgan “Tuproq hidi” nomli qissa va hikoyalar töplamini öqib, beixtiyor xayolimga şu savol keldi: “Odamning yozganlari bunçalik öziga öxşamasa!”. Sunʼiylikdan xoli, juda ham sodda emas-u, lekin tuşunarli, tiniq, pişiq jumlalar. Bu taʼrifni xoh yozuvçining öziga (söziga, qalbiga), xoh qalamiga nisbatan deb tuşuning. 2015-yili “Özbekiston” NMIUda naşr etilgan navbatdagi – “Amakimning kasali” nomli hikoyalar töplami ham adib ijodi haqidagi  tasavvurimizni yanada boyitdi.

Albatta, heç bir yozuvçi özi körgan, his qilgan voqea-hodisalarni şundoq qoğozga tuşirib qöymaydi. Balki ularni badiiyat talablari çiğiriğidan ötkazib, söngra  kitobxonga taqdim etadi. Zotan, har bir voqea tipik xarakter bilan birga individual xususiyatga ham ega bölişi tabiiy. Taqdir haqida ham şunday deyiş mumkin. Har bir inson öziga xos, individual taqdir egasi. Kimningdir hayotidagi voqea boşqa birovnikida ham yuz berişi mumkin va, öz navbatida, heç qaçon aynan takrorlanmasligi ham aniq.

Adib hikoyalarida şunday voqealarni tasvirlaydiki, ularning syujeti sizga nihoyatda taniş tuyuladi. Özbek öquvçisi hikoya qahramonlaridan begonasiramaydi. Ular sizu bizning yon-verimizda, şahrimizda, qişloğimizda, işxonamizda uçraydigan turfa tabiatli, turli dunyoqaraşli, öz olami va taqdiriga ega insonlar.

Muallif juda katta, olamşumul işni amalga oşirmaydi, u şunçaki, qahramonlari taqdiriga bitilmiş voqeliklarni kitobxonga ohanjamasiz, tuşunarli va sodda uslubda tasvirlab beradi, xolos.

“Zavol” – ana şunday hikoyalardan biri. Ehtimol, muallifning kitobdagi eng yaxşi asaridir.

Hikoyani öqişdan oldin öquvçi asar nega şunday nomlanganiga qiziqadi. Nega aynan “Zavol”? Bu unçalik ham jozibali söz emas-ku…

Asarning oxirgi xatboşilariga borib esa, xuddi olam yuragi töxtab qolgandek, hammayoq jim-jit, oğir sukunatga çömadi. Nahotki, birgina xatoning jabri şunça bölsa! Axir, harçand adaşmasin, öğil ham Allohning bandasi edi-ku! Nega uni keçirişga birorta qalb, yaqin dildoş topilmadi?

Muqaddas kitoblarimizda aytilişiça, baʼzi gunoh işlarning yuvilişi (yaʼni keçirilişi) Allohga emas, bandasining öziga boğliq bölib turar, haq qaror topgunça, yaʼni bandaning banda oldidagi aybu gunohi keçirilmagunça, hukm çiqarilmas ekan. Xöş, “böyçangina, oqmağizdan kelgan, qoraqoş, qoraköz”, yaʼni zohiran heç kimdan kam joyi yöq, hatto teng-töşlaridan körkamroq yigit Abduolim nima ayb qilib qöydiki, bu gunohi tufayli uning gulday umri zavolga yuz tutdi?..

Avvaliga hammasi romantik kinolardagidek edi. Suluv qiz – “xipçabel Xadiça dala boşida körindimi, Abduolim qöşiğini vang qöyib, muhab­batini eldan yaşirib ötirmasdi”. Ularning sevgisi xuddi qöşiqlardagidek sof, munosabatlari buloq suvidek tiniq edi. Gard yöq – işonç möl; dard yöq – quvonç möl…

Şunday qismatlar töğrisida gap borsa, baʼzan: “Ha-a, hayot beşafqat-da!” deb qöyamiz kuyungan bölib. Aslida, hayotni yaşab ötayotgan odamzodning özi-ku, uning boşiga bir kulfat tuşsa, nega endi hamma ayb hayotda böladi? Aql, idrok, imon deganlari qayoqqa ketadi? Bu neʼmatlardan istagan kişi bahramand bölişi mumkin emasmi, axir?

Yozuvçi ilk jumlasidan söngisiga dovur öquvçini hayajonda uşlab turişni uddalaydi. Qahramonlari işiga “aralaşmaydi”, ustoz­lar aytmoqçi, ularni “öz holiga qöyib qöyadi”ki, bu asardagi voqealarning tabiiyligini, işonçliligini taʼminlagan.

Umuman, yozuvçi ijodiga xos umumiy jihatlardan biri, balki yutuği ham şundadir. Muallif qahramonlariga şafqatsiz emas, hatto baʼzan öta mehribon ham. Ular bilan boğliq nafrat qözğaydigan holatlar tasvirida ham, prinsipiga sodiq qoladi. “Zavol”da baxtiqaro Abduolim (qançalar xunuk manzara!) otasining yoqasidan oldi!.. Biroq tezda özini öngladi-yu… keç edi. Huşini yiğib olgunça, ikki qöli Narzi çötirning yoqasini çangallab bölgandi…

Boşi sal sovigaç, nima qilib qöyganini angladi. Qiynaldi. “Öğillari Norqul bilan Şerqulning umidsiz nigohi, Xadiçaning maʼnisiz baqraygan közlaridagi befarqlik, otasining “gung-soqov”ligi uni tamoman ezib taşladi”. Gunohkor yigit ruhiy ahvolini çizayotganda muallif bisotidagi eng zaharli sözlarni qöllaşi, tim qora böyoqlarni çaplaşi mumkin edi. Şunday qilsa, kitobxon uni heç ayblamasdi. Lekin u kuzatuvçi, kuzatiş­larini sizu bizga hikoya qilib beruvçi xolis guvoh sifatida voqeani boriça, qöşib-çatmasdan, qahramonlarining könglidagi gaplarni ortiqça böyoqlarsiz qoğozga tuşiradi.

“Bu uyda uni heç kim tuşunay demasdi”. Mana şu birgina jumla laʼnatga munosib öğilning tafakkuri, ruhiy holati haqida öquvçiga tasavvur beradi. Oğir gunohga ongli ravişda qöl urgan barça kimsalar kabi Abduolim ham uni “tuşunişlarini” istardi. Mana şu xato öy, yangliş fikr sabab bölsa kerak, otasidan yoki bolalaridan uzr söraş xayoliga kelmaydi, asarda aytilganidek, “özini oqlaşga harakat ham qilib körmaydi”.

U zavolga yöliqdi, keçirilmadi. Öquvçi beixtiyor buni nobakor öğilning otaga qilgan muomalasidan deb taʼvil qilişi mumkin. Bu haqiqatga yaqin. Biroq, nazarimda, Abduolim hu-u öşa töy keçasida, balki undan avvalroq, öyinçi qizlar qölidan xonday kerilib çoy içib yurgan kezlaridan zavolga yuz tuta boşlagandek tuyuladi…

Hayotda köngildan azizroq nima bor? Imon, mehr, muhab­bat kabi barça bebaho tuyğularni özida jo qilgani uçun ham köngilning qadri baland. Bir köngilni şod qilmoqlikni vayron bölgan Kaʼbani obod aylamoqqa mengzagan donişmand şoirimizdan ötkazib bu borada nima deyiş mumkin?

Gap şundaki, Öktam Mirzayor hikoyalarida köngil uluğlanadi.

Albatta, heç bir örinda bu haqda oçiq aytilmaydi, inson qalbi – ulkan boylik, uni asrab-avaylaş kerak, qabilida nasihatgöylik qilinmaydi. Biroq mutolaa jarayonida öquvçining özi beixtiyor şunday xulosaga keladi. Butun boşli töplamga nomi berilgan “Amakimning kasali” sarlavhali hikoya sözimizga eng yaxşi dalil.

Uşbu asar bir qaraganda oddiy hajviyaga öxşaydi (adib uni kitobning “Hajviyalar” bölimiga kiritganiga qaraganda, özi ham şunday fikrda). Keksa, tajang, gapkötarmas bölib qolgan amakining beozor qiliqlari, yoşiga yaraşmagandek köringan erkaliklaridan öquvçi miyiğida jilmayib qöyadi. Özining öylaşiça, çol qattiq kasalga çalingan, umrining beş kuni qoldimi-yöqmi – Xudoga ayon. U şuni farzandiga ham, uka maqomidagi jiyani – akasining katta şaharda yaşaydigan öğliga ham pisanda qilaveradi. Voqea amakining mana şu xarxaşalari asosiga qurilgan. Şirali, yengil yumorga yöğrilgan, xalqona tilda yozilgan bu jajji asarni tabassum bilan öqiysiz. Hikoya yaxşi yakun topadi: amakining “kasal”i aniqlanadi, davosi ham topiladi. Biroq uni tugatişingiz bilan öylaşingizga aminman: inson bino bölganidan to bu olamni tark etguniga qadar mehrga muhtoj yaşarkan-da! Amakining “kasal”i mana şu – dunyodagi eng iliq, hayotbaxş tuyğu – mehrga ehtiyojdan, eʼtiborga taşnalikdan ekan!

Töplamdan örin olgan “Or”, “Mehr” hikoyalarida ham uluğ tuyğular tarannum etiladi.

Hajviya deganda ayrimlar boşidan-oxirigaça xoxolab kulib öqiladigan yengil bir narsani tuşunadi. Jahon adabiyotida bunday asarning özi yöq bölsa kerak. Agar kulgili deb bilgan asarimizni tinimsiz kulib öqisak, menimça, yo kayfiyatimiz favqulodda çoğ, yoki yumor tuyğumiz sayozroqligini foş etib qöygan bölamiz.  Fikrimizça, hajviya odamni şunçaki kuldiradigan ançayin bir latifanamo jumlalar tizmasi emas, u köp örinlari bilan kuldiradigan, yaʼni hissiyotiga taʼsir etadigan, şu bilan birga, tafakkurni çarxlaydigan tom maʼnodagi badiiy asardir.

“Amakimning kasali” töplami mundarijasidan joy olgan hikoyalarning aksariyati yumordan xoli emas. Biroq yozuvçi ayrim hikoyalarini “Hajviyalar” deya alohida bölimga joylaştirganki, bu kulgisevar kitobxonlar eʼtiborini tortişi şubhasiz.Ularda muallifning nafaqat oddiy yumor tuyğusi, balki jamiyatda uçraydigan muammolarga murosasiz nigohi, kuraşuvçan qalbi ham şundoq aks etadi. Nima qilib bölsa-da, (bu yölda pora berişdan ham qaytmay), öz işini bitirib ketadigan Xoldorov singari munofiq kimsalar; xalqning, davlatning mulkini talon-toroj etişni kasb qilib olgan, birovning haqidan hazar etmaydigan, qilğiliqni qilib, öz qilmişini birovning ustiga yuklab ketişdan toymaydigan Tulkilarga (muallif şunday kimsalarni umumlaştirib, tulki obrazida jamlagan) “Xoldoş”, “Hiyla” hajviyalari orqali közgu tutiladi.

Sirasini aytganda, yozuvçi mazkur kitobi orqali ke­­yingi yillarda özini bezovta qilgan, aytmasa, yozmasa bölmaydigan gaplardan könglini bir sidra böşata olgan, deb öylaymiz.

Elmurod Nişonov

1986-yili tuğilgan.

Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Hajviy hikoyalari "Yoşlar kitobi"ga (2008-yili) kiritilgan. Publitsistik maqolalari respublika naşrlarida eʼlon qilib kelinadi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)