6 daqiqada öqiladi

989 marta körilgan

Hikmat qudrati

Qudrat Hikmat

Kamina 1961-yili “Ğunça” jurnali boş muharriri Abdusodiq Irisovning topşiriği bilan Bekobod metallurgiya zavodiga borib, Anvar Toşpölatov haqida bolalar uçun ballada yozib kelgandi.

– Balladangiz “Ğunça” öquvçilariga emas, kattaroq bolalarga töğri keladi, gazetaga bera qoling,  – dedi muharririmiz.

“Ballada yoqmagan bölsa, bahona qilyapti”, degan xayol bilan ğaladonga taşlab qöydim. Oradan ança vaqt, çamasi bir yil ötgandan söng öqib körsam, çindanam, Abdusodiq Irisovning gapida jon bor ekan. Balladani bolalar gazetasiga bergandim, darhol çiqarişdi.

Ertasiga Qudrat Hikmat tahririyatga kelib tabrikladi. Şundan söng meni “Metallurg” deb atay boşladi. Bir kuni: “Metallurg, şeʼrlaringni tayyorla. Kitobingni çiqazamiz”, deb qoldi dabdurustdan. Men bölsam, bu gapni şunçaki aytdi-qöydi-da, deb tuşunibman. Şoir esa har hafta yo hafta oralatib: “Metallurg, qölyozmalarni tayyorladingmi?” deb sörab qoladi. Nihoyat, topşirdim. Endi har uçraşganda: “Planga kirdi, muharrir köryapti”, der edi. Qölyozma terişga tayyor bölganda, qarasam, bir kiçkina kitobçada ikki muallifning ismi-şarifi turibdi.

– Bu qanaqasi, menga hammuallifning keragi yöq, çiqarmay qöyavering! – dedim aççiqlanib.  Qudrat aka esa meni qöltiqlab olib, köçaga yöl boşladi. Çoyxonaga kirdik. Çoy ustida izoh berdi:

– Hozir bolalar şoirlari köp. Hammasini çiqaray, desak, hukumat qoğoz ajratmaydi. Olim Mahkamov yaxşi, lirik şoir. Lekin bir özining kitobini çiqarolmaymiz.

– Özingiz bilasiz, – dedim hafsalasizlik bilan.

Şunday qilib, 1964-yili Miraziz Aʼzamov bilan Olim Mahkamovning şeʼrlari “Metallurg” nomi bilan naşrdan çiqdi. Keyin öylab qarasam, bu hayot hikmatlarini yaxşi özlaştirgan odamning tutgan yöli ekan.

Qudrat aka köpinça tuşlik payti tahririyatga kelib, çoyga taklif qilardi. Bir piyola çoy bahona jonidan ortiq körgan farzandlarining yoqimli va şirin gaplarini, qiliqlarini sevina-sevina gapirib berardi. Öğli Murodjonning şöxliklari, tinib-tinçimasligi haqda “Hayron qoldirar” nomli şeʼr ham yozgan.

Handalak böy Murodjon

Goho gijing toy bölib,

Xiviç tolni “ha-çuv”lar

Kölmak suvda loy bölib.

Şunda tuşar esimga

Ğirt öt bölgan  yoşligim.

Qişda quşday dirgizlab

Qor keçgan beboşligim, –

deb boşlanuvçi bu şeʼrdan şoirning bolaligi qanday ötganini aniq tasavvur qiliş mumkin. Ayni çoğda xalqda “Şöx bola bot quyilar” deyilganidek, hozir “paypoği, şimi isqirt”, “ilma-teşik qalpoqli” bu bola “serharakat, mard, durkun” azamat bölib ösajagi va undan kulganlarni “hayron qoldirajagi” haqida işonç va mehr bilan töla satrlar bitgan edi.

1967-yili Qudrat aka meni naşriyotga işga taklif qildi.

– Naşriyotda senga öxşagan bir gaplaşadigan, sirlaşadigan odamim yöq. Sen bizga ötgin…

– Bilmasam, jamoamizdagilar ham, muharririmiz ham yaxşi odam. Ulardan faqat yaxşilik kördim. Ketişim – unçalik öxşamaydi-da…

– Biznikilar ham hammasi yaxşi odamlar. Direktorimiz Sotvoldi Yöldoşev adolatli, töğrisöz, hazilkaş, askiyaçi. Biror marta biror kişini siltab gapirganini körmaganman. Sening boşliqlaring bilan özim gaplaşaman. Heç kim sendan xafa bölmaydi. Mana, körasan…

Sotvoldi Yöldoşev meni oçiq yuz va samimiy tabassum bilan kutib oldi:

– Sizni hozirça yoşlar publitsistikasi bölimiga katta muharrir qilib olamiz. Ikki-uç oyda bolalar adabiyoti bölimiga ötasiz. Hozir töğridan-töğri bolalar adabiyoti bölimiga katta muharrir qilib olsak, u yerda neça yillardan beri bu örinni orzulab ötirgan muharrirlar  bor, ular xafa bölib, şikoyat qilişlari mumkin…

Xuddi ularning möljaliday bölib, bolalar adabiyoti bölimiga bir munça keyinroq ötdim.

Qudrat aka tanaffus çoği kulib:

– Men bu bölimda “podşo”, sen “saroy  kotibi” bölasan, – dedi.  

– Kotib bölib nima iş  qilaman? – deyman.

– Menga kömak beradigan, kelajakda men ketsam, yölimni davom ettiradigan izdoş. Hozirça  yordamçim bölib iş yuritasan, – deb xoxolab kuldi va kiftimga urib-urib qöydi.

Şu-şu, endi men Metallurg emas, Kotib  böldim.

Qudrat aka özidan kattalardan, ayniqsa, Oybek domladan, Quddus Muhammadiydan yaxşi mehr körgan edi. Buni  unutmadi, ulardan olganlarini ortiği bilan özidan kiçiklarga qaytardi.

Bir kuni meni Mirkarim Osimnikiga olib bordi. Domla, Quddus Muhammadiy bilan şirin suhbat qurib ötirgan ekan.

– Mirkarim aka! Bu yigit Miraziz Aʼzam degan şoirimiz. Sizga öxşagan “Mir”lardan, – deb domlaga taniştirdi.

– Qani, sen “Kitob, nima desalar?” degan şeʼringni öqi-çi! – deb qoldi. Öqidim.

Qudrat aka sabab Mirkarim Osim bilan  yaqin bölib qoldim.

Boşqa ustozlarning uylariga, işxonalariga olib borar, ijod namunalarini çiqarişga kömaklaşardi. Tursunboy Adaşboyevning kitobini çiqariş uçun qölyozmasini naşriyot muharrirlar kengaşida muhokama qildirib, söng rejaga kiritdi. Qudrat akaning hayotida bunday misollar juda köp. Asosan yoşlarning kitoblarini rejaga kiritişda jonbozlik körsatardi.

Qudrat aka hali yoş bölişiga qaramay, keyingi yillarda köp kasallana boşlagandi. “Öğlim bilan suhbat” nomli ön bosma taboq şeʼrlar va dostonlar qölyozmasini şoşilinç topşirdi.

– Tezroq tuşirib ber, – dedi.

– Qudrat aka, men sizning eng yaxşi şeʼrlaringizni özim saralab töplam tayyorlamoqçi edim.

– Uni keyin tayyorlaysan, şuni tezroq tuşirib ber, – dedi.

Men qölyozmani tez öqib çiqib, naşrga tayyorlaşga kirişdim: töplamni boş muharrir ham maʼqullagandan keyin rasmlar muharriri Gennadiy Jirnovga töplamdagi barça şeʼr, ertak va dostonlar mazmunini aytib berdim (u paytda naşriyotlardagi va jurnal tahririyatlaridagi rasm muharrirlari asosan boşqa millat vakillari bölib, özbekça qölyozmani öqiy olmas, şuning uçun kitob muharrirlari rasm muharrirlariga butun kitobning mazmunini aytib, tuşuntirib berişi şart edi). Genadan tez va yaxşi işlaydigan rassomlarga rasm buyurtirişini iltimos qildim. R.B.Levitskiy bilan V.Kaydalov rasm va bezaklarni bitirib berişdi. Nihoyat töplam kitob qilib çiqariş uçun tayyor böldi va uni işlab çiqariş bölimiga topşirdik. 

Bu orada Qudrat aka Xotinköprikdagi şahar klinik kasalxonasiga davolangani yotdi. Buyragining bittasi işdan çiqqan, operatsiya qilmasa bölmas ekan. Biz har gal uni körgani borganimizda “Kitob nima böldi?” deb sörardi. “Çiqib qolar”, derdik.  Ammo direktorimiz, oçiğini aytganda, uni bosmaxonaga topşirişga ruxsat bermas, qölyozma işlab çiqariş bölimida harakatsiz yotardi. Kasalxonaga naşriyotimizning muharriri Erkin aka Siddiqov bilan Qudrat akani körgani borganimizda, u: “Axir, nima gap?” deb kitobining taqdirini suriştirdi. Biz töğrisini aytişga majbur böldik. Uning közlari yoşlandi. “Men bir ahvolda yotsam-u, direktor menga şunday muomala qilsa… bu nimasi?  Meni körgani kelmadi. Mayli, har kim öz tomiga tuşgan qorni kuraşi kerak. Ammo qölyozmani nega töxtatib turibdi?” dedi aççiği kelib. Dard esa kundan-kunga oğirlaşib borar edi.  Erkin Siddiqov bir kuni Qudrat akani körgani borib, sovuq xabar olib keldi. Davolovçi vraç: “U nego v golose poxoronniy zvon”, deganmiş. Afsuski, bu xunuk başorat töğri çiqdi. Ertasigami, indinigami (öşanda 1968-yil edi), Qudrat aka buyrak kasalidan 42 yoşida vafot etdi. Albatta, şoir uçun bu eng navqiron – jöşib yozadigan, ijod qiladigan palla. Ming afsuski, Qudrat Hikmat ijodiy barkamollikka erişgan ayni avj  nuqtada dunyoni tark etdi. Ammo şoir şeʼrlarini hali-hanuz turli darsliklarda, töplamlarda öqirkanmiz, şeʼrlar qatidagi umrboqiy hikmatlar  qudratiga ölim bas kelolmas ekan, deb könglimiz yorişadi.

Miraziz Aʼzam

1936-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ni tamomlagan.

“Metallurg”, “Aqlli bolalar”, “Senga nima böldi”, “Yer aylanadi”, “Yerga dovruq solamiz”, “Bir çöntak yonğoq”, “Sevaman”, “Tuyğular”, “Sabot”, “Haqiqatning közlari” kabi şeʼriy töplamlari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)