Bundan ellik yil burun – ming bora maqtansa arzigulik Tinç okeanida qudratli va şavkatli harbiy flotda yigitlik burçini bajarganmiz. Matroslarning umri okean va dengizlarda qiyinçilikda ötsa-da, zavqli böladi.
Xullas, bu galgi safarimiz afsonaviy orol-davlat Kuba sari yönalgan edi. Yöl olis, sakkiz oy ummonda yurişimiz kerak, ulkan kema – tankerda ğimirlab yurgan mingga yaqin matros bir neça haftalik qattiq mehnat qilib Rossiyaning Qora dengiz qirğoqlarida safarga tayyorgarlik kördi.
Nihoyat, tayyorgarliklar tugab, kema kapitani, gruzin millatiga mansub Malxazi Zauri sevimli iborasi bilan “Polundra!”[1] deb qiçqirib qoldi:
– Ertalab yölga çiqamiz. Safar uzoq va oğir ötişi aniq. Zerikmasligingizni taʼminlaş uçun bir nima öylab topmasam bölmaydi.
Kema kapitanimiz har zamonda “şumlik” qilib turardi. Baʼzan matroslarni ikkinçi qavatda joylaşgan palubadagi basseynga uçinçi qavatdan sakratib qolar, bir safar ularni palubadan oltmiş metrça balandlikka kötarilgan maçtaga[2] çiqişga majburlasa, boşqa safar oçiq dengizda ikkiga bölinib suv futboli öynatişni istab qolar edi. Albatta, xavfsizlik talablariga töla amal qilgan holda. Özi ham çetda turmas, “mard maydonda sinaladi” deganlaridek, har doim öyin markazida bölar edi.
Bu safar nimani rejalaştirgani matroslarni qiziqtirardi. Yigitlarga gap yöq, ular turli millatdan bölsa-da, birdam va hamfikr, öt desa ötga, suv desa suvga tuşişga tayyor qarçiğaydek edi.
Kapitan balki şu yöl bilan matroslarning maşaqqatli hayotini yengillaştirmoqçi bölgandir, yanayam kim biladi, yoki vaqtni sermazmun ötkazişga, eslab yurişni xohlayotgandir, bu yoği bizga qoronği.
Ertalab matroslar yiğilgaç, kema kapitani Malxazi:
– Bugundan boşlab heç kim soqol olmasin, kim soqoliga teginsa, okeanga uloqtiraman. Kubaga yetganimizça şunday bölsin! Tuşunarlimi? – dedi bizni hayron qoldirib. Çunki harbiy xizmatga kelib bilganimiz har kuni tongda birinçi qiladigan işimiz soqol qirtişlaş edi.
Biz dengizçi Kusto bobo aytmoqçi “hayratda” edik. “Bunisi nima böldi yana? Tavba… Bunday fikrlar uning kallasiga qayoqdan kelarkan?!” Hay mayli, köraylik‑çi, şu soqolni olmasak olmabmiz-da, kapitan bejiz bunday buyruq bermagandir.
Ön beş-yigirma kundan keyin matroslarning yuzini tuk bosdi. Ular kemada ğimirlab yurar, baʼzilar maçtadagi arqonlarni tortsa, boşqalar taşqaridan yopişib qolgan öt-ölanlarni tozalar, yana kimlardir palubani yuvar edi. Hamma bir-birining yuzidagi yumşoq yerdan unib çiqayotgan piyoz nişlaridek soqollariga işora qilib hazillaşar, qiyofalari özgarib borayotganidan “Kimsan?” deb qöyişar edi. Soqollar kundan-kun ösar, oylar ötib barçamiz qorboboga aylanib borardik. Navqiron qorboboga!
Boşida soqol umuman yoqmadi. Noqulayligini aytmaysizmi, bora-bora könikib ham ketdik.
Kemada birgina men özbekman. Soqolim ham boşqalarnikidan farqli qop-qora edi. Hamrohlarimning hammasi Çapayev kinolarini körib katta bölgan yigitlar emasmi, meni “karasakal” deb atay boşlaşdi, baʼzan esa “basmaç” deyişardi.
Oradan oylar ötdi va biz Kuba qirğoqlariga yaqinlaşdik. Va nihoyat, kapitanning “Polundra!”si yangrab, matroslar yiğilgaç, ertaga qirğoqqa çiqişimizni eʼlon qildi.
– Endi hammang soqolingni olib, odambaşara böl, hammangning maymundan farqing qolmapti, – dedi va safni aylanib, eng uzun soqolli beş-olti matrosni tanlab, “bu yoqqa öt” işorasini qildi. Ular orasida men ham bor edim. Biz safdan çiqib, aytilgan tomonga ötdik.
– Örtoq bosman[3], – dedi kapitan yordamçisini yoniga çaqirib. – Bularning soqolini ölçab qöy! Qani, bilaylik‑çi, qay biriniki eng uzun ekan?
– Xöp, böladi, – dedi bosman kaftini çakkasida qotirib.
Keyin bosman bizni yetti-sakkiz oydan beri soqol olmay, faqat soç olib zerikkan kema sartaroşi tomon boşladi. U bizni bajonidil kutib oldi. Kapitanning topşiriğini eşitib, quvonganidan joyida sakragança, qayçisini şiqirlatib raqsga tuşib ketdi.
Soqol ölçaş marosimi boşlandi. Bosmanning nazoratidagi ölçov işlarida çeçen yigit Dalxanning soqoli 38 santimetr bölib, u, şubhasiz, ğolib böldi. Meniki undan uç santimetr kalta edi, demak, ikkinçi örin, uçinçi örin esa gruzin yigiti Gogiga nasib qildi.
Öşa kuni kapitanning bir oğiz buyruği bilan hamma matroslar soqolini oldirib, bip-binoyi yigitlarga aylanişdi. Ğaroyib tomoni, sakkiz oydan beri faqat soqolli yuzlarni körib örgangan közlarga silliq yuzli haqiqiy çehralar notanişdek tuyilardi. Tunda kapitan hammani yana töplab, örtaga savol taşladi:
– Qani, azamatlar, menga aytinglar-çi, soqol bilan yurganingiz yaxşimidi yoki soqolsiz?
– Soqolsiz! – dedik biz jör bölib.
– Nima uçun?
– Mmm… – javob berişga javob berdig‑u, lekin heç birimizda aniq, tayinli javob yöq edi.
– Çaynalmasdan javob bering! Yaxşisi, bitta-bittadan! Qani, sen boşla, – dedi bir şerigimizga.
Kapitan har birimizga navbat bilan nigohini qadab, aytgan sözlarimizni eʼtibor bilan tinglay boşladi.
– Soqol juda ösib ketsa, xalal berarkan.
– Ortiqça iş, örtoq kapitan.
– Taraş kerak.
– Çigallaşadi.
– Qitiğim keldi, hi-hi.
– Çolga öxşab qoldim.
– Rahmat sizga, örtoq kapitan!
– Nima uçun?
– Farqini anglatganingiz uçun! – kapitanga qöşilib hammamiz kulib yubordik.
Ertasi kuni tongda ozod iyaklarini silab, bir-biriga hazil-kulgi ulaşayotgan matroslar kemadan Kuba qirğoğidagi bandargohga tuşib kelişdi.
Döstbek SULAYMONOV
1981-yili Qöşrabot tumanida tuğilgan.
Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. “Çöqqilarga intilib”, “Salom qani?”, “Zavol bölgan umrlar”, “Badiiy ijod sirlari” nomli kitoblari çop etilgan.
2024/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


