Aqlli eshak

0
736
marta ko‘rilgan.

Bir kuni eshak quduqqa tushib ketdi va yordam so‘rab hangray boshladi. Uning ovozini eshitib egasi keldi va vaziyat bilan tanishgach, noiloj yelkasini qisib qo‘ydi – eshakni quduqdan chiqarib olishning hecham iloji yo‘q edi. «Eshagim qarib qolgan, hademay o‘zi o‘lar edi, baribir boshqa, yoshroq eshak sotib olishim kerak. Bu quduq ham suvsizlanib, qurib qolayozdi, baribir yangisini qazishim lozim. Shunday ekan, bir o‘q bilan ikki quyonni urganim ma’qul: quduqqa qo‘shib birato‘la eshakni ham ko‘mib yuboraman», deb o‘yladi sohib va tezda qo‘ni-qo‘shnilarini hasharga chaqirdi. Ular qo‘llariga kurak olib, birgalikda quduqqa tuproq tashlay boshlashdi. Eshak odamlarning niyatini darrov ilg‘adi va yana bor ovozi bilan hangrashga tushdi. Odamlar uning fig‘oniga e’tibor ham qilishmadi. Oxiri eshak ham jimib qoldi. Ancha tuproq tashlangach, sohib sekin quduqqa qaradi va shu manzarani ko‘rdi: eshak tepadan kelayotgan tuprog‘u kesaklarni oyog‘i bilan qabul qilgancha to‘zg‘itib yuborar, natijada tuproq uning ustiga emas, ostiga tushar, quduq borgan sari sayozlashib, tubi ko‘tarilib borar edi. Ko‘p o‘tmasdan, hammani hayron qoldirganicha, eshak tepaga chiqib oldi va quduqdan sakrab chiqib, bandilikdan xalos bo‘ldi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.