Men Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Xöjasoat qişloğida dunyoni kördim.
Şu qişloqda katta böldim. Şu qişloqda örta maktabni bitirdim.
Maktabda hikoyalar maşq etdim.
Toşkent Davlat dorilfununi jurnalistika fakultetini tamomladim.
Dorilfununda hikoyalar maşq etdim.
Jumhuriyat radiosida tört yil muharrir bölib işladim.
Qizil armiya saflarida harbiy xizmat qildim.
Ikki yil “Özbekiston fizkulturaçisi” gazetasida tarjimon böldim.
“Fan va turmuş” jurnalida ikki yil muharrir bölib işladim.
Moskvadagi Adabiyot institutida öqib keldim.
Men örta maktabni bitirib, şunday niyat etdim: öttiz-öttiz beş yoşlargaça uylanmayman, oila qurmayman, biror idorada faqat tirikçilik uçun işlayman.
Men faqat bir maqsadni közladim: öttiz-öttiz beş yoşlargaça jahon adabiyotini öqiş, faqat öqiş, öqiş, öqiş, qöl qotib qolmasin uçun mayda-mayda hikoyalar maşq etib turiş.
Men şu niyat yölida imorat solmadim, maşina olmadim, mansab egallamadim, şon-şuhrat qizğanmadim.
Men dunyo talaşmadim!
Faqat izlandim, faqat öqidim.
Ğanimlarim meni işdan haydadilar.
Kuraşda bir tabiat qonuni bor: polvon davrada mağlub bölsa, taqdirga tan berib ketmaydi. Yöq, polvon özini boqadi. Polvon özini parvarişlaydi. Polvon tinimsiz maşq oladi. Raqibidan mağlubiyat alamini oliş uçun şaylanadi. Raqibidan alamini olmasdan-da qöymaydi.
Men gödakligimdan davralarda kuraşib katta böldim. Polvonlik ajdodimda bor, polvonlik qonimda bor.
Menda ana şu polvonlik qonim qözğoldi.
Men ğanimlarimdan alam oliş uçun şaylandim.
Men kim ekanimni bir körsatib qöyiş uçun katta asarga qöl urdim.
Nihoyatda… nihoyatda sanoqli kunlarda “Yulduzlar mangu yonadi” nomli birinçi qissamni yaratdim.
Men bu qissam bilan ğanimlarimga: “Mana, men kimman!” degan böldim.
Qissa elga manzur böldi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hisobot yiğilişida yilni eng yaxşi qissasi, deya baholandi.
Ğanimlarim bir kuydi, bir kuydi-ye!
Bu – tasodif, dedilar. Kesakdan olov çiqdi, dedilar. Fisq-fasod tarqatdilar.
Bir çaqasiz kunlarim böldi. Ijara haqini tölay olmay, ijaradan haydalmiş kunlarim böldi. Boşpanasiz kunlarim böldi.
Men qişloğimga qaytdim.
Onam sandiq kovladi. Lattalar ostidan bir tugunça oldi. Tugunçani uç-tört aylantirib oçdi.
Tugunçadan beş-olti söm pul çiqdi.
Onam şu pulni menga uzatdi.
Şunda… men bir boşqa bölib qoldim. Men taşqari otilib çiqib ketay, dedim.
Bu pul… onamni… ölimlik puli böldi.
Men devorni uşlab qoldim.
– Olmayman…– dedim.
– Ol, sen şoir bölsang böldi, ol,– dedi onam.
– Yöq… – deya boş çayqadim.
– Ol, sen şoir bölmaguningça men ölmayman.
Men tağin Toşkent qaytib keldim.
Men endi onamni ölimlik puli bilan tirikçilik keçirib izlandim.
Bir jurnal muharriri menga işga olaman, dedi.
Ammo ğanimlarim xabar topib, meni işga oldirmadilar.
– Özi, boşqa, asari boşqa, – dedilar.
– Özidan asari yaxşi, – dedilar.
– Asari kerak, özi kerak emas, – dedilar.
Ana şunda polvonlik qonim tağin qaynadi.
“Uh, qoraqönğizlar!” – deya, ğanimlarimni içimda yandim. – Sen qoraqönğizlar kim-u, men kim ekanimni ana endi körasanlar!” – deya qözğoldim.
Keç kuzda yurtimizga yöl oldim.
Sattor çavandoz degiç bilan til topişdim. U menga bir ot topib berdi.
Men… otlandim!
Sattor çavandoz bilan qişloqma-qişloq yurdim. Töyma-töy yurdim. Köpkarima-köpkari yurdim.
Kunduzlari turli yurtlardan kelmiş çavandozlar bilan köpkari çopdim.
Neça bor otlardan yiqildim.
Keçalari töyxonalarda çavandozlar bilan gurung qildim.
Çavandozlar dömbira çalib, köpkarilardan söyladi, otlardan söyladi, çavandozlardan söyladi.
Uzun qiş köpkarixona – iş joyim böldi, çavandozlar – hamxonam böldi, otlar – birodarim böldi.
Nihoyat, köklamda “Ot kişnagan oqşom” nomli ikkinçi qissamni jurnalga kötarib keldim.
Qissa adabiyot osmonida bir momoqaldiroq böldi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hisobot yiğilişida yilni eng yaxşi qissasi, deya baholandi.
Men yelkamdan nafas oldim. Men entikdim. Men xumordan çiqdim!
Yurtimiz toğ etagida Söfi Olloyor qabri bor. Şu qabr qabatida toğçorboğ bor.
Men bir qişni ana şu yurtim çorboğida qişladim. Söfi Olloyor bobo bilan qabatma-qabat yotib, “Oydinda yurgan odamlar” nomli qissa bitib keldim.
Qissani çop ettiriş uçun uç yil sarson-sargardon böldim. Törtinçi yil kuya-pişa çop ettirdim.
Şu qissadan keyin meni olqişlovçilar köpaydi. Meni qöllab-quvvatlovçilar köpaydi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi qissalarimga Oybek mukofotini berdilar.
Ittifoq Yozuvçilar uyuşmasi syezdiga delegat etib sayladilar.
Ittifoq Yozuvçilar uyuşmasi pravleniyesi aʼzoligiga sayladilar.
Ğanimlarim qoraqurtday ğimirlab qoldilar.
Dunyoda qanaqa mağzava bor – meni boşimdan tökdilar. Dunyoda qanday fisq-fasod bor – meni nomimga tupuklab yopiştirdilar.
Toğay Murod nomimni qop-qora etdilar.
Men ular haqida “Momo-Yer qöşiği” nomli qissa yaratdim.
Savob iş barça uçun böladi. Ayol-erkak uçun böladi. Yoş-qari uçun böladi. Yetti yaşaru yetmiş yaşar uçun böladi.
Men el-yurt uçun ana şunday bir savob iş qilgim keldi.
Seton-Tompsonni “Yovvoyi yörğa” kitobini özbekçaga tarjima etdim.
Tabiat, jonivorlar hayotidan söylaguvçi mazkur kitob yetti yaşar kitobxon uçun-da, yetmiş yaşar kitobxon uçun-da birday suyukli, birday ardoqlidir.
Ana şu vaqt qatağon avj oldi.
Işdan hayda-hayda avj oldi. Firqadan öçir-öçir avj oldi. Sur-sur avj oldi.
Nihoyat… qama-qama avj oldi.
Özbek ziyolilari kişanband böldi. Özbek ziyolilari mahbus böldi.
Özbek ziyolilari keçalab-keçalab Moskvaga olib ketildi.
Söroq Moskvada böldi. Sud Moskvada böldi. Hukm Mosvada öqildi.
Ana şunda polvonlik qonim qaynadi!
Endi qonim öz ğanimlarim uçun qaynamadi. Yöq, öz ğanimlarim öz yölida qoldi.
Endi qonim… olam-jahon ğanimlarim uçun qaynadi. Endi qonim… qudratli ğanimlarim uçun qaynadi.
– Men özbek xalqiga haykal qöyaman!
Men ana şunday şahd bilan olam-jahon ğanimlarim sari şaylandim.
Adabiyot institutida öqiş uçun yöl oldim.
Barça hayron bölib qoldi.
Boisi – men endigina uylanib edim.
– Savodni mazasi yöq, Moskvada öqib kelmasak bölmadi, – dedim. Dardim öqiş bölmadi. Dardim prokuraturalar böldi, dardim sudlar böldi.
Bir oyoğim institutda böldi, bir oyoğim sudlarda böldi.
Men taniş-biliş yöli bilan tergov matnlarini sotib oldim. Ikki oğiz axborot oliş uçun yarimtalar quydim.
Öşanda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi qissalarim uçun Oybek mukofotini berib edi. Ana şu mukofot pulini zindonlardan axborot oliş uçun sarfladim.
Men ertadan keçgaça sudlarda ötirdim. Sud yölaklarida ötirdim. Sud zinapoyalarida ötirdim. Sud darvozalari ortida tik turdim.
Sudga kiritmasa, qöşni uylar çerdagiga çiqib, sudni poylab ötirdim.
Men uzun kunlar sud idoralari tevaragida aylanib-aylanib yurdim.
Men öz közim bilan kördim: özbek xalqini yulduz ziyolilarini tepib-tepib zindonmaşinaga bosdilar. Özbek xalqini gultoj ziyolilarini urib-urib zindonmaşinaga soldilar. Özbek xalqini sara ziyolilarini oyoq-qölidan olib, zindonmaşinaga otdilar…
Men Moskvada öqimadim. Men Moskvada özbek ziyolilari qayğusi bilan yaşadim..
– Men özbek xalqiga haykal qöyaman!
Men Moskvadan ana şu niyat bilan qaytib keldim.
Men beşinçi sinfdan boşlab paxta terdim. Dorilfunun davrida, iş davrida paxta terdim.
Böyim paxtada ösdi. Aqlim paxtada kirdi. Savodim paxtada çiqdi.
Ammo romanni boşlab… paxta nima ekanini bilmasligimni anglab qoldim. Oppoq qoğoz bilan yuzma-yuz bölib… paxta bilan men begona ekanimizni bilib qoldim.
Men uçun paxta qaysi bir… qaysi bir dengiz ostida ösajak ötday bölib tuyuldi.
Men paxta masalasida bir… görsöxta ekanimni bilib qoldim.
Men endi neça önlab paxtaçilik darsliklarini öqidim. Neça önlab qişloq xöjalik kitoblarini öqidim.
Paxtada ötmiş kunlarimni bir-bir esladim. Özim bilmiş paxtakorlarni bir-bir yodladim.
Baribir… baribir bölmadi.
Men özimni… xalq hayoti bilimdoni, deya öylar edim, xalq xarakteri bilimdoni, deya öylar edim, xalq ruhiyati bilimdoni, deya öylar edim.
Men paxta bilan yuzma-yuz bölib… men hali özbek dehqonini bilmasligimni angladim. Men paxta bilan yuzma-yuz bölib… men hali paxtakor kim ekanini bilmasligimni angladim.
Men qoğoz-qalam ğamladim. Men Surxon dalalarini nişonladim.
Ikki bor jumhuriyat gazetasida: “Men paxta dalalariga ketaman”, deya söz berdim. El-yurtga ikki bor söz berdim.
Ilk köklamda Oltinsoy tumaniga yöl oldim. Tuman kattalari bilan yuzlaşdim.
– Men sizni Aliqulov brigadasiga olib boraman, – dedi xöjalik raisi Toşboyev. – Faqat aybga buyurmaysiz, Aliqulovni bet-boşi sal oqarib qolgan.
– Oqarib qolgan? – deya angraydim.
– Çin, çin, – dedi tuman vakili. – Dastlab körişimda men ham şunday deb öylab edim.
– Beti haligi bir kasalday oqarib qolgan, – dedi Toşboyev. – Bari jaziramada kuyib-pişib işlaşidan.
Rais aytmiş Aliqulov dala şiyponini makon etdim.
Men bölajak… Dehqonqul bilan yuzma-yuz böldim.
Men bölajak… Dehqonqul dalalarini iş joyim etdim.
Dehqonlar qanday kiyimda bölsa – men ham şunday kiyinib oldim.
Dehqonlar ötirsa – ötirdim, dehqonlar tursa – turdim.
Çigit ekiş boşlandi.
Men dehqonlar bilan çigit ekdim.
Men… dehqon bölib, çigit ekdim!
Men ğöza yaganaladim. Ğöza çopiq qildim. Ğöza ötoq qildim. Ğözaga göng berdim. Ğözaga suv taradim. Ğöza çilpidim.
Men dehqonlar bilan paxta terdim.
Men ğözalarga suv taray-taray, neça-neça tonglarni oqladim.
Men şiyponlarda uxlab qoldim. Öqariq böylarida uxlab qoldim. Egatlarda uxlab qoldim.
Men Surxon dalalarida olti oy kezdim. Surxon oftobida olti oy kuydim. Surxon çanglarini olti oy yutdim.
– Men özbek xalqiga haykal qöyaman!
Men ana şunday orzuda dalalar bilan xayr-xöşlaşdim.
Nihoyat, orzularim oxir-oqibati – uşbu roman böldi.
Men nimaga erişgan bölsam – barçasi uçun ğanimlarimdan minnatdor böldim.
Ğanimlarim bölmasa – men Toğay Murod bölolmas edim.
Yaşasin, ğanimlarim!
1994-yil.
Toğay MUROD
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


