10 daqiqada öqiladi

109 marta körilgan

Har bir şoir alohida hodisa

Qutlibeka Rahimboyeva

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoira Qutlibeka RAHIMBOYEVA bilan suhbat

 

 

– Qutlibeka Rahimboyevani köp qirrali ijodkor, yaʼni şoira, adiba, tarjimon va jurnalist sifatida bilamiz. Bir qança şeʼriy töplamlar, bir qator hikoyalar, dramatik asarlar hamda publitsistik maqolalar muallifisiz. Lesya Ukrainka, Marina Svetayeva, Anna Barkova, Alfonsina Storni kabi şoiralarning asarlarini özbek tiliga tarjima qilgansiz. Ayting-çi, bu sohalarning qay biriga özingizni köproq daxldor deb bilasiz?

– Yoşim yetmişdan ötdi. Imkonimda bor ijodni qildim. Bu yoğiga umr qança vafo qiladi-yu, qalamim yana qança qimirlab tu­rişga yaraydi, yolğiz Tangrim biladi. Menga xuddi şunday savol bilan murojaat qilişganlarida doim: “Men şeʼrimda rostroqman”, deb javob beraman. Çunki maqolalarning baʼzilari xizmat burçi yuzasidan yoziladi. Istaymanmi-istamaymanmi, yolğon yozmasam-da, özimdan sal uzoqlaşgan paytlarim böladi. Tarjimalarni esa özim yaxşi körib tanla­ganman. Hikoyalarni öğlim oliygohda öqi­yotganda şartnoma pulini tölaş uçun maʼlum bir maqsadda yozganman. Bu hikoyalar sariq matbuotning andazalari ruhida yozilgan. Hatto qizim bir paytlar bu hikoyalarga “Tirikçilik janrida yozilgan asarlar” deb ajoyib nom ham qöyib bergan edi. Lekin bu hikoyalarning baʼzilarini öqiganda Xurşid Döstmuhammaddek zabardast yozuvçi ham “Siz yaxşi yozuvçi ekansiz-ku”, degan edi. Vaqtlar ötib, avval yozganlarimni öqisam, “Erkin Aʼzamov emasman-u, har holda, yaxşigina nasriy taʼbim ham bor ekan”, deb qöyaman. Drama bobida bunday deyolmayman. Radioda berilgan drama şunçaki bir tajriba edi. Umuman olganda, aytmoqçi bölgan fikrimda jon bor-u, ifodasi u qadar muvaffaqiyatli çiqqan, deyolmayman. Anglaganingizday, menga şeʼriyat yaqinroq ekan.

– Bilişimça, ijodingizni aynan şeʼr yozişdan boşlagansiz. Har qaysi ijodkor faoliyatining dastlabki yillari haqida gap ketganda, adabiy taʼsir masalasiga töxtalmasak bölmaydi. Sababi, qöliga qalam olgan yoşlar borki, özidan oldingi yuksak isteʼdod egalaridan taʼsirlanib, havas bilan ularga ergaşib ijod maydoniga kirib keladi. Şu maʼnoda, yigirmançi asr­ning yetmişinçi-saksoninçi yillaridagi adabiy jarayon haqida suhbatlaşsak. Siz qaysi ijodkorlarni ustoz deb bilgansiz? Kimlarning ijodidan köproq taʼsirlangansiz?

– Kitob, kitobxonlik ijodimning asosiy poydevori bölgan. Adabiyotimizda tuğma isteʼdodlilar bor. Ularning tanglayi baxşiyona aytimlar bilan, ertaklar bilan kötarilgan. Oydin Xojiyeva, Zulfiya Möminova… Bu sanoqni uzoq davom ettiriş mumkin. Ularning şeʼrlarida sözlar raqsga tuşib kelayotgandek böladi. Satr­lari ravon, heç bir sözi tişga tegmaydi. Men öqib, şoir bölganlardanman. Ğafur Ğulom ijodidagi zalvor, falsafa, Oybek domladagi his-tuyğularning quyuqligi kaminani maftun etgan. Asqarali Şaropov degan domlamiz Çölpon ijodidan namunalar öqib bergan. Şeʼriyat haqidagi fikrlarimiz ostin-ustin bölib ketgandi öşanda. Har bir şeʼr qullikka qarşi yaroq kötarib turgan askarga öxşab köringan. Öşa paytlarda adabiyotimizga “Özbekiston – Vatanim manim”lari bilan Abdulla Oripov, “Özbegim”i bilan Erkin Vohidov kirib kelgan. Men ularni hamişa “Özbeklarda erk soğinçini uyğotgan şoirlar” deb eʼzozlayman. Undan söng Omon Matjon, Rauf Parfilarga “kasal” böldim. Izidan Halima Xudoyberdiyeva, Usmon Azim, Şavkat Rahmonlar avlodi kirib keldi.

Hammasini yutoqib, sahroda suvga duç kelgan odamday taşnalik bilan öqiganmiz. Usmon Azimning “Insonni tuşuniş” deb atalgan ilk kitobçasini boşdan oyoq yod olgandim. Telbaga öxşab kim duç kelsa, öqib beraverardim. Hozir ham ularning heç biridan ixlosim qaytmadi. Faqat keyingi yillarda Çölponga köproq yopişdim. Töğrisi, ularning bizdan oldinda bölganidan juda suyunaman. Bizning avloddan, bizdan keyingi avloddan qanday yaxşi şoir çiqqan bölsa, bizdan oldingi yaxşi şoirlar şarofatidan çiqqan, deb hisoblayman.

– Suhbatlarimizning birida adabiyotşunos Matyoqub Qöşjonov hamda Bahodir Sarimsoqov ilk maşqlaringizga ijobiy munosabat bildirganlarini aytib ötgandingiz. Zulfiyaxonim, Gulçehra Nurullayeva kabi şoiralar, Nurboy Jabborov, Bahodir Karimov, Marhabo Qöçqorova kabi adabiyotşunoslarning ijodingizga bağişlangan munosabatlari ham bizga yaxşi maʼlum. Nomlari keltirilgan adabiyotşunoslar, şoiralar qatorida yana kimlar şeʼrlaringiz töğrisida munosabatlarini bayon qilgan? Bu munosabatlarda ijodingizga qay darajada yondaşilgan, deb öylaysiz?

– Men siz yuqorida ismlarini sanagan adabiyotşunos­lar, şoirlar, bir söz bilan aytganda, barça ustozlardan (faqat Nurboy Jabbo­rovning fikrlaridan bexabar ekanman) juda minnatdorman. Qöşjonov domlaning ilk maşq­larimni öqib, “Yaxşi, yaxşi”, degan bir oğiz gaplaridan osmonlarga uçganman. Ehtimol, şu bir oğiz baho bölmaganida, men Zulfiya opadek (öşa paytlari şuhrat çöqqisida turgan) insonning oldiga borişga jurʼat topa olarmidim… Zulfiya opamning “Oq yöl”lari mening nafaqat ijod yölimda, balki hayot yöllarimda ham yaşil çiroq bölgan. “Zulfiya opaning qizlaridan” degan yorliq bizga köp yaxşi yöllarni oçib yuborganini aytmasam bölmaydi.

Rahmatli Gulçehra Nurullayeva “Ozodlik” nomli kitobimni şunday çiroyli tahlil qilganlarki, bağrikengliklariga, içidagi “men”ni men uçun yengganliklariga hali-hanuz qo­yil qolaman. Ijodim haqida kam yozişgan. Adaşmasam, Hakimjon Karimov degan yoşi uluğroq adabiyotşunos ham mustaqillik davri şeʼriyatini tahlil qilayotib, men haqimda bir-ikki oğiz samimiy fikrlar aytganlar. Adabiyotşunoslarning sanoqlarida yuraman, xolos. Buni özimning tahlilga arzimaganimdan deb bilmayman. Men uçun yozişning özi muhim. Heç qanday tuşuntiriş asliyatning özidan ustun bölolmaydi.

– “Uzun kunduzlar” nomli kitobingizda “Muhtarama Zulfiya opaga”, “Qoraközlarim” nomli kitobingizda “Halima opamga” deb yozib qöyilgan bağişlov şeʼrlar bor. Nazarimda, bu şeʼrlarning yaralişi bejiz emas. Xalqimizning sevimli şoiralari Zulfiyaxonim bilan Halima Xudoyberdiyeva sizga nafaqat ustoz, balki döst, maslakdoş ham bölgan. Bundan ikki yil avval “Yoşlik” jurnalida eʼlon qilingan bir maqo­langizda ham Zulfiyaxonim, Oydin Hojiyeva hamda Halima Xudoyberdiyeva haqida töxtalib, ulardan köplab yuksak fazilatlarni, xususan, Halima Xudoyberdiyevadan bağrikenglik, jasoratni, Oydin Hojiyevadan intizom, mehnatkaşlikni örganganingizni alohida taʼkidlab ötgansiz. Ulardan ijodiy bilimlar ham olganmisiz? Ular­ning şeʼriyatidagi qaysi jihatlar sizni öziga jalb qilgan?

– Zulfiya opamning hij­ron şeʼrlaridagi dardning çuqurligi, “Qozoğiston ölanlari”dagi manzara beriş sanʼati, “Xotiram siniqlari” dostonidagi jasorat, rostgöylikdan taʼsirlanganman. Oydin opam xalq oğzaki ijodini juda yaxşi bilardilar. Men ularga “Şoir bölmaganingizda, dömbira çalib terma aytadigan baxşi bölardingiz”, deb hazillaşardim. Xalqona ohanglar şoiraning şeʼrlariga alohida joziba baxş etgan. Halima opamda fikr ulkanligi bor edi. Kengliklar, ijtimoiy ruhning baquvvatligi… Men şoiralarimiz ijodida şu jihatlarni ajratib körsatişim mumkin.

– Yigirmançi asrning yetmişinçi-sak­soninçi yillarida ijod ostonasiga qadam qöygan barça şoir-yozuvçilar qatorida siz ham ikki xil davrni boşidan keçirgan ijodkorsiz. Şeʼrlaringizdagi erk soğinçi, haqsizlikka isyon tuyğulari endilikda ozodlikni har narsadan asrab-avaylaş, şukronalik hissiga döngan. Ötiş davridagi ijtimoiy holatlarda ruhiyatingizga bölgan evrilişlar haqida suhbatlaşsak. Sizningça, davr voqealari ijodkor­ning şakllanişiga taʼsir körsata oladimi?

– Ijodimning dastlabki davrlarida qişloq hayoti, yaşaş maşaq­qatlarining odamlar ruhiyatida aks etişi, mustabid tuzum boşimizga solgan “paxta qulligi”ning vatandoşlari­mizni jismonan, maʼnan mahv etayotgani kabi oğriqlar badiiy ifodalangan şeʼrlar köp edi. Mustaqillikni qölga kiri­tiş uçun kuraşlar (bizda bu kuraşlarning jang­çisi, asosan, adabiyot bölgan) kuçaya borgaç, mening ham ongim yorişib borgan. Ayniqsa, rasmiy davralarda “Ozodlik oroli” deb ataluvçi şeʼriyat bölimida (Ğafur Ğulom nomidagi adabiyot va sanʼat naşriyotida) işlagan davrim mening dunyoqaraşimda keskin burilişlar yasagan. Biz qanday yaşayapmiz, qanday yaşaşimiz kerak, degan savollar öşa paytlarda şeʼriyat bölimida ötgan bahslarni tinglab tuğilgan. Xonamizda Omon Matjon, Miraziz Aʼzam, Rauf Parfi, Şavkat Rahmon, Xurşid Davron, Azim Suyun, Muhammad Rahmon kabi öşa davrning bölakça ruhdagi ijodkorlari tez-tez töplanişar, suhbatlardan men tobora ulğayib borardim. Agar odamlarning ozodlikka intilgan öşa davri bölmaganda, men hozirgi ruhiyatdagi şoir bölolmasdim. Aslida, barça şoirlarni ham özi yaşagan davr yaratadi.

– Hozirgi özbek adabiyotini mumtoz şeʼriyatimiz anʼanalarisiz tasavvur etib bölmaydi. Milliy adabiyotimizdagi baʼzi unsurlar zamonaviy şeʼriyatda ham özini namoyon qiladi. Xususan, naziranavislik, obrazlar, şeʼriy şakllar bunga misoldir. Sizning ijodingizda ham naziramonand şeʼrlar bor. “Uyingizning osmonida hilol bölib porlayin” deb boşlanuvçi şeʼringiz aruz tizimidagi biror vazn talabiga töla muvofiq bölmasa-da, unda aruzga xos belgilar uçraydi. Şeʼrning masnaviy şak­lida qofiyalanişi ham mumtoz adabiyotimiz anʼanalarini yodga soladi. Ijod jarayonida aruz tizimida asarlar yaratiş uçun neçoğli uringansiz? Siz uçun şeʼriyatda milliy anʼanalar­ning örni qanday?

– Mumtoz adabiyotga oşiqlik talabalik davrimdan boşlangan. Mumtoz ada­biyotdan dars beradigan Akrom Ibrohimov degan domlamiz bizni klassika “qozon”ida obdan qovurgan. Har bir şoirdan ön-ön beştalab ğazallar yod olişni talab qilardilar. Men özim Bobur hazratlari, Şoh Maşrabni yaxşi körib öqiyman. Hozir ham yuragimga bir siqindilik kirsa, yo Bobur, yo Maşrabga qölim çöziladi. Boburdagi tazarru, ğam-ğussa, hasratning turfa ranglarda tovlanişlari, Maşrabdagi olov, keskinlik, ulkan raddiya yoqadi menga. Lekin mumtoz yölda yoziş istagim yöq. Bi­rinçidan, aruzda barmoqdan köra ham qolip kuçli. Bu qoliplarga köngildagiday fikrni singdiriş uçun juda katta isteʼdod va mahorat bölişi kerak. Buni uddalaşimga közim yetmaydi. Navoiy hazratlarining najjoriga öxşab kulgili holatga tuşgim kelmaydi.

– Lirik asarlaringizda Göröğli, Alpomiş, Oybarçin, Tohir, Zuhro, dev, yosuman kabi bir qator folklor va mifologik obrazlar mujassam. “Qişning oxirlari” nomli dostoningizda ham xalq maqol, matal va iboralari, şevaga oid sözlar köp qöllanilgan. Şeʼrlaringizda folklor va mifologiyaga xos unsurlarning namoyon bölişi bolalik davrlaringizdan xalq oğzaki ijodi namunalarini köp öqiganingiz yoki tinglaganingiz natijasimi? Hozir ham folklor asarlarini mutolaa qilib turasizmi? Ulardagi qaysi jihatlarni asarla­ringizda ifodalaşga harakat qilasiz?

– Menga onam bolaligimdanoq realistik ruhdagi asarlarni öqitgan. Asosan, harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi kitoblarni öqiganman. Hozirgaça şunday mavzudagi asarlarni sevib mutolaa qilaman. Xalq oğzaki ijodini talabaligimda imtihon topşiriş uçun öqiganman. Bolaligimda deyarli ertak öqimaganman. Hozir zarurat tuğilganda öqiyman. Menga xalq qöşiqlarining jozibasi, sözlarning latofati yoqadi. Dostonlardagi mubolağa, romantika…

– Ijodingizda Bobur va Çölponga bağişlangan şeʼrlar talaygina. Bu ikki ijodkorning ayrim şeʼrlaridan parça olib, naziramonand şeʼrlar ham bitgansiz. Bobur va Çölponga muhabbatingiz, ular ijodining ruhiyatingizga bu qadar yaqinligi boisi nima?

– Yuqorida ham aytdim: Boburdagi hasratlar, soğinç, puşaymonlik hislari menga yaqin. Çölpondagi “Kişan kiyma, böyin egma” tarzidagi jasorat, boşi kundaga qarab ketayotganini bilsa ham, aytar sözini aytavergani, dovyurakligi, botir şeʼriyati yoqadi. Mening ham dilimda ularning dilidagi oğriqlarga hamohang oğriqlar yaşaydi. Şuning uçun ularning satrlarini, ismlarini şeʼrlarimga olib kelaman. Obrö qozoniş uçun emas, ularning nomlari bilan şuhratga erişiş uçun emas. Çindan ixlos, eʼtiqod qöyganman ularga.

– Şoirlar ijodi örganilganda, kimdir köproq barmoq vaznida, yana kimdir erkin vaznda samarali ijod qilganini kuzatişimiz mumkin. Siz uçun qaysi vaznda keçinmalarni ifodalaş qulay? Şeʼriyatdagi vaznsizlik ma­salasiga munosabatingiz qanday?

– Men köproq barmoq vaznida yozaman. Qölimdan kelgani şu. Lekin barça vazndagi şeʼrlarni, agar ularda soxtalik, yasamalik, zöriqiş bölmasa, qabul qilaveraman. Vaznsizlik masalasida ham fikrim şu: bu usulda şeʼr yoziş, aslida, biror vaznda yozişdan ham qiyin. Çunki qofiya, ohang va boşqa unsurlar maʼlum maʼnoda şeʼrni şeʼrga öxşatib turadi. Vaznsizlikda bu vazifani ham fikr bajarişi kerak. Fikr nihoyatda quyuq, qurç, jips bölişi kerak. Juda aqlli şoirlargina vaznsizlikda yaxşi şeʼr yoza oladi. Şoirning nönoqligi, öqimagani, didsizligi vaznsizlikda yaqqol körinadi. Şu bois bu vaznda öylab yoziş kerak.

– Adabiyotda badiiylikka sanʼatning boş xususiyati deb qaraladi. Badiiylikni maʼlum kate­goriyalar bilan çegaralab bölmaydi. Çunki u har bir isteʼdodli ijodkor tomonidan özining yangi qirralarini namoyon qiladi. Ammo badiiylikning ham umumiy va xususiy jihatlari mavjud. Şoira sifatida zamondoş yozuvçi-şoirlar ijodini kuzatib borişingiz tabiiy. Nima deb öylaysiz, hozirgi özbek şeʼriyatida badiiyatni qanday omillar taşkil etadi?

– Şeʼr, har qanday şaroitda ham, sanʼatning bir körinişi. Unda faqat quvonçlar emas, oğriqlar ham, hasratlar ham çiroyli ifodalanişi kerak. Nima uçun Bobur hazratlarining qayğu suviga qalam botirib yozilgan ruboiylarini öqiganda odamning ölgisi emas, yaşagisi keladi? Çunki juda jozibali yozilgan. Bugungi şeʼriyatning badiiyatini bir qolipga solib baholab bölmaydi. Har bir şoir alohida bir hodisa. Demak, ularning şeʼriya­tidagi badiiyat ham rang-barang. Agar biroz umumlaştirib aytadigan bölsak, ritorikadan ança uzoqlaşdik. Öqiganimizda “Zör aytib qöyipti”, deb yuboradigan şeʼrlarimiz köp. Faxriyor, Halima Ahmad, Nodira Afoqova, Oydinniso, Muhayyo Rustam qizi… Bulardan keyin Guljamol Asqarova, Gulnoz Möminova kabi şoiralarning çiroyli şakliy izlanişlari bor. Najmiddin Ermatov, Şahriyor Şavkat, Suhrob Ziyo, Madina Norçayeva, Nargiza Odinayeva kabi yoşlar ijodidagi poetik topildiqlardan quvonganim holda, ularning baʼzi tengdoşlaridagi şakliy yangiliklarni yaltiroq suvqoğozga öralgan narsalarga qiyoslagim keladi. Sözlarini körasiz-u, nimaligini anglolmaysiz. Şeʼriyat yalanğoç bölmasligi, lekin krossvord ham bölmasligi ke­rak. Öqigan banda loaqal aytilayotgan narsani qalbi bilan his qila olişi ke­rak.

– Sizni köproq qanday voqea-hodisalar ilhomlantiradi? Yangi şeʼrlaringizning ilk öquv­çilari kimlar? Ijod jarayonida bir asaringiz boşqa asaringizni yaralişiga turtki bergan holatlar bölganmi?

– Meni köproq şaxs erki, yurt ozodligi mavzusidagi şeʼrlar öziga tortadi. Şoirning öziga nisbatan raddiyasi, özini özi qabul qilmasligi… bu mavzu ham menga begona emas. Mening Çölpon nomi bilan boğliq şeʼrlarim bir-birining davomiga öxşaydi. Şu keçinmalar içida yaşaş özimga yoqadi. Taʼsir sababi ham şu bölsa kerak.

Suhbatdoş: Eʼzoza BOZOROVA

2025/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…