12 daqiqada öqiladi

192 marta körilgan

Yangi Özbekistonga xos yangiça muhtaşam “Devon”

Kitob inson tafakkurining bebaho gultoji, qalb olami­ning gözal naqşi, jamiyat taraqqiyotining mustahkam asosidir. Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyidning “Yarim asr devoni” nomli kitobini mutolaa qilar ekanman, ayni naqlning naqadar hayotiyligiga yana bir bor amin böldim. Uşbu salmoqli manzuma – şoirning ming betdan ziyod hajmdagi bir jildlik eng katta kitobi 2025-yilda Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyida yuksak did va nafosat bilan naşr etilgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi asosida sönggi yillarda qabul qilingan ustuvor strategik dasturlar doirasida, jumladan, beqiyos kölamdagi maʼrifiy tadbirlar amalga oşiril­moqda. Kitobxon hamyurtlarimiz, ayniqsa, yoşlarimiz uçun zarur adabiyotlar naşr etilmoqda va keng miqyosda tarqatilmoqda.

Birgina “Özbekiston – 2030” strategiyasida aholi, ayniqsa, yoşlar orasida kitobxonlik madaniyatini kuçaytiriş böyiça köplab muhim vazifalar belgilangan. Şu örinda Sirojiddin Sayyid taniqli davlat va jamoat arbobi ekanligi bilan bir qatorda, şoir va tarjimon sifatida öz serqirra ijodi bilan Uçinçi Renessans poydevorini tiklaşga azm-u jazm etgan jamiyatimizda maʼrifatparvarlik işiga munosib uluş qöşayotganini eʼtirof etiş kaminaga çeksiz mamnuniyat bağişlaydi.

Kitobning nomlanişi haqida

Kitobda şoirning yarim asr, yaʼni roppa-rosa 50 yil davomida bitgan şeʼrlaridan namunalar jamlangan. Muhimi, el-yurtimiz tarixi, qismati, dardini kuylaşni özi uçun farz va qarz deb bilgan hassos şoir Sirojiddin Say­yidning ona xalqimiz oğir, sinovli kunlarda çekkan zahmat-u mehnatlariga, anduh va iztiroblariga hamdard bölib yozgan ötli nazm namunalaridan toki yangi zamon ruhi keng kölamda öz ifodasini topgan manzumalarigaça – sara asarlari ham yagona muqova qatida öz mujassamini topibdi. Bu, albatta, ğoyat manzur ijodiy yondaşuv va har tomonlama maqbul yeçim.

Kitob muxlislarga “devon” tarzida taqdim etilmoqda. “Devon” nima degani özi? Bu adabiy hodisaning tarixi qanday?

Şarqda “devon” tuziş şoirning yetuklik belgisi bölgan, şoirlar öz “devon”larining mazmunan va şaklan rang-barang bölişiga eʼtibor berganlar. “Devon” tuziş anʼanasi X–XI asrlardan boşlangan bölib, uning şaklla­niş davri Şarqning uluğ şoiri Şayx Saʼdiy zamonasiga töğri keladi.

Özbek adabiyoti tarixida “devon” tuziş Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy kabi şoirlar ijodi bilan boğliq. Alişer Navoiy Şarq adabiyoti tarixida mukammal “devon” tartib bergan kamyob mualliflardandir.

“Devon” sözi fors tilidan olingan bölib, “şeʼrlar töplami” degan maʼnoni anglatadi. Alişer Navoiy bobomiz ham öz asarlarida “devon” sözini – şeʼriy töplam, ğazallar majmuasi maʼnosida qöllaganlar.

Ötmişda uşbu tuşunçaga muayyan ilmiy-nazariy mohiyat ham yuklangan. Yaʼni “devon”da biror şoir şeʼrlari qofiya yoki radif­lariga köra arab alifbosi tartibida – qofiyalanib keluvçi sözlarning oxirgi harflari asosida joylaştirilişi şart bölgan.

Şu nuqtayi nazardan, “Yarim asr devoni” ayni talablarga neçoğli mos keladi, degan savol tuğilişi tabiiy. Nazarimizda, uşbu kitob şoirning ellik yil davomida bitgan nazmiy asarlari jamlangan şeʼriy töplam hisobla­nişi bilan ham bevosita “devon” tartib beriş mezonlariga töğri keladi.

Qolaversa, Sirojiddin Sayyid qalamiga mansub “Devon”da şeʼrlar xronologik tartibda, yaʼni bitilgan yillari böyiça joylaştirilgan va bu muhim jihat bizga Alişer Navoiy hazratlarining “Çor devon”ini eslatdi. Binobarin, uluğ ajdodimizning “Devon”ida ham şeʼrlar Hazrat hayotining tört davri – bolalik, yoşlik, örta yoş va keksalik fasllari böyiça tartib berilgan.

Kitobning muxtasar kiriş sözida qayd etilganidek, “Köhna Şarqda “devon” tuzişning qatʼiy mezonlari va mukammal qoidalari bölgan. “Devon” sohibi degan nomga sazovorlik şoir ijodiy salohiyatini belgilovçi munosib rutbalardan sanalgan. Bugun yangi zamonda yaşayapmiz. Tabiiyki, bizning davrimizda “devon” tuzişda mumtoz şeʼriyatimizdagi kabi arab alifbosiga qatʼiy rioya qilingan talablarni qöyib bölmaydi” .

Şu örinda Sirojiddin Sayyid bugungi kunda aruz vaznida şeʼrlar yozadigan, yozganda ham, qoyillatib yozadigan sanoqli şoirlar sirasiga kirişini taʼkidlaşga burçlimiz. Şoir bitgan betakror ğazallari, ohorli ruboiy va fardlari hamda buyuk salaflari ğazallariga teran hayot falsafasi va gözal badiiyatni mujassam etgan holda boğlagan muxammaslari buning yorqin dalilidir.

“Devon” tuzişning yangi mezonlari

Bugungi davr şoiri oldiga “devon” aruz vaznidagi şeʼrlardan tarkib topişi va unga arab alifbosi asosida tartib berilişi kerak, degan anʼanaviy talabni qöya olmasligimiz tabiiy hol. Çunki, birinçidan, zamonaviy özbek şeʼriyatida aruz vazni ustuvorlik qilmasligi, ikkinçidan, arab alifbosidan ançayin uzoqlaşib ketganimiz tufayli bunday yondaşuv hozirgi davr “talablari”ga javob bermaydi.

Buning örniga, fikrimizça, “XXI asr şoiri “devon” tuziş anʼanasini qanday novatorlik yondaşuvlari bilan boyitdi?” degan mantiqan asosli savolga javob izlagan maʼqul. Şu nuqtayi nazardan:

birinçidan, “Yarim asr devoni” faqat aruzdagi nazm namunalaridangina iborat emas va ayni şu voqelikning özi “devon” tuziş anʼanasini yangi davr bilan çambarças boğlab turibdi. Yangiça “Devon”da barmoq vaznida bitilgan lirik va publitsistik şeʼrlar, Hofiz Şeroziy va Adib Sobir Termiziydan Atoiy va Lutfiygaça, buyuk Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburdan Zokirjon Xolmuhammad öğli Furqat, Avaz Ötar va Sidqiy Xondayliqiygaça, Ğafur Ğulom va Mirtemirdan Abdulla Oripov va Erkin Vohidovgaça – söz mulkining barhayot darğalari lirik asarlariga tazmin va tatabbular ham örin olgan;

ikkinçidan, Sirojiddin Sayyid öz “Devon”iga turli yillarda bitilgan “Jarohat”, “Saksoninçi yillar”, “Töpolondaryo bilan xayrlaşuv”, “Bahor Surxondan boşlanar”, “Qismat taqozosi”, “Zamon qasri”, “Guliraʼno buğdoylari” kabi dostonlar va dostonlardan parçalarni ham kiritganki, bunga qadar “devon” tuziş anʼanasida bunday yondaşuv kuzatilmagan. Nega ötmişda şoir ajdodlarimiz dostonlarini “devon” tarkibiga kiritmaganligi, fikrimizça, doston bilan ğazal yo muxammaslar örtasida şaklan va mazmunan juda katta farq mavjudligiga borib taqalsa kerak. Bugungi davr şeʼriyatida dostonlar lirik şeʼrlarga köp jihatdan yaqin, uyğun va hamohang hisoblanadi;

uçinçidan, “Yarim asr devoni” sahifalarida Loyiq Şerali, Andrey Voznesenskiy kabi şoirlar şeʼrlarining Sirojiddin Sayyid tarjimasidagi özbekça matnlarini maza qilib öqiş mumkin. “Devon” tuziş anʼanasida tarjima asarlarni beriş tajribasi ham uçramaydi.

Biz, albatta, Örta asrlarga xos “devon” tuziş anʼanasi mezonlari haqida fikr yurityapmiz. XX asrda uşbu anʼana Habibiy, Çustiy, Sobir Abdulla kabi “devon” tuzgan şoirlarimiz tomonidan yangilangan. Ularning “devon”larida ğazallar hozirgi özbek alifbosi tartibida joylaştirilgan.

Zamonaviy özbek adabiyotida “devon” tuziş anʼanasi Abdulla Oripov (8 jildlik asarlari naşri), Erkin Vohidov (6 jildlik asarlari naşri) kabi zabardast şoirlarimiz ijodiy dahosi tufayli ançayin yangiça ruh va şakl bilan boyitilgani ham sir emas. Bu yangilaniş anʼanalariga Sirojiddin Sayyid “Yarim asr devoni” misolida yanada kuçli turtki bergani, taʼbir joiz bölsa, Yangi Özbekiston “devon” tuziş anʼanasiga asos solgani har qança tahsinga sazovor, deb öylaymiz.

“Devon”ning tarkibi: fasllar talqini

“Yarim asr devoni” bir neça fasldan taşkil topgan. Xususan, “Mening eng munavvar, gözal tonglarim” fasli – 1974–1983-yillarga oid şeʼrlarni özida jamlagan.

Bu fasl, umuman, “Devon”ning özi ham ilk havaskorona bitiklardan boşlanadi. Dastlabki şeʼr 1974-yilga mansub. U “Vatan mehri” deya nomlangan bölib, mana bu kötarinki misralar bilan yakunlangan:

Yolğiz istak qalbda hukmron,

Vatan mehri tark etmasa bas.

Muqoyasa uçun “Devon”ning yakuniy faslidagi 2024-yilda bitilgan “Vatan bağrida böl bedor” sarlavhali şeʼrdan bir band keltiramiz:

Qolib – ketguvçilar bisyor,

nolib ketguvçilar bisyor,

Ulardan bölmagil zinhor,

Vatan heç qayga ketgan yöq.

Har ikki şeʼrda ham Vatanga mehr va sadoqat tuyğulari tarannum etilgan. Ammo ellik yilda ilk bitik bilan bugungi nazmiy nafas oraliğida yuz bergan yer-u osmon qadar farqni – ijodiy yuksalişni osongina ilğaş mumkin.

Uşbu fasldan joy olgan şeʼrlar 1958-yil 30-oktyabrda Surxondaryo viloyatining Sari­osiyo tumani Kundajuvoz qişloğida tuğilgan, örta maktabni bitirganidan söng Toşkent davlat universiteti Jurnalistika fakultetida tahsil olgan yoş Sirojiddinning şoir sifatida izçil şakllanişi bosqiçlarini namoyon etadi. Uning birinçi şeʼri “Orzu” sarlavhasi ostida 1975-yilda çop etilgan bölsa, ilk şeʼriy töplami “Ruhim xaritasi” nomi bilan 1985-yilda naşrdan çiqqan.

“Devon”ning keyingi fasli – “Onajon, bu olam bunçalar çeksiz!” deb nomlangan bölib, 1984–1991-yillardagi şeʼrlarni öz içiga oladi. Bu davrga kelib, Sirojiddin Sayyid şeʼriyat şaydolariga yaxşigina taniş bölib ulgurgandi. Çunki uning “Salqin xarsanglar kaftida”, “Sevgi mamlakati”, “Asragil” kabi şeʼriy kitoblari ketma-ket naşr etilgan va muxlislar eʼtirofiga sazovor bölgandi. Bu fasldagi sof lirik tuyğular ifodalangan yetuk şeʼrlar “Devon”ga özgaça ruh bağişlab turibdi.

Ayni fasl özida qamragan yetti yillik ijodiy davrning yana bir öziga xos samarasi – 1990-yili hassos rus şoiri Andrey Voznesenskiy qalamiga mansub turkum şeʼrlar, dostonlar va nasriy asarlar Sirojiddin Sayyid tarjimasida – “Mangu rizq” nomli kitob şakli­da naşr etilganidir. Natijada, bir tomondan, Sirojiddin Sayyidning mohir tarjimon ham ekanligi amalda tasdiqlandi, ikkinçi tomondan, yurtimiz kitobxonlari nafaqat rus, balki jahon şeʼriyatida yorqin iz qoldirgan Andrey Voznesenskiy fenomenini uning özbek tiliga ögirilgan asarlari orqali kaşf etdilar.

Navbatdagi fasl “Yaxşilik eskirmagay” deb atalgan va 1992–1993-yillardagi şeʼrlarni özida mujassam etgan. Atigi ikki yillik ijodiy faoliyatga bağişlangan ayni davr ham barakali bölganini qayd etiş lozim. Avvalo, şoirning 1992-yilda “Mehr qolur, muhabbat qolur” nomli kitobi çop etilib, undan badialar va maqolalar örin oldi.

Muhimi, şu yillarda şoir özining maşhur “Qirq hadis” turkum şeʼrlarini va “Falak aylanadi” nomli törtliklar jamlanmasini yozdi. Har ikki turkumga mansub şeʼrlar “Yarim asr devoni”ga kiritilgani qutluğ iş bölibdi.

Yana bir fasl – “Vatan desam közimda yoş, yuzimda yoş” – 1994 –2003-yillarga mansub şeʼrlardan iborat. Bu fasldagi şeʼrlar şoirning ilgari naşr etilgan “Kuydim”, “Uyingdagi beşik­lar”, “Vatanni örganiş”, “Egasi bor yurt”, “Vatan abadiy”, “Ustimizdan ötgan oylar” kabi şeʼriy kitoblari orqali muxlislarga yaxşi taniş.

Öz navbatida, “Sen – mangu xalqdirsan, rizq-rözi halol” degan faslda 2004–2013-yillarda bitilgan şeʼrlar jamlangan. Bu davrda şoirning “Köksimdagi zangorlarim”, “Köngil sohili”, “Qaldirğoçlarga ber ayvonlaringni”, “Dil fasli”, “Yaşasin yomğirlar” kabi şeʼriy töplamlari, “Söz yöli” nomli ikki jildlik tanlangan asarlari, “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur…” dostoni va özida şeʼrlar, badiiy-publitsistik maqolalar, suhbatlar va badialarni jamlagan “Buğdoyböy Vatan” kitobi muxlislar qöliga yetib bordi.

Nihoyat, “Millat baxtin sörar millat otasi” faslidagi şeʼrlar 2014–2024-yillarga mansubdir. Ana şu ön yillik ijodiy yuksaliş davrida şoirning qariyb 20 ta kitobi naşrdan çiqdi. Bu örinda, avvalo, “Xay­yomdan bir kosa, Rumiydan bir jom”, “Xamsa” hayratlari”, “Onamning kulçalari”, “Matonat manzumasi”, “Alamli dunyoda alamli gulim”, “Sözmunçoq”, “Millat baxtin sörar millat otasi”, “Zamon qasri” kabi şeʼriy töplamlari va “Vaqt haykali” nomli dostonlar kitobi haqida söz bormoqda.

Şuningdek, 2018–2019-yillarda Sirojiddin Sayyidning tört jildlik “Asarlar” töplami hamda şeʼrlar, dostonlar va tarjimalar, suhbat va maqolalardan iborat “Oçil, ey gul, ki böston vaqti böldi” va “Eldoşlarim, dildoşlarim” kitoblari naşr etildi. Bundan taşqari, şu davrda şoir­ning “Mening törtliklarim” kitobi özbek va rus tillarida, “Ana jurtim” qöşiqlar töplami qoraqalpoq tilida, “Vaxt heykali” nomli şeʼrlar va dostonlar kitobi esa ozarbayjon tilida çop etildi.

Aslida ham, “Yarim asr devoni” – tom maʼnodagi Xalq şoiri Sirojiddin Sayyidning ellik yillik hayrat va muhabbat yöli. Şu maʼnoda, bir tomondan, ayni muhtaşam “Devon” şoirning Vatanimiz, xalqimiz, millatimiz oldidagi öziga xos ijodiy sarhisobi bölsa, ikkinçi tomondan, adabiyot va maʼrifat ahliga munosib nazmiy tuhfasi hamdir.

Yangi Özbekiston şaraf­langan şeʼriyat

 

“Şeʼr hikmatdir”, deyilgan hadisi şariflarda. Çindan ham, har bitta şeʼr nihoyatda noyob va öta xususiy hodisa bölgani holda, u butun başariyatga birdek taalluqli bölgan neça ming yillik hayotiy tajribani, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, inson zotigagina xos bölgan ijodkorlik va yaratuvçanlik, demakki ozodlik va obodlik ruhini özida mujassam etadi.

Asrlar mobaynida ajdodlarimiz şeʼriyatni nafaqat sözdan badiiy zavq oliş manbai, balki turli bilimlarni odamlar ong-u şuuriga eng maqbul tarzda yetkazişning qulay vositasi ham, deb bilganlar. Jumladan, olis asrlarda Abu Ali ibn Sino hazratlari xastaliklardan saqla­niş va ularni davolaş yöllari, turli malham-u giyohlarning şifobaxş xususiyatlarini şeʼriy uslubda bayon etganlar. Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirğoniy, Zangi ota Himmatiy singari aziz-avliyolarimiz muqaddas dinimiz arkonlari va tasavvuf tariqatlari mazmun-mohiyatini teran anglatiş uçun taʼsirçan şeʼrlar bitganlar.

Ayni çoğda, adabiyotimizda “Arbaʼin” turkumlari bilan birga, gözal islom fiqhini şeʼrga soliş anʼanalari ham mavjud. Hazrat Navoiy­ning “Arbaʼin”, “Siroju-l-muslimin”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Mubayyin”, hazrati Söfi Olloyorning “Maslaku-l-muttaqin” va “Sabo­tu-l-ojizin”, Xatmiy Toşkandiyning “Nazmu-l-Muxtasar” kabi asarlari buning dalilidir. Taniqli şoir va alloma Mirzo Kenjabekning taxminiga köra, “Arbaʼin” yoziş anʼanasi hazrat Abdurahmon Jomiydan boşlangan. Jomiy forsiy tilda nazm qilgan qirq hadisni hazrat Alişer Navoiy turkiy nazmga solib, yangi “Arbaʼin” tuzganlar.

Çindan ham, avvalambor, Abdurahmon Jomiy, Alişer Navoiy, Imom Yahyo bin şaraf an-Navaviy kabi Şarq mumtoz şeʼriyati namoyandalari, keyinçalik Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid, Şukur Qurbon, Ğayrat Majid, yoş şoir Mansur Jumayev qirqta hadis asosida yaratilgan “Arbain hadis” yönalişidagi asarlariga murojaat qilganlari bejiz emas. Çunki bu yönalişdagi nazmiy majmualar Muhammad payğambarimizning (s.a.v.) “Kimki ummatlarimga din xususidagi qirq hadisni yetkazsa, Tangri taolo uni qiyomat kuni fiqh (huquq) bilimdonlari, olimlar tödasiga qöşadi”, degan hadisi asosida yozilgandir. Odatda, islom dini asoslari va qoidalari, Islom yoxud Alloh yölidagi muqaddas kuraş, toat-ibodat yoki odob-axloq qoidalarini tarğib qilişga qaratilgan bunday asarlarning barçasida qirqtadan hadisning şarhi berilgan böladi.

Yaʼni şeʼriyat muayyan ijtimoiy-falsafiy va maʼnaviy-huquqiy vazifalarni ham azaldan uddalab kelmoqda. Sirojiddin Sayyidning “Yarim asr devoni”dan örin olgan “Qirq hadis” turkum şeʼrlarini yuqorida eslatdik. Şu bilan birga, mazkur “Devon”dan köplab ijtimoiy mavzudagi şeʼrlar ham joy olgan.

Bu örinda şoirning el-yurtimiz hayotida muntazam yuz berib turadigan turli yorqin voqealarga bağişlangan şeʼrlari haqida söz bormoqda. Xususan, “Ismingda Vatan bordir” şeʼri va “Ğoliblar qasidasi” – Parijda 2024-yili bölib ötgan Olimpiada va Paraolimpia­da çempionlari bölgan yurtdoşlarimizga bağişlangan bölsa, “Sen uçun (Karantin kunlarida)” va “Şifokorlar jang maydonida” şeʼrlari koronavirusga qarşi kuraşda matonat körsatgan şifokorlarimizga nazmiy baxşidadir.

Şuningdek, “Mard maydonda sinalgay” şeʼri misolida Sirojiddin Sayyid ikki olimpiada çempioni Bahodir Jalolov va barça özbek boksçilariga faxriya bitgan. Şoirning “Matonat maktabi”, “Mardi maydon öğlonlar”, “Özbekning nurli bolasi (FIFA hakami Ravşan Ermatovga)”, “Bir öğlonning qudrati” kabi şeʼr-u qasidalarida ham özbek sportçilari­ning jahon arenalarida erişgan yuksak zafarlari tarannum etilgan.

Şoir faqat sport sohasidagi yutuqlarni nazmda şoyon etiş bilangina çeklanib qolmaydi. U quriliş va bunyodkorlik, qişloq va suv xöjaligi, sanoat va harbiy soha, madaniyat va sanʼat – hayotimizning barça soha va tarmoqlaridagi har bitta yarq etgan muvaffaqiyatni alohida şeʼr bitib uluğlaydi. Bunday yondaşuv, taʼbir joiz bölsa, Yangi Özbekistonda erişilayotgan zafarli odimlarni şeʼriy uslubda şaraflaş ekani bilan alohida eʼtirofga loyiqdir.

Muxtasar aytganda, Prezident Şavkat Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, “Şeʼriyatga oşno bölgan inson aslo kam bölmaydi”. Şu maʼnoda, kitobxon va şeʼrsevar xalqimizga 1 ming 60 betlik muhtaşam “Yarim asr devoni”ni taqdim etib, bizni şeʼriyat olamiga yana bir bor oşno etgani uçun Özbekis­ton xalq şoiri, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, senator Sirojiddin Sayyidga taşakkur bildiramiz va ijodiga yangi ilhom-u parvozlar tilab qolamiz.

Akmal SAIDOV,

Akademik

2026/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)