Bugungi şiddatli zamonda yoşlar tarbiyasiga eʼtiborli böliş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş hamda turli maʼnaviy tahdidlardan asrab-avaylaş barçamizning birinçi galdagi vazifamizdir.
Maʼnaviyat va maʼrifat vakillarining kengaytirilgan yiğilişida hurmatli Prezidentimiz bu maʼsuliyatli vazifani örtaga taşlab, ijodkorlarga buyuk bobolarimizning bolaligini hamda ularning porloq şaxsiyatini oçib beruvçi asarlar yoziş böyiça körsatmalar bergan edilar.
Uşbu topşiriqlar doirasida Yoşlar işlari agentligi taşabbusi bilan “Ildiz” kitoblar turkumi tayyorlandi. “Ildiz” – özbek xalqining çuqur ildizlari, qadriyatlari borasidagi loyiha. Unda uluğ ajdodlarimiz Al-Buxoriy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Tömaris, Al-Forobiy, Amir Temur, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Mirzo Boburning bolalik siymosi tört-yetti yoşdagi bolalar uçun sodda va qiziqarli tarzda gavdalantirilgan.
Mazkur töplam joriy yilning 14-fevral kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning mamlakat yoşlari bilan bölib ötgan uçraşuvi çoğida taqdimot qilindi.
Ha, bu kun bolalar yozuvçisi sifatida men uçun ham yoddan çiqmaydigan sanaga aylandi. Boisi, davlatimiz rahbari kitoblarni közdan keçirar ekan, bizning qalamimizga mansub bölgan uluğ sarkarda bobomiz Amir Temurning bolalik şaxsiyatini oçib beruvçi “Qiliçsiz ğalaba” kitobçamizga alohida töxtalib, “Men Amir Temur bobomiz töğrisida köp öqiyman. Lekin birorta kitobda bobomizning yoşligini heç kim hali heç qaçon yozmagan edi. Agar olimlar, mutasaddilar birgalikda bu kitobni yoşlarga namuna qilib çiqarsalar, men ulardan minnatdor bölaman”, – dedi.
Bu loyihada kaminaning zimmasiga ikki uluğ bobolarimizning bolaligini yoritiş masʼuliyati yuklatildi. Ular: Amir Temur hamda Mirzo Uluğbek. Ularning tarixiga nazar taşlar ekanman, bobolarimiz bolalik kezlarida ham Amir Temur va Mirzo Uluğbek bölganlarini kördim. Ularga Alloh bergan kuçli xotira, zukkolik, ilmga taşnalik xislatlari barobarida, ustozlarga hurmat, döstlarga mehr, tabiatga, hayvonot olamiga şafqatli böliş kabi insoniy fazilatlarini körib, bunday fazilatlar bugunning bolasida ham bölişini istadim.
Mirzo Uluğbek deyilsa, aksar özbek kişisining xayoliga, eng avvalo, “matematik” yoki “astronom” degan kalimalargina keladi, xolos. Lekin Mirzo Uluğbekning öta noyob va qiziq şaxsiyati, odob-axloqqa limmo-lim bolaligi haqida negadir kamdan-kam eslaymiz. Uluğ astronomning bolaligi haqida yozişimizdan közlangan yana bir maqsad ham mana şu dunyoqaraşni özgartiriş edi. Bu vazifani qançalik uddaladik, buni endi vaqt körsatadi.
Mana hozirda uşbu kitoblar har biri yigirma ming nusxada çop etilib, Respublikamizning barça öquv maskanlariga yetkazib berilmoqda.
Loyiha boş muhariri Saʼdullo Quronov loyihaga doir olib borilayotgan işlar haqida, mualliflar-u, navbatdagi rejalar haqida şunday deydi:
– “Ildiz” töplami faqat kitob emas, balki audiokitob va animatsion multfilm sifatida ham tarqatiladi. Hozirda alohida jamoa kitoblarga çizilgan suratlar asosida sunʼiy intellekt yordamida animatsion multfilm yaratmoqda.
Umid qilamizki, bu kitoblarni öqigan jajji öquvçi öz vatani, milliy qadriyatlariga sadoqat bilan ulğayadi. Yurtning ilğor, maʼrifatparvar fuqarosi sifatida kamol topadi!
Çindan ham “Ildiz” bugungi yoşlarga çinakam tuhfa böla oladi. Bobolarimizning bolalik çoğlarida qanday şaxsiyatga ega ekanini biliş, bu xuddi bugunning bolasiga oyna tutgandek böladi. Ha, bu önta kitoblar kitob emas, önta oynadir. Unga qaragan bola özini köradi. Asar qahramonlari bilan özini taqqoslaydi.
Loyihada iştirok etgan yana bir taniqli yozuvçi Gulnoz Tojiboyeva ham öz qahramonlarining şaxsiyatlarini oçib beriş uçun uç yuzdan ortiq manbani közdan keçirganini taʼkidlaydi:
– “Bobur Hindistonda” nomli kitobimning yoziliş jarayoni öziga yaraşa murakkabliklarga boy böldi. Boburning bolaligini tasvirlaşda tarixiy faktlarga asoslaniş uçun uç yuzdan ortiq manbalarni örganib çiqişga töğri keldi. Kitobdagi sarguzaştli ertak syujetini yoziş uçun fantastika janriga murojaat qildim. Tarixiy fakt bilan birlaştirgan holda sakkiz yoşli Boburning Hindistonga qilgan sirli sayohatini tasvirladim. Tarixdan bizga maʼlumki, Bobur tabiat, ösimliklarga judayam qiziqqan va gözal boğ yaratişni orzu qilgan. Uning yetuklik davridagi odatlari, qiziqiş va fazilatlarini aynan sakkiz yoşli bola qiyofasida gavdalantirdim. Şahzoda Boburning foydali va zararli ösimliklar böyiça bilimlari katta falokatning oldini olib, yuzlab insonlarning jonini saqlab qoladi.
“Ildiz” töplamidan yana bir kitobim – “Forobiy” joy oldi. Forobiyning bolalik obrazini yaratişda tarixiy manbalarga asoslandim. Bilamizki, Forobiyning “Musiqa katta kitobi” nomli musiqa asboblarining tuzilişi, işlaş mexanizmi va qonuniyatlarini özida jamlagan merosi bizgaça yetib kelgan. Bu kitob öz davrida yuzlab musiqa fani darsliklari yozilişi uçun benazir qöllanma bölib xizmat qilgan. Uşbu tarixiy maʼlumotni yoş Forobiyning asosiy qobiliyatlaridan biri sifatida kitobda gavdalantirdim. Musiqa asboblariga qiziqib, ularni tuzatişni örganayotgan Forobiy öz bilimlari bilan katta bir falokatning oldini olişi yoş kitobxonlarga muhim ğoyalarni tuşunişda yordam berişiga işonaman.
Loyihada Alişer Navoiyning bolalik davrini ajoyib uslubda qalamga olgan Dilnavoz Najimovaning fikrlariga ham quloq tutsak:
– “Ildiz” loyihasi haqida eşitdim-u, bu yangilik meni hayajonga soldi va darhol Alişer Navoiy haqidagi seriya yozişni astoydil xohlab qoldim. Bugun esa orzumdagi kitobça paydo böldi. Çunki ildizi baquvvat daraxt qanday mustahkam bölsa, öz tarixini va özligini bilgan bolalar ham şunday mustahkam bölib, gözal kelajakni bunyod etadi.
Men çin dildan istardimki, bu loyiha davomli bölsin. Buyuk tarixiy siymolarimiz hayoti va ijodi birgina kitobda emas, balki seriya tarzida yoritilsin. Şunda bolalarimiz ularni yaqindan tanib, öz maʼnaviy ildizlariga yanada çuqurroq boğlanib ulğayadi.
Yana bir isteʼdodli yozuvçi Nilufar Jabborova ham öz qahramoni hamda hikoya haqida şunday yozadi:
– Mening qahramonim dunyo ilm-faniga beqiyos hissa qöşgan, “Tib qonunlari” asari bilan avlodlarga yöl-yöriq körsatgan buyuk alloma Ibn Sinodir. Hikoyada Ibn Sino bobomizning tabobat olamiga ilk qadam qöyişi, gullar va turli şifobaxş ösimliklarning siriga qiziqişi hamda ularning inson salomatligidagi örnini kaşf qilişi haqida söz yuritiladi.
Hikoyada Naʼmatak va Moyçeçak kabi ösimliklar jonlantirilib, ularning har biri özining qay darajada foydali va şifobaxş ekani bilan maqtanib, özaro bahsga kirişadi. Ularning qiziqarli bahsiga esa Ibn Sinoning özi guvoh böladi va buni amalda sinab körib, qay biri haq ekanini aniqlaydi. Yoş Ibn Sinoning bilimga çanqoqligi, tabiat neʼmatlariga mehr bilan qaraşi orqali dardlarga davo topişi va odamlarga yordam berişi öquvçi uçun ibrat manbayi böladi.
Şunday. Uşbu kitoblarning har bir sahifasiga katta mehnat, asosiysi, uluğ bobolarimizning oltinga teng bolaligi, hammaga ibrat bölarli bebaho xislatlari jo etilgan. Kitoblar mavzu jihatidan neçoğli qimmatli ekanni loyiha eʼlon qilinganidan söng hali kitobxonlariga yetib bormasdanoq köpçilikda katta qiziqiş uyğotganidan bilişimiz mumkin.
Ertamiz egalariga “Ildiz” muborak bölsin!
Qobiljon ŞERMATOV,
“Mard öğlon” Davlat mukofoti sohibi.
“Yoşlik” / 2025 / 8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


