4 daqiqada öqiladi

642 marta körilgan

“Yoşlik” jurnalining Erkin Vohidov nomidagi yillik tanlovi Nizomi

Erkin Vohidov
  1. Umumiy qoidalar.

1.1. Mazkur Nizom “Yoşlik” adabiy-ijtimoiy jurnali mualliflarini qöllab-quvvatlaş maqsadida jurnalning birinçi boş muharriri, Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan ijodkorlar örtasida ijodiy işlar tanlovini ötkaziş tartibi va şartlarini belgilaydi.

1.2. “Yoşlik” jurnali tahririyati mazkur tanlovning taşkilotçisi, “Madaniyat va maʼrifat” telekanali tanlovning media hamkori, “The House of Tudor choyi” tanlovni ötkaziş böyiça boş hamkor hisoblanadi.

1.3. Tanlovda 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan ijodkorlar yakka tartibda iştirok etişlari mumkin.

 

  1. Tanlovning maqsadi.

2.1. Yoş avlod örtasida kitob va jurnalxonlikni keng tarğib etiş, ijodkor yoşlarni rağbatlantiriş, hassos adib Erkin Vohidov xotirasini eʼzozlaş, uning ijodini tarğib etiş, şuningdek, Özbekiston yoşlarining maʼnaviy dunyosini boyitiş, ularning ong-şuurini turli yot ğoyalardan asraş, yoş avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaş, eng sara adabiy-badiiy, publitsistik asarlarni eʼlon qiliş, adabiy va ijtimoiy hayotdagi eng dolzarb masalalarga jamoatçilik diqqatini qaratiş, yoş isteʼdodlarni kaşf etiş va yoşlarning badiiy-estetik didini şakllantiriş, yoş avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşga hissa qöşiş Tanlovning maqsadi hisoblanadi.

 

  1. Tanlovni ötkaziş tartibi.

3.1. Tanlov Respublikamizda, şuningdek, xorijda yaşab, özbek tilida ijod qilayotgan ijodkorlar örtasida ötkaziladi.

3.2. Tanlovga, u eʼlon qilinganidan to tanlovga materiallar qabul qilinişi töxtatiladigan kunga qadar, kamida 10 nafar iştirokçidan kamida 10 ta material (ijodiy işlar) kelib tuşişi tanlov ötkazilgan deb eʼtirof etilişiga asos böla oladi.

3.3. 2026-yilning dekabr oyida tanlov Hakamlar hayʼati tomonidan jurnalda eʼlon qilingan ijodiy işlarni baholaş va ğoliblarni aniqlaş işlari ötkaziladi.

3.4. Taşkilotçi tomonidan belgilangan joyda va muddatda tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi ötkaziladi.

 

  1. Tanlovda iştirok etiş tartibi.

4.1. Iştirokçi familiya, ismi, otasining ismi, yoşi, taʼlim olayotgan öquv yurti yoki iş joyi (vaqtinça işsizlar uçun yaşaş manzili) böyiça röyxatga olinadi.

4.2. Tanlovga bir ijodkordan yil davomida “Yoşlik” jurnali va naşrning ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qiliş uçun jami 3 tagaça material qabul qilinadi.

4.3. Material tanlov taşkilotçisining telegramdagi profiliga yuborilgaç, taşkilotçi tomonidan “Material tanlovga qabul qilindi” xabari yozilişi iştirokçi materialini tanlovga qabul qilinganini bildiradi. Agar uşbu xabar örniga savol (yoki savollar) yozilsa, iştirokçi “Material tanlovga qabul qilindi” xabarini olguniga qadar savollarga javob berişi talab qilinadi.

4.4. Tanlovga yuborilgan materiallar taqriz qilinmaydi. Tanlov şartlariga mos deb topilgan ijodiy işlar yil davomida jurnal sahifalarida, şuningdek, naşrning ijtimoiy tarmoqlarida eʼlon qilinadi.

  1. Tanlovga iştirokçi tomonidan yuboriladigan materialga qöyiladigan talablar.

5.1. Tanlovga quyidagi 5 ta yönaliş böyiça ijodiy işlar qabul qilinadi:

– nazm;

– nasr;

– adabiy tanqid va publitsistika;

– badiiy tarjima;

– Erkin Vohidov ijodi asosida işlangan videoroliklar.

5.2. Tanlovga yuborilayotgan materiallar Times New Roman şriftida, 14 ölçamda, 1 intervalda, imloviy va uslubiy xatolarsiz, Word faylda bölişi şart. Bunda nazm, adabiy tanqid va publitsistika, badiiy tarjimaga oid ijodiy işlar 10 qoğozdan oşmasligi, nasriy asarlar esa 25 qoğozdan oşmasligi kerak. Erkin Vohidov asarlari asosida işlangan videoroliklar esa davomiyligi 5 daqiqadan oşmasligi (bunda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş mumkin) lozim.

5.3. Tanlovga yuborilayotgan ijodiy işlar maʼnaviy kamolot uçun zarur bölgan mavzularda yaratilişi, ilmiy-ommabop, madaniy, ijtimoiy hayotni uyğunlaştirişi, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarni yoritişi maqsadga muvofiqdir.

 

  1. Tanlov taşkilotçilari va ularning majburiyatlari.

6.1. Tanlov taşkilotçilari tanlovga tegişli masalalarini taşkil etiş, ötkaziş va ğoliblarni taqdirlaş işlarini taşkil etadi.

Taşkilotçilar tomonidan uşbu jarayonga mahalliy hokimliklar, taşkilot va xöjalik yurituvçi subyektlarining ixtiyoriy, beğaraz homiylik yordamlari ham jalb qilinişi mumkin.

6.2. Tanlov Hakamlar hayʼati tarkibini tasdiqlaydi, ularning tanlovda iştiroki bilan boğliq taşkiliy masalalarni hal qiladi.

6.3. Tanlovda 5 ta yönaliş böyiça ğoliblikni qölga kiritgan iştirokçilar tanlov statuetkasi, “Faxriy yorliq” hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi.

6.4. Tanlov boş hamkori tomonidan tanlov ğoliblarini qöşimça tarzda rağbatlantiriş böyiça takliflarini kiritişi mumkin.

 

  1. Tanlov iştirokçisi va uning majburiyatlari

7.1. Tanlovda iştirok etiş istagida telegram messenjeri orqali tanlov taşkilotçisi tomonidan oçilgan profilga öz materialini yuborilişi iştirokçi tomonidan mazkur Nizom talablarini töliq tan olinişini bildiradi.

7.2. Tanlov iştirokçisi:

– tanlovning mazkur Nizomi talablariga;

– jamiyatda şakllangan axloq-odob qoidalariga;

– tanlov taşkilotçilarining tanlovni tartibli ötkaziş bilan boğliq talablariga amal qilişi;

– Hakamlar hayʼatining iştirokçini va boşqa iştirokçilarni baholaş yuzasidan çiqargan qarorlariga nisbatan hurmat bilan yondaşişi şart.

 

  1. 8. Yakuniy qoidalar

8.1. Tanlov Hakamlar hayʼati aʼzolari tanlov şartlari böyiça iştirokçilarni baholaşda ijtimoiy adolat, tenglik, ijodkorlar örtasidagi soğlom raqobat tamoyillariga amal qilişga majburdirlar. Ular tanlovga oid qarorlar çiqarişda mustaqildirlar va bu borada taşkilotçilar, iştirokçilar va boşqa mansabdor şaxslarning xohiş-istaklariga boğliq bölmaydilar.

8.2. Tanlov Hakamlar hayʼati kamida 5 (beş) kişidan iborat tarkibda (bunda ularning ikki nafari tanlov taşkilotçisi vakili böladi) tomonidan şakllantiriladi. Hayʼatning ğoliblarni baholaş yuzasidan çiqarilgan qarorlari qatʼiydir va bu borada şikoyatga yöl qöyilmaydi.

8.3. Erkin Vohidov nomidagi yillik tanlov ğoliblarini taqdirlaş 2026-yilning dekabr oyida tanlov taşkilotçisi tomonidan tanlanib, tanlov ğoliblari va boşqa masʼullarga oldindan ma’lum qilingan joyda va vaqtda ötkaziladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (4)

  1. Rox Vane

    Taşkilotçi profilini qanday topamiz

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Toşkent şahri, Çilonzor tumani
    Bunyodkor köçasi, Adiblar xiyoboni.
    Indeks: 100066

    E-poçta: yoshlik-jurnali@umail.uz
    Tel./Faks: (0-371) 231-20-57, 231-20-58, 231-20-59

  3. Qodirova Mahliyo

    Assalomu alaykum, tanlovda iştirok etmoqçi edim telegram raqamlari yoki foydalanuvçi nomi(user) larini taqdim eta olasizmi?

  4. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Va alaykum assalom. @ozod_26 Ozodbek Ravşanov qabul qiladi.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (36)