XV asrning birinçi yarmida yaşab ijod etgan turkigöy şoirlar adabiyot, sanʼat va madaniyat rivojiga katta hissa qöşganlar. Ğazal mulkining sultoni, Hazrat Alişer Navoiy ijodining şakllanişi va şunday buyuk mavqega erişişida bu ijodkorlarning katta hissasi bor. Mana şu toyifaga mansub bölgan ijodkorlar safida özining turkona ğazallari, sodda uslubi bilan şuhrat qozongan Mavlono Atoiy ham bor.
Atoiy ham Lutfiy, Durbek, Haydar Xorazmiy, Sakkokiy, Gadoiylar singari turkiy xalqlar madaniyatini boyitdi. Samimiy şeʼriyati bilan el oğziga tuşdi. Hatto Alişer Navoiy ham öz tazkiralarida Mavlono Atoiy nomini alohida hurmat bilan tilga oladi. Şoirning öz zamonasida şuhrat qozongan ğazallaridan misollar keltirib, ularning yutuqlari va qusurlarini sanab ötadi. Misol uçun, Navoiyning Atoiy ijodiga mansub “Ul sanamkim” deb boşlanuvçi ğazal haqida aytgan “Qofiyasida aybğinasi bor” degan taʼrifi adabiyot ahli örtasida maşhur bölib ketgan.
Biroq Mavlono Atoiy şeʼriyatining tili haqiqiy turkona tildir. Şuning uçun ham öz zamonasida Atoiy ğazallari ahli adab davrasida ham, oddiy xalq orasida ham keng yoyilgan. Navoiy hazratlari ana şu manbalarga tayangan holda “Mavlono Atoiy turkigöy erdi”, deb yozadi. Şoir öz ijodida xalq tiliga, xalq hayotiga yaqin bölgan uslublardan foydalangan. Aksariyat şoirlar fors tilida ijod etişni afzal bilgan bir davrda turkiy tilning nufuzini oşirişga, uni boyitişga xizmat qilgan. Balki şu sabab, Atoiy şeʼriyati Navoiyning nazariga tuşgandir. Zotan, Navoiy “Majolis un nafois” hamda “Muhokamatul luğatayn” asarlarida Atoiy nomini tilga olib ötadi.
Atoiy lirik merosining umumiy hajmi 1718 baytni taşkil etadi. Şoir boşqa salaflaridan farqli tarzda kiçik hajmli, ixçam ğazallar bitgan. Atoiy devonida beş baytdan iborat bölgan 58 ta ğazal mavjud. Şoir devoni ança mukammal ekani bilan ahamiyatlidir.
Yuzungni, ey malohat xoni, bir oç,
Töya körsun seni bu mustahiq oç.
Eʼtibor bergan bölsangiz, mazkur ğazal maʼşuqaga murojaat bilan boşlanadi. Atoiy lirik qahramon tilidan sözlar ekan, maʼşuqani “malohat xoni” deb ataydi. Unga xitob qilib aytadiki, “Ey malohat xoni, kelgin, menga yuzungni körsatgin. Men işq balosiga mustahiq bölganman, oçman, sen öz husnu jamoling bilan meni töydirgin,” demoqda. Bunda radif vazifasini bajargan “oç” sözi şoir tomonidan ikki maʼnoda qöllanadi. Bu misolni kuzata turib, şoir turkiy tilning badiiy imkoniyatlaridan yaxşi xabardor bölgan, degan xulosaga keliş mumkin.
Ixçam va sodda ğazallar ijodining asosiy şakl körinişlaridan sanaladi. Aytiş mumkinki, Atoiy bu borada anʼanalarga ergaşişni maʼqul körgan.
Netay men ğamzang ilkindin, ki har dam,
Tegar jonimğa köz könglimni olğoç.
Bu baytning mazmuni şunday: “Men sening ğamzangdan, otaş nigohlaringdan qayerga qoçib qutulay. Sen menga nigoh solganingda, har lahzada jonimga köz tekkanday bölyapti”, deydi. Bu misralarda ham “köz tegişi” degan birikma ikki xil maʼnoda qöllangan.
Çindan ham Atoiy şeʼriyati nihoyatda öziga xos. Şoir ijodida benazir badiiy sanʼatlar, tasviriy vositalar, nozik qoçirimlar, taşbehlarni köramiz. Mazmunining bir qadar soddaligi, bitta sözning turli örinlarda bir neçta maʼnoni ifodalab kelişi Atoiy ijodining yetakçi xususiyatlaridan biridir.
Tilarsankim, jahon oşufta bölğay,
Zamone sunbulingni gul uza soç.
Bu misralarda şunday maʼno közga taşlanadi: “Agar jahon xalqi senga şaydo bölişini istasang, sunbulingni gul uzra soçib yuborgin”. Bu baytda Atoiy atalmiş söz sanʼatkori mumtoz şeʼriyatning bir neçta tasviriy vositalaridan, badiiy sanʼatlaridan foydalangan. Baytdagi “oşufta” sözi şaydolik va mahliyo böliş singari maʼnolarni ifodalaydi.
Atoiy sevgali ohu közingni,
Ani sayd etmadi heç közi qiymoç.
Ğazaldagi lirik qahramon, yaʼni şoir ohu közlar oşiği. Şuning uçun ham uni qiyiq közlar öziga tortmaydi. Şoir bunday közlarga nisbatan mutlaqo beparvo. Şeʼrning sönggi xulosasi mana şunday. Bir qaraşda bu ğazal oşiq-maʼşuqlik munosabatlariga bağişlangan oddiy bir şeʼr kabi taassurot qoldiradi. Ammo bir haqiqat borki, mana şu kiçik ğazal misolida şoir özbek tilining badiiy imkoniyatlarini oçib bera olgan.
Mana şularga asoslangan holda aytiş mumkinki, Mavlono Atoiy şeʼriyati özbek mumtoz adabiyoti rivojiga, ğazal janri taraqqiyotiga katta uluş bölib qöşilgan.
Zohida RAHMONOVA – 1969-yilda Sayhunobod tumanida tavallud topgan. Toşkent Davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Hozirda TDTU qoşidagi Çilonzor akademik litseyi öqituvçisi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

