MUHABBAT
Nigohimda qotgan yoşimsan,
Azal-azal qon-qardoşimsan,
Yolğizlikda zör bardoşimsan,
O, muhabbat, yuz burma mendan!
Falaklarga tutaş ohimsan,
Yuragimga oşyon şohimsan,
Osmonimda suzgan mohimsan,
O, muhabbat, yuz burma mendan!
Bir sözim bor köngil quşimga,
Oqşomlari kirar tuşimga.
Hokim bölar aqlu huşimga,
O, muhabbat, yuz burma mendan!
* * *
Maysalar kaftida raqs etar quyoş,
Atirgul yuziga şabnam bosar lab.
Gullagan daraxtlar köngilga sirdoş,
Teraklar şamolda turar şovullab.
Niholday orzular ösmoqda bugun,
Olamda borliqning ajib öylari.
Kurtakda ğunçalar yaşirin tugun,
Ufurar rango-rang rayhon böylari.
Bunda kamalaklar rangin suv içib,
Dilga baxş etadi çeksiz hayajon.
Maysazorda quvnab çopgisi kelar,
Qişlardan, qorlardan bezgan bolajon.
* * *
Kuylamagan şoir bormikan
Gul bahorning tarovatini?!
Çuğurçuqlar jonbaxş ovozi,
Boz tabiat saxovatini.
Quyoş göyo keksa momodek
Mehr bilan quçar borliqni.
Gözal toğlar çorlaydi bu dam
Yurak tuyar baxtiyorlikni.
Toğ bağrida yasangan lola,
Yomğirlarga kaftin tutadi.
Sumalaklar erib tarnovda,
Ğam qorlarin bahor yutadi.
Çor atrofda kezar toza ruh,
Tabiatda sehr yaşirin.
Yaşaş zavqin ulaşib quyoş
Oça boşlar birma-bir sirin.
Şohista Jörayeva – 1968-yilda Buxoro tumanida tuğilgan.
Buxoro davlat universitetini tamomlagan. “Bir dasta gul”, “Dildorim”, “Zumrad bahorim”, “Örik guli” şeʼriy töplamlari muallifi. Hozirda Buxoro şahar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil qiliş bölimi metodisti.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida