4 daqiqada öqiladi

0 marta körilgan

Ijodkor – lokomotiv bölmoği lozim

1. Özni anglaş degani nima?
2. Baxt deganda nimani tuşunasiz?
3. Iste’dod va imkoniyat: qay biri muhim?
4. Ijodkorning jamiyatdagi örni qanday bölişi kerak deb öylaysiz?
5. Yozganlaringizning hammasi rostmi?

1. Bir qaraşda, juda olifta savol bu. Siyqasi ham çiqib ketgan. Lekin unda ne sababdan bu savol doimo dolzarb bölib qolaveradi?! Çunki ba’zan javobni bilişning özigina kifoya emas, uni yaşab ham öta bilmoq darkor va öşa yaşaşgina javobning töğri-notöğriligini belgilab beradi.
Bilgan, lekin amal qilmagan odamning il­mi haqiqat emas deb öylayman. Haqiqatni biliş uni anglaşni ham bildirmaydi. Biliş bu – nusxa köçiriş. Anglaş – jarayonning içida böliş yoinki jarayonni içingga olib kirişdir. Demak, özni anglaş haqidagi nazariyalarning yaşalmay qolganlari mutlaqo yolğon. Yaşalgani esa bitta. Har qança jön tuyulmasin, özni anglamoq öz örningni anglamoqdir. Kelgan yering, yurar yöling va borar joying jam bölgan bir manzildadirsan. Özingni şu manzilda köra olmoğing – kimliging va qaerdan ekanligingni unutmasdan, kimga va qaerga borişing (qaytişing)ni bilgan holda töğri yöldan yuriş – özni anglaş deganidir.
Albatta, kimgadir bu qadar jönlik yoqmasligi mumkin. Ammo özligini mana şunday jön anglaşga muvofiq yaşaşda jami uluğvorliklar, balandparvozliklar, jimjimalar mujassamdek tuyuladi menga.
2. Alber Kamyuning “Begona” degan asarini bilasiz. Asarning boş qahramonini osişga hukm qiladilar. Tongda osilişi kerak bölgan odam çeksiz baxt hissini tuyadi. Nimadan? Qanday? U tun sokinligida özi osiladigan dorni quriş jarayonidagi taqur-tuqurlarni eşitiş baxt(!)iga muşarraf böladi. Bu insonning baxtli bölişi uçun qançalik kam narsa kerak ekanligiga, odamzodning baxti qançalar şartli ekanligiga bir misoldir. Ammo bu baxtmikan? Erix Frommning bir fikrini köp takrorlab turaman. Ma’nosi quyidagiça: “Insoniyat ğalati-da, özi yasab olgan maşinaning jimitdekkina ehtiyot qismiga ham nom qöyib olgan-u, million tusda tovlanadigan muhabbat degan hisni bittagina nom bilan atayveradi”. Baxt haqida ham şunday deyiş mumkin. Oniy qoniqişlar, ötkinçi lazzatlar, nafsning huzurlarini baxt bilan adaştirmaslik lozim. Ularning har biriga nom topib qöyiş darkordir, balki?!
Odamlarga baxtli bölişni örgatişga ham zarurat bor desam, nima deysiz?! Faqat birovlarga azob yetkazib baxt hissini tuyadiganlar bor. Aksinça, kimlar uçundir azoblanişdan ortiqroq baxt yöq. Birovning boşiga tuşgan kulfatdan tepakalini bulut bilan berkitadiganlar qança. Heç e’tibor berganmisiz, jamiyat parokanda bölganda, ötiş davrlarida köplab his va qadriyatlar majruhlaşadi. Murğaklar va ojizalarning jonini olişdan baxt tuyadigan Çikatilolar urçiy boşlaydi. Hammasi baxt hissi tarbiyasining uzilib qolişidan emasmikan?! Balki bunaqa emasdir. Ammo baxtli bölişni eplay olmoq zarur. Xuddi ibodatdan yoki, olaylik, simfonik orkestr ijrosidan lazzatlanişni eplay olgandek.
Bular şunçaki muşohadalar. Agar fikrlaşga erinmaganimizda tuyayotgan “baxt”larimizning har biriga alohida nom topib qöyardikda, tom ma’nodagi saodat deb özni anglamoq va anglaganimiz kabi yaşab ötmoq, alal oqibat bu yaşaşning mukofotiga erişmoqni aytardik.

3. Kimsasiz orolga ikkita odam ikki xil zamonda tuşib qolgan bölsin. Imkoniyatlari bir xil. Iste’dodlisi yaşab ketişining, nari borsa yaxşiroq yaşaşining ehtimoli yuqoriroq.
Kimsasiz orolga ikkita odam ikki xil zamonda tuşib qolgan bölsin. Heç qanday imkoniyati yöq, faqat toş va qumdan, şör suvdan iborat orol bölsin. Iste’dodidan qat’i nazar, ikkalasining ham holiga voy.
Muhimi, iste’dodli odamga imkoniyat yaratib berişdir. U keyin iste’dodsizlarga imkoniyat yaratib beraveradi.
Lekin iste’dodlilar juda yoqimsiz bölişlari bor gap. Osoyiş dunyoingga öz olamlari bilan bostirib kelişadi. Işlab turgan maşinangni tuzaşga urinişadi. Tik turganni yotqizib körişadi, oqimga qarşi suzmoqçi bölişadi, haqiqat toşini izlaşdan töxtaşmaydi. Xullas, tinçgina uxlaşga qöyişmaydi, uyğotaman deb turtkilayverişadi.
Iste’dodsizlar esa teskarisi. Ix deb, xala niqtab xohlagan tomoningga yörğalataverasan ularni. Tinçingni buzişmaydi, uyqungni xurraklari bilan quvvatlab turişadi. Boşiga olma tugul tarvuz otsang ham “evrika” deb qöyişmaydi. Şuning uçun odatda imkoniyatni ularga beramiz. Odamlar esa “iste’dod muhimmi, imkoniyatmi” – bilolmay qiynalib yurişadi.

4. Hozir “san’atkor” desa yallaçi, nağmakaş, “ijodkor” desa yozuvçi, qalamkaş nazarda tutiladigan bölib qoldi. Aslida, kimyogar, iqtisodçi yoki muhandisning zörlari ham ijodkor, san’atkor bölişadi. Xullas, qalamkaşlarning jamiyatdagi örni haqida sörayapsiz-da, a? Bundan biron yillar oldin: “Şubhasiz, jamiyatning ardoğida bölmoqlari lozim va lobiddurur”, – deb javob bergan bölardim. Yaqin-yaqinlardan fikrim özgara boşladi. Menimça, bizda ziyolilar (özim ham ularning orasida bölsam kerak), ayniqsa, “ijodkorlar” millatning lokomotivi bölgulik quvvatga ega emas. Buning sabablari juda köp va ular uşbu holat uçun bevosita “aybdor” ham emaslar. Men bu haqda bir tahliliy “nimarsa” qoralaş xayolida yuribman. Savolga qaytsak, şöro jamiyatida ijodkorning örni juda baland edi. Çunki ular mafkuraviy qurol edilar. Jamiyatning bunday qurolga ehtiyoji baland bölganidan örin ham baland edi. Oramizda u davrlarni qömsaganlar ham uçrab turadi.
Hozir qanday bölişi kerak? Uzunasiga ölçanganda ijodkor jamiyatdan oldinda bölmoği lozim, jamiyatni ortidan ergaştirmoği, mayoq bölmoği, lokomotivlik qilmoği darkor. Ana öşanda tikkasiga böylanganda örni jamiyatning eng tepasida böladi.

5. Men jurnalingiz qaçon çiqişini bilmaymanda. Agar ertaga çiqsa, hammasi rost derdim. Bir oydan keyinga kafolat berolmayman. Haqiqatlari taftiş qilinmaydigan odamning ustidan tuproq tortib yuborsa ham bölaveradi. Biroq ayrim haqiqatlar mutlaqo taftiş qilinmaydi, öşalari rost. U haqiqatlar menga taalluqli emas, men ularga taalluqlidirman.

Sanjar Nazar – 1974-yil Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan. ÖzMUning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Ideal jamiyat – majnunlar jamiyati”, “Unutilgan “men”ning isyoni”, “Imkon iskanjasidagi isyon”, “Millatga tahdid”, “Mafkuraviy ziddi zahar” kabi ilmiy va publitsistik maqolalar muallifi. Hozirda “Akademnaşr” naşriyoti Boş direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

“Yoşlik” jurnali 2014-yil 2-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (377)