17 daqiqada öqiladi

0 marta körilgan

“Boşimni zör işga berib qöyibmen”

Odamni turmuşdagi turli holatlar, quvonçli hodisalar, körgiliklar şoir qiladi, yozuvçiga aylantiradi. Haqiqiy san’at asarlari dard, gözal his-tuyğular mahsuli. Adabiyotşunoslar ham dardli va tuyğun odamlar, badiiy ijod ahlining hamdardlari…

Muayyan bir sohaga, deylik, adabiyotga qiziqiş har kimda turliça keçadi. Kimdir ustoziga ergaşadi, boşqasi kitoblar bilan oşno tutinadi. Kundalik hayotning özi bir dunyo.

Bolalikdan bir şingil… Ikkinçi jahon uruşi bizdan ança yiroq. Biroq uruş dahşati, uning aziyatini buvi-enamdan köp eşitdim. Karim buvam uruşdan qaytmagan. Tört bolasi bilan yigirma uç yoşida enam beva qoladi. Boşqa turmuş qilmaydi. Uruşning yurakni örtagani, oila tayançidan, bir qanotidan ajratgani şu. Yetti yoşida yetim qolgan otamning xotirlaşiça, yaqinlari enamni “hali yoşsan” deb majburan qayta turmuşga bermoqçi bölganlarida, ilojsizlikdan hatto öz joniga qasd qilmoqçi bölgan ekanlar. Allohning marhamati bilan tirik qoladi. Şundan söng yana oltmiş yil umr körib, sakson uç yoşida bandalik qildi. Buvimizning sözi qat’iy, suhbati şirin edi. Aytayotgan voqealari biri ikkinçisiga zanjirdek ulanib ketaverardi. Bunday öylab topilmagan hikoyalarning “syujet”iga, tuguni va yeçimlariga hali-haligaça hayratlanib yuraman. Enamning köz yoşini deyarlik körgan emasman. Taqdir hukmiga böyin eggan, diydasi qotgan, kunlik ibodatda qoyim edilar, rahmatlik. Muammolarni juda oson hal qilardi. Gaplari qisqa, keskir, buyruqli, mazmunli, maqolli yoki bir-ikki satr şe’riy hikmatli bölardi: “Tinmasang tinarsan, tinsang tinmassan”, “Istaganing emgak bölsa, ikki közing kömgak bölar”, “Yiğlaganni sörama – ölgani bordir, kulganni sörama – bilgani bordir”. Agar kayfi çoğ bölsa, ba’zan qöşiq aytib qolardi: “Taxta köpir ustidan, Toyib tuşdim yor-yor” yoki özi töqigan “Qora kişi qora telpak kiyarmi? Bizni qöyib tul … suyarmi?” tarzda. Bu qöşiqlar unça köp emas, sanoqli, doim takrorlanadigan. Ertak, çöpçaklarni yoqtirmas edilar. Söralsa, javobi bir oğiz söz: “Bilmayman”. Yoki “Karim buvamizga turmuşga çiqqaningizdan sözlab bering”, degan iltimoslarga, hayo-ibo qilganidanmi, har tugul “Uning nimasini sözlayman. Sovçi keldi. Töy böldi. Bir tuya arava yuk bilan keldim. Manglayimga siğmagan ekan, buvang ketdi, men qoldim” deb javob berardi. Enamning boşidan ötgan voqealar şunday hazin, şu darajada qisqa, aniq va aksar holatlarda detallaştirilgan bölardi. Balki şular izhori meni söz yöliga boşlagandir.

Adolatsizlik, tengsizlik, tuhmatlar, kamsitişlar, haqoratlar, köra-bila turib birovning köziga çöp tiqiş – bular odamni ruhan toliqtiradi. Kiçik bir maktab jamoasida, ziyolilar muhitida haqiqat, töğrilik, adolat uçun yakka özi turib, kökrak kerib mardona söz aytgan otam nohaqlikka, tuhmatga uçragani – bolalik xotiramdan öçmaydigan hodisa. Maktabdagi otam parvarişlagan boğning mevalarini yeb, qoldiq va toşdek danaklarini uning öziga qarab otişgan. Bu hodisa enamning soçini oqartirgan. Beş yoşlarimda bir mahkamaga men bilan birga kirib: “Bolamni yerga urdinglar-a!” deb alam va nafrat bilan qörqmay gapirgani hali-hali quloğim ostida jaranglab turibdi. Onam rahmatli tibbiyot hamşirasi bölganlar. Bizga bildirmasdan onamning (Alloh rahmat qilsin, joylari jannatda bölsin) yiğlab olganlarini butun vujudim bilan, yurak-yurakdan his qilgan pallalarim bölgan. Esimni tanigandan beri bilardim: qişloq ahliga yordamini ayamadilar. Uyimiz göyo dorixona – har vaqt bemorga dori-darmon bizdan. Keçasimi-kunduzi – farqi yöq. Yarim tunda derazani kimdir çertadi yoki darvoza taqillaydi: “Çeçamni dard-tölğoq tutib qoldi, Ziyoda opa, yordamingiz kerak”. Borib enagalik etib, tong yorişganda uyga qaytadilar. Bunday hodisalar köp bölgan. Ammo biror marta qoş çimirganini yoki oğringanini eslay olmayman. Bugun öşa muruvvatlarni tafakkur tarozisiga solib tortaman…

Şu xotiralarning özi qiziqarli tarix, realistik adabiyot. Hayot odamni ijodkor qiladi, könglida ezgulikni uyğotadi. Balki şunday hodisalar bois yölim Söz tomon burilgandir. Yaxşi sözdan köngil ösadi, yomonidan çökadi.

Qolaversa, adabiyot bilan şuğullanişimga mak­tabdagi adabiyot muallimlarim Xudoybergan Bekçanov, Olim Törayevlar barobarida köproq otam sababçi bölganlar. Özi fizika-matematika öqituvçisi bölsalar ham, adabiyotni, şe’riyatni yaxşi körar edi. Oiladagi suhbatlarda, maktabdagi dars mahallarida biror bir formula yoki teorema yoniga beixtiyor Alişer Navoiy, Maxtumquli, Hamid Olimjon, Mayakovskiy yoki boşqa bir şoirning misralarini misol qilib keltirar edi. Bu fizika darsidagi lirik çekiniş bizga zavq bağişlardi. Fizika, matematikani yaxşi öqiganman. Hozir ham şu soha mutaxassislarining suhbatlarini eşitib qolsam, zavqlanib ketaman. Bir hasadim ham keladi. Agar filolog bölmasam, fizika yoki matematika muallimi bölarmidim, deb öylab qöyaman. Çunki maktabda şu sohaga tegişli ma’lumotlarni kiçkina yon daftarçamga yozib yurar edim. Olimpiadalarga ham şu yönaliş böyiça qatnaşib, örinlar ham olgan edim. Ammo hozir ham öşa aniq fanlarni soğinib qolsam, bolalikni qömsab ba’zan adabiyot darslarida ularga murojaat qilaman. Universitetda matematik, fizik örtoqlarim bor. Ularning men tuşunmaydigan raqamlar ustidagi bahslaridan zavqlanaman, ammo suhbatlariga aralaşa bilmayman. Adabiyotşunoslikda ham şunday murakkab nuqtalar bor. Bu ruhiyat va estetik did masalasi. Şuni anglamaslik va şu didning şakllanmasligi badiiy adabiyot kuşandasi deb hisoblayman.

Universitet yoki tahsil… Milliy universitetning özbek filologiyasi fakultetida öqidim. Bir soat dars bergan har qanday muallimdan minnatdorman, qarzdorman. Ustoz uluğ inson, sözi, maslahati tabarruk. U zotlar saboğidan bahramandlik, tavsiya etgan kitoblarini öz vaqtida öqiş biz talabalarni östirdi. Universitetda katta avlodga mansub adabiyotşunos, tilşunos ustozlardan filologiya ilmining sir-sinoatlari böyiça ma’ruzalar eşitdim; keyinçalik boşqa uluğ olimlar, köplab ijodkorlar suhbatlaridan bahramand böldim… Darvoqe, öqigan yillarimiz fakultetda yoş, talantli munaqqid Rahmon Qöçqorov “Yoş tanqidçi” tögaragini boşqarar edi. Bahs-munozara, hatto devoriy gazetada çiqqan maqolalar muhokamasi, söngra “Yoşlik”ning anketa savollariga javoblar, dastlabki qadamlar – bularni eslaş maroqli. Bir payt şu tögarak anjumanida ma’ruza qildim. Badiiy asar tili töğrisida. Ma’qul kelib, matnni Rahmon aka “Şarq yulduzi” jurnaliga tavsiya etdi. Yurakda işonç ulğaydi. Oradan ança vaqt ötib, talabalikning oxirgi yili şu “Nasrdagi nazokat” maqolam çiqdi. Birinçi çiqişlar gaşti boşqaça. Qayta-qayta yozganingga qaraysan, quvonasan, umidlanasan, orzularga berilasan…

Negadir birinçi çiqiş, birinçi kitob yoki umuman kitob çiqarişning keyingi davrlarga kelib yuki ança yengillaşib qoldi. Bunda ham gaşt bormikin?

Töqilmagan latifa: Bizning öquv dargohimiz bilan Leypsig universiteti orasida şartnoma bor edi. Ulardan talabalar bizning universitetga kelar, yozda bizdan ön-ön beş nafar talaba u tomonga borar edi.

1989-yil yozi. Talaba edik. Universitet talabalari bilan poezdda Moskva, Brest, Polşa orqali Germaniyaga bordik. Tunda Berlin vokzaliga borib tuşildi. Oçiqqan edik. Beş-oltitadan tamaddi qiliş niyatida atrofga tarqaldik. Qoronğu tuşgan, şahar aholisi şirin uyquda. Biz esa oşxona izlaymiz. Bir oz yurgaç, yoş bolasini yelkalab kelayotgan bir kişiga duç keldik. Endi xorijga çiqqan kişi til bilişi lozim. Talabalarimizdan har kim qaysidir tilni biladi. Nozim ingliz tilida, Ne’mat fransuz, men esa nemis tilida şu atrofda oşxona bormi, degan mazmunda çaynalib söraymiz. Ammo qarşimizdagi kimsadan sado çiqmaydi. Yelka qisadi. Jim. Şunda umuman biror çet tilini bilmaydigan Farrux qölini oğziga olib borib: “Hyam-hyam, nyam-nyam”, dedi. Röparadagi kimsaga jon kirdi: “Naverno tam, tam, rebyata”, dedi qöli bilan işora qilib. Şaraqlagan kulgu kötarildi, Berlin şohbekati yonida. Çunki hammamiz rus tilini bilar edik. Haligi kişi ham bizga öxşab endi poezddan tuşgan va navbatdagi reysni kutib, aylanib yurgan ekan. U zamonlar Germaniyada rus tili keng quloç yoygan edi. Şu-şu saboq böldiki, bir oy davomida olmon yurtida yurib biror notaniş kimsadan avval: “Şprehenzi russiş?” deya söraydigan böldik.

Hayotda bir umrga esdan çiqmas voqealar, ota­dek mötabar insonlar, tabarruk maskanlar böladi. Şaxsan men uçun Özbekiston Milliy universiteti – beşikdek tabarruk maskan. Bu dargohdagi ustozlar ögiti bir umrlik saboq; topgan qadrdonlarim köngil döstlarim. Inson jismi zaminning qaysi bir göşasida bunyod bölişi, tuğilişi mumkin, ammo çin ma’nodagi ma’naviyat maskanlarida ruhan tavallud topadi; fikri yetiladi; meva beradi. Özbekiston Milliy universiteti muallimi sifatida xorijda ötadigan anjumanlarda qatnaşiş ham köngilga surur bağişlaydi. Leypsig, Berlin, Istanbul, Anqara, Qrimga bordim. Ayniqsa, iste’dodli matematik, fizika-matematika fanlari doktori, professor R.R.Aşurov bilan birga 2005-yil bahorida Pekindagi Millatlar Markaziy universiteti rahbariyati bilan özaro hamkorlik, öşa universitetda özbek tili bölimini oçiş masalasi böyiça ÖzMU nomidan muzokaralar olib borgan edik…

Kitobli xotiralar… Bolalikda öqilgan yaxşi kitoblar ta’sirli böladi, esdan çiqmaydi: “Robinzon Kruzo”, “Tom toğaning kulbasi”… – suratlari bilan hali-hali ham köz öngimda. Insoniyat tafakkurining eng bebaho, tengsiz kaşfiyoti kitob. Kitob yolğizga oşno, bemorga dardkaş, muhtojga maslahatçi, yölsizga darğa; ma’naviy kasalliklarga darmondori…

Ba’zan xotiralarda kitob jonlanadi. Talabalik yillarida “Yillar armoni” kitobining qayta naşriga Xiyobon biqinida joylaşgan Yozuvçilar uyuşmasi ostonasida turib, Abdulla Oripov menga birinçi dastxat, yonimdagi kursdoşim, şoir döstim Bobomurod Eraliga “Dastxat №2” deb tilaklar yozib bergani, noşirlar kitobini qayta çiqarişda şoir suvratini “yodlaridan çiqarib qoldirgan”lari xususidagi bir oğiz gaplarini eslayman.

Öşa talabalikning beğubor pallalarida boşqa ijodkorlardan ham dastxatlar olganmiz. Ular beğaraz, samimiy, biz intilib, izlab, yutoqib, quvonib olingan dastxatlar. Qadrli, qadrdon, közga surtiladigan tabarruk va beğaraz imzolar. Davrlar ötgani sari dastxatlarning mazmuni ham, odamiga taqaladigan rost-yolğon, samimiy-nosamimiy, çin köngildan-til uçida kabi sifat körinişlariga ham ajralib boraverarkan. Adabiyotçi xonadonida kitob böladi. Kitob javonimdagi dastxatli kitoblar bir dunyo. Ularda ham hikmat bor. Kitoblar mazmuniga qarab e’zozlanadi. Ular ham odamga öxşaydi. Köngling tilamagan, jining olişmagan, yoqimsiz biror kimsaga röbarö keliş, suhbatlaşiş kayfiyatni tuşiradi. Javondagi kitoblar içida bebaholari ruhiyatni kötaradi, ularni öqiş, bama’nilikdan bahramandlik, zavqlaniş va hayratlaniş muallifi bilan hamsuhbat böliş demakdir.

Talabalik yillarimiz “Yillar armoni”, “Muhabbatnoma”, “Sabr daraxti”, “Seni yaxşi köraman”, “Dars”, “Uyğoq toğlar”, “Bolalikning ovozi”, “Uxlayotgan qiz” kabi şe’riy kitoblarni öqib çindan zavqlandik, namunalar yod olgan edik. Negadir keyingi davr kitoblaridan bunday zavqni topiş qiyin keçmoqda. Yo qalb qotib borayotirmi, mulohazakor bölib qoldikmi, manfaatparastlikka yöliqdikmi, maydalaşdikmi yoki şe’r-u dostonlar ahvoli noçormi? Bilmadim, bilolmadim. Sababi ob-havomi yoki narx-navo? Bilolmay hayronman.

Yoşlik yillari katta orzular dengizida suzasan. Imkondan ulkan orzu-niyatlar. Özing istab, kitob öqiş sururi – boşqaça zavq. Majburiyat uçun, imtihon topşiriş yoki maşğulotlar ötkaziş uçun öqilgan kitob bilan köngling tusab öqilgan kitob örtasida farq böladi.

Hozir ba’zan sohamiz, kasbimiz taqozosiga köra kitoblarning qölyozmalarini yoki yangi naşrga taqriz yoziş uçun öqişga ham töğri keladi. Töğrisi, köp hollarda tugay qolsa edi, degan ilinjda, oxirgi sahifalarini qömsab, zerikib, oğrinib, malollanib, kinna kirgandek tinimsiz esnab, uyqusirab, ğijinib, köngil aynib öqiydi odam.

Nima demoqçiman? Yozayotgan odam öz asaridan özi zavqlanmasa, birovning qalbida tuyğular tuğyonini kutiş kerakmas. Öz yozganiga ijodkorning özi hayratlanmasa, birovdan hayrat kutiş töğri emas.

“Nima uçun yozasan? Yozganing kimga kerak? Yozmasang bölmaydimi? Şu darak gaplarning ega-kesimini almaştirib “şe’r qilib” yozding nimayu, yozmasang nima?” Yoş, boşlovçi ijodkorni şunday savollar hamişa bezovta etsin.

Yoziş… Har kim özining manglayiga bitilgan taqdiri yozuvi izmida hayot keçiradi. Har kimning işlaş tarzi har xil. Intizom asosida işlangani yaxşi. Hozir vaqt va joy tanlaşga vaqt yöq. Adabiyotçi uçun fikr muhim. Yangiça qaraşlar, yangiça tahlillar, qiyoslar… Fikr vaqt va joy tanlamaydi, eng yomoni tutqiç bermaydi. Keladi-ketadi. Şunda “mehmon”ning izzatini öz vaqtida joyiga qöyib, bir parça qoğozga nimadir qayd qilaman. Söng hammasi xayolda yurgan mulohazalar sekin-asta tiziladi, şakllanadi. Rejalar tuziladi, manbalar jamlanadi: yozib öçiriladi, öçirib yoziladi. Şakllanayotgan fikrni aniq bir izga soliş, ora-orada iboralar yoki öxşatişlarni qöllaşni yaxşi köraman. “Ustoz, yozişni qanday örgansa böladi?” Yodimdan çiqmaydi – bir vaqtlar jurnalistika fakultetini bitirgan yigit şu savolni bergan edi. U radioda gapirişga ixtisoslaşgan, şekilli. Avvaliga hayron qoldim, söngra tuşundim. Nima deyman? Yozişni faqatgina yozib örganiladi! Öxşamagan devor qayta quriladi, parçalanadi, ta’mirlanadi. Hofizlarga ham, notiqlarga ham, rassomlarga ham – umuman har qanday sohada iste’dodli odamning maşqlari oqibatda ulkan tajriba va san’at maqomiga çiqadi.

Ba’zan yozadiganlarim rejalarda, sarlavhalar­da uzoq qolib ketadi. Masalan, bir maqola uçun “Taqriz nima? Taqrizçi kim?” sarlavhasini qöyib, bir-ikki jumla yozganimga bir neça yil böldi. Deylik, unda ajoyib şoirimiz Nodir Jonuzoqning:  yoşligida öz asarlariga özi yaşirin taqrizlar yozgan “ustozim”, degan fikridan ham foydalanişni möljallagan edim. Oradan ança vaqtlar ötdi, lekin haligaça şu maqola yozilgani yöq. Ehtimol, köngil töladigan yaxşi bir maqola bölar, balki şu holiça oxirigaça yozilmasdan qolib ketişi ham mumkin. Şunga öxşab yillab navbat kutganlari, haligaça kutib turganlari bor. Bundan özim ham xursandman. Ba’zan fikrni sinovdan ötkaziş-aprobatsiya uçun talabalarni auditoriyasiga olib kiraman. Közlar çaqnasa, savollar yozilsa, manbalarni suriştiriş boşlanib, qiziqiş ortsa, demak, bunda bir hikmat bor, ob-havodan bahor nafasi keladi.

Ijod sururi, zavqi butunlay boşqa narsa. Uni boşidan ötkazgan his qiladi. Bugun negadir ijod deganlari yamoqçilikka öxşab qoldi. Ayrim yozadiganlar kitoblardan, birovlarning maqolalaridan kitoblar yasaş yöliga ötib oldi. Bunga rukn topib qöydim: “Körganlarimdan köçirganlarim” deb.

Aslida yoziş har kimda har xil keçadi. Bu ijod işining hammaga tatbiq qilinadigan, hamma uçun mos keladigan aniq bir formulasi yöq. Har kuni tinimsiz yozib, har oyda bitta kitob çop ettiradigan yozuvçilar ham bor. Bunday asarning tez yozilgani uçun qiymati tuşib ketmaganidek, bir neça ön yillab yozilgan asar uzoq davr mobaynida yozilgani uçun qadri oşib ham ketmaydi. Gap asarning tez yoki sekin yozilganida emas, hamma gap uning haqiqiy san’at namunasi sifatida yaşab qolişida, inson ruhiy-ma’naviy dunyosiga ozuqa berişidadir.

Odam tabiatan nasihatga, maslahatga, özi amal qilmaydigan gaplarni aytişga usta. Ammo amal qi­liş, sözi ustidan çiqiş – bu qiyin gap. Men ijodkorning sözi öziga, özi söziga öxşaşi tarafdoriman. “Hayhot, men toza telba” deb yozgan şoirning “tovlamaçi” ekanini bilib qolib, yomon xafa böldim.

Ijodkorga ahamiyat bu muhim tamoyil, jamiyatning madaniy, ma’rifiy darajasini namoyon qiladi. Ammo ahamiyat deganlari bu doimiy opiçlab, yetaklab yuriş, tuvakdagi guldek parvarişlaş emas, albatta. Bu ahamiyat bir soniyalik, bir soatlik, bir kunlik bölişi mumkin. Ammo ana şu ruhiy, ma’naviy, moddiy quvvatning inersiyasi asarlarga ta’sir etadi; asrlarga yetadi.

Nazarimda, “Öz işimdin bul ajabroq dostone topmadim” yoki “Boşimni zör işga berib qöyibmen” kabi tamoyil haqiqiy ijodkorga xosdir. Öz işini biliş, unga muhabbat, öz ijodidan taajjublaniş va undan qoniqmaslik – bu muhim tuyğu harakat manbaidir. Biror işni qoyilmaqom qilib qöydim, degan şoir, adib, adabiyotçi adaşadi. Çunki tabiatan inson zaif qilib yaratilgan, uning ijodida, kitobi yoki maqolasida hamma vaqt nomukammal örinlar, bahs-munozarali masalalar, oçiq nuqtalar, böşliqlar böladi. Ba’zan menga ulkan, dabdabali ilmiy unvonlar bilimsizlik yuziga tutilgan pardaga öxşab körinadi.

Ehtimol avval ham aytgandirman. Ijodkorlarning bolaligi beğubor. Endi ijod maydoniga birinçi asarlari bilan kirib kelgan har qanday ijodkor öz ijodiy biografiyasining gödaklik davrini boşidan keçirayotgan böladi. Yoş bolaning, endi dunyo yuzini körgan çaqaloqning közlariga heç qaraganmisiz? Çaqaloq közida beğuborlik, tozalik, hali dunyoning turfa öyinlariga röbarö kelmagan bir pokiza köngilning, hali yozilmagan oppoq qoğozdek tozalikning in’ikosi bordir. Manfaatlar, unvonlarga, mukofotlarga, şuhratga, özini tarğib-taşviq qilişga öçlik ijodkor köngli va közini kör qiladi.

Uzoq tarixda şunday ijodkorlar bölganki, ularning jismi allaqaçon foniy dunyoga yuz tutgan. Ammo asarlari hamon tirikdir. Bu asarlar har kuni odamlar bilan muloqotga kirişadi; işqi, dardi, armoni odamlarning yuragiga örlaydi; yuragini örtaydi.

Yaqin tarixda şunday ijodkorlar ötganki, jild-jild asarlar yozgan va ular öz vaqtida köp ming nusxada bosilgan ham. Biroq ulardan yolğiz “yozğuvçi” nomining özigina meros qolgandek; özlari ham, asarlari ham rahmatli bölib ketgandek taassurot qoldiradi.

Adabiy jarayonda, yon-atrofimizda şunday iste’dodli ijodkorlar borki, ularning özlari ham, asarlari ham tirik. Hozirda jisman va ruhan tetik. Ular özini, özligini, kimligini, “men”ligini, darajasini, örnini qaysidir ma’noda juda yaxşi anglaydi. Ruhi jonidan asarlari umrboqiylik quvvatini oladi; tiriklik suvini içadi. Mabodo bu toifa ijodkorlar ajali yetib, fano diyoriga yöl olsalar ham, asarlari uzoq umr köradiganga; körkam haq sözi uçun qalam egalariga rahmat eşigidan savobi yetib turadiganga öxşaydi.

Ijodkor uçun yozganini birov öqimaganidan kattaroq falokat va fojia bölişi mumkinmi? “Özim uçun yozaman”, degan kamtarlik ortida manmanlik va xudbinlik borga öxşaydi. “Tanqidga e’tibor bermayman”, degan ijodkor gapida ğayritabiiylik va arazlaş borga öxşaydi. Badiiy asar adabiy tanqid vositasida adabiyot tarixida yaşab qoliş vasiqasiga ega bölolmasligiga XX asr guvoh. Badiiy asarni adabiy tanqid sohasi yaşattirmaydi, balki adabiy-tanqidiy maqolani badiiy asar yaşattiradi. Dunyodagi eng maşhur adabiyotşunoslarning barçasi betakror iste’dod va ulkan qalb egalari bölgan adiblarning xizmatlari evaziga nom qozonganlar; nonini topib yeganlar. Bu ham haqiqat.

Yöllar… Bugungi bizning adabiyotşunoslikda tahlil va talqin metodlari yangilanişi kerak. Jahondagi yangiça adabiyotşunoslik maktablari va talqin uslublari jiddiy örganilişi lozim deb hisoblayman. Ba­diiy asar syujetini qayta sözlaş, badiiy asarning bir qator fazilatlarini muallif köngli uçun maqtab, “juz’iy kamçiliklari bor” tarzidagi an’anaviy qoliplar özini oqlamaydi. Bu şakldagi adabiy maqolalarni asarni öqimasdan ham yoziş va öşa tipdagi yopinçiq maqolalarni istalgan bir asarning ustiga yopiş mumkin. Adabiyotşunos badiiy asardagi birovlar körmagan nuqtalarini topsin, fazilatini, individual xususiyatini oçib bersin.

Bir davrlar böldiki, hamma adabiyotşunoslar yoppasiga jadidşunos bölib qoldi. Hozirgi kunda şu yopirilişning hovuri pasaydi. Şaxsan men adabiyotşunoslikda şu sohadagi keng qamrovli, qiyosiy-tipologik tadqiqotlar davom etişi lozim deb hisoblayman. Çunki öşa milliy uyğoniş davri adabiy manbalarining tabdillarida, hatto qayta naşrlarida önlab xatolar kuzatilmoqda. Qayta naşrlarda, birovlar hozirlagan manbani özlaştirmasdan, tayyor izohlarini stilistik tarafdan öz nomiga xatlamasdan, zarur bölsa, asl manbaning özini aynan körib, öqib va şu asosda adabiy matnlar bilan muloqotga kirişgan odam ilm adabining oltin kalitini qölida tutgan böladi.

Badiiy asarlar töğrisida inşolar yozilganda “falon-falon asar menda unga nisbatan nafrat, hayotga nisbatan muhabbat uyğotdi”, degan bosmaqolipli (stereotip) fikrlar bayon etiladi. Aslida inson hayotsevar, umidli bölişi; içkarisini takomillaştirişi kerak. Bu jarayon istaysizmi-yöqmi bir haqiqatni tan olmagunça kemtik bölib qoladi. Bu haqiqat – ölim hodisasi. Har qanday inson boşiga keladigan ölim haqida öylaş kerak. L.Tolstoyning, haqiqiy faylasuflar oxir-oqibatda ölim masalasini muhokama qila boşlaşadi, degan mazmundagi gapi bor. Ölim – badiiy adabiyotning azaliy va abadiy mavzusi. Dunyo adabiyotida ölim bilan hayot çegarasini maxsus tasvirlaşni özlari uçun asosiy tamoyil qilib olgan falsafiy yönalişlar bor. Demoqçimanki, badiiy adabiyotning eng muhim vazifalaridan biri insonning ölim hodisasiga tabiiy munosabatini ham tarbiyalaşdan iborat. Aslida bu vazifa mohiyatida ham ezgulik mavjuddir.

Xonadonda tuğilgan fikrlar… Çinakam san’at, çin badiiy adabiyot keça, bugun, erta – şu uç zamon çegarasidan çiqib, abadiylikka yuz tutadi. Özbek adabiyotining bugungi holatiga kelsak, bu xususida gapiriş oson emas. Ijod qilayotganlar, şe’r, doston, hikoya, qissa va roman yozayotganlar soni köp. Kitoblar, şe’riy töplamlar çiqarayotganlarning soni ham köp. Ammo mazmuni, original badiiy kaşfiyot masalasi doim muammo. Biz uçun mumtoz adabiy siymolar va jahon adabiyoti mezon vazifasini ötaydi. Adabiyotda original badiiy kaşfiyotlar yuzaga kelsa, albatta, yangidan-yangi adabiy nazariyalar paydo böladi. Bugungi adabiyotni boyitişga adabiiy tanqid öz hissasini qöşişi kerak, degan mulohazalar aytiladi. Biroq adabiy tanqid uçun adabiy maydon, tahlil va talqin qilişi uçun arzigulik badiiy asarlar kerak. Çunki saksovulga heç qaçon meva bitmasligini, anor yo anjirga dönmasligini hamma biladi. Saksovul ötin böladi. Soyasi ham yöq hisobi. Muhimi asar. Uyga öxşatib qurilgan bir çayla atrofida girgitton bölib, “bino”ni Misr ehromlariga qiyoslaşda qanday mantiq bor?

Ma’naviyati baland, ruhi tetik, yuragi keng ijodkorlarga havas qilaman. Tasavvurimça, ular Sözga xiyonat qilmaydilar. Şular borligi uçun dunyo gözal, tinç, osoyişta, fayzli. Garçand bir qança kitoblari ommalaşgan bölsa ham, insoniylikdan tuban va ruhan majruhlarini körib öz holimga şukrona aytaman.

Badiiy adabiyot gözallik asosiga bino bölişi lozim. Inson qalbi naqadar gözal, naqadar olijanob va xolis bölsa, uning asari şu darajada uluğvorlik kasb etadi. Agar ijodkor işqni tasvirlamoqçi bölsa, bu bebaho mavzuni avaylaşi, pokiza yurak bilan yozgani ma’qul. Işq-muhabbat bilan hirs örtasida katta farq bor. Hirsiy mayllar bayonini ayrim yozuvçilar muhabbat yölida asar bitganiga almaştirib qöyadilar. Işq javhari nafs va hirs botqoğiga kömilmasin.

Darvoqe, ma’naviyat xazinasidagi durdona asarlarni kitobxon tiriltiradi. Asarlari abadiy öquvçilarini topgan qalbi butun ijodkordan köra saodatliroq inson bölmasa kerak.

Xonadon xotirjamligi… Bu ijodkor uçun juda muhim ne’mat. Şukr, alhamdulillah, oila muhitidan şikoyatim yöq. Xotinim iqtisodçi, hamşira. Ammo bu sohalarda işlamaydi; uyda bolalarimning ta’lim-tarbiyasi bilan maşğul. Kundalik uy vazifalariga, darslariga yordamlaşadi. Biz uçun şart-şaroitni juda örniga qöyadi. Qizlarimning kattalari litseyda öqiydi, kiçigi maktabda. Adabiyotga ham, boşqa sohalarga ham qiziqişlari bor. Ularning ayrim yozganlarini körib yozmaslikni maslahat beraman. Ba’zilarini öqib quvonaman.

Bahodir Karim – 1966-yilda tuğilgan. ToşDU (hozirgi ÖzMU) özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Vadud Mahmudning 20-yillar adabiy tanqidçiligidagi örni” mavzusida nomzodlik, “XX asr özbek adabiyotşunosligida talqin muammosi” (qodiriyşunoslik misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.

“XX asr özbek şe’riyati antologiyasi”, “XX asr özbek hikoyasi antologiyasi”, “Özbek adabiy tanqidi antologiyasi” kitoblarining ğoya muallifi va tuzuvçilaridir biri. “Jadid munaqqidi Vadud Mahmud”, “Qodiriy qadri”, “Yangilaniş soğinçi”, “Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin”, “Adabiyotşunoslik metodologiyasi” kabi kitoblar muallifi.

 

“Yoşlik” jurnali 2014-yil 2-son

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (377)