9 daqiqada öqiladi

681 marta körilgan

Zamon ruhi, hayot falsafasi

Abduğani Sulaymon

Xalqning ruhiyatini anglamoq uçun tarixini örganmoq zarur. Ötmiş saboqlaridan töğri xulosa çiqarilsagina, millat taraqqiy etadi. Şu bois çinakam ijodkor borki, tarix haqida yozadi, moziy haqiqatini badiiy haqiqatga aylantiriş orqali millat qalbi va ruhiga quvvat bağişlaydi. Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va Rauf Parfining şonli tariximiz töğrisidagi şeʼrlari xalqimizga ana şunday hayotbaxş kuç bergani buning isbotidir. Adabiyotimizga şoir bölib kirib kelgan, keyinçalik yirik nasriy asarlar muallifiga aylangan Özbekis­ton xalq yozuvçisi Muhammad Ali ijodida ham tarixiy mavzu yetakçi mavqega ega.

 Adibning dastlabki şeʼrlaridan biri qadimiy udumimiz uloq haqida bölib, xalqimizning mardona ruhi, şijoati öz ifodasini topgan:

Saf-saf bölib bahodirlar

Tayyorlanur,

Otlanur!

Larzalanur hozir yerlar,

Ğayratlar qanotlanur.

Bunday satrlar, çindan ham, öquvçi qalbiga mardona ruh beradi, ğayratlarga qanot baxş etadi.

Muhammad Ali tarix töğrisida yozar ekan, ötmiş voqeligini şunçaki qayd etib qolmaydi. Vatan va xalq keçmişidan bugungi kun uçun ibrat oliş, töğriroği, boy tariximiz saboqlarini zamondoşlari ongi va ruhiga singdiriş – şoirning boş maqsadi ana şu. Adib mard va jasur sarbadorlar haqida roman yozişdan oldin ularning jasoratini şeʼrlarida vasf etgan edi. Şoir avvalo xalqimiz tarixida beqiyos ahamiyatga ega bu ozodlik harakatini keltirib çiqargan sabablarga eʼtibor qaratadi. Ötmişni faqat şoir bölib emas, çinakam tadqiqotçi sifatida ham kuzatadi:

Bir zamonlar, bir zamonlar

Ozod bölgan ölkada

Tuğilmoqda gödaklar ham

Qamçi izi yelkada,

Ozod bölgan ölkada.

Mazkur tasvir öşa kezda xalq boşiga tuşgan uqubatning neçoğlik katta bölganini öquvçi qalbu şuuriga muhrlab qöyadi. Şeʼrni mutolaa qilar ekan, kitobxon qattiq taʼsirlanadi, vujudiga titroq yugurganini sezmay qoladi.

Botir sarbadorlar ğanimning qudratli va şafqatsiz ekanini bilgan. Yov bilan kuraş oson keçmasligi maʼlum edi. Lekin ozodlik istagi har narsadan baland keladi. Sarbadorlar mustamlakaçilarga qarşi kuraşga otlanadi. Şoir taʼbiri bilan aytganda, garçi boşi uzra dor quloç yozib tursa-da, ular erk izladi, ona yurtning istibdod girdobidan ozod bölişini istadi:

Erk ber deya kutib turmas,

Erk izlaydi sarbador.

Garçi doim boşi uzra

Quloç yozib turgay dor,

Erk izlaydi sarbador.

Şeʼrda ikkinçi va beşinçi misralarda qöllangan takror muallif ifodalamoqçi bölgan asosiy fikrni taʼkidlaşga, erk olinadi – berilmaydi, degan ğoyani uqtirişga, mazmunning taʼsir kuçini oşirişga xizmat qilgan. Birinçi va uçinçi satrlarda turoqning bir xilda 4+4, qolgan misralarda 4+3 tarzida kelişi mazmun va ohang uyğunligini, badiiy buyoqdorlikni taʼminlagan. Umuman, uşbu şeʼr nazm texnikasi jihatidan ham öziga xos.

Avlodlar ongi va ruhida sarbadorlar erk va ozodlik haqida qöşiq bölib qolgani ifodalangan quyidagi poetik xulosada:

Erkni sevgan avlodida,

Erkni sevgan xalqida

Qöşiq bölib qoldi mangu

Erk, ozodlik haqida,

Erkni sevgan xalqida!..

Muhammad Ali şeʼrlarini mutolaa qilar ekan,  zamonamiz yoşlari mard va tanti, har qanday muşkul vaziyatda ham yovga boş egmagan, or-nomusni har narsadan ustun bilgan ajdodlari şijoatini his etadi. Qalbida ana şunday olijanob tuyğular jöş urganini sezadi. “Köhna Urganç minorasi deydi” şeʼri ana şu jihatdan alohida ahamiyatga ega:

Yiqilmoqda derlar meni,

Yiqilguvçi yöq hali.

Panoh tutgan erlar meni

Qirğin janglar mahali…

Keçmiş suronlari bu minoraga öz taʼsirini ötkazgan. Biroq ne-ne qirğinbarot janglarda mardlar panoh tutgan imorat hamon mağrur qad rostlab turibdi. Zero, yiqiliş uning uçun mutlaqo yot tuşunçadir. Çingizxon bosib kelganida boşi egilmagan, Jaloliddinday farzandidan ayrilganida bardoşi tözimagan minora – erk va ozodlikning boqiy timsoli. Şoir talqiniça, minoraning boşi egilişini Ona Yerga taʼzim deya qabul qilinmoği kerak:

Ona Yerga fido bölsam,

Özdan rozi bölarman.

Men ölmayman! Agar ölsam,

Tikka turib ölarman.

Mardlik, or-nomus, şijoat tuyğulari Muhammad Alining tarixiy mavzudagi şeʼrlarida yuqori pafos bilan kuylanadi. Uningça, haqiqiy mard kişi yov qarşisida tahlikaga tuşmaydi. Or-nomusi baland insonlar böronlarga tik qaraydi. Bunday odamlarning har bir harakatida şijoat barq urib turadi. “Spitamen” şeʼri ramziy tasvir bilan boşlanadi:

…Böron yelar köçalarda tez,

Köringanga urar özini.

Nahot heç kim beparvo bu kez

Böronlarga tutmas yuzini?

Muhammad Ali ramzlar, timsollar tilidan foydalanişda katta mahoratga ega. Uning şeʼr­larida fikr yalanğoç ifodalanmaydi, metaforalar vositasida talqin etiladi. Badiiy şakl va mazmun özaro uyğunlaşib ketadi. Mazkur şeʼrdagi ona yurt ğanimlari ramzi bölib kelgan “bargi xazonlar”, “Mağrib yoqdan köçgan tözonlar” singari tasvirlar ham uşbu fikrni quvvatlaydi:

Qönim topmay yerda, voajab,

Aylanadi bargi xazonlar.

Qoraytirar osmonni şitob

Mağrib yoqdan köçgan tözonlar.

Spitamenni şoir elning fidoyi farzandi, ozodlik kuraşi yetakçisi sifatida tasvirlaydi. Ijodkor badiiy-estetik ideali­ning tajassumi ölaroq unda juda köp fazilatlar mujassam. Bunday botirlarni, ehtimol, jisman mahv etiş mumkindir, biroq ularning ruhini sindirib bölmaydi. Negaki, ularning borliği Vatanning, xalqning ruhi bilan uyğunlaşib ketgan böladi. Zohiran sokin körinsa-da, dili tubida böron jöşişi sababi şunda. Mana bu misralarda Spitamen ruhiyati bor murakkabligi bilan ifodalangan:

…Men qoya yonida turibman qalqib,

Daryo közlarimga irğitar osmon.

Döstlar, bir qaraşda sokinman balki,

Balki dil tubida jöşmakda böron?..

Şeʼrda Spitamenga bunday mardona ruh onasidan ötganiga nozik işora etiladi. Jasur farzandining jonsiz vujudi ustidagi onaizor hasrati alla vositasida talqin qilinadi. Söngsiz musibat qarşisida ham qaddi egilmagan, aksinça, şunday botir öğlonni dunyoga keltirganidan, yovuzlar holini tang qila bilgan vatanparvar farzandni tarbiyalaganidan könglida iftixor hissini tuygan ona siymosi namoyon böladi:

Kelgindi yovuzlar holi böldi tang,

Minnatdor onangman, minnatdor onang…

Alla-yu alla.

Amir Temur nomi faqat bosqinçi ölaroq talqin etilgan, bu nomni ijobiy maʼnoda tilga oliş taqiqlangan 60-yillarda Muhammad Ali şeʼriga buyuk Sohibqiron obrazini olib kirdi. Kiçik bir epizod orqali bölsa ham, şoir bu obrazni millatning haqiqiy qahramoni sifatida tasvirlaşga erişdi. U şunday bir qahramonki, ruhi ozodlik kuraşçilarini mudom qöllaydi. Mana, buyuk Sohibqiron qabridan kelgan ovoz:

Ey, tarixçi, etma umrimni toroj,

Bas. Bunday gaplarga emasman muhtoj.

Tori uzilsa ham soz atalur soz,

Boşdan tuşganda ham toj baribir toj.

Bu misralarda millatning ozodlik sozi, garçi tori uzilgan bölsa ham, kuylaşdan töxtamagani taʼkidlanadi. Ona xalqimiz azaldan saltanat tojiga ega ekaniga urğu beriladi. Misralar zamirida ifodalangan maʼnoga köra, bu tojning boşdan tuşişi vaqtinçalik. Kun kelib millat saltanat tojiga yana ega bölişi aniq. Öşa mustabid zamonda, satrlar zimnida bölsa ham, bunday fikrni ifodalaş katta jurʼat talab qilgan. Buning uçun şoir çinakam vatanparvar, haqparvar bölişi zarur edi. Şu örinda professor Begali Qosimovning “…tarixiy mavzu Muhammad Alining birinçi töplamidan oxirgi kitobigaça yetakçi mavzu sifatida ardoqlanib kelayotir. Xususan, xalqimizning erk va mustaqillik uçun kuraşi masalalari tarixiy mavzudagi asarlariga sarlavha böla oliş darajasiga kötarilgan”, degan eʼtirofi esga keladi.

Muhammad Ali şeʼriyatida Vatan mavzusi alohida mavqega ega. Şoir ona yurtiga muhabbatini kuylar ekan, boşqa ijodkorlarni takrorlamaydi.

Yölim tuşdi sendan köp yiroq,

Huzuringga qaytgumdur biroq.

Axir, ayt-çi, begona elda

Kimning baxti, hayoti kulgan?

Kökka otsang, hatto hissiz toş,

Yerga qaytar, olib ketmas boş…

Vatandan yiroqqa yöli tuşar ekan, çin farzand qalbini soğinç hissi çulğaşi ayon. Yot ellarda şunçaki sayyoh emas, balki yirik saltanatning hukmdori bölgan Bobur qismati fikrimizni isbotlaydi. Betakror şeʼriyati, nodir tabiblik salohiyati bilan özga yurtda eʼtirof qozonsa-da, yuragini ona yurt soğinçi örtagan Furqat taqdiri bunga misol böla olmaydimi?.. Şoir hayotiy misol bilan fikrini xulosalaydi: hatto kökka otilgan hissiz toş ham öz vataniga, zaminga qaytib tuşadi­-ku. Nega endi yaralmişlar afzali odamzod Vatanni qadrlamasligi kerak?!

Muhammad Ali hayotni çinakam ijodkor közi bilan kuzatadi, hamma körib turgan voqelikdan boşqalar payqay olmagan hikmatlarni sezadi. Zero, haqiqiy şeʼrda hayotning ana şunday teran falsafasi butun ziddiyati bilan aks etadi.

Bolalar ulğaymoq istarlar,

Dunyoni çulğamoq istarlar.

Keksalar yaşarmoq istarlar,

Yoşlarin yaşirmoq istarlar.

Hayot na keksarur, yaşarur,

Ul – qari, ul – yoşdir bir umr.

Xalqona hikmatlarni betakror badiiy ifodalaşga intiliş şoir şeʼriyatining muhim yönalişini taşkil etadi. Xalqimizda “Şodligingni bölişsang – köpayar, qayğungni bölişsang – kamayar” degan maşhur naql bor. Bu hikmat şoir törtligida quyidagiça badiiy talqinini topgan:

Elga bağringni oç, boring kör baham,

Bu qadim hikmatga quloq ber, odam:

Quvonçing bölişsang – köpayar quvonç,

Ğamingni bölişsang – kamayadi ğam…

Adabiy-estetik qaraşlarida ijodkorning darajasi namoyon böladi. Muhammad Ali bir şeʼrida “Şoirlar safida bari – birinçi! Şoirlar içida ikkinçi bölmas!” degan töxtamga keladi. Yuksak marralarni közlamasdan ijodda yuqori natijaga erişib bölmaydi. Birinçilikka intilmagan ijodkor ikkinçilikdan ham benasib qoladi.

“Oybek vafotiga” şeʼrida ham şoirning adabiy-estetik qaraşlari özgaça talqin etilgan:

Gohi Zamin uzra bulutli karvon,

Zangori osmon,

Gohi Zamin uzra zangori osmon,

Bulutli karvon…

Avvalo, şeʼrda mutlaqo özgaça uslub tanlangan. Misralarda sifatlaşlarning özaro almaşinib kelişi uslubning öziga xosligini taʼminlagan. Şoir “bulutli karvon”, “zangori osmon” birikmalari zamiriga teran maʼno joylay bilgan. Ularning özaro almaşinişi esa öquvçi eʼtiborini muallifning asl muddaosiga qaratadi.

Havolar osuda, sobit tuyulur,

Sokit tuyulur,

Soylar ham soylarga sokit quyulur,

Sokit quyulur.

Faqat titrab qöyar Zamin xas kabi,

Zamin xas kabi

Portlab ketganida şoirning qalbi,

Şoirning qalbi…

Ana şu möjaz şeʼrda Oybekning qismati, umuman ijodkor taqdiri barça murakkablik­lari bilan qalamga olingan. Çinakam ijodkor şaxs qalbining zamin muvozanatini belgilay olişi haqidagi teran falsafa öquvçi könglida aks sado beradi.

Ijodkor böliş – iztiroblarga oşno tutinmoq, demakdir. Çinakam adib zimmasidagi masʼuliyat şunçalik kattaki, uni kötarmoq har kimning ham haddi emas. Muhammad Ali talqiniça, şoir qalbida ilohiy bir öt bor. Bu öt şunday kuçga egaki, uning uçqunlari qahratonlarni ortga çekintiradi. Ijodkor qölidagi nozikado ud saslari yuraklarga şiddat-şijoat tuyğularini olib kirmoqqa qodir. Faqat buning bir şarti bor: haqiqatga oftob misol köz solmoq va tuz hurmati, non hurmati faqat rost sözlamoq:

Sen şoirsan, qalbingda bor ilohiy bir öt,

Qahratonlar çekinguvçi uçqunlaridan.

Qöllaringga olganingda nozikado ud,

Yuraklarga şiddat kirgay sas-unlaridan.

Oftob misol haqiqatga solsang közingni,

Tuz hurmati, non hurmati – rost sözla faqat!

Biroq yana bir oydin haqiqat ham bor. Haq sözni aytiş oson emas. Aksar zamonlarda rost söz taʼqib qilib kelingan. Ana şu yerda kuraş boşlanadi. Bu kuraş köpinça şoir botinida keçadi. U tanlaşi kerak: rost yoki yolğon. Birinçisi baʼzan muallifga taʼna, daşnom, alam, iztirob keltirsa, ikkinçisi goho soxta şaraf, soxta şon olib keladi.  “Şeʼrning yaralişi” sarlavhali şeʼrida şoir şunday yozadi:

Şeʼr yaraldi dunyoda ilk bor,

Ilk bor ohang şaklga kirdi.

Va maydonda qoldi ustuvor,

Kuraş degan faslga kirdi.

Köngillarning siylovisan, Şeʼr,

Yoruğ dardlar ila töluğ sen.

Ezgulikning yalovisan, Şeʼr,

Yovuzlikka otilgan öq – sen!

Muhammad Ali katta ijodiy tajribaga ega, salohiyatli şoir, atoqli adib. Xoh tarixiy, xoh zamonaviy mavzuda yozilgan bölsin, uning şeʼrlari köngilga nur olib kiradi. Öquvçini öz-özini taftiş qilişga majbur etadi, millatning murakkab va şonli tarixi söqmoqlariga olib kiradi, ruhiyatning yoruğ manzillari sari yetaklaydi. Şu orqali şoir şeʼriyatimizning sönggi yarim asrlik taraqqiyotiga munosib hissa qöşib kelmoqda.

  Abduğani SULAYMON

1943-yili tuğilgan. Şinjon universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Könglimdagi dunyo” nomli şeʼriy kitobi çop etilgan. Matbuotda qator adabiy-tanqidiy maqolalari eʼlon qilingan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)