14 daqiqada öqiladi

294 marta körilgan

Uçraşuv

Jamila Ergaşeva

(Hikoya)

Şifoxona quyuq daraxtzor orasida joylaşgani uçun tuni bilan çigirtkalarning çirillaşidan quloqlar qomatga keladi. Saharga yaqin ularning ovozini quşlarning çuğurlaşi bosib ketadi. Yölaklari nurga çömilib yotgan şifoxona esa  mitti parrandalarning bu şovqin-suroniga butunlay beparvo, mudrab tongni kutadi. Aslida şifoxonada kunduzlari ham juda sokin keçadi. Bu yerda asosan martabali va nişondor kişilar yotib davolanişadi va ular köpinça kasal bölganliklari uçun emas, kasal bölmaslik uçun har yarim yilda ön-ön beş kun yotib, turli tekşiruvlardan ötişadi, dam olişadi. Ularning özlari ham, izidan keluvçilar ham kasalxona tartiblarini juda hurmat qilişadi, unda-munda yölakka çiqib qolişsa ham, yumşoqqina şippaklarda oyoqqinalarining uçida ohistagina yurib, bir-birlari bilan piçirlaşib gaplaşişadi.

Uzun va orasta yölaklar, odam böyidan ikki baravar baland, doimo yopiq eşik ortidagi xonalar uzra qalqib turuvçi bu sokinlikni faqat bir odam – boş şifokorning birinçi örinbosari gursillagan qadam tovuşlari bilan buzib, yançib yuraverardi. Hamşira qizlar beradigan gurung­larga qaraganda uning bu “tartibsiz”ligi  şifoxonaning yiğilişlarida juda köp marta muhokama ham qilingan, boş şifokor “Hakim Sattoroviç, bu yer şifoxona. Şifoxonada qanaqa kontengent yotib, davolanişini yaxşi bilasiz. Sal u yoq-bu yoğingizga qarab yuring, el qatori şippak kiying. Tufli­ngizning ovozi hammaning tinçini buzayapti”, deb köp marta aytgan. U esa “xo-xo”lab kulib, “Davron Berdiquloviç! Men muşuk emasman-ku, ovoz çiqarmay yuradigan. Men odamman, şifokorman. Bemorlarimning atrofida aylanib yotgan insu jinslarni hurkitib yurmasam bölmaydi-da”, der ekan. Boş şifokor “Şippak, şippak…” deb minğirlayvergan ekan, oxiri “Aka, ket, desangiz, ketayin, lekin men şippak kiymayman, bu menga töğri kelmaydi”, debdi.

“Lekin Hakim Sattoroviçning bilimi zör. Hamma unga körinişni istaydi. Boş şifokorimiz ham hamma tanişlarini şu kişiga körsatadi”, deyişardi qizlar.

Boş şifokorning körsatmasi bilanmi, yoki şunçaki tasodif tufaylimi, viloyatning maşhur gimnastikaçi qizi, ayni payt­­da viloyat madaniyat boşqarmasida işlayotgan  Aliya Şodimetova aynan şu xuşsurat, öktam şifokor yigit – Hakim Sattoroviç qaraydigan palataga tuşib qoldi. Kim-kimlar bir marta körinişga zor bölgan şifokor uning yoniga kuniga ön marta kiradi: “Qani-i, Aliyaxonim, tuzukmisiz?”. Öziyam kun ora navbatçilikda turadi, ayni sahar payti, atay unga qaraş uçun kelib yotgan onasi palatani boşiga kötargança xurrak otib, uyquni urayotgan paytida ham kirib keladi-da, bamaylixotir tunçiroqni yoqib, uning qon bosimini ölçaydi, yuragini eşitib köradi, çoyşabning bir çetini kötarib, badanini egallab olgan toşmalariga qaraydi. Ketayotib, bemalol uyqusini davom ettirayotgan onasiga bir qarab, söng Aliyaga hazilnamo köz qisib qöyadi: “Siz ham uxlang”.

U xonadan çiqib ketgaç, Aliya – beş yoşidan buyon el oralab yurgan sarvqomat gimnastikaçi – ançagaça qon bosimini ölçayotgan, yuragini eşitayotgan payt badaniga tekkan qöllarining taftini, hatto ustiga engaşgan dam yuziga urilgan issiq nafasini his etib yotadi. Uning ortidan qoladigan atir hidi ajib daşt gullarini yodga soladi, köngli ham bepoyon daştlardek huvullab qoladi. Söng beixtiyor eşikka tikilib, uni yana kuta boşlaydi. Yölakdan eşitilayotgan gursillagan qadam tovuşlari, zalvorli eşiklarning oğir ğiyqillab oçilib-yopilişlari bora-bora asabini buza boşlaydi. Keyin yotgan joyida özining ustidan kuladi: “Hey, ön sakkiz yaşar qizmisan? Bunça hayajonlanmasang? U şunçaki vazifasini bajarayapti, xolos. Senga biror söz degan, yoki biror işora qilgan bölmasa… Qolaversa, şunday aqlli, bilimli yigit uç bolasini qöyib, yoşi öttizga yetgan bir qari qiz bilan hayotini qaytadan boşlarmidi? Bu ivirsiq hayotda şundan boşqa tuzukroq maşğulot yöqmi? Özi-çi, özi? Özi ham heç qaçon heç kimning bunday qurbonlik berişiga yöl qöyarmidi? Heç qaçon!..”. Lekin uning ixtiyori allaqaçon özidan ketgan, na tiyiqsiz xayollar tizginini, na eşikka qarab möltirab turaveradigan közini boşqara olmas edi. Har qança özini urişsa ham, u yöq payti uni kutaveradi, kelganida esa hayajonini zörğa içiga yutadi.

Yigiti tuşmagur ham atay qilgandek ertalab ust-boşini ham almaştirmasdan qiliçdek bölib kostyum-şimda töğri uning xonasiga kirar, ketguniça ham bir kirib, ahvol sörar edi. Töğri, Aliyaning ahvoli ança oğir. Şifoxonaga tuşganiga bir hafta bölibdi hamki, badanini bosib ketgan toşmaning na asl sababini topa olişdi, na uni qaytara olişdi. Tekşirişdi, maslahatlar qilişdi, boşqa şifoxonalardan mutaxassislar çaqirib körsatişdi, bilgan bor ilmu amallarini qilib körişdi, ammo tirsagidan tangadekkina bölib boşlangan toşma hamma joyini bosib, quloqlarining içi, tilining uçigaça toshib ketdi, qaytmadi. Qişloqdagi momoginasi “Bu eşak yemi-ku, irimini qilmasa, qaytmaydi”, deb otasini qistay-qistay, maşinaga bir eşakni yuklab, uç hovuç arpa berib, şaharning qoq örtasida joylaşgan kasalxonaga jönatibdi: “Arpani etagiga solib, eşakka yedirsin”. Uni bir amallab aravaçaga ötirğizib, eşakning yoniga çiqarişdi-yu, ammo maşinada 30-40 çaqirimdan izzat-ikrom bilan  keltirilgan eşak arpani hidlab ham körmadi. Toşma ham qaytmadi.

Bir hafta ötgaç, Hakim Sattoroviç yangi dori boşlatdi: “Buyam bir tavakkal, heç narsa qilmasdan qarab tura olmayman-ku, axir. Lekin negadir ijobiy samara berişiga köng­lim işonib turibdi”. U engaşib, Aliyaning qöllarini ohistagina siqib qöydi: “Siz ham işoning, albatta hammasi yaxşi böladi”.

Dard uni butunlay holdan toydirgan, qon bosimi pasayib ketgan, nazarida yuragi ham yarador quşçadek zörğa urib turardi. Uning qaroqlariga yoş qalqdi. Agar şu inson qöllaridan tutsa… jahannamga ham borişga tayyor edi u. Ölsa, şu yigit uçun, uning qöllaridan tutgan holda ölsa!.. Yaşasa, şu yigit uçun, şu yigitning qöllaridan tutmoq uçun yaşasa!..

Doktor uning qöllarini qattiqroq siqdi: “Birgalaşib Xudodan söraymiz, hammasi yaxşi böladi. Siz menga işoning”. Aliyaning nazarida uning ovozi titrab ketdi, közlari ham namlangandek böldi. U boşqa heç narsa demadi, tez-tez yurib xonadan çiqib ketdi.

Birpasdan keyin boş şifokorning özi kirdi. Davolovçi şifokor har kirganida bir talab olayotgan onasi endi unga jovullab ketdi: “Men sizlarni tuşunmayapman. Sizlar uçun inson hayoti heç qanday qimmatga ega emasmi? Keçagina iş boşlagan bir yigit mening qizimning ustida intuitsiyasiga işonib, tajriba ötkazmoqçi. Siz esa indamay qarab, tomoşabin bölib ötiribsiz. Tibbiyot aniq fan, aniq ilmga asoslangan soha, unda intuitsiya emas, ilm, tajriba muhim. Qöllaringdan kelmasa, javob beringlar, Toşkentga olib ketamiz”.

Boş şifokor yupatmoqçi bölgandek uning yelkalariga qoqdi: “Alfiya opa! Men sizni tuşunib turibman. Lekin siz ham meni tuşuning va işoning. Birinçidan, doktoringiz juda bilimli mutaxassis, ikkinçidan, bu kasallikni hamma joyda, hatto Amerikada ham biz davolagan usulda davolaydi. Dunyoda davo usullari heç qaçon sir saqlanmaydi, bu mumkin emas. Qölimizdan kelgan hamma işni qilayapmiz. Xudo xohlasa, bugun-erta natijalarga erişib qolsak, ajab emas”.

Alfiya opa yana jovulladi: “Ana, kördi­ngizmi! Qilayotgan işingizning natijasiga özingiz ham işonmaysiz. “Erişib qolsak, ajab emas” emiş. Menga bunday mujmal gap kerak emas, menga “Albatta erişamiz” deydigan doktor kerak!”

Boş şifokor bir muddat jim qoldi. Söng ona-bolaga bir-bir qarab, hamon yoqasidan olişga ham tayyordek xezlanib turgan onaga yuzlandi: “Opa, kasalning boşida turib bekordan bekorga vahima qilmang. Siz sörayotgan gapni heç qaçon heç qanday doktor ayta olmaydi. Sabrli böliş kerak”.

Yangi muolajaning foydasini  Aliya keçga yaqin his qildi: aʼzoyi badanidagi kuyişiş biroz pasaygandek edi. Şungaça yuz marta uning yoniga kirib, “Yaxşi-i-i”, degan doimiy javobidan ruhi tuşib ketgan Hakim Sattoroviç endi uning “Negadir toşmalarim kuyişmayotgandek”, deganini eşitib, közlari çaqnab ketdi: “Rostdanmi?!”. U darhol çoyşabni tizzasigaça kötarib, diqqat bilan kasallikka razm soldi, söng bilak­larini oçib kördi: “Yest!”, suyunganidan boladek bitta tovonida turib, parket polda “çir” aylandi va deyarli yugurgan holatda taşqariga çiqib ketdi.

U öşa keça navbatçi bölmasa ham, yarim tunda kasalxonaga Aliyani körgani keldi. Yölakda uning gursillagan qadam tovuşlarini eşitib, Aliyaning yuragi hapqirib ketdi. U xonaga dimoğida qandaydir şöx kuyni xirgoyi qilgança kirib keldi: “Sira uxlay olmadim. Sizni bir körib ketmasam bölmas edi”.

U yana Aliyaning toşmalarini közdan keçirdi, qon bosimini ölçadi, yuraklarini eşitib kördi, söng öz-özidan mamnun bir holatda xona çetida turgan stulni olib, oyoqlarini çalkaştirgança ötirib, Alfiya opa bilan darvozalarining oldiga kimdir taşlab ketgan kiçkinagina kuçukça, uning qançalar şirinligi, qanday ovqatlanişi, qanday yugurişi, qanday dumalaşi, endi şu kuçukçani özlari boqib olişga qaror qilganliklari haqida gurunglaşdi. Ketayotib, Aliyani tanqid qilib qöydi: “Bu qizi­ngizning luğatida “yaxşi” degan sözdan boşqa söz yöq, şekilli. Juda zerikib ketmadingizmi u bilan yotib? Lekin mening yuraklarim qon bölib ketdi-yey. Özi ölay deb yotibdi, qandaysiz, desam, “yaxşi-i”, deydi. Uni deb butun kasalxona xavotirda oyoqqa turgan, bunga qandaysiz, desa, yana “yaxşi-i-i”, deydi. Qoyil-ye!”.

Qizining ahvoli önglana boşlaganidan mamnun ona ham kulimsirab uning fikrini maʼqullaydi: “Ha, rost aytasiz, bu bilan bir soat birga ötirgan odamning yuragi “tars” yorilib ketsa kerak. Ona bölganingizdan keyin çidar ekansiz-da. Lekin uning şunday bölişiga özim sababçiman, maktabda hamma fanlardan beşga öqirdi, qaysi institutga topşirsa ham kirib ketardi. Bu boğça yoşidan gimnastikaga qatnadi, qaddi-qomati ham gimnastikaga mos edi, gimnastikaçi böladi, deb turib oldim. Momosi bilan, dadasi bilan talaşib-talaşib, gimnastikaçi qildim. Qaynonam “El bölmading”, deb xafa böldi. Men “Begonaligimni yuzimga soldingiz”, deb xafa böldim. Baribir aytganimdan qaytmadim. Gimnastikaçi qilib-ku, yutqizganimiz yöq. Kasbining ortidan dunyo kezdi, obrö-eʼtibor topdi. Bugun ham viloyatda şu soha böyiça yagona murabbiy. Ammo yana bir tomoni bor, gimnastikaçilar, köryapsiz, gapirmas ekan, içida nima gap bölsa, harakat bilan aytib qöya qoladi”. Hakim Sattoroviç kuladi: “Yaxşi emas. Unda-munda gapirib ham turiş lozim, Aliyaxon”. “Albatta­-da. Tumtayib yurib, mana, yoşi öttizga yetdi. Allaqanday soçi pahmoq Alvastilar “men” degan yigitlarning burnidan ip ötkazib, istagan joyiga yetaklab yuribdi. Bu bölsa, şunça husni, şunday aqli bilan!.. Oğzimning soliği, qizimning qiliği yöq, degan xotin aslida mening özimman”.

Onasining bu xil hasratlarini avval ham köp eşitgan bölsa-da, Aliya şifokor yigitning oldida juda xijolat böldi: “Ona-a-a!”.

Uç kun deganda hamma toşmalar qaytib ketdi, ammo uni yana uç kun olib qolişdi: “Men işonç hosil qilişim kerak”. Ketayotgan kuni Hakim Sattoroviç şifoxona hovlisida barq urib gullab yotgan atirgullardan katta bir guldasta tayyorlab, unga keltirib berdi: “Uyga borgaç, suvga solib qöyasiz”. Yana tayinladi: “Özingizni urintirmang. Toşmalar sizni juda çarçatgan, özingizga kelib olgunça, ehtiyot bölib turing. Yana qaytalab qolmang”, “Xöp, rahmat…”

Aliya köz yoşlarini yaşira olmadi. Şunday oğir xastalikdan tuzalib uyga qaytayotgan odamning yiğlaşi ğalati edi, lekin yigit undan “Nega yiğlayapsiz?” deb söramadi. Uning ham negadir kayfiyati yöq edi.

…Şu böyi ularning yöllari köp yillar kesişmadi. Bu orada Aliya turmuşga çiqdi, farzandli böldi. Onasi uxlab qolgan paytlar uxlamasdan uning boşida bedor tong ottirgan şifokor yigit baʼzan-baʼzan yodiga tuşişini aytmasa, deyarli unutib yubordi. Çunki yigit ham uni biror marta bölsin, izlamadi. Lekin Aliyaning yodiga tuşgan dam öşa paytlar jonu jahonini yondirgan his-tuyğulari, kasalxonadan çiqayotgan payt özini töxtata olmay yiğlaganlari uçun juda-juda xijolat tortar edi. Bir safar qandaydir yiğinda qoramağizdan kelgan tiqmaçoqdek bir ayol bilan yonma-yon ötirib qolgan edi, uni “Hakim Sattoroviçning oilasi”, deb taniştirişdi. Beixtiyor Aliyaning yuzlariga qon tepdi, köng­lida keçgan tuyğularni sezdirmaslik uçun “Eringizni yaxşi bilaman, juda bilimli, kasbiga sadoqatli şifokor”, deb, ayolga mulozamat qilgan kişi böldi, u esa “Akangiz siz bilan faxrlanib yuradi, mening singlim, deydi doim”, deb takalluf qildi.

Keyingi vaqtlarda tez-tez Aliyaning yuragi bezovta qiladigan bölib qoldi. Sal narsaga nafasi böğziga tiqilib, qora terga tuşib qolaveradi. Özi ham jonining tinçini bilib heç narsaga urinmaydigan bölib qoldi. Kamharakatlilik oqibatida ança vazn töpladi, bu esa yana harakatini çegaralab qöydi. Baʼzan oynaga qarab, qarşisida unga termulib turgan qovoqlari salqi, baqbaqalari osilib qolgan, rangi zaxil keksa ayolni körib, özidan köngli qolib ketardi. Bir zamonlar faollar şifoxonasi bölgan joy Kardiologiya markaziga aylantirilgan ekan. Eri uni qöyarda-qöymay şu markazga olib kelib yotqizdi.

Taqdirning hazilini qarangki, unga yana öşa ança yil avval yotgan xonani berişdi. Devorning bir tomonini egallagan derazasiga qalin şoyi parda tutilgan nim qoronği xonada yotib, özi istamagan holda xotiralarga berildi. Eşikdan kirgan har bir odamga jovullab yopişuvçi onasi, ertayu keç yelkasiga eşikbondan olgan kökiş xalatni nomigagina ilgan holda kirib keluvçi otasi… Öşanda otasiga qarab, odamzod ovoz çiqarmasdan, bir tomçi yoş tökmasdan ham yiğlay olişi mumkinligini körgan edi. Otasi ham juda bosiq, kamgap odam edi. Aliyaning oldiga kelar-­ketar, kelganida ham, ketganida ham qizining boşini bir hidlab qöyardi. Eh, odamzod şunçalar ham mört bölmasa, odamning qöli bilan yasaluvçi eşik-deraza, jihozlar ham odamdan köproq yaşar ekan. Onasining ovozi quloqlari ostida jaranglab turibdi, ammo  özi yöq. Otasi ham… Aslida jonu jahonini na qayoqdan kelgani, na qaçon ketişi nomaʼlum bölgan dard örtab yotgan bir paytda ham kim ahvol sörasa, jilmayib, “Yaxşi-i-i…” deb javob beradigan xuşröy, sarvqomat gimnastikaçi qiz ham yöq. Uning örnini turib-ötirgandagina emas, u yonidan bu yoniga ağdarilganda ham malollanadigan bir kampir egallagan. Yana… gursillagan qadam tovuşlari bilan bemorlari atrofida aylanib yurgan insu jinslarni hurkituvçi öşa öktam şifokor yigit ham yöqligi aniq. Qiziq, hozir u qayerda ekan, nima iş bilan şuğullanayotgan ekan? Öşanda çamasi qirqlarga kirgan edi, hozir yetmişdadir… Allaqaçon nafaqaga ham çiqib bölgandir? Balki, ötib ketgandir… Juda ajoyib yigit edi. Öşanda Aliyaning könglida emas, yigitning qalbida ham Aliyaga nisbatan bir ötli tuyğular uyğongani aniq. Bu uning közlaridan anglaşilib turardi. Onasi ham sezgan ekan, keyinroq bir gap oçilganda aytgan edi. Ehtimol, öşa tuyğular bölmaganda tavakkal qilişga jurʼat topa olmagan va Aliya­­ni qutqarib qololmagan bölarmidi?

Hammasi öşa-öşa, öşa xonalar, öşa uzun yölaklar… Faqat ovoz köp, şovqin köp edi: tapir-tupur, şaqir-şuqur. Biri-biridan şoşib, gursillab yuradigan, baland-baland ovozda gapiradigan şifokorlar, hali u yoqqa, hali bu yoqqa boşlab ketaveradigan hamşiralar… Aliya esa keksaygan, asablari çarçagan. Kun böyi unga tinim berişmadi, bir dunyo apparatlardan ötkazişdi, tahlil uçun qon, peşob olişdi. Soatlab tomçi ukollar qilişdi. Keçgaça butkul holdan toydi. Keçqurun öğli bilan kelini olib kelgan ovqatdan nomigagina totingan böldi-da, ular ketgaç, şipdagi qandilni öçirdi, yondevorga örnatilgan bejirim tunçiroqni yoqib, örniga çözildi. Juda çarçagan edi, darrov közi ilindi. Şu yotişda qança vaqt yotganini bilmaydi, ammo bir tiniqib uxlab olgani aniq. Eşik ohista çertilib, oğir ğiyqillab oçilganda, çarçoqlari ança tarqagan edi, sergaklik bilan boşini kötarib, eşikka qaradi. Ostonada şumşayib turgan oq xalatli kişini körib, avvaliga hayron qoldi. Qariya unga kimnidir, aniqroği, unga juda qadrdon bölgan bir insonni eslatdi, ammo köngliga kelgan fikrga işongisi kelmadi, şunday bölsa­-da, keksa kişining hurmati uçun örnidan turib ötirdi. Keluvçi esa uni körib, negadir xijolat tortdi. Tomoq qirib, içkarilaş uçun undan izn söradi: “Mumkinmi, Aliyaxon?”. Aliya beixtiyor örnidan turib ketdi, keluvçi jurʼatsizgina piçirlab gapirgan bölsa-da, bu ovozni tanimasligi mumkin emas edi: “Assalomu alaykum! Keling, kelavering, Hakim Sattoroviç!”.

Aliya xonaning umumiy çiroğini yoqib, unga stul qöyib berdi. Keyin özi ham karavotining bir çetiga omonatgina ötirib, hurmat bilan hol-ahvol söradi: “Qarang-a, siz şunça yildan beri haliyam şu yerda işlayapsizmi? Men sizni allaqaçon nafaqaga çiqib ketgan bölsangiz kerak, deb öylagandim”. Hakim Sattorovich hamon kalovlanardi: “A-a-a, yö-ö-q, işdan ketganim yöq. Nafaqaga çiqdim, ön yillar böp qoldi, lekin işlab yuribman”. “Ha, endi sizday ilmli, fidoyi mutaxassislarga javob berişarmidi? Yoşlar siz egallagan malakani egallagunlariça bemorlar qiynalib qolmaslik­lari kerak-da”, “Ha-a, yöğ-ye, juda-a unçalik emas. Hozir yoşlar orasida ham zörlari köp, lekin şunday yoşlar borki, özlaridan boşqa heç kimni tanimaydi ham, tan olmaydi ham. “Sizni hammi?” – bu gap Aliyaning oğzidan “lop” etib çiqib ketdi-yu, ammo darhol tilini tişladi: “Dilini oğritib qöydim-da…”. Ammo suhbatdoşining yuz-közlarida heç qanday ranj alomatini körmagaç, biroz yengil tortdi. “Ha, allaqaçon ketişim kerak edi. Özi, soğliğim ham yöq. Bodim bor. Ön beş yillar böldi, köp azob beradi. Ayniqsa, havo buziladigan bölsa, juda mazam bölmay qoladi. Menikiyam noilojlikdan-da. Birinçi ayolimiz ötib qoldi. Ikkinçi ayoldan tuğilgan bolalar hali yoş. Bir stavka iş berişgan, navbatçilik­larim bor. Nafaqaga qöşimça-da. Bugun ham navbatçi edim. “Kasallik tarixlari” bilan tanişayotib, sizning ismi-şarifingizga közim tuşib qoldi…”.

Aliya minğir-minğir qilib, tili bilan tanga sanab, arz-hol qilayotgan suhbatdoşini tinglab ötirib, beixtiyor uning loyi qotib qolgan kulrang rezina şippagining tumşuğidan körinib turgan barmoqlariga közi tuşdi. Ham işlik, ham köçalik qilib kiysa böladigan oç kulrang şimi ham piça uzun ekan, şekilli, poçasi poyabzal poşnasi ostida bosilaverib, yirtilib, şatmoq bölib ketgan edi: “Beçora, rostdan ham juda mazasi yöqqa öxşaydi. Butunlay hafsalasiz bölib qolibdi. Qariçilik, oiladagi yöqotişlar… Keyingi xotin ham uyiga tilsiz-jağsiz xizmatkor bölib kirib kelmagandir… Ögay ona-bolalar örtasida qança dilxiraliklar ötganligi aniq. Bular odamni xarob qilmay, nuratmay nima qiladi? Şörlik!..”

U avvaliga yuraklari açişib, qadrdon doktorning yarim ovozda berayotgan gurunglarini jon quloği bilan heç bir malolsiz tinglab, örni kelganda dalda berib ötirdi. Ammo har safar közi rezina şippakning tumşuğidan möralab turgan barmoqlarga, şatmoq bölib ketgan poçalarga közi tuşganda mazasi qoçib ketardi. Qariya esa vaqt allamahal bölib qolganini ham, özining navbatçiligini ham, qarşisida ensasi qotib, esnab ötirgan ayolning bemorligini, uning dam olişi kerakligini ham butkul unutgan holda, har ikkalasiga ham umuman aloqasi yöq allanimalar haqida minğir-minğir gap berardi. Navbatçi hamşira, uni körib, oçiqdan oçiq zarda bilan, bemorlardan biri sörayotganini aytdi-yu, Aliya undan qutulib, yengil nafas oldi: “Keksalik uni butkul xarob qilibdi”. Ammo u çiqib ketgaç, bu odam soatlab ötirib, nimalar haqida gapirganini eslamoqçi bölib harçand urinmasin, heç narsani eslay olmadi. Yuragi toriqdi. Deraza yoniga borib, kuz osmoniga qaradi, miltillab turgan yulduzlar juda olislab ketgandek edi.

Jamila ERGAŞEVA,

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi.

1956-yili tuğilgan.

Toşkent davlat universititeti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Izhor”, “Intiqom”, “Tanazzul”, “Ayol jodusi”, “Zulfizar”, “Qir ustidagi ayol” kabi roman, qissa va hikoyalar jamlangan kitoblari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…