Öz oldiga dunyoning eng rivojlangan, qudratli mamlakatiga aylaniş maqsadini qöygan xalq va davlatlar asosiy eʼtiborni taʼlim-tarbiya sohasini taraqqiy ettirişga qaratgani, bu yölda katta-katta mablağlarni sarflagani manbalardan yaxşi maʼlum. Zero, bugun olamşumul kaşfiyotlari bilan jahon ahlini lol etayotgan ilğor mamlakatlarning rivojlaniş bosqiçini tahlil etgan kişi bunga yaqqol işonç hosil qiladi.
Mustaqillikni qölga kiritgaç, Özbekistonda ham davlatni har jihatdan taraqqiy ettirişning muhim omillaridan biri sifatida yoşlar taʼlim-tarbiyasiga yuksak eʼtibor qaratildi. Buning hayotiy dasturilamali ölaroq, bolaning boğça yoşidan to mustaqil fikri va qatʼiy pozitsiyasiga, jamiyatda munosib örniga ega şaxs bölib kamolga yetguniga qadar bölgan barça bosqiçni özida mujassam etgan noyob tarixiy hujjat – Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi va “Taʼlim töğrisida”gi qonun qabul qilindi.
Taʼlim sohasini tubdan isloh qiliş va jahon standartlariga tenglaştiriş, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, erkin va mustaqil fikrlovçi, har tomonlama barkamol, malakali mutaxassislarni tarbiyalab, voyaga yetkazişning huquqiy asosi bölgan mazkur ikki hujjat va Maktab taʼlimini rivojlantiriş davlat umummilliy dasturi asosida yurtimizdagi deyarli barça umumtaʼlim maktablari kapital taʼmirlanib, zamonaviy öquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlandi. Mustaqillik yillarida Qaşqadaryo viloyatida ham keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirildi. Jumladan, 160 ta maktab yangidan barpo etilib, 419 tasi rekonstruksiya qilindi. Yana 413 ta umumtaʼlim muassasasi kapital, 256 tasi joriy taʼmirlandi. Mazkur taʼlim dargohlarining qariyb barçasi zamonaviy öquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter jamlanmalari bilan jihozlandi. “Ziyonet” tarmoğiga ulandi. Bir söz bilan aytganda, maktablar taʼlim-tarbiya koşonalariga aylantirildi. Qulay ijara tizimi orqali viloyatdagi barça maktab öquvçilarining yangi avlod darsliklari bilan yuz foiz taʼminlanişiga erişilgani taʼlim samaradorligini oşirişda muhim omil böldi. Bu tufayli öquvçilarning umumtaʼlim fanlarini qunt bilan örganişi, öqituvçilarning esa iştiyoq bilan taʼlim-tarbiya berişiga puxta zamin hozirlandi.
Ezgu anʼanaga aylangan maktablarni yangidan quriş va kapital taʼmirlaş işlari bu yil ham vohamizda uyuşqoqlik bilan taşkil etildi. 2016-yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq Qaşqadaryo viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi tasarrufidagi talabga javob bermaydigan ayrim umumtaʼlim muassasalari binosini yangidan quriş, kapital rekonstruksiya qiliş va kapital taʼmirlaş maqsadida 45013,8 million söm yönaltirildi. Uşbu mablağ hisobidan sakkizta maktab yangi qurilib, yigirma beştasi kapital rekonstruksiya qilindi. Önta taʼlim maskani kapital taʼmirlanib, yangi öquv yili arafasida farzandlarimiz ixtiyoriga topşirildi.
Mamlakat taraqqiyotida, uning jahon hamjamiyatidan munosib örin egallaşida mutaxassislarning xorijiy tillarni mukammal bilişi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ham yurtimizda baralla aytgulik, dunyoga köz-köz qilgulik işlar amalga oşirilganini taʼkidlaş joiz. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Çet tillarni örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorining qabul qilinişi xorijiy tillarni öqitişni mutlaqo yangi bosqiçga kötardi. Mazkur qarorga binoan zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yoş avlodga çet tillarni örgatiş, xorijiy tillarda erkin sözlaşa oladigan mutaxassislarni tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş hamda ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari va dunyo axborot resurslaridan keng kölamda foydalanişini taʼminlaş, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantiriş uçun qulay imkoniyatlar yaratiş maqsadida uzluksiz taʼlim tizimi uçun xorijiy tillardan yangi davlat taʼlim standartlari yaratilib, tasdiqlandi.
Mazkur qarorga muvofiq, viloyatimizdagi barça maktablarda çet tili xonalari taşkil etilib, yangi öquv jihozlari, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlandi. Qaror talablari darajasida hududdagi 2203 nafar ingliz tili fani öqituvçisi malaka oşiriş va attestatsiyadan ötkazildi. Bu esa çet tillarni öqitiş sifati va mazmunini oşiriş barobarida öquvçilarning fanni örganişga iştiyoq va intilişini yanada oşirdi.
Keyingi yillarda taʼlim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat körsatişni yanada yaxşilaş, tuman (şahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimlari metodistlarining kasbiy kompetentliligini oşiriş maqsadida “Metodistlar maktabi” faoliyati yölga qöyildi. Viloyatdagi ilğor öqituvçilarni kaşf etiş va qöllab-quvvatlaş, tajribalarini ommalaştiriş imkonini beruvçi qator körik-tanlovlar taşkil etildi.
Mazkur saʼy-harakatlar samarasi ölaroq, öquvçilarimiz respublika va xalqaro miqyosdagi bellaşuvlarda iştirok etib, faxrli örinlarni egallamoqda.
Jumladan, bu yil Tailandda maktab öquvçilari örtasida ötkazilgan xalqaro matematika musobaqasida Kitob tumanidagi 1-ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatining 7-sinf öquvçisi Eldor Neʼmatov hamda Yakkaboğ tumanidagi 37-maktabning 7-sinf öquvçisi Şohbek Mahmudov muvaffaqiyatli qatnaşib, bronza medal va faxriy yorliqni qölga kiritdi. Kasbi tumanidagi 14-bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçisi Mohiçehra Yahyoyeva Soçi şahrida bölib ötgan “Salyut talantov — 2015” IX xalqaro tanlovida, Qamaşi tumanidagi 6-bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçisi Marjona Meyliyeva Barselona şahrida ötkazilgan “Dengiz quyoşi” xalqaro tanlovida, Ğuzor tumanidagi 4-bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçisi Asadbek Xolmatov Minsk şahrida taşkil etilgan “Kubok Европы” xalqaro tanlovida 1-örinni qölga kiritgani yurtimizda yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga qaratilgan yuksak eʼtiborning yorqin samarasidir.
Bu yil Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tuzilgan umumtaʼlim muassasalari reyting körsatkiçida qariyb ön mingga yaqin maktab orasida Ğuzor tumanidagi 68-ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati ikkinçi, Nişon tumanidagi 35-maktab oltinçi, Şahrisabz tumanidagi 1-ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati töqqizinçi örinni egallagani ham pedagogik jamoa va öquvçilarning faolligi, bilim va salohiyati oşib borayotganidan nişonadir.
Barkamol avlodni tarbiyalaşda jismoniy yetuklik ham hal qiluvçi omillardan sanaladi. Bu borada ham viloyatimizda qator ijobiy işlar amalga oşirildi. Jumladan, mustaqillik yillarida 3839 ta sport inşooti foydalanişga topşirildi. Bu yil ham Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan viloyatda 26 ta zamonaviy sport inşooti barpo etildi. Uşbu qulayliklar tufayli öquvçilarimiz respublika va jahon sport musobaqalarida sovrinli örinlarni qölga kiritmoqda.
Jumladan, ötgan yili Qarşi şahridagi 32-maktab öquvçisi N.Temirov va Qarşi tumanidagi 1-maktab öquvçisi M.Qudratov Koreyaning Çungju şahrida ötkazilgan özbek jang sanʼati, Yakkaboğ tumanidagi 75-maktab öquvçisi A.Abdusalomova Mongoliyada bölib ötgan xalqaro şaxmat, Dehqonobod tumanidagi 41-maktab öquvçisi D.Aşurova Rossiyada ötgan badiiy gimnastika xalqaro musobaqalarida muvaffaqiyatli iştirok etdi. Bu yil N.Temirov Portugaliyada özbek jang sanʼati böyiça ötkazilgan nufuzli bellaşuvda 3 ta oltin medalni qölga kiritgani barçamizda çeksiz faxr-iftixor uyğotdi.
Öquvçilarimizning maʼnan yetuk, jismonan soğlom bölib kamolga yetişişida öqituvçilarning xizmati beqiyos. Şu bois yurtimizda şarafli va maşaqqatli kasb egalari mehnati munosib taqdirlanadi. Bu yil mustaqillik bayrami arafasida Qarşi şahridagi 2-ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatining matematika fani öqituvçisi Muhabbat Sharopovaga eng oliy mukofot – “Özbekiston Qahramoni” unvoni berilgani davlatimizning öqituvçilarga körsatayotgan yuksak hurmat va eʼtibori ramzidir.
Ötgan 25 yil har bir yurtdoşimiz hayotiga özgaça maʼno-mazmun baxş etgani bugun takror-takror eʼtirof etilmoqda. Zero, buni tasdiqlovçi asoslar bisyor. Birgina taʼlim sohasida amalga oşirilgan yangilanişlarga teran nazar solgan kişi bunga iqror bölişi şubhasiz.
Laziz XOLOV,
Qaşqadaryo viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

