5 daqiqada öqiladi

140 marta körilgan

Marrani baland olgan avlod

Bu yil mamlakatimiz mustaqillikni qölga kiritganiga 25 yil böldi. Ötgan yillarga nazar solsak, köplab sohalar qatori taʼlim-tarbiya sohasida ham ulkan yutuqlarga erişganimizga guvoh böliş mumkin. Bugun yurtimizning qaysi göşasiga bormaylik, zamonaviy taʼlim maskanlariga, muhtaşam sport inşootlariga közimiz tuşadi. Bu binolarda ilm-fan asoslarini puxta egallab, aqlan va jismonan barkamol bölib ulğayayotgan öğil-qizlarni körganimizda istiqlolning ilk yillaridan boşlangan keng qamrovli islohotlar mohiyatini yanada teranroq anglaymiz.

Yurtimizda yoşlar kamolotiga qaratilgan yuksak eʼtibor Jizzax viloyatida ham öz samaralarini berayotir. Bugun viloyatda faoliyat körsatayotgan 756 ta umumtaʼlim muassasasining barçasi zarur öquv jihozlari va multimedia vositalari bilan taʼminlangan. Köpmillatli, ahil-inoq xalqimiz bolalari taʼlim özbek, rus, qozoq, qirğiz va tojik tillarida olib boriladigan öquv muassasalarida bilim olib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qöşadigan öğil-qizlar bölib voyaga yetmoqda. Bu yil viloyatdagi ön ikkita maktabda quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilgani öquvçilarning bilim sifati va samaradorligini oşirişda muhim omil bölmoqda. Öqituvçilarning dars jarayonini sifatli va samarali taşkil etiş uçun yetarli şart-şaroitlar yaratiş maqsadida şu kungaça 418 ta maktab fizika, 335 ta maktab kimyo va biologiya fan kabineti jihozlari bilan taʼminlandi. Uşbu saʼy-harakatlar tufayli farzandlarimiz yangi-yangi marralarni egallayotir. Jumladan, şu yil iyun oyida umumtaʼlim fanlari böyiça ötkazilgan bilimlar bellaşuvining respublika bosqiçida Jizzax viloyatidan iştirok etgan öquvçilarning ön bir nafari 1, 2, 3-örinlarni qölga kiritdi.

Öğil-qizlarning salohiyati oşayotganida öqituvçilar örtasida samarali tajriba almaşuv tizimi yölga qöyilgani muhim ahamiyat kasb etayotir. Joriy öquv yilida viloyatdagi taʼlim muassasalarida ön sakkizta fandan 46 ta “Mahorat maktabi” taşkil etilgan. Ularga metodistlar, viloyat xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti hamda Jizzax davlat pedagogika instituti öqituvçilari murabbiy sifatida biriktirilib, amaliy metodik yordam körsatmoqda.

Buning samarasi ölaroq, viloyat öqituvçilari qator muvaffaqiyatlarni qölga kiritmoqda. Jumladan, bu yil “Eng yaxşi dars işlanmasi” körik-tanlovining respublika bosqiçida iştirok etgan jizzaxlik pedagoglar sakkizta fan böyiça faxrli örin ğolibi deb topildi. Yakuniy natijalarga köra, öqituvçilarimiz uşbu tanlovda respublika böyiça 3-örinni egalladi. “Yilning eng yaxşi fan öqituvçisi” körik-tanlovining respublika bosqiçida uç nafar öqituvçimiz mehnat taʼlimi, geografiya, ona tili va adabiyot fanlari böyiça faxrli örinlarga munosib körildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Çet tillarni örganiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq xorijiy tillarni öqitiş işlari izçil olib borilmoqda. Viloyat xalq taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan 1032 nafar ingliz tili öqituvçisi samarali faoliyat yuritişi uçun yetarli şart-şaroitlar yaratilgan. Ayni paytda çet tili öqituvçilari haftalik malaka oşiriş kurslarida öz bilim va malakalarini oşirmoqda.

Ayni paytda bitiruvçilarni taʼlimning keyingi bosqiçiga jalb etiş muhim ahamiyatga ega. Şu bois ötgan öquv yilida viloyatdagi umumtaʼlim maktablarining 21306 nafar 9-sinf bitiruvçisiga oid maʼlumotlar “e-maktab” elektron bazasiga kiritilib, yoşlarni taʼlimning navbatdagi bosqiçiga qamrab oliş uçun öquv yili davomida “Ota-­onalar yiğilişi”, “Otalar yiğilişi”, “Onalar yiğilişi”, “Kasb-hunar – qizlar iqboli”, “Hunarli qiz – yurt kelajagi” kabi mavzularda davr suhbatlari va sörovnomalar ötkazildi. Öquv yili yakunida bitiruvçilardan 1419 nafari akademik litseylarga, 19860 nafari kasb-hunar kollejlariga qabul qilinib, ön ikki yillik uzluksiz taʼlimga töliq qamrab olindi.

Globallaşuv davrida taʼlim muassasalarining xalqaro axborot maydonidagi taʼlim-tarbiya va ilm-fanga oid yangiliklardan xabardorligini taʼminlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bois joriy yil davomida viloyatdagi barça taʼlim maskanlarini internet tarmoğiga ulaş işlari olib borildi. Natijada öquv muassasalarining 111 tasi “Uztelecom”, 389 tasi “Uzmobile” kompaniyasi Jizzax filiallari bilan imzolangan şartnomaga muvofiq “Ziyonet” axborot taʼlim tarmoğiga ulandi. Bugungi kunga qadar viloyatdagi 462 ta taʼlim muassasasi 7398 ta kompyuter texnikasi bilan taʼminlangan bölib, joriy yilda bunga qöşimça ravişda “Maktabgaça va umumiy örta taʼlimni rivojlantiriş” loyihasi doirasida yetmişta maktab zamonaviy kompyuter jamlanmasi va boşqa turdagi jihozlar bilan taʼminlandi. Mavjud imkoniyatlar tufayli hozir viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi tizimida 162 ta maktab, 121 nafar öqituvçi, 34 nafar öquvçi öz veb-saytiga ega. Bu yil “Xalq taʼlimi tizimidagi eng yaxşi veb-sayt – 2016” körik-tanlovida iştirok etgan öqituvçimiz 1-örinni egallab, hamkasblariga örnak böldi.

Yoş avlod taʼlim-tarbiyasida sportning örni alohida. Bu borada ham viloyatda muayyan işlar amalga oşirilayapti. Ayni paytda yangidan taşkil etilgan ön uçta bolalar va ösmirlar sport maktabida 11278 nafar öquvçi ön beşta sport turi bilan şuğullanmoqda. Ularga 331 nafar murabbiy sport sirlarini örgatayotir.

Öğil-qizlarning darsdan böş vaqtini mazmunli taşkil etiş dolzarb ahamiyatga ega. Şu bois viloyatdagi ön törtta “Barkamol avlod” bolalar markazidagi tögaraklarga 7215 nafar öquvçi jalb qilingan bölib, yoşlar “Badiiy ijodiyot”, “Ölkaşunoslik va ekologiya”, “Texnik ijodiyot”, çet tili yönalişi böyiça maşğulotlarda vaqtini maroqli ötkazmoqda.

Viloyatdagi mavjud ön beşta bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham yoşlarning badiiy didi va saviyasini kötariş, isteʼdod va qobiliyatini röyobga çiqariş uçun yetarli şart-şaroit­lar yaratilgan. Ayni paytda mazkur madaniyat dargohlarida tört yuz nafar mutaxassis faoliyat körsatayapti. Ulardan 2700 nafar öquvçi sanʼatning önta yönalişda saboq olmoqda. Hozirgi kunda bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oliy maʼlumotli mutaxassislardan taşqari bir nafar fan nomzodi, bir nafar Özbekistonda xizmat körsatgan artist, bir nafar “Nihol” mukofoti sovrindori faoliyat yuritmoqda.

Şu yil 27 fevral – 1-mart kunlari Döstlik tumanidagi 3-bolalar musiqa va sanʼat maktabining öquvçilari fortepiano, doira, tasviriy sanʼat, xoreografiya yönalişlari böyiça Soçi şahrida ötkazilgan “Faktor uspexa” xalqaro festivalida iştirok etib, 1-örinni egalladi. Şu yil 11 – 18 iyun kunlari Jizzax şahridagi 1-bolalar musiqa va sanat maktabi öquvçilari Soçi şahrida taşkil etilgan “U samogo Çyornogo morya” xalqaro festivalidan ikkita 1 va ikkita 2-örinni olib qaytdi. Bu kabi yutuqlar boşqa taʼlim muassasalari faoliyatida ham uçraydi, albatta. Eng muhimi, yoşlarning yuragida sanʼatga mehr-muhabbat va ezgulik uruğini qadaşni maqsad qilgan olijanob saʼy-harakatlar xorij sahnalarida Özbekiston dovruğini yoymoqda.

Özbekiston Respublikasining “Taʼlim töğrisida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlaş milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş, ilğor pedagogik texnologiyalarni taʼlim-tarbiya jarayoniga tatbiq etişda salmoqli yutuqlarga erişgan, yoş avlod kamolotiga munosib hissa qöşib kelayotgan öqituvçilar har yili Mustaqillik hamda Öqituvçi va murabbiylar kuni umumxalq bayramlari arafasida davlatimizning yuksak unvon, orden va medallari bilan taqdirlanmoqda. Jumladan, bu yil ham viloyatimizdan yetti nafar tajribali pedagog davlat mukofotlariga munosib körildi.

Istiqlol yillarida yurtimizda öqituvçilarning mavqeini yanada oşiriş, mehnatini munosib rağbatlantiriş davlat siyosati darajasiga kötarilgani bejiz emas. Zero, muallim zahmatisiz, fidoyiligisiz eng ilğor pedagogik texnologiyalar ham, sönggi rusumdagi kompyuter uskunalari ham kutilgan samarani bermaydi. Davlatimiz taʼlim siyosati yuksak bilim va salohiyatga ega, mahoratli öqituvçi va murabbiylarni yetiştiriş, ularning samarali mehnati orqali esa yoşlarni barkamol öğil-qizlar etib voyaga yetkazişga qaratilgan.

Ergaş JABBOROV,

Jizzax viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)