***
Hilolimsan desam, havolab ketding,
Umrim oftobisan dedim, kuydirding.
Asiringman, desam, jazolab ketding,
Vafoga kibrdan libos kiydirding…
Oh urdim,ohimdan samo sadpora,
Sen eding-da axir, vujudimda jon…
Ketarda ortingga qara bir bora,
Tutundek ergaşur bu ruhi ravon…
Ehtimol , men sevgan sen emasdirsan,
Seni işq tufayli men kördim özga.
Yanglişib atadim, “Malak, Fariştam”,
Va özim işondim şu yolğon sözga…
Ehtimol,taqdirning bitgani qismat,
Samodan ekanin unutdim mutloq.
Ehtimol, şuningçun Cohibi qudrat,
Men osiy bandaga bergandir saboq…
Endi mohiyating,mazmuning ayon –
Timsoling yaratmiş xayol doyasi:
Angladim, işqdirsan men uçun armon,
Sen – menga atalgan BAXTNING SOYASI…
Baxt çorlaganda
Yur ketamiz. Qöllaringni ber,
Qaynoq kafting kaftimga olay.
Bözlab qolsin Sensiz Ona Yer,
Misli öqqa uçgan qarçiğay.
Yur ketamiz. Yelkamga boqqin.
Qanoti bor menda Humoning,
Şubhalaring daryoda oqsin,
Ötda kuysin, bölsa gumoning!
Yur ketamiz. Ketamiz, jonim,
Sen ham töyding. Men ham töyibman.
Köz yoşimga qorilgan nonning
Talqonidan asrab qöyibman…
Yur ketamiz. Bölaqol tezroq,
Gurlaganda olov şaxdimiz.
Şuuringda portlasin mudroq,
Çorlayotir, axir, baxtimiz!
Yur ketamiz. Yur ketamiz…
Meni eslamagin…
Meni eslamagin, barini unut,
Izhoru iqrorim yodingdan çiqar.
Endi hayotingda emasman mavjud,
Aqlim izmidadir asov tuyğular…
Neça yil ortingdan bamisli soya
Ergaşdim bir qatim muhabbatga zor.
Bugun öşal kunlar topdi nihoya,
Haqiqat köz oçdi, tarqaldi ğubor…
Bir narsani bildim, qildim xulosa:
Işqda tarozining tengdir pallasi.
Agar kimdir sevsa, sevilolmasa,
Umrin yaşnatolmas işqning nafasi…
Zero, “Sevdim” sözi sadaqa emas,
Köngilda kökargan bir gavhar ekan.
Işq Tangridan tuhfa ekan muqaddas,
Yöqsa “ohu voh”lar besamar ekan…
Sevilmoq baxtidan judoliğimni
Tan olmoğim garçi – men uçun ölim…
Nogahon anglatdi gadoliğimni,
Sen tomon işq tilab çözilgan qölim.
Lek işqda gadolik – şohlik masnadi,
Bundan şaʼnu qadrim topmagay rahna.
Garçi oşiq bölib bahra topmadim,
Sevgilim, men Senga tilayman bahra…
Sendan ranjimoqqa yöq menda asos,
Köngilni yolvorib qilib bölmas rom.
Har kimning hayoti toleiga mos,
Muhabbat bobida ketmaydi ğirrom…
Sönggi diydor çoği tilagim bisyor:
Tangrim hayotingni qilsin purziyo,
Sevsang, sevilmoq ham etsin baxtiyor,
Meni deb Sendan qarz bölmasin dunyo…
Meni eslamagin, barini unut…
Endi hayotingda emasman mavjud…
Seni xafa qildim…
Seni xafa qildim, Seni ranjitdim…
Bu mening gunohim, bu mening aybim.
Bir lahza jaholat yölini tutdim,
Bu qanday yuz berdi… koşki bilsaydim…
Seni xafa qildim, Seni ranjitdim…
Yuzlaringni yuvdi aşki nob taxir…
Yiğlaganing körib, men oğu yutdim,
Buni istamovdim… tuşungin, axir…
Seni xafa qildim, özim-da purğam,
Bani başarga xos yanglişmoq azal,
Bilsang, bir xato deb, hazrati Odam
Behiştdan mosuvo bölgan bir mahal…
Seni xafa qildim… oh, bu xatoliğ
Meni-da jannatdan tufroqqa otdi…
Nahot, boşga tuşdi mangu judoliğ,
Nahot, pok sevgimiz quyoşi botdi?!
Seni xafa qildim… Dözaxda yondim,
Jahannam otaşi kuydirdi tanim…
Söngsiz azoblarda özlikdan tondim,
Lek Sendan tonmadim, tanho suyganim …
Seni xafa qildim… Özni öldirdim…
Jismimni tark qildi ruhi ravonim,
Borliqni bor etgan SÖZni öldirdim,
Işq edi, Sen eding, axir, iymonim…
Seni xafa qildim bilib, bilmasdan…
Seni xafa qildim… men osiy, gumroh.
Holbuki, qoşingda farqim yöq xasdan,
Sen esa…Farişta… Farişta ey, voh…
Seni xafa qildim…
***
Seni xotirlamoq naqadar gözal.
Nozim Hikmat
Seni xotirlamoq, yodga olmoqning
Şukuhi dilimni qiladi masrur.
Ammo yillar keçar, olislab borar
Oydin jamolingdan taralguvçi nur.
Xotira… nima u, qandayin tuyğu –
Entikib eslamoq, xörsiniş… közyoş…
Umr deganlari – lahzami, yohu,
Nahotki, diydoring – botguvçi Quyoş?!
Ayt, neçun tark etding qalbim ufqini,
Qirmiz şafaq qilib bağrimni xunbor…
Endi men Sen kabi ardoqlay kimni,
Kimga dil sirlarim aylayin izhor…
Hikmati ne erur uşbu visolning,
Magar intihosi iztirob, hijron?!
Nahot qolar bölsam tole, iqbolning
Yöllarida yana ğarib, sargardon…
Xotirang yoğdusi garçi nurafröz,
Har lahza anduhim quvmoqqa şaydir.
Ey, işqim toqida porlagan yulduz,
Nahot, qalbim endi Sensiz yaşaydir…
Yöq, aslo… jamoling dilimdagi naqş,
Ne baxtkim – xayoling, mangu boşimda,
Sen fariştam, axir, tanho ilhombaxş,
Mavjudsan, ruhimda, içu toşimda…
Seni yodga olsam, tuyğularim foş,
Umrimning har oni, topajak sayqal,
Seni yodga olsam, çaraqlar Quyoş,
Seni xotirlamoq naqadar gözal…
Menga söz ber…
Menga söz ber, yiğlamayman, deb,
Toki körmay qaroğingda nam.
Közyoş emas, kulguçlaring zeb,
Çiroy bersin çehrangga, Sanam…
Azal şunday hayot royişi:
Baʼzan ravon, baʼzan pörtana.
Behudadir köngil koyişi,
Qalbda quvonç qilsin tantana…
Anduhlarni unut, endi bas,
Qölimdan tut, tayançman qoyim.
Axir, bizni yiğlaş uçunmas,
Farah uçun qöşdi Xudoyim!
Gohi odam yuraksiz yaşab,
Qalbda hissiz umr keçirgay.
Orzularin xazondek töşab,
Tuyğularga zahar içirgay…
Men ham kajrav falak çarxiga,
Mağrur boqib, boşim tik tutdim.
Sotilmasdan şayton narxiga,
Ilohiy işq – vafoni kutdim…
Rabbim şafiq, çevar har işda,
Lutfu karam ayladi nisor.
Bugun Sendek gulyuz Farişta,
Menga hamdam, hamnafas, hamkor…
Illo, şunday. Sen-da ğam-anduh,
Qayğularga kökraging kergin.
Tangrim bergan IŞQ atalmiş ruh,
Sevgim haqqi menga söz bergin:
Menga söz ber, yiğlamayman deb…
Muhiddin OMON
1963-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti(hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
“Köngil darbozasi”, “Tole fasli”, “Munavvar soğinç”, bolalar uçun : “Dakang xöroz va uning jöjalari”, “Soğlomjon alifbosi”, “Z9 topişmoq” , “Zehni aʼlo, tili burro”, “Buyumlar tilga kirsa” kabi şeʼriy kitoblari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida