2 daqiqada öqiladi

143 marta körilgan

Xalqqa xizmat qiliş baxti

Har bir mamlakat tarixida nihoyatda muhim, hal qiluvçi pallalar böladi. 1991-yil Vatanimiz, xalqimiz hayotida ana şunday hayajonli, benihoya ulkan ahamiyatga ega buriliş nuqtasi edi. Axir, öşa paytdan eʼtiboran biz o z o d  yu r t  f u q a r o s i degan şarafga noil böldik! Çorak asr davomida mustaqil Özbekiston töla oyoqqa turdi, jahon siyosiy maydonida munosib mavqe qozondi. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov boşçiligida barça sohalarning mustahkam asosi, poydevori yaratildi.
Oradan yigirma beş yil ötib, yana bir qizğin tarixiy jarayonni yaşab ötyapmiz. 2016-yil 4 dekabr kuni muqobillik asosida ötkazilgan saylovda Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasidan nomzodi körsatilgan Şavkat Mirziyoyev saylovçilarning 88,61 foiz ovozi bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.
Saylov demokratik tamoyillar asosida, xalqaro mezonlarga mos ravişda, oçiq va oşkora tarzda taşkil etildi. Bu faqat bizning emas, xorijlik kuzatuvçilar, çet el ommaviy axborot vositalari vakillarining ham fikri. Jurnalist sifatida saylov jarayonini kuzatarkanmiz, könglimiz yorişdi: hamyurtlarimiz ovoz beriş degani şunçaki rasmiyatçilik emas, balki Vatan taqdiriga daxldorlik ekanini çin dildan anglagan holda saylovda iştirok etdi. Har bir saylovçining yuz-közida “Men şu yurt fuqarosiman va Vatanim kelajagi uçun ovoz beraman!” degan işonç, ğurur hissini seziş mumkin edi.
“Özbekistonda saylovçilarga yaratilgan şart-şaroitlarni körib ham xursand böldim, ham hayratlandim, – dedi misrlik hamkasbimiz, “Al-Ahram at-taavuni” naşrining xalqaro xabarlar bölimi muharriri Mahmud Saad Kamil Diab. – Yoş bolali saylovçilar uçun maxsus xonalar, közi ojiz saylovçilar uçun brayl alifbosidagi byulletenlar… Oçiği, bu borada juda köp davlatlar Özbekistondan örnak olsa arziydi!”
Saylov tadbirlari jarayonida yurtimiz şaʼniga bildirilgan bunday iliq fikrlarni köp eşitdik va, tabiiyki, mamnun böldik. Bu mamnuniyat faqat saylov jarayoni bilan emas, balki vatandoşlarimiz ong-şuurida yuz berayotgan özgarişlar, yurtimizda jadal keçayotgan demokratik islohotlar, davlat va xalq örtasidagi özaro işonçning yanada mustahkamlanayotgani bilan ham boğliq. Yaqinlaşib kelayotgan 2017-yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilingani esa bu boradagi işlarning kölamini kengaytirib, surʼatini tezlaştiradi.
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak” – Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda aytgan bu sözlari davrimiz ruhini belgilab berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bölamiz. Zero, xalqqa xizmat qiliş biz uçun majburiyat emas, balki katta baxtu saodatdir.
Barçamiz körib, bilib, his qilib turibmiz: Vatanimiz tarixida yangi davr boşlandi. Bu esa bizdan avvalgidan-da köproq fidoyilik, jonkuyarlik, işçanlik va taşabbuskorlikni talab etadi. Çorak asr davomida qölga kiritgan yutuqlarimizni yangi sifat darajasiga kötarişimiz lozim. Mazkur tarixiy jarayonda har birimiz sidqidildan iştirok etib, umrimiz kitobiga mazmun bağişlaş imkonimiz bor. Işonamizki, bu imkoniyatni heç birimiz qöldan çiqarmaymiz…

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)