Lutf
Mark Tvenning qabuliga yoşi ötinqirab qolgan bir ayol kiradi. Yozuvçi unga lutf qiladi:
– Öhö, oldingiday yoş va gözalsiz, xonim.
Ammo xonim salomga yaraşa alik olmaydi:
– Afsus, men siz haqingizda bunday maqtovli gap aytolmayman.
– Menga öxşab aldasangiz böladi-ku, – deb maslahat beradi yozuvçi.
Saxiylik tutganda…
Aleksandr Dyumadan taniqli bir tanqidçining dafn marosimi uçun beş frank söraşadi.
– Mana, ön frank oling, – deb saxiylik qiladi yozuvçi, – yana birorta tanqidçini qöşib kömvorarsizlar.
Qalam sotuvçi
Viktor Hyugo Prussiyaga yöl oladi. Çegarada:
– Nima bilan şuğullanasiz? – deb söraydi anketa töldirayotgan jandarm.
– Yozaman, – deb javob beradi adib.
– Tirikçiligingiz nimadan, deb sörayapman, – deydi nazoratçi tuşuntirgan bölib.
– Qalamdan, – deb qöya qoladi Hyugo.
– Ha, unday bölsa, – deb yengil tortadi jandarm, – “kasbi” degan joyga “qalam sotuvçi” deb yozib qöyamiz.
“Boş” deb ataladimi?
Maşhur bolalar yozuvçisi Hans Kristian Andersen taşqi körinişiga u qadar eʼtibor beravermas edi. Ohori qolmagan plaşi va eski şlyapasini kiyib, Kopenhagen köçalarida sayr qilib yurardi. Bir kuni bir olifta uni töxtatib, savolga tutadi:
– Taqsir, boşingizdagi anavi matoh “şlyapa” deyiladi-da, a?
Yozuvçi şu zahoti javob beradi:
– Olifta şlyapangizning ostidagi anavi matoh “boş” deb ataladi-da, şundaymi?
Orif TOLIB tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


