1 daqiqada öqiladi

290 marta körilgan

Birinçi Prezidentimiz xotirlandi

2017-yil 25-yanvar kuni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi majlislar zalida Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Tadbirni Uyuşma raisi örinbosari, Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo oçib, Uluğ Yölboşçimiz hayoti va faoliyati, u kişining davlatimiz va jamiyatimiz ravnaqiga qöşgan ulkan hissasi haqida sözladi.

Birinçi Prezidentimiz xotirlandi

Tadbir doirasida Birinçi Prezidentimiz xotirasiga bağişlangan şeʼrlar jam bölgan “Ozod va obod Vatanga baxşida umr” kitobining taqdimoti ham ötkazildi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati homiyligida naşr etilgan uşbu töplamdan ustoz şoirlar bilan bir qatorda yoş ijodkorlar, şuningdek kombinatda mehnat qilayotgan turli kasb egalari, oddiy işçilarning şeʼrlari joy oldi.

Birinçi Prezidentimiz xotirlandi

Tadbirda söz olganlar garçi ayrim mualliflarning maşqlari professional şeʼriyat talablariga javob bermasa-da, barça şeʼrlarda bitta xususiyat közga taşlanişini: ularda Birinçi Prezidentimizga çuqur mehr, ehtirom borligini taʼkidladilar.

Kiçik muşoira ham taşkil etilib, xotira şeʼrlari öqildi.

Orif Tolib

Suratlarni Rustam Nazarmatov olgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (36)