1 daqiqada öqiladi

133 marta körilgan

Ilğor va faol bölsak…

Ilğor va faol bölsak...

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi qoşidagi “Yoşlik” ijod klubining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Uyuşma kutubxonasida ötgan yiğilişni “Yoşlik” jurnali boş muharriri Nodir Jonuzoq olib bordi.

Tadbirni uyuşma raisi, Özbekiston xalq yozuvçisi Muhammad Ali oçib, bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan adiblar, ayniqsa, yoş ijodkorlar har tomonlama qöllab-quvvatlanayotganini alohida taʼkidladi. Yoş isteʼdod egalarini qizğin ijod qilişga, yaratilayotgan şart-şaroitlardan unumli foydalanişga çaqirdi.

Yiğiliş iştirokçilari Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça komissiya tuziş töğrisida”gi farmoyişida közda tutilgan muhim masalalar yoş ijodkorlarning ham zimmasiga bir qator vazifalar yuklaşi, kitobxonlikni tarğib etişning samarali va taʼsirçan yöllaridan foydalaniş kerakligi, bu borada har bir ijodkor jonbozlik körsatişi lozimligi haqida öz fikr-mulohazalarini bildirişdi. Şuningdek, klub aʼzolari badiiy ijod bilan şuğullaniş qatorida ijtimoiy hayotimizning dolzarb masalalari böyiça badiiy-publitsistik maqolalar yozişi, jamiyatning faol va ilğor aʼzosiga aylanişi, ayniqsa, yoşlar hayotiga doir muhim masalalar yeçimida bevosita iştirok etişlari lozimligi qayd etildi. Yiğilişda yangi davr barçamizdan, jumladan, yoş ijodkorlardan ham ğayrat-şijoat, taşabbuskorlik, fidoyilikni talab etayotgani taʼkidlandi.

Yiğiliş söngida iştirokçilarga Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi taşabbusi bilan çop etilgan kitoblar taqdim etildi.

Ilğor va faol bölsak...

Ilğor va faol bölsak...

Ilğor va faol bölsak...

Ilğor va faol bölsak...

Suratlarni Rustam Nazarmat olgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (36)