Bir soat – oltmiş daqiqa, bir kun – yigirma tört soat, bir hafta yetti kunligini yaxşi bilamiz. Ammo baʼzan bir soat bir kunga çözilganday tuyulsa, goho bir oy bir haftaday tez ötib ketadi. Demak, vaqt degani çindan ham nisbiy ekan-da. Fizika darsida öqib, ammo oxirigaça anglaşga qiynalganimiz nisbiylik nazariyasi, ehtimol, şudir.
Köpçilikning eʼtirofiga köra, sönggi oylarda yurtimizda vaqt surʼati nihoyatda tezlaşib ketdi. Kunlar, haftalar, oylar “oyoqni qölga olib” çopayotganday. Aslida-ku, bilamiz, vaqt öşa-öşa, joyida turibdi: bir soat – oltmiş daqiqa, bir kun – yigirma tört soat… Unda bu şiddatning boisi nima? Boisi – özimiz tezlaşdik, yurak zarblarimiz tezroq ura boşladi, imillab yursak davrdan ortda qolib ketişimiz ayon bölib qoldi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning har bir çiqişi, har bir qarori bu surʼatga jadallik, kuç bağişlamoqda. Tezroq dunyoning eng ilğor davlatlari safiga qöşilişimizga, heç kimdan kam emasligimizni isbotlaşga undamoqda. Bu jarayonda hal qiluvçi kuç davlat idoralari emas, balki xalqning özi ekaniga urğu qaratmoqda.
Şu kunlarda köp guvoh bölyapmiz, özlariga körsatilayotgan ehtiromdan quvonib, qöllari duodan böşamayotgan nuroniylarimiz: “Eh, esizgina, qaniydi, möjiza röy berib, yigirma-öttiz yilga yoşarib qolsaydim… Rosa işlaydigan, ğayratingni körsatadigan zamon keldi-da öziyam!” deyişyapti hayrat aralaş. Ha, bu quvonç, hayratda ozgina armon hissi ham bor. Bu – davr talablariga “labbay” deb javob berib, elu yurt xizmatida bölolmayotganlik armoni. Aslida-ku, nuroniylarimizning Vatanimizga tinçlik, yurt dasturxoniga qut-baraka tilab duo qilib turişlari – eng uluğ xizmat!
Modomiki, qizğin davrimiz tufayli bugun qariyalarning ham qalb qöridagi çöğlar yalliğlanayotgan ekan, biz yoşlarning yuragimiz yonib, közlarimizdan uçqun saçrab turişi şart emasmi?! Har bir hujayramizgaça uyğonib, özimizni uluğ maqsadlarga çoğlaşimiz kerak emasmi?! Otalarimiz, bobolarimiz orzu qilayotgan yoşlik imkoniyatlaridan töla foydalanişimiz lozim emasmi?! Ha, şunday. Xuddi şunday. Istiqlolning ilk kunlaridan boşlab çalingan bedorlik qönğiroği bugun yanada qattiqroq jaranglamoqda, odimlarimiz davr qadamlariga mos bölişini talab etmoqda.
Lahzalar çaqmoqday tezlaşdi bu dam,
Kunlar çopayapti yugurik otda.
Quyoşdan ildamroq yurolmasang ham,
Haqqing yöq undan heç qolişga ortda.
Yulduzlar ergaşgay senga muqarrar,
Oy kabi otlansang ziyo harbiga –
Yuraging zarbini töğrilasang gar
Kelajak avlodning yurak zarbiga!
Ha, şunday: davr bilan hamqadam bölişning yöli şu – yurak zarbimizni kelajak avlodlarning yurak zarbiga töğrilaş. Ana şunda marraga yoruğ yuz bilan qadam qöyamiz. Ana şunda, bir kun ortimizga ögirilarkanmiz, könglimizda armon hissi bölmaydi…
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

