Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi qoşidagi “Yoşlik klubi”ning navbatdagi yiğini bölib ötdi. Adabiyotimining navqiron avlodi vakillari – yoş ijodkorlar qatnaşgan uşbu adabiy keçada yoş yozuvçi Fozil Farhodning “Köklam kuyi” nomli yangi hikoyasi muhokama etildi. Tadbir avvalida hikoyaning muallif tomonidan öqib eşittirilişi davraga özgaça ruh, kayfiyat baxş etdi. Uşbu hikoyada hayot va ölim çegarasida qolgan insonning ruhiyatida, atrofdagilarga munosabatida qanday özgarişlar, evrilişlar sodir bölişi badiiy talqin etilgan.

Muhokama jarayonida hikoyaning yutuq va kamçiliklari, badiiy maqsad va uslubning özaro mutanosibligi borasida qizğin fikr-mulohazalar bildirildi. Quvonarlisi, umidli yozuvçi va şoirlarimizda öz tengdoşlari ijodiga nisbatan çuqur tahliliy fikrlar bildiriş va xolis tanqidni töğri qabul qiliş könikmasi şakllanayotgani namoyon böldi.

Tadbir söngida hikoya muallifi söz olib, yiğilganlarga minnatdorlik bildirdi. U hikoyani qayta işlaş davomida tengdoşlarining jöyali fikr-mulohazalarini albatta inobatga olişini aytdi.

Adabiy keçada “Yoşlik klubi”ni yanada rivojlantiriş böyiça ham fikrlar almaşildi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


