Bizning qişloq ham çakana si-vi-li-za-siya-laşmagan. Hozir men (ha, kallam qursin, “man” desam bölar ekan, keyingi gal inobatga olamiz) sizga bir-ikki voqeani aytib bersam, özingiz ham beş ketvorasiz, oka (ana endi joyiga tuşdi)! Tan berganingiz mayliga-ya, qişloğing si-vi-li-za-siyaning naq kindigida ekan-u, deb hayqirişingiz ham heç gapmas. Avvalo, “kindik qişloq” qayerda joylaşganini aytay: Toşkent – Samarqand trassa(!)sini bilasiz, şundan toqqa qarab ketovrasiz, ketovrasiz… Toğdan toğ oşib, soydan soy keçib ketovrasiz. Keyin qarşingizdan qişloqlar çiqa boşlaydi – Beşkal, Oltikal, Yettikal, söngra Izilloq, Çuvilloq, Şarilloq keladi, ulardan ötgaç esa – Boşqop, Beşqop, Böşqop… Şuytib, Bireşak degan joyga yetib borasiz. Nega bunaqa nom qöygan ekan, deb öylanmang, baribir topolmaysiz. Bireşak degani – şu yerda yöl tugadi, bundan naryoğiga na ot yuroladi, na moşin, degani. Endi faqat eşakka mingaşişga majbursiz. Bir eşakda Bireşakdan ötgandan söğin bizning qişloq keladi – Gadoytopmas. Burunği zamonlarda şu jerlarda odam jaşaydigan bir qişloq borligini Katta dunyo onda-sonda eşitip qolğan, nekin gadoylari ham topip kelalmagan. Eh, “sapsem” esdan çiqip ketipti, qişloğimizğa jaqinlaşabersam, ena şevamda şundayçaqan gapirib jubaraman-da! Qorindoşlar ham qöyağoymaydi: “Hö, san bola, qaysi tilda gapirvossan…”dan olib qolişadi. Şunça yil Toşkentda yurib men (aytgança, man) şaharlaşmabman-u, lekin qişloqlarimizni şahardan farqlab bölmay qolibdi-ya! Har ikki hovlida bittadan haligidaqa antenna bor – barabanskiy! Tuşundingizmi? Nima balo, qaysi qişloqdan çiqqansiz, özi? Taralka desam, yetib boradimi? Televizor 300ta kanaldan körsatadi. Yaşirinça tomoşa qiladigan programmalar-ku it bölib yotibdi (eskining odamlariga izoh berib qöyay: it bölib yotibdi – tiqilib yotibdi degani). Töpolonsoyga bitta GESça qurib olganmiz, bizda qişin-yozin “svet” öçmaydi… Aytaversam, taʼrifu tavsiflardan ham “Ha-a, Gadoytopmas si-vi-li-za-siya-ning markazi ekan-ku!” deb qiçqirib yuborişingiz mumkin, lekin eng qiziği qolib ketadi-da.
Keçagida qişloqqa borsam, ota-bobolarimizning tilida aytsak – çaqirdi, özimizning hozirgi tilda aytsak – çallari ayni avjiga mingan ekan. Katta-katta karnaylardan taralayotgan Xyustin-myustin, Tatu-matu, Jekson-pekson, Eminim-peminimning qöşiqlarini eşitib, hayron böldim, avvaliga xorijiy tang-batabanglar poytaxtda quloğimga örnaşib qolibdi-da, deb öylabman. Yöq, bularni anovi Oçil bulbulning nevarasi aytib yotibdi (aslida, disk qöyib olgan). Davrada xotin-xalaj: Ulbösin çeça, Buvsalma yanga, Çarosxon kennayi… i drugiye (rusçani ham bilamiz!). Hamma şunday taşavotti, şunday taşavotti, har-har zamonda “höv!” deb qöyişadi. Lekin Oysuluv momo barçasidan ham ötib tuşadi, qanaqa kuy-qöşiq qöyilsa-da, bir xil – öşa sinalgan uslubda öynaydi: qöllar tirsakdan qayrilib, tepaga kötarilgan, bir maromda oldinga borib keladi va yarim bukilgan (xuddi tuxum uşlab olgandek) barmoqlar bir öngga, bir çapga qimirlab qöyadi. Oyoqlar… uzun köylakning tagida körinmaydi ham. Men sizga aytsam, qişloğimizning kunbotaridagi qoyalarda qadimgi suvratlar bor (olimlarning aniqlaşiça, ularni uç-tört ming yil oldin ajdodlarimiz çizişgan ekan), öşa toşlarda ham Oysuluv momoga öxşab raqs tuşayotgan odamlar tasvirlangan. Çeça… yanga… kennoyilarnikiga yaqin (ha, aynan öziday emas, sal öxşaş) xirom aylaşlarni faqat barabanskiy antennasi bor televizorimizda uydagilardan bekitiqça körganman.
Otarçining böğzi emas, katta-katta ovozkuçaytirgiçlarning karnayi çarçagaç, dusura-dusur sal tindi. Şunda qişloqdoşlarim diskotekani töxtatib, bunday qaraşsa, men turibman hadiksira-ab. “E, e, e, Toşkenti azimdan mehmonjonlar taşrif buribdi-yu?! Naq vaqtida kelding-da! Zap bir tomoşa böladi hozir, yangi urflarimizdan. Hey, men senga aytsam, bunaqangisini poytaxtda ham körmagansan. Podiumni tayyorlanglar!”. Bu gaplarni atrofimni qörğalab olgan qişloqdoşlarim aytayapti. Kim nima deganini bilmayman, hammasini umumlaştirib bitta maʼno çiqarib qöyaveraman. “Podium? Nima degani u?” dedim jim turişni özimga ep bilmay. Hamma Oqmirza örisni izlab qoldi, maalim ham kitoblarni titib, andoq lutf ayladilarkim, “podium” özbekçasiga “şohsupa” degan maʼnoni anglatar erkan. Bungaça podium ham tayyor bölib qoldi. Ikkita stolning ustini böşatib, birinçisini eşikning ostonasiga taqab qöyib, ikkinçisini birinçisiga tirkadilar, baland uzun yölak paydo böldi, keyin ustiga gilam töşadilar. Endi kelin-kuyov şu gilamdan yurib uyga kirib ketsa kerak, lekin stolga qanday çiqib olişadi, deya öylanib turgandim… Ha, qişloqiligim qursin, beş-olti yildan beri si-vi-li-za-siyadan uzoq megapolisda yaşayotganim pand berdi-ya?! Televizorda körganmisiz, moda namoyişi bor-ku, qiltilloq xonimlar har xil kiyinib çiqadi-da, supada yurib kelib, bir töxtab, yana orqasiga qaytib ketadi: öşanaqa ilmu amal şu yergaça ham yetib kelibdi-da! Balkim, Gadoytopmas qişloğidan tarqalgandir bu odat?! Örtakaşning kuçanib “Fe-e-şi-i-nnn – dvux tisyaça desit!!!” deb baqirgani xayolimni bölib, savollarim javobsiz qoldi. “Ğoyati nozuklugidin suv bila yutsa böladigan” xonimçalar örniga ketmon çopib, oftobda toblangan qişloq kelinlari podiumda paydo böldi. Şu yerda ham lekin qoyil qoldim, ming yillik qadriyatlarimiz haliyam unutilmabdi. Televizordagi tannozoyimlar taq-taq yurib kelib, tomoşabinlarga bir yovqaraş qiladi-da, ortga qaytadi. Gadoytopmas Faşion Şouda esa unaqa emas, hali çillasi çiqmagan yangi kelinlar tunuka stolning ustida durs-durs etib kelib, hammaga bir jilmayadi-da, taʼzim qilib, orqamaçoq yurib uyga kirib ketadi. Şu yerda bitta aybimni böynimga olişim kerak, ğarbça sözlarni yaxşi eslab qololmayman. Bölmasa, qişloğimizda ötkazilgan “Faşion-2010”dagi kiyimlarning materiali, nomi, biçimi haqida sizga töliq maʼlumot bergan bölarmidim?! Lekin turi esimda qoldi: özimizning yaltir-yultirlardan bir tödasi, yana – xalatlar (har xil vaziyatlarga möljallanganlaridan bor), paltolar (kalamuş yoki pişakning terisiligidan qatʼi nazar – möynali)… Ammo tan beriş kerak, namoyiş ketma-ketligi juda zör öylangan. Oldin qişki kiyimlar – qimmat, qalin, hamma yoği yopiq. Keyin-keyin liboslar sal yengillaşa boşladi, “Bahor-yoz-2011” mavsumiga navbat yetdi. Sabrim çidamadimi, betim çidamadimi, Faşion Şouni oxirigaça tomoşa qilolmadim. Töğrisi, plyaj motividagi namoyişlar boşlanib qolmasaydi deb qörqdim. Odamlar orasidan yulqinib çiqib ketar ekanman, har tarafimdan “Hali bundan ham zör, eng sönggi rusumdagi urf-odatlarimiz bor!” deya meni töyda tağin qolişga undaraşdi. Lekin tezda öz holimga qöyişdi. Çunki “Gadoytopmas Faşion Şou-2010” avj nuqtasiga kötarilib borardi, hamma şu bilan andarmon bölib qoldi…
Ana endi özingiz ham işongandirsiz. Bizning Gadoytopmas qişloğimiz si-vi-li-za-siyaning naq kindigida joylaşgan. Faqat bu kindik ölgur biroz oçilib qolgan-da, zamonaviy biçimdagi köylak kalta kelganmi, deyman…
Abu Hayron JIZZAKIY
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


