Jurnalimiz taşkil etilganida uning ilk sonlarida çop etilgan hikoyalari bilan adabiyot ixlosmandlariga tanila boşlagan Şoyim Bötayev bugungi kunda katta ijodiy tajribaga ega taniqli yozuvçidir. Bolaligi, öqigan kitoblari, hayotida unutilmas iz qoldirgan voqea-hodisalar haqida bir dasta savollar bilan murojaat qilganimizda, öziga xoslikni yoqtiradigan sevimli yozuvçimiz ularga yaxlit tarzda, tarjimayi holi bilan boğliq holda, javob berişni maʼqul kördi. Jurnalxonlar, adabiyot ixlosmandlari uçun bunda ham bir ibrat topilsa, ajabmas.
Bu bizning toğlarimiz – Turkiston tizmalari edi. Arçalar tomirida yiğilgan suvlardan hosil bölgan turnaköz buloqlar, köm-kök tepaliklar yodimda qolgan. Şuning etagida, Öratepa tumanidagi Maydonça deb nomlangan özbek qişloğida 1959-yil 20-iyunda tuğilganman. Esimni taniganimda barmoq bilan sanarli xonadonlar bor edi. Qişloq hozir kattarib ketgan. Buloqlar esa qurib, tepaliklar yöqolgan.
Bolalik kezlarimda bir qariya buloq böyida joylaşgan kaftdekkina tomorqasiga sabzi ekib, yetiştirgan hosilidan asr namozidan söng boğ-boğ qilib hovlisining köça tomondagi pastakkina paxsa devori ustiga qöyib qöyar, uyida palov pişirilayotganlar ulardan öziga yaraşasini olib ketaverardi, qolgani qolaverardi. Keyin bilsam, qariya buni “buloqning haqi” deb qilar ekan. Ha, şunaqa, buloq haqi, quduq haqi, tegirmon haqi kabi sözlar bot-bot quloqqa çalinib turişi bejiz bölmay, bu gaplarni aytadiganlar – odamlarning imoni kuçli, toza qalb edi.
“Qişloq” degan söz “qişlov” maʼnosini berişini bizning maydonçaliklar isbotlagisi kelgandek, qiş çiqib, kunlar isiy boşlaşi bilanoq, ikki-uç çaqirim olisdagi boğlariga köçib ötişardi. Yozda qişloq köçalari kimsasiz huvullab qolar, ularning qizib yotgan moy tuproğida aralaş-quralaş qadam izlari tinim bilmas biz bolalarniki bölardi. Keyinçalik esimni tanib yon-tevaragimizda, olis-yaqinlarda bir-biriga egizakdek öxşab ketadigan bunaqa qişloqlar köp ekanini anglab yetdim. Şu sababli, “Yulduzlarga eltar yöl” deb nomlangan qissamning boşlanişida buni bejiz keltirmaganman. U yerda faqat turk-özbek uruğlariga mansub qişloqlarni sanaganman, ular bir qirning bu yoğida joylaşgan bölsa, naryoğiga ötsangiz tojikça nomlar bilan ataladigan tojik qişloqlariga ham duç kelib qolaverardingiz yoki aksinça. Qişloğimizdan ikki-uç çaqirim olisda körinib turgan tepalikning naryoğidagi Surkat deb atalgan tojik qişloğida suv tegirmoni bölib, un tortib keliş uçun buğdoyni eşakka ortib, öşa yoqqa borardik. Boşdan-oyoq oppoq un gardiga belangan baland böyli tegirmonçi bizga sehrgar kabi körinar edi, şu “sehrgar” yoş bolalar borsa, qopni özi tuşirib yoki ortib, “bo xarga itiyot bulub, töntarmay oboringlar”, deya ogohlantirib qöyişni ham unutmas edi.
Bunaqa voqealarning köpini eslaş mumkin. Ularning aksariyatini qaysidir şaklda baholi qudrat asarlarimga singdirib yuborişga harakat qilganman. Endi bilsam, hali, maktabga bormayoq, harf tanimayoq, menga adabiyot bağrida yaşaş nasib etgan ekan. Qöy boqib, çillak öynab, lanka tepib yurgan kezlarimizda tepaliklarda turli yoşdagi qoraboşlarning davrasiga yaqinlaşib, zimdan quloq tutiş imkoniga ega bölardik. Nasriddin Afandi latifalaridan tortib yana xalq badiiy tafakkuridan yaralgan allaqanday Kalça degan muğombir, tarixiy qahramon Çapayev yonidagi Petka haqidagi hangomalar şu qadar jonli ediki, ularning ölmas ruhlari bu davralarni heç tark etgisi kelmasdi. Kun govgumlaşgani zahotiyoq kolxoz klubi yozgi hovlisining oqlangan paxsa devorida “Qölga tuşmas qasoskorlar” degan film qahramonlarining qölga tuşib qolmasligini qançalik yurak hovuçlab tomoşa qilgan bölsak, oq-qorani taniy boşlaganimizda arman radiosining tagdor hangomalarini ham şunçalik zavqlanib eşitardik. Ulardan biri hanuz yodimda: mustabid hukmdor özlarini osiş kerakligi haqida hazilomuz körsatma berganida, odamlar örinlaridan turib, bu yangilikni davomli gulduros qarsaklar bilan olqişlab kutib olişadi. Şu çoq zalda birov örnidan turib, arqonni özimiz olib kelamizmi yoki davlat beradimi, deydi.
Buni bir öq bilan ikki quyonni uriş deydilar – ham tuzalmas mutelik, qullik psixologiyasi mana şu mittigina hangomaga joylaştirib yuborilgan. Badiiy tafakkur mahsulining arqon qismi bizning dorilamon zamonamizda falajlandi.
Maktabga çiqadigan yilim saratonda tomoğimda paydo bölgan angena tufayli tuman şifoxonasida bir hafta yotganman. Anginani “gulzundonak” deb ataşardi. Bir öris hamşirasi meni vannada yaxşilab çömiltirib, keyin şifoxona kiyimlarini kiygizib, çinniday toza palataga olib borgan, karavotga oppoq töşak töşab, oyoğimga şippak ham kiygazib qöygan edi. Keyinçalik men bu haqda tengdoşlarimga maqtanib gapirganimda, köpçiligining şifoxonaga yotgilari kelib, gulzundonagimga havas qilişgandi. U paytlarda tuman şifoxonalarida mahalliy şifokor va hamşiralar ham öris hamkasblaridan ulgi olib işlaşardi. Mavjud ijtimoiy tuzumning talablaridan kelib çiqqan holda barçaga birdek barobar tibbiyot bepul bölib, öz işining ustasi, malakali mutaxassislar köpçilikni taşkil etardi.
Elektr çiroği kelmasidan burun qişloq ahli “jinçiroq”dan foydalanişardi. Ötgan asrning örtalarida hammayoqqa simyoğoçlar örnatilib, toğlarning köksiga yopişgan qişloqlargaça elektr çiroği yetkazib borildi va tun-u kun işlay boşladi. Avval maʼmuriy binolar tomlariga yopilgan şifer va tunukalar ham keyinçalik köpayib, har yili somonsuvoq qilingani bilan, ayniqsa, köklamda çakka ötib bezor qiladigan aholi uylari tomlarida ham körinib qoldi. Bu ötgan asrning oltmişinçi-yetmişinçi yillari oraliğidagi gaplar. Yangi asrning birinçi ön yilligida Afğonistonning Mozori Şarif şahri atrofidagi qişloqlarda öşanaqa manzaralarni körganimda, xayolimdan öziga xos mentalitetimizga, millatimiz ötmişi, buguni va kelajagiga doir bir-biriga qarama-qarşi juda köp fikr-mulohazalar ötgan va Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Har qanday muyassariyatda mahrumiyat mavjud, har qanday mahrumiyatda muyassariyat mavjud”, degan sözlarini eslagan edim. Nimalarni topib, nimalarni yöqotgani, nimalarni yöqotib, nimalarni topgani, har bir inson hayotida bölgani kabi, jamiyat hayotida ham taqqoslab borilişi kerak. Ammo…bundan manfaatdor bölmaganlar odamlar boşini aylantiriş uçun yolğon töqişadi. Özlari yetib borolmaydigan “kommunizm”, “porloq kelajak” singari jirkanç yolğonlar.
Yana bir haqiqat şuki, ötgan asrning oltmişinçi, yetmişinçi yillarida qişloqlarda eng muqaddas maskan maktab hisoblansa, hurmat-ehtiromga loyiq ziyoli insonlar – öqituvçilar edi. Endi-endi aqlini taniyotgan bolakay ham “assalomu alaykum, muallim!” iborasi bilan til çiqarib, dunyoni anglaşni boşlardi. Sakkiz kilometr masofadagi tuman markazidan köpinça yayov qatnab, rus, ingliz, nemis tillaridan bizga saboq bergan rus ayollari bunday şijoat va ğayratni qanday topa olganlari hayratlanarlidir. Qişloq ahli ularni juda hurmat qilişardi. Maktab uç smenada işlardi. Tuşgaça va tuşdan söng ikki smenada bolalar öqisa, keçki smenada yoşi uluğlar saboq olişardi. Salobati otni hurkitadigan kolxoz raisi ham keçqurun sinfga kirgaç, partada some qiyofada muloyimgina bölib ötirardi. Boşqa kazo-kazolar ham keçki smenada çin dildan savod çiqarişga intilişar, ustozlarini hurmat qilişar, kitobga möjizaga qaraganday qaraşardi.
Maktabda juda boy kutubxona bor edi. Qişloq kutubxonasi eşigi ham har doim oçiq turardi. Qölma-qöl öqilaverganidan “Ming bir keça”, “Don Kixot” kabi kitoblarning varaqlari titilib ketgan edi. Nikolay Ostrovskiyning “Pölat qanday toblandi?” degan romanini ön bir yoşimda öqiganman. Uruş paytida asar jangçilarni jasoratga çorlagan ekan. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning yangi davrida bu kitob ham boşqalari qatori izsiz gumdon qilingan. “Ayiq bilan dehqon” deb atalgan ertak ikkinçimi, uçinçimi sinfning öqiş kitobida bor edi. Ayiq dehqon bilan şerikçilik qilib, kartoşka ekişadi. Ekin gullaganida ayiq bu gözallikka mahliyo bölib, ekinning tepa, yaʼni gullagan qismini olaman deb, aldanib qoladi. Kelgusi yili buğdoy ekişganida endi pastki qismini olaman deb, yana çuv tuşadi. Tepalikda tengqurlarimiz bilan bu ertakni bir-birimizga aytib ötirganimizda, Boyzoq muallim degan matematika öqituvçimiz kelib qolib, bir közini muğombirona qisganiça, dehqon kimligini bilasizlarmi, deb söragan edi. Keyin javobimizni ham kutmay, heçam biri ikki bölmaydigan qişloğimiz odamlaridan baʼzilarini misol keltirib, ertakdagi dehqon obrazi öşalar ekaniga bizni işontirmoqçi bölgandi. Ammo qişloqda ayiq yöq edi. Ayiq öylab topilgan, degandi Boyzoq muallim buning ham sababini tuşuntirib, dehqonning til-zabonsiz ayiqdan boşqasiga kuçiyam yetmaydi, hiylasiyam ötmaydi, negaki, uning öziniyam ongli hayvon (inson)larning barçasi laqillatib yuradi. Sodda, jön köringani bilan, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatiga köra, bu teran tahlil edi.
Dadam Pirimqul Bötayev 1913-yilda tuğilgan. Uruşdan avval Duşanbe şahri qurilişlarida işlagan. Talabalik yillarimizda Duşanbega borganimizda şaharning ikki qismini boğlab turgan köprik ustida juda oğir öylarga botib, öşa davrlarni eslaganlaridan bölsa kerak, ança mahzun qiyofaga kirib qolgandi. 1939-yili armiyaga ketib, qaytib kelayotgan çoğlarida uruş boşlanib qolgan va yana ortga qaytgan. Şu bilan 1946-yilgaça, sobiq Ittifoq hududidan taşqari butun Yevropani faşizmdan ozod qilişda iştirok etgan. Ammo bu haqda ön uzun savolga bir qisqa javob qaytarar edi – “Otam nega jim?” hikoyamda yozganimdek. Ötgan asrning öttizinçi yillarida Turkiston toğlari etaklarida ozodlik harakati uçun kuraşganlarni, qörboşilarni şaxsan körganlarini, ularni öz yaqinlari, ponsadlari qizillarga sotib berganini dadam eslab, aytib berganlari yodimda qolgan. Qizillar kelsa qizillar, oqlar kelsa oqlar bayroğini tomining peştoqiga ilib qöyaveradiganlarning avlodlaridan gumonsirab, bular hali yana sinov kelsa yana öşanaqa böladi derdilar, keyinçalik dadamning neçoğlik haq ekanliklariga işonç hosil qildim. “Toğlar tuman qöynida” deb nomlangan hikoyamdagi Xolböta qörboşi qismatini ham dadam aytib bergandi, uni öz yordamçisi Saidmurod ponsad qizillarga sotgan. Şomil bilan Hojimurod tarixiga öxşab ketadi. Keyinçalik Lev Tolstoyning “Hojimurod” deb nomlangan qissasini öqiganimda, bu buyuk dahoning isteʼdodidan hayratlanib, dadamning oğzidan eşitgan oltin yombisi kabi bebaho syujetni jöngina bitikka aylantirib qöyganim uçun özimning ojizligimdan ingrab yuborayozganman. Dadam turli yillarda, turli davralarda, turli holatlarda buni behuda eslamaganlarini, bu yerda gap qizillar yoki oqlar haqida emas, eʼtiqodsizlik, vafosizlik, oçközlik, sotqinlik kabi insoniy illatlar haqida edi. Xolböta bilan Saidmurod, Şomil bilan Hojimurod tarixining boşqaça körinişlari Şekspir dramalarida ham, hozirgi hayot sahnalarida ham manaman deya körinib turibdi – buni faqatgina şekspirona ruh va tolstoyona dahogina tag-tubi bilan ilğab, insoniyatning tuban fojialarini körsatib bera oliş qurbiga ega. Aslida, sanʼatning kuçi ham şunda, boşqasi bekor! “Şörodan qolgan odamlar” qissamda şahardagi madrasani buzdirib, hojatxona qurdirib yuborgan qamoqxona boşliğining ayançli taqdiri ham real voqelik, dadam aytib berganlar. Nafaqaga çiqqaç, baxtimga dadam kolxozning olmazor boğida qorovullik qilganlar, negaki, bolaligimning eng ajoyib lahzalari mana şu davrga töğri keladi. Nafaqada ekanliklarida Surkat degan qişloqdan dadam bilan birga işlagan hamkasbi xabar olgani kelib: “Sizga gospitalga putyovka bor”, deganida, dadam qöllarini silkitib, pensionerning gospitalga borib davolanişi ölimni böyniga oliş bilan barobarligini sirli tarzda şipşiganlarini eslayman. 2003-yili dadam qazo qilganida ikki davlat (Özbekiston–Tojikiston) örtasidagi çegaradan ötiş duşvorligi bois dafn marosimiga amallab yetib borganman va sönggi lahzalarda yonlarida böla olmaganimdan juda ökinganman. Soddadil va toza odam bölgan dadamdan iç-içimdan faxrlanib yuraman. Alloh öz rahmatiga olgan bölsin!
Onam Qumri Bötayeva ikki tepalik naridagi Çorboğ degan qişloqda 1924-yili tavallud topgan (onamizni sizlamay atardik). Bolaligimda onamning etagiga tirmaşib tez-tez xolalarimnikiga, toğalarimnikiga borib turardim. Çorboğliklar sirtdan katta gap, manmansiraganday körinsa-da, xöroz hammayoqda bir xil qiçqirgan – millatimizga xos fazilatlar qatori qusur-u kamçiliklar ularni ham çetlab ötmagandi. Çorboğlik çavandoz-u polvonlarning dovruği yetti iqlimga ketgandi. Ğoyat mehribon, oqila Fayzi xolam (Alloh öz rahmatiga olgan bölsin!)ning umri uruşdan majruh bölib qaytgan qaynoğasining issiq-sovuğiga qaraş bilan ötdi. Uni biz Barot bobo derdik. Yetti-sakkiz yoşlar atrofida ekanimda, yoz kunlarining birida, kun qiziğiga qaramay onam şoşa-pişa boşiga römolini taşlab, Barotni qarindoşlari olib ketişga kelişibdi, deganiça ona qişloği sari yölga otlanganida, unga ergaşib, yöl-yölakay, qanaqa qarindoşlari, nega, degan savollarni qalaştirib taşlaganman. Çunki biz Barot boboni xolamning qaynotasi Köki boboning farzandi deb öylardik. Ammo şu kuni maʼlum böldiki, uruşdan avval, öttizinçi yillarda Köki bobo qiş çillasida bir kuni juvozxonadan taşqariga çiqqanida hovli darvozasi oğzida töqqiz-ön yoşlardagi yupun bir bolakay sovuqdan izillaganiça, yiğlab turganiga közi tuşadi. Köki bobo uni darhol içkariga olib, tançaga ötqazadi, keyin kimligini sörab-suriştiradi. Ammo bolakay xotirasini yöqotgan kabi lom-mim demaydi. Faqat ismi Barot ekanligini aytadi. To egasi çiqqunça deb Köki boboning oilasidagilar uni asrab olişadi, lekin hadeganda birov söramagaç, farzandlari qatori unib-ösaveradi. Mol boqadi, juvoz haydaydi. Er yetganida uruş boşlanib, u ham boşqa çorboğlik yigitlar qatori frontga jönab ketadi. U uruşdan majruh holda qaytib kelganida qişloq ahli yöliga çiqib, közyoş bilan qarşi olişadi. Majruhligi bois unga nafaqa puli tayinlanib, qilgan xizmatlariga yaraşa eʼtibor körsatib kelinadi.
Köki bobonikiga yetib borganimizda, hovli örtasidagi kattakon naşpoti soyasidagi sörida yetti-sakkiz kişi ötirişardi. Törda, Köki boboning yonida ötirgan Barot bobo hayit kunidagidek yasanib olgan (töğriroği, yasantirib qöyilgan!), boşida taxi buzilmagan öratepaça döppi, egnida ohori tökilmagan oppoq yaktak, xolam tikkan şohi belboğ belini sirmab turardi. Ularning çap tomonida, aka-uka bölişsa kerak, bir-biriga ikki tomçi suvdek öxşab ketadigan moşrang marğilonça döppili ikki kişi; öng tomonda esa ikki ayol ötirişardi. Ayollardan biri töyxona samovaridek yöğon gavdasini öqtin-öqtin qimirlatib qöygança, torlik qilayotgandek atlas köylagi yoqasidan yuqoriga kötarib-kötarib qöyardi.
Onam mehmonlar bilan söraşib turgan çoğda men sörining ort tomonidagi boğda, olma daraxti ostida mehmonlar şarafiga qöy söyilayotgan tomonga çopdim.
Bir mahal, kutilmaganda söri tomonda şovqin-suron eşitilib qoldi va hammamiz öşa tomonga ögirilib qaraganimizda, Barot bobo sörida tik turib olgança, qölidagi hassasini mehmonlarga öqtalayotganiga közimiz tuşdi.
– Ket, yöqol baring! – qiçqirardi u özini tutolmay, qölidagi hassasini faşistni qiyratgan miltiq deb gumon qilganiça.
Şoşib qolgan Köki bobo Barot boboning etagiga tirmaşib olgança yalinib-yolvorardi:
– Qöy, öğlim, qöy, axir qarindoşlaring, uzoq yöl bosib kelişgan…
– Kerakmas, kerakmas! – qiçqirardi Barot bobo yoş bola kabi. – Bunaqa qarindoşlar manga kerakmas, yöqolsin bari!
Mehmonlar bir-birlariga qarab qolişdi. Keyin örinlaridan turib, xayr-maʼzurniyam nasiya qilgança jönab qolişdi. Öşanda Barot boboni bu qiliği uçun yomon körib qolgandim.
Oradan yillar ötdi. Hammasi birin-ketin bu dunyoni tark etişdi. Barot bobo qazo qilganida yon-atrofdagi – Varsiq, Maydonça, Itorçi, Kenagas, Manğit, Yangiariq qişloqlaridan şu qadar köp odam yiğildiki, bunaqasi kamdan-kam bölardi. Ammo öşa qavm-u qarindoşlarning na erkagi, na ayoli qora körsatişdi. Keyin bilsam, öşa mehmonlardan biri magazinçi ekan, savdo-sotiqda rastrat qilib qöyganini aytib, qarindoşlari (Barot)ni orqa qilib kelganini, neça yillardan buyon nafaqa pulini yiğib kelayotgan bölsa, falon söm bölişidan öşa ötirişda uzoqdan kelib söz boşlaşi hamonoq Barot bobo (Alloh öz rahmatiga olgan bölsin!) çiday olmay, hassasini kötarib ularni quvib solgan ekan. Marğilon bilan Öratepaning Çorboğ qişloği orasi Qöqon orqali ötganda ham kamida ikki yuz kilometrni taşkil etadi. Ötgan asrning öttizinçi yillarida, qahraton qiş çillasida ön yaşar yupun bolakayning Köki bobo darvozasi oğzida qanday paydo bölib qolgani uning qavm-u qarindoşlari kelib ketişganidan söng ayonlaşgandek böpti. Ulardan birovi olib kelib taşlab ketgan-u, oradan öttiz yil ötib boşlariga iş tuşganda eslab qolişgan, deb çorboğliklar buni hanuzgaça muhokama-munozara qilib yurişadi. Ularning sözlaridagi çin-yolğon kafforatini birov bila olmas, haqiqat yolğiz Allohga ayondir! Bu dunyoda qilingan savob-gunohlar ajri endi Uning izmidadir! Abu Bakr Siddiq roziyollohu anhu deydi: “Yolğondan saqlaninglar. Çunki yolğon buzuqlik bilan birga va bu ikkisi ham dözaxdadir”. Luqmoni Hakim esa öğliga şunday nasihat qildi: “Ey öğilçam, yolğondan saqlan. Çunki yolğon çumçuqning göştidek iştahali, ammo ozgina fursatdan söng egasini ötda qovuradi”.
Bizning Maydonça qişloğida ham şunga öxşaş voqea bölgan. Qöşnimiz Abduraim bobo uruşdan avval dalada qöy boqib yurganida bir qozoq bolakayni daraxt ostida topib olib, ulğaytirgan, uyli-joyli qilgan. Uning ismi Jarqin edi, keyinçalik qavm-u qarindoşlari çiqdimi-yöqmi, xabarsizman, ammo rahmatli Jarqin boboning farzandlari, nevara-çevaralarini yaxşi taniyman, antropologik jihatdan ajralib turişsa-da, ular ham asil maydonçalik.
Onamning qişloğida maşhur odamlar köp. Boylar qavmidan sanalgani bois onamning otasi Matbobo ham ança-munça körgiliklarni boşidan keçirgan. “Boy bölib ham nima, – deya eslardi rahmatli onam. – Birovlardan ortiqça yeb, ortiqça kiymas edik, otam topgan-tutganini har hafta ostirgan katta qozonga soldirib, ehtiyojmandlarga şulon oşi tarqatib çiqardi”.
Uruş yillarida özi xon, kölankasi maydon kolxoz raisining razilligi tufayli otamning Boyovutga köçib ketişga majbur bölgan yaqinlari – bularning bari, öylab qarasam, millat fojiasiga ulanib ketgan insoniy iztiroblar ekan. Men bulardan uzoqlaşmoqçi bölganimda notöğri yöl tutganimni payqab qolib, keyinçalik baʼzi bir asarlarimda foydalanganman. Ammo uquvsizlik, mahorat yetişmasligi pand bergan, aytaylik, keng qamrovli yozuvçilar bunday voqealarni tutib olişsa, olamşumul asarlar yaratib taşlay olişardi. Men bir hikoyamni “Köçada qolgan ovoz” deb ataganman. Masalan, kolumbiyalik Markes ovozini köçada qoldirmagan, uning “Odamxudoning kuzi” romani aynan bizning, ayniqsa, sönggi davrdagi hayotimizni şundoqqina ipidan ignasigaça yoritib bera olgan. Bizdan şijoatni yulib olişgan.
Asarlarimga kelsak, dastlabki romanim “Qörğonlangan oy” söng “Şox” va “Utaşan. Yettinçi tong” degan romanlar yozdim. “Hayot”, “Köçada qolgan ovoz” deb nomlangan qissa va hikoyalardan iborat töplamlarim naşrdan çiqqan. “Boğ”, “Dil payvandi”, “Qaldirğoçlar yana qaytadi” seriallari va 100 dan ortiq hujjatli filmlarga, radiopostanovkalarga adabiy ssenariy yozganman. “Şox” deb nomlangan romanim qoraqalpoq xalqining isteʼdodli şoiri Bozorboy Seytayev tomonidan qoraqalpoq tiliga ögirilib, “Amudaryo” jurnali orqali qoraqalpoq öquvçilariga yetib borgan. “Özbekiston”, “Tafakkur qanoti” naşriyotlarida “Kayvonining mangu makoni”, “Qörğonlangan oy”, “Şohona sovğa”, “Donişmand ustaning hikmati” asarlarim çop etilgan. “Özbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy naşriyotida “Yulduzlarga eltar yöl” qissa va hikoyalar töplamim naşrdan çiqdi. Unga Özbek tili-adabiyoti va folklori instituti ilmiy tadqiqotçisi, filologiya fanlari doktori Marhabo Qöçqorova “Beqiyos neomifologizm” degan söz yozgan.
Hozirça şu. Yozuvçining tarjimai holi uning barça asarlariga taralib ketişiga endi inondim.
Şoyim Bötayev
1959-yili tuğilgan. Xöjand davlat pedagogika institutining Tarix-filologiya fakultetini tamomlagan. “Sirli yulduzlar”, “Dunyoning sarhisobi bor”, “Endi bari boşqaça”, “Şamol öyini”, “Kunbotardagi boğ”, “Hayot”, “Köçada qolgan ovoz” kabi qissa va hikoya töplamlari, şuningdek, “Qörğonlangan oy”, “Şox”, “Utaşan.Yettinçi tong” kabi romanlar muallifi.
2023/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


