Savol
Öngda rahmon – çapda şayton.
(Xalq naqli)
Yölda öngdan yuriş bu – yöl qoidasi!
Yöldamisiz?
Demak, amal qilasiz.
Gar uni buzguday bölsangiz şu on
Jazo muqarrardir, buni bilasiz.
Umr – yöl…
Şu qoida unda ham joriy,
Lek mudom vijdonning ipin uzasiz.
Jazo tayinligin bilib turib ham,
Yöl qoidasini nega buzasiz?!
Raşk
Seni özimdan ham qizğonib, ammo
Gullarga beribman quçoqlaringni.
Özim tişlamayin bir bora hatto,
Zirakka beribman quloqlaringni.
Qizğonib, qizğonib nurli yuzingni
Quyoş nurlariga silatib qöydim.
Soçingni öynagan şamolni bugun
Qalbimga qamab, söng uxlatib qöydim.
Qölingdan tutmadim heç qaçon, biroq
Qaro munçoqlarga uşlatib qöydim.
Izhorga atagan jurʼatimni men
Senga bir qaraşga işlatib qöydim.
Közlaringga boqib baxtni his qildim,
Ammo raşkim keldi ikki közimga.
Alloh nasib etsa bir kun visoling…
Qanday ravo köray seni özimga?!
* * *
Men tirilsam,
Tovuş bölaman.
(Usmon Azim)
Men qaçon tovuş bölaman?!
Qaçon tirilaman?!
Tirilgaç undoş tovuş bölaymikin
Va yoki unli?..
Undoş tovuş böliş ançayin muşkul.
Nafas yöllarida qança tösiqlarga
duçorlanişi ayon barçaga.
Tösiqlardan seskanib,
Qaror qilaymikin yoki unli bölişga?!
Bilmadim…
Bu endi, men bilan birga
Nafas yöliga ham uzviy boğliqdir.
…Farqladim. Undoş tovuşning ham,
xili köp ekan.
Nihoyat, nafas yölidaman…
Va şu ondan ahd qildim:
Bölmoqlikni, faqatgina undoş tovuş!
Undoş bölganda ham –
Sonor-ovozdor, jarangli, albat!
(Xudo xohlasa!)
Ayni dam didimga maʼqul tovuş – R!
Şundan söng murodlandim,
Undoş tovuş – R bölmoqqa!
Toki menga murojaat qilganlarning
un payçalarida
Mudom titroq tuğilaversin!
Darveşnoma
Odamlar uy berdi yuraklaridan,
Mana, umrim şunda ötkazayapman.
Ne-ki farz buyurgan bölsa Qodir Haq,
Tirişib bajoga yetkazayapman.
Odamlar uy berdi yuraklaridan,
Qişdan mehri bilan isinib ötdim.
Çanqoğimni bosib sözbuloğidan,
Sözning sehri bilan isinib ötdim.
Odamlar uy berdi yuraklaridan,
Bu yerda dunyodan yiroqda ösdim.
Samimiy tuyğular bağrida sarmast,
Hasadu riyodan bölmadi döstim.
Odamlar uy berdi yuraklaridan,
Uysizman, demoqqa bormaydi tilim.
Hayot abadiydir bu yerda, işon,
Bunda senga hukm öqimas ölim.
Odamlar uy berdi yuraklaridan,
Yurakda yaşamoq baxt ekan, bilsam.
Endi ham uyliman, baxtliman… Demak,
Endi bölar senga qönğiroq qilsam?!
* * *
“Men seni sevaman!..”
Lablarimdan otilgan bu öq sözlar,
uçib borar sening nişon – quloqlaringga.
Öq nişonga tekkaç,
yuraging qadamlari tezlaşib ketar,
kiprigingdan şaffof quvonç oqar ovozsiz.
“Men ham…”
Birdan sen-da öq uzasan nişonlarimga
Va tösatdan öq otarlar töqnaşib ketar…
Dilmurod Döst
1989-yili tuğilgan.
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Isteʼdod maktabi” respublika ijodkor yoşlarining I seminari (2010) iştirokçisi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” loyihasida “Köksimdagi quş” şeʼriy töplami çop etilgan.
2017/12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida