Özbek xalqining naqadar donişmandligi, hayot mohiyatini teran anglaşi maqolu naqllarimizdan ham ayon. Qisqa va lönda maqollar zamirida xalqimizning neça ming yillik tajribasidan ötgan, hayotiy haqiqatlar mujassam. Taʼbir joiz bölsa, maqollarni osmondagi yölkörsatkiç yulduzlarga mengzaş mumkin: turfa vaziyatlarda ana şu köhna hikmatlarga tayanib yöl axtaramiz.
Ammo, maqolning özida aytilganidek, guruç kurmaksiz bölmaydi – maqollarimiz orasida ham ayrim “kurmak”lar yöq emas. Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç” asarida bu haqda juda örinli yozgan: “Agarki eʼtibor bersak, tilimizda halollik va nopoklik haqidagi ibratli hikmatlar bilan birga, “Yölini topibdimi, qandini ursin”, “Uzumini yeng-u, boğini suriştirmang” degan maqollar ham borligidan köz yumib bölmaydi. Albatta, bunday maqol-matallar bejiz paydo bölmagan, ular ham maʼlum bir haqiqatning ifodasi. Binobarin, biz hayotning maʼno-mazmunini şunday tuşunib, şu asosda yaşaşga intiladigan kişilar ham borligini inkor etolmaymiz. Lekin, mening nazarimda, bunday gaplar odamning boylik va mol-dunyoni qanday yöllar bilan topayotganiga loqayd va beparvo qaraydigan, manfaatparast şaxslar tomonidan töqib çiqarilgandek tuyuladi”.
Xuddi şunday. Şubhasiz, bunday “maqol”larni qadim zamonlardan buyon poklik va adolatga suyanib kelayotgan katta xalqqa nisbat berib bölmaydi. Sohibqiron Amir Temur bobomizning “Kuç – adolatda!” degan şiorida ham, aytiş mumkinki, butun xalqimizning eʼtiqodi, xohiş-irodasi öz aksini topgan. Afsuslar bölsinki, ajdodlarimizdan meros bölib kelayotgan adolat tuyğusi şöro davrida maʼlum darajada şikast topdi, sobiq tuzum milliy qiyofamizga yot “maqolu naqllar”ning urçişiga, ildiz otişiga zamin yaratdi.
Bugun eng katta vazifalarimizdan biri – kamolga yetayotgan avlod qalbini adolat tuyğusi bilan töyintiriş, ularning ong-şuurini eski tuzumning ğirrom öyinlari asoratidan muhofaza qilişdir. Prezidentimiz aytganidek: “Odamlar adolat uçun jon beradi, adolat uçun özini ham ayamaydi. Hozirgi kunda Özbekistonda ana şunday mardlar ösib, voyaga yetmoqda. Men bugungi yoşlarimizni körsam, xayolimga şunday fikrlar keladiki, ey, sizlar boşqaça tarbiya olyapsizlar! Mutlaqo boşqaça! Bizning yoşligimizda bunday imkoniyat va şaroitlar yöq edi. Çunki biz boşqaça davrda yaşaganmiz, boşqaça mafkuraning mahsuli bölganmiz”. Bu gaplarda katta hayotiy haqiqat va, ayni paytda, bugun kamolga yetayotgan yoş avlodga nisbatan otalarça mehr, havas aks etgan. Şunday çeksiz mehrga nisbatan yoşlar qanday javob bermoği kerak? Albatta, çin farzandlarga xos sadoqat va ğayrat bilan özini körsatmoği, elu yurtga halol xizmat qilmoği lozim. Buning uçun esa, şubhasiz, baʼzi kaltabin kimsalar töqigan soxta maqolu matallarga eʼtibor bermasdan, katta maqsadlarni közlab yölga çiqiş şart böladi. Zero, yana bir maqolda aytilganidek, “Barvaqt qilingan harakat, hosilga berar barakat”.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

