“Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining markaziy kengaşi qaroriga binoan, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi munosabati bilan turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yoşlardan bir guruhi “Özbekiston belgisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
2003-yildan buyon öz egalariga topşirib kelinayotgan uşbu nişon vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini özida mujassamlaştirgan, Vatanimiz şarafini yuksaltirişga, xalqaro nufuzini oşirişga hissa qöşayotgan, ijtimoiy-siyosiy hayotda faol iştirok etib, tengdoşlariga namuna bölayotgan yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida Prezidentimiz farmoni bilan taʼsis etilgan.
Uşbu kökrak nişonga egalik qiliş iştiyoqidagi yoşlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu yil tanlov komissiyasiga 970 nafar nomzodning hujjatlari kelib tuşgan bölsa, ulardan 22 nafari sovrindorga aylandi. Hozirga qadar uşbu mukofotga jami 435 nafar yigit-qiz sazovor bölgan.
Omonulla Fayziyev,
“Xalq sözi” gazetasi xodimi:
– Bugun mamlakatimizga taşrif buyurayotgan xorijlik mehmonlarning yurtimiz haqidagi taassurotlari bilan qiziqib qolsangiz, Özbekiston boy madaniy merosga egaligi bilan bir qatorda yoşlar mamlakati ekanligini ham alohida eʼtirof etişadi. Men ana şu taʼrifga ikki oğiz qöşimça qilsam.
Mehnat faoliyatim bevosita respublikamizda yoşlarga oid davlat siyosatini yoritiş bilan boğliq. Tabiiyki, iş jarayonida önlab, yuzlab tengdoşlarim bilan muloqot qilaman. Ularning intilişlari, orzu va maqsadlarini gazetamiz sahifalarida yoritaman. Aytiş mumkinki, Özbekiston yoşlar mamlakati bölganida ham, oddiy emas, ilmga çanqoq, izlanuvçan, zehni ötkir yoşlarni tarbiyalayotgan diyordir.
“Özbekiston belgisi” kökrak-nişonini topşiriş marosimida ayni şu jihatlar yana bir karra yorqin namoyon böldi, desam yanglişmayman. Boisi, mukofotlangan yoşlarning har biri öz sohasida yurtimiz taraqqiyotiga hissa qöşib, xalqimiz dovruğini dunyoga yoyişga intilib kelayotgan navqiron avlod vakillaridir.
Zarinaxon Egamberdiyeva,
“Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining markaziy kengaşi bölim mudiri:
“Özbekiston belgisi” kökrak nişoni men qölga kiritgan birinçi mukofot. Kamtarona mehnatimni yuqori baholaşgani uçun minnatdorlik bildiraman.
Soğ tanda – soğlom aql, deydi dono xalqimiz. “Kamolot” YOIH tizimida 300 dan ortiq köngillidan iborat tarğibotçilar guruhi şakllantirilib, soğlom turmuş tarziga qaratilgan loyihalar amalga oşirilmoqda. Bunda yurtimizdagi barça tuman va şaharlar qamrab olinadi. Ana şunday faxrli va masʼuliyatli loyihalarda qatnaşayotganimdan, unga öz hissamni qöşayotganimdan juda xursandman.
Muhammadsiddiq Abdumutalov,
Namangan muhandislik-texnologiya instituti qoşidagi 2-akademik litsey öquvçisi:
– Dadam ham yoşlik çoğlarida sport bilan jiddiy şuğullangan ekan. Lekin hozirgidek şart-şaroitlar bölmagani bois çempionlik orzusi amalga oşmagan. Mana, oradan yillar ötib, dadamning orzularini men amalga oşirdim.
Kökrak nişoni bilan taqdirlanişim men uçun kutilmagan sovğa böldi. Bu rağbat menga yanada kuç va işonç bağişlaydi.
Xalqaro va jahon miqyosidagi musobaqalarda Vatanimiz bayroği köklarga kötarilganda, madhiyamiz baralla yangraganda har safar könglim ğurur va iftixorga töladi. Bu – Vatan tuyğusi. Bu tuyğuni söz bilan taʼriflab bera olmayman. Men bilan bir qatorda taqdirlangan barça umidli yoşlarni tabriklayman.
Barno Mirzayeva,
Özbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi:
– Taqdirlaş marosimida qattiq hayajonlandim, xursandligimdan yiğlab yubordim. Birinçi bor jahon çempionatida qatnaşganimda ham şunday holga tuşgandim. Nişonni olib, sahnadan pastga tuşgaç, xayol surib qolibman. Mendan keyin kimlar taqdirlanganini ham anglolmadim. Köz oldimdan uşbu mukofotni olişimga sababçi bölgan insonlar bir-bir ötdi. Çuqur nafas oldim, vujudim kuçga tölganday böldi. Öz-özimga: “Men bu bilan töxtab qolmayman, şuğullanişni kuçaytiraman va bildirilgan işonçga loyiq ekanimni isbotlayman!” dedim.
Nişonning nomidayoq çuqur maʼno-mazmun mujassam. “Belgi bölsa yöldan adaşmas, aql bölsa sözdan adaşmas”, deydi dono xalqimiz. Demak, uşbu yuksak mukofot egalariga Özbekistonning yuzi, ertangi kunini hal qiluvçi kuçi deb qaraladi. Mamlakatimizda biz, yoşlarga körsatilgan yuksak eʼtibor hamişa öz aql-zakovatimiz, bilim-tafakkurimiz, ğayrat-şijoatimiz bilan marrani baland olib yaşaşga undaydi.
Ğiyosiddin Önarov tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

