5 daqiqada öqiladi

259 marta körilgan

Ham eʼtirof, ham ğurur

Sobir Önar

Istiqlol – neʼmat, neʼmat bölganda ham aziz va mötabar neʼmat. Bugun bunga  şukr qiliş kerak, degan gap kamlik qiladi, binobarin, sadoqat körsatmoq lozim.

Sadoqat nima? Avvalo, xiyonatni öylamaslik. Istiqlol şukuhini idrok qilmoq. Yigirma beş yil avvalgi hayot  va bugunning örtasida yer bilan osmonça farq bor. Qaltis hayot keçardi. Qaltisligi şundaki, eski mafkura çirib bitgan, köpçilikning eʼtiqodi kommunistik mafkura bilan boğlanib ketgan, uning örniga tap-tayyor yangi mafkura yöq, iqtisod izdan çiqib bölgan, matbuotda xurmaça bir oşkoralik – hamma mard: oğziga kelganini gapiradi, jurnalist xayoliga kelganini yozaveradi, öziça nomaʼlum bir sirlarni foş qilib taşlaydi. Ammo… eşitadigan mömin banda yöq! Hamma gapiradi, mulohaza yöq.

Şunday boşboşdoqlik hukm surişi mumkin bölgan zamonda siyosatda öta prinsipiallik zarur bölib qoldi. Prezident Islom Karimov xalqning xohiş-irodasi ölaroq Mustaqillikni eʼlon qilib yubordi. Til uçun, istiqlol uçun özini kuraşçi deb yurganlar ham “ura!” deyiş örniga dong qotib qoldi. Odamlar Mustaqillik töda-töda bölib bökiriş, şior kötarib qiçqirişdan boşqaçaroq, ayni masʼuliyat, uning oldida har bir şaxs javobgar ekanini keyinroq angladi. Yakdillik eng prinsipial masalalarni böyniga olgan Şaxsga ergaşişda oğişmaslikda, Vatan bayroğini baqirmay… mahkam tutişda körinadi. Şunda el – el  böladi. Niyati, sözi, kuçi butun xalqni dunyo tan olaveradi.

Millatni sportçilar tezroq jahonga tanitadi, degan gap yuz karra töğri. Adabiyot ham, sanʼat ham, olimning iqtidori va kaşfiyoti ham tanitadi. Lekin har qaysisining  yöriği, örni boşqa, foydalilik darajasi ham özgaça. Futbolçi yoki boksçi öttiz yoşdan söng qölqopini, kedasini yeçib mixga ilib, futbol maydoni yoxud ring bilan xayr-xöş qilişi haqiqatga yaqin. Çunki kişining jismoniy imkoniyatlari çeklangani şunday deyişga izn beradi. Ammo… yozuvçining qalami aynan öttiz yoşdan söng çarxlana boradi, aqli ham tölişadi. Aytmatov, Markes, Odil Yoqubovlar sakson yoşda ham barakali ijod qilişdi. Demak, yozuvçi degan zot oltmiş yoşdan keyin pensiyaga çiqib, qalamni sindirib otmaydi. Xudo bergan isteʼdodini umrining oxirigaça namoyon qilaveradi. Şu qavmga taalluqli bölganing uçunmi, bu haqda öylaş odamga zavq beradi.

Bir paytlar Gogol: “Yoşlikning şunisi jozibaliki,  uning kelajagi bor”, degan edi. Darhaqiqat, yoşlikda ham joziba, ham surur bor. Yoş inson muvaffaqiyat pillapoyalaridan tez kötarila oladi.

Diyorimizdan ilgari ham maşhur sportçilar yetişib çiqqan. Vera Duyunova degan voleybolçi butunittifoq terma jamoasida ikki karra olimpiada çempioni bölgan. 1976-yilgi Monreal olimpiadasiga Özbekistondan atigi olti nafar sportçi borib, aksariyati medal bilan qayt­gan. Rufat Risqiyev finalda şişib ketgan yarador qöli bilan jang qilgani, raqibi amerikalik Maykl Spinksdan şu holida ham peş kelayotgani, oxir-oqibat raqibi ğirrom yölni tanlab, Risqiyevning çotiga zarba yöllab tirriqlik qilgani, sudyalar ğoliblikni Mayklga berib yuborişganini keçagiday alam bilan eslayman. Rufat Risqiyev öşandan ikki yil burun, 1974-yili Gavanadan jahon çempioni bölib qaytgan edi. Ammo sovet tuzumining nonkörligini köring, dunyo miqyosidagi peşqadam sportçilarini zarraça rağbatlantirmas edi.

Monreal olimpiadasiga olti sportçi borganini esladikmi, taqqoslaş uçun aytay, bu yilgi Rio de-Janeyro olimpiadasiga yetmiş sportçimiz yöl oldi. Sovrindor bölgan boksçilarimizning özi yetti nafar.

Kubadagi jahon çempionatida Fidel Kastro Rufat Risqiyevni olqişlab “özbek arsloni ekan” deganini men va mendan kattalar ğururlanib eslaymiz.

Braziliyadagi bu yilgi olimpiadada boksçilarimiz jahondagi manaman degan dongdor boksçilarni ham ayamay muştlab, uç nafari şohsupaning eng tepasiga çiqqani beixtiyor odamni tölqinlantiradi.

Hasanboy Dösmatov çempion bölganida tomoşabinlar qatorida ötirgan Fazliddin Ğoyibnazarov közyoş qilayotgan edi. Quvonçidan, albatta. Men bir neça oy burun özimizning “Sport” telekanalida Fazliddin va oilasi haqidagi hujjatli filmni tomoşa qilib, uni yaxşi körib qolgan edim. Sababi, u oilasiga juda mehribon, ayoli va jajji farzandiga iltifotli, turmuş örtoği ham aslida sportçi, farzandining oyoği çiqsa, uni ham sportga qaytarişga bel boğlagan sadoqatli er sifatida namoyon bölgan. Sportçilar içida ham xuddi ijodkorlarday  qalbi toshib turadiganlari böladi. Fazliddin şunaqa ekan. Boşqa sportçilarni ham alohida alqagan holda şu yigitning çempion bölişini şu qadar yuragimdan istab ötirdimki, novça kubalik Sotomoyorni döpposlaşga tuşganida eldan burun yiğlab yubordim. Keyin, jang tugagaç, Ğoyibnazarov mendan ham ötib tuşib yiğlaşga  tuşdi.

1980-yil, Moskvadagi olimpiadada Ruddi Fink degan nemis boksçisi finalda ğolib bölgaç, trenerining köksiga boşini qöyib şunaqa höngragan edi, hayhot, sira xayoldan kötarilmaydi.

Fazliddinning orqasida oilasi, jajji öğilçasi, ota-onasi, butun mamlakat, Prezident turgan edi. U oltin olmasam bölmaydi, deb şiddat qilgan edi. Men, özbek turganda nega boşqasi ilib ketişi kerak, deb ont içgan edi. Va… şu niyatiga Xudo yetkazdi. Astoydil niyat qilgan inson unga yetsa… yiğlab yuborişi tayin!

Bu – qalbi poklikning, eng muhimi – vatanparvarlikning belgisi. Yana – muhab­bat! Ha, muhabbat! Çunki u muhabbat odamlari qoşida yuzi yoruğ böldi. El-ulusning işonçini xatti-harakati, ğayrati, kuçi, epçilligi, zarbalari bilan oqladi! Butun Özbekiston “Otangga rahmat, Fazliddin, boplading!” deb hayqirayotganini jon quloği bilan eşitdi. Bu hayqiriqqa hayqiriq bilan aks sado berdi.

Aytiş joiz, albatta, bizda olimpiada çempioni, kumuş, bronza sovrindorlarini katta pul mukofoti bilan rağbatlantiriş hayratlanarli darajada yölga qöyilgan. Hatto katta, iqtisodi ösgan davlatlarda ham olimpiada çempioniga 200 ming AQŞ dollari berilmaydi. Bu – davlatning. vatanparvar farzandiga himmat körsatgani ramzi.

Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan mukofotlanganlar röyxatida yuksak natijalar körsatgan sportçilar ham unvonlar, ordenlar bilan taqdirlanga­n­i­­­­­­ni öqiymiz. “Vatan sening jasoratingni unutmaydi, balki öz vaqtida taqdirlaydi!” degan taʼkid bu.

Heç bir soha eʼtibordan çetda emas. Ayni çoğda adabiyot ham. Bir qator adiblarimiz, jumladan, yoşlar ham xizmatlariga yaraşa munosib taqdirlandi. Öz navbatida, ularni qutlaşga burçlimiz.

Bayram arafasida sportçilarimiz, özlarining nimalarga qodirligini namoyiş etişdi. Şuning uçun biz köproq ularni tilga olişimiz tabiiy. Barakalla, otaöğil, deb qöyiş ham yozuvçining burçi-da.

Matbuotda, televideniyeda, radioda yoşlarning çiqişlarini körib ğururlanib ketasan. Ular sözlarining oxirida “Vatanimiz bayroğini dunyo uzra yanada baland kötarmoqçiman!” deyişadi. Naqadar zör niyat. Hazrat Navoiy sözi bilan: “Umidim şulki, umidingga yetğil!” deging, peşonasidan öpib qöyging keladi.

Oydin, nurli kelajak haqida gapirişni xuş köramiz. Yurtimizdagi farovonlik, bunyodkorlik, töqçilik, tinçlik-farovonlikni körib, atigi yigirma beş yil muqaddam şunday turmuş xayolimizga kelganmidi, deb ham öylab qöyasan.

Niyat pok ekan, qadam töğri va şaxdam ekan, Vatanning ertasi, inşoalloh, yanada porloq bölğusi!

Sobir ÖNAR

1964-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. “Orzuga töla qişloq”, “Ovloq adirlar bağrida”, “Çaşma”, “Çambilbelning oydalasi”, “Bibisora” kabi qissa va hikoyalar töplamlari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)