986 marta körilgan

Dunyoni uyğotgan bobolar uyğoq…

Iqbol Mirzo

Buloq

Buloq közyoşining asl asosi

Anov çöqqilarda, tumanli toğda.

Mening ğussalarim manbai, rosti,

Ösmirlik yoşimda, juda yiroqda.

Buloq közyoşidan tiniqib içib,

Çanqoği bosilib, yölçi minnatdor.

Şeʼrlarimni öqib, yorişib içi

Yana sevib qopti, deguvçi ham bor.

Özingdan oldinda yur

Jamla, yiğvol özingni,

Özingni mustahkam qur!

Berib qöyma tizginni,

Özingdan oldinda yur!

Davr çopsin izingdan,

Çöğ saçrasin sözingdan.

Ortda qolma özingdan,

Özingdan oldinda yur!

Öv, bola, demasinlar,

Tez böl-a, demasinlar,

E, öl-a, demasinlar,

Özingdan oldinda yur!

Qadamlarni sanama,

On, damlarni sanama,

Odamlarni sanama,

Özingdan oldinda yur!

Haq yölin tutay desang,

Odamday ötay desang,

Bobongga yetay desang,

Özingdan oldinda yur!

Soddagina

Oyga eltar zina yöq,

Iç-etimni yeyman-da.

Qizginaga gina yöq,

Sevmaydimi deyman-da…

Şuning baxti qaytsin deb,

Menga bekor boqasiz.

“Yoqasiz” deb aytsin deb,

Köylak kiymiş yoqasiz.

Şaharga işi tuşgan

Özimning ohuginam!

Sevgi taşvişi tuşgan

Soddagina quvginam!

Osmon töla oq yulduz,

Ammo könglim zimiston.

Osmondan tuşsa gulqiz,

Olam bölgay guliston…

Közni baʼzi qizlardek

Böyolmadi, mayli-da.

Labböyoqni sizlardek

Qöyolmaydi, mayli-da.

Teleminor uzra gul

Közim olganday böldi.

Metro içida bulbul

Sayrab qolganday böldi.

Ey ustasi faranglar,

Ahvolimdan garanglar.

Qişloqiga qişloqi

Közi bilan qaranglar!

Maktub

Sendan maktub oldim: böm-böş bir varaq,

Yurak sensiz böm-böş deganingmi bu?

Yoki oq niyatga yozuvsiz bir şarh,

Yoki böş könglimga tutdingmi közgu?

Yoki muz ölkasin eslatib şundoq

Yodga solmoqçisan qiş-qahratonni?

Yoki soviganman dedingmi mutloq,

Behuda ötlarga solma deb jonni.

Menga xat yoz degan bölsang, ehtimol…

Ipak qoğozingga labimni bosdim.

Köçamda şovullab oqarkan şamol,

Sening maktubingga şu şeʼrni yozdim.

Ustoz şogirdlar

Taşakkur! Ming rahmat! Sadağa ketay!

Burnim yerga işqab qilaman taʼzim.

Qaysi til birlakim şarhi hol etay?

Keçagi şogirdlar bugun ustozim.

Biri der, pastkaşga qilmang yaxşilik,

Öz nasliga tortar eşak ham, it ham.

Boşqasi örgatar menga boqib tik,

Sulloh va surbetlar bölmagaydir kam.

Bittasidan uqdim: sir bu xazina,

Yaşirmoq şart uni yomon közlardan.

Biri bir umrlik dars berdi yana:

Qandkasal bölasan şirin sözlardan.

Birovi insonga işonmang, desa,

Odamzodni sevmang, deydi bittasi.

Özni asrang deya, öziga qolsa,

Meni tiriklayin yeydi bittasi.

Taşakkur! Ming rahmat! Köksimda qölim,

Asl ustozlarim sizsiz, ukalar.

Köçada ustoz deb tösişib yölim,

Bölajak ustozlar mayin suykalar.

Bandasin böynida qolib ketmas qarz,

Şogirdlar aytgandek qanoat lozim.

Hayot maktabida davom etar dars,

Keçagi şogirdlar bugun ustozim.

Özingizni ehtiyot qiling

Qaraganga qaramang, xonim,

Közingizni ehtiyot qiling.

Balki endi bölmas imkonim,

Özingizni ehtiyot qiling.

Oç nigohdan va past nazardan,

Şarmanda tor qilgan şahardan,

Uzuk közidagi zahardan

Özingizni ehtiyot qiling.

Begonadir sizga hasratim,

Devonadir köngil hazratim.

Sizni men özimdan asradim,

Özingizni ehtiyot qiling.

Sizdan boşqa kimim bor bugun?

Dilim hufton, yurak-bağrim xun.

Bir iltimos, bitta men uçun

Özingizni ehtiyot qiling.

Yuragimga egizak qizni

Öylab, ado böldim… ha, sizni…

Özi meni taniyapsizmi?

Özingizni ehtiyot qiling.

Sizni-ku bir taraf qöyganman,

Gullar bilan örab qöyganman.

Xudodan ham sörab qöyganman,

Özingizni ehtiyot qiling.

Sanasangiz hamki yetti yot,

Ehtiyot şart qildim ehtiyot.

Jon saqladim sizni etib yod,

Özingizni ehtiyot qiling.

Jonim otaşda tun-kun

Jonim otaşda tun-kun,

Yurakkinam tölmaydi.

Bu qizni seviş mumkin,

Lek uylanib bölmaydi.

Oyga boqmas, ayting, kim?

Unga xuştor köp bola.

“Sen ham suydingmi?” “Suydim”…

“Köppalami?” “Köppala!”

Qayda?! Yolğon hammasi!

Biz keldik, qani, pöşt-pöşt!

U qiz qizlarning asli,

Faqatgina… köngli böş.

Yuragi bormikin deb,

Qöyniga qöl solganman.

Bitta şapaloqni yeb,

Bitta öpiç olganman.

Aylanib ketgan olam,

Çirpiragan Kökdala.

“Yaşköraman judayam”…

“Köppalami?”  “Köppala!”

Çiroyli-da… Dil… Ana,

Oy tölib kelayotir.

Yuragimda jimgina

Örmalaydi xavotir.

Oy nur tökarkan sim-sim,

Bir şarpani körganman.

Oyqizni… qölim sinsin…

Bir şapaloq urganman.

Yuzin uşlab boqdi jim,

Közidan quydi jala.

“Qizğandingmi?” “Qizğandim!”,

“Köppalami?” “Köppala”…

Onam aytar: “Poyiga

Gul tökaman deysanmi?

Hoy bola, çiroyiga

Non botirib yeysanmi?

Tegirmon tepasida

Falonçining qizi bor.

Tagli-tugli, pazanda,

Gap-sözida tuzi bor”…

Jonim örtanar tun-kun,

Ona, könglim tölmaydi.

Unga uylaniş mumkin,

Lekin sevib bölmaydi.

Zilzila

Yana Yer seskandi… Yana bir qalqdi,

Hindukuş tarafda ofat öçoği.

Közin oçgaymi deb bu dunyo ahli,

Bobolarim ruhi bezovta, çoği.

Hoziq tabiblarning boşlari egik,

Luqmonlar hayratda zamonga qarab:

“Biz giyohdan malham kaşf etgan edik,

Bular zahriqotil tayyorlar, yo Rab!”

Iymon qalqonlari – muhaddislarim

Joynamoz ustida tavfiq söraydi.

Boburşoh suğurib qiliçin yarim,

Kaftini soyabon qilib qaraydi.

Mavlono Lutfiyga boqar Alişer,

Zamindan köz olmas malikul-kalom.

Neçun titramasin, axir, ona yer,

Yaʼjuj-maʼjujlarga siğinsa avom.

Şarif mozorlarda qarqiragan qon

Zamin javhariga yetdimikan yo?

Bir buyuk larzadan yaralgan jahon

Bir buyuk larzadan bölgaymi ado?

Dunyoni uyğotgan bobolar uyğoq,

Olamni qutqarar buyuk silsila.

Ey odam, ohista qöy yerga oyoq,

Hali töxtagan yöq sönggi zilzila.

Gap

Gap eşitib ulusdan, ajab,

Anglab yetdim, qayerda maʼni.

Eng yomon gap – yerda qolgan gap,

Eng yaxşisi – aytilmagani.

Iqbol MIRZO,

Özbekiston xalq şoiri.

 1967-yili tuğilgan. Farğona davlat universitetining özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Yurakning şakli”, “Köngil”, “Seni soğinaman”, “Meni eslaysanmi”, “Qöşiqlarim”, “Aytgil, döstim, nima qildik Vatan uçun”, “Seni bugun körmasam bölmas” kabi kitoblari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.