8 daqiqada öqiladi

181 marta körilgan

Katta yölning suyunçisi

Bahrom Rözimuhammad

1985-yilning kuz oylari. Poytaxtdan “bir ming bir yuz kilometr” olislikdagi, aniqroği, Turkmaniston Respublikasining Toşhovuz tumaniga çegaradoş Ijtimoiyotda, tuğilib-ösgan qişloğimda tinçgina yaşab, tumanimizning “Sovet paxtakori” otliğ gazetasi tahririyatining madaniyat va turmuş bölimida ğayrat solib işlab yurgan vaqtlarim, tahririyat qoşida “Nilufar” adabiy klubini taşkil etganmiz; uşbu klub faoliyati viloyat miqyosida namuna qilib körsatilayotgan edi; bugungi kunda qalam tebratayotgan ijodkorlar – Boltaboy Bekmatov, Salomat Vafo va Joziba­ning ijod namunalari klub sahifalarida tez-tez eʼlon qilinib turardi; eng asosiysi, öşa kezlarda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi­ning Xorazm viloyati bölimi adabiy maslahatçisi, zabardast şoir Matnazar Abdulhakim bizni qöllab-quvvatlar, töplamlarimizni muhokamaga qöyar, töplam ijobiy baholansa, poytaxt naşriyotlariga “uçirma” qilib yuborardi, agarda poytaxtdan vohaga taniqli adiblar kelsa, bizga sim qoqib çaqirtirar va yozgan-çizganlari­mizni ularning nazariga havola qilardi. Xullas, biz köpçilik ovora-yu sarson bölib Toşkentga borişning hojati yöq, degan fikrda sobit edik.

 Şunday farahbaxş kunlarning birida maşhur şoir Şavkat Rahmonning (u inson bilan Matnazar oğa taşabbusi bois Urgançda tanişgandik) tavsiyasi bilan “Yoşlik” jurnali­ning 10-sonida “Qaldirğoç” ruknida şeʼrlarim bosilgani xususida xabar topdim. Noyabrning boşlarida jurnal qölimga tegdi. Ilk sahifada uluğ şoir, “Yoşlik” jurnalining boş muharriri Omon Matjonning dastxati: “Ilk çiqiş Bahromboyga katta yölning suyunçisi bölsin!” Jurnalni şoşilib varaqlab, özimga tegişli yarim sahifaga köz taşlar ekanman xuddi osmon-u falakda uçib yurgandek böldim. Ha, öşa davrlarda, 80-yillarda respublika matbuotida şeʼr çiqariş oson emasdi. “Sariq gul” nomli turkumimdan ikki bölak olinib, “Fantastik şeʼr” deya nomlanibdi. Yana “Derazadan qarayotgan odam” turkumimdan ikki bölak… Aslini olganda, bu çiqiş kamina uçun naq fantastikaning özi edi!

 Men bundan 37 yil avvalgi voqeliklarni xotirga keltirib, his-hayajonlarimni eslab turibman; ayni kunimizda esa nafaqat mamlakat naşrlarida turkum, balki kitob çiqa­riş xamirdan qil suğurgandan ham osonroq  bölib qoldi; pulingiz yoki homiyingiz bölsa bas – kitoblaringiz izma-iz “tandirdan uzilaveradi”.

 

Aynan 1985-yilda “Tovuşsiz qadam” va “Terakka yaqin yulduz” otliğ şeʼriy töplamlarim viloyatda muhokamadan ötkazilib, Toşkent sari “uçirma” qilingandi. Bir tarafi öşa voqelik, ikkinçi tarafi ustoz Omon Matjonning dastxati bahonayi sabab böldi çoği, Matnazar oğa: “Endi Toşkentga ketmasang bölmaydi. Şavkat Rahmon ham şu fikrda – seni özi işlayotgan Ğafur Ğulom naşriyotiga muharrirlikka işga taklif qilyapti. Tezda yölga tuş!” dedi. Öylab qoldim: ehtimol, şogirdim ruhlansin deya, ustozning özi Omon Matjonga dastxat yozdirib kelgandir? Xullasi kalom, ustozimiz poytaxtga şu borganida kaminayi kamtarinning taqdirini ham hal qilib kelibdi.

Fursatni ğanimat bilib, dekabrning oxirlarida “qaydasan Toşkent” deyarak “tulporga qamçi bosdim”. Alalxusus, poytaxt adabiy muhiti bizga begona emasdi. Har holda, 5 yil mobaynida ToşDU “tufroğini yalaganmiz”. Tez orada maʼlum böldiki, kursdoşim, şoir Abduvali Qutbiddin ham “tulporiga qamçi bosibdi”. Şavkat Rahmon boşliq şeʼriyat bölimida tört oyça jamoatçi muharrir bölib işladim. Qölyozmalar tahriri bilan şuğullandim, içki taqrizlar yozdim, şu orada “doimiy propiska” masalasi ham ijobiy yeçim topdi. Hujjatlarim taxt edi. Bölim mudiri hujjatlarga birma-bir nigoh taşlab: “Bugun uyingizga borib dam oling. Ertaga direktorning qabuliga birga kiramiz” dedi. Yelkamdan toğ ağdarilganday böldi. Negaki, işga kiriş jarayonim rezinkadek çözilayotgan edi. Dadam va onam, yaqinlarim, “Sovet paxtakori”dagi hamkasblar, yor-u döstlar kaminaning “redaktor” (öşa davrlarda “muharrir”ga “redaktor” deyişardi) bölişimni kutişayotgandi.

“Toşkentga kelganimga ham tört oy böldi. Hali Omon Matjon bilan körişmadim. Dabdurustdan naşriyotga işga kirib ketsam… Nega bizdan xabar olmading, deya xafa bölar” qabilida öylab, “Yoşlik” jurnali tahririyati sari yuzlandim. “Eşitdik kelganingizni, bizni yöqlamadingiz?” dedi ustoz hol-ahvol söraşarkan. Söng u, “iş bitdi” deyişimga qaramasdan telefonga uzandi: “Şavkatbek, Bahromboyni bölimga qabul qilib, savobga doxil bölibsiz…” – deya kaminani maqtab boşladi. Ertasiga esa aynan şu ortiqça maqtov sabab böldimi, bilmadim, Ğafur Ğulom nomidagi uluğ naşriyotda işlaş nasib qilmadi.

Ikki-uç kunni oralatib “Yoşlik”ka bordim. Boş muharrir meni tahririyatga yarim ştatlik texnik muharrirlikka işga qabul qildi. 1986-yilning 18-aprelida buyruq çiqdi. Öşa sanadan eʼtiboran to 1989-yilning 12-iyuniga dovur “Yoşlik”da işladim. Avval publitsistika bölimida. Şeʼriyat bölimi mudirasi Gulçehra Jörayeva uzoq muddatli ijodiy taʼtilga çiqqanidan söng şu bölimni vaqtinça boşqarib turdim. Faoliyatimning oxirgi mavsumida rasman nazm bölimi mudirligiga tayinlandim.

Astoydil öylab qarasam, mazkur jurnalga işga kirib “oltin davr” havosidan nafas olgan ekanman. Boisi şuki, aynan 1986 – 1989-yillar miyonasida “Yoşlik” gurkiragan edi. Öziyam jurnal adadi 350.000 nusxadan oşib ketgan, Murodjon Mansurov, Nosir Muhammad, Nurilla Otaxonov, Nabijon Boqiy, Ravşan Fayz, Şukur Sodiq kabi öşa zamonning faol ijodkorlari bilan birga faoliyat körsatiş zavq-u şukuhli tuyilardi. Heç ikkilanmay aytiş mumkinki, “Yoşlik” jurnali şu vaqtlarda barça jurnallarni “çangda qoldirib” ketgandi. Talaba qalamkaşlardan tortib toki yetmişga yetgan nomdor adiblargaça şeʼr-u dostonlarini, tarjima asarlarini kamina nazariga havola qilar edilar. Darvoqe, 80-yillarda hali unçalik ham maşhur bölmagan Muhammad Yusufning tortinibroq kelib, turkum şeʼrlarini topşirgani, “bir öqib köring-çi?” deganlari, Iqbol Mirzoning qöllarini köksiga qöyib: “Çiqmasa ham mayli. Qişloqqa qaytganimdan söng şeʼrlarimni Bahrom Rözimuhammad öqigan, deyman-da, maqtanib yuraman” deganlari yodimda. Bu davrlar huzurbaxş davrlar edi, obrö-eʼtiborimiz joyida, “Yoşlik” közlarga surib öqilardi, şaxsan men özim poytaxt­ning biror kioskasida bu jurnalning “turib qolganini” körmaganman.

Barça bölimlar faol harakatda: nazm, nasr, publitsistika, sanʼat va adabiy tanqid jabhalari­dagi eng yaxşi asarlarga xaridor edik. Böş narsa­larga qayta va qayta sayqal berilar, şundayam talabga javob bermasa, jarayon töxtatilardi. Ayrim asarlar esa hali bosilmasidan qölma-qöl ötar, goho qirqib-qirtişlanardi.

Boş muharrir Omon Matjon: “Menga har kuni ertalab kelib, çoy höplab ötiradigan xodim kerakmas, vaqt masalasi meni umuman qiziqtirmaydi. Taşabbus bilan çiqadigan xodimlarni qadrlayman”, deguvçi edi. Kamina tahririyatda uç yildan oşiqroq işladim, biron marta boş muharrirning ovozini kötarib gapirganini körmaganman.

Şaxsiy kuzatuvimga köra, öşa zamonlarda porlagan yulduzlar – Erkin Vohidov, Abdulla Oripov hamda Omon Matjonning özaro munosabatlari iliq edi.

Aynan şu tahririyatda işlab yurgan kezlarimda Yahyo Toğa, Aʼzam Öktam, Çori Avaz, Rauf Subhon kabi ijodkor döstlarimiz bilan birgalikda Rauf Parfining uyiga borganmiz. “Bahromjon, sizning şeʼrlaringizni öqiganman. “Yoşlik”ning sakson beşinçi yilgi öninçi sonida çiqqan”, degandi öşanda ustoz. Eʼtiboriga, xotirasiga qoyil qolganman. Şu lahzalarda miyamdan: “Özini adabiyotga daxli bor deb hi­­soblaydiganlarning hammasi jurnalimizni öqirkan” qabilida fikr yalt etib ötib ketgan.

Sakson töqqizinçi yillarning boşlari­­da oşkoralik şabadalari ğir-ğir esişga kirişgan davrda boş muharririmiz yanada “demokratlaşdi”. Yodimda, majlis ötkazib, “Kelinglar, bitta sonni yoşlarning özlari tayyorlaşsin. Biz kattalar çekkaga çiqib turamiz, ularning işla­riga aralaşmaymiz, özlari reja tuzsinlar”, degan edi. Ğayrat-u şijoat ila reja tuzişga kirişganmiz. Rejaga Amir Temur, Ahmad Yassaviy, Şayx Najmiddin Kubro haqidagi badialar, “Paxta yakkahokimligiga qaçon barham beriladi?” otliğ keskin maqolalar kiritilgandi. Tala­şib-tortişib tuzilgan reja matnini Abdul Jalil ikkovimiz boş muharrir­ning eʼti­boriga havola etganmiz. Şunda Omon Matjon matnni öqib: “Hay-hay, bularni çiqarsam naq boşim ketadi-ya?!” degan. Alhol, “inqilobiy” rejamiz amalga oşgani yöq. Rahbarimiz bittagina taklifni xuş qabul qildi. Bu ham bölsa, “Modernburçak” rukni edi.

Yodimda, jurnalimizning 1989-yilgi 5-sonida şu rukn ostida toşkent­lik şoira Larisa Dabijaning turkumini eʼlon qildik. Şeʼrlarni ka­mina rus tilidan ögirdim. Heç kutilmaganda, rukn noxuş qabul etildi. Hattoki, tahririyatdagilar ham Dabija şeʼrlariga qayrilib qaramadilar. “Modernburçak” rukni “tuğildi-yu öldi”.

Xuddi öşa yilning may oyida qardoş xalqlar bilan adabiy aloqalarni rivojlantiriş masalasi kun tartibiga qöyildi. Boş muharrir topşiriğiga binoan Matnazar Abdulhakim ikkovimiz Aş­xobodga uçdik. Turkmaniston yoşlarining “Yaşlik” jurnali tahririyati bilan hamkorlik qilişga kelişildi.

“Yaşlik” jurnali tahririyatining bir qavatli binosini körkamgina boğ qurşab turar ekan. Çor atrofdan yaşillikning, gul-u çeçaklar­ning ifori ufurardi.

Boş muharrir uyiga taklif qilgani, turkman gilamlari ustida çordona qurib suhbatlaşganimiz yodimda. Turkman şoir-u nasrnavislari dömbirani sayratib, qöşiq aytganlarida hayron qolganmiz. Qöşiqlarda Turkmaniston sahrolaridagi yovvoyi tovuşlar tovlanayotgandek böldi.

Eski qadrdonimiz, turkmanning zabardast şoiri Omondurdi Annadurdiyevning ikki oilasi bor ekan. Aşxoboddagi uyiga taklif etdi. Uzun köylak kiygan rafiqasi yelib-yugurib xizmat qildi. “Marvda yana bir oilam bor. Boğimizda öriklar ğarq pişib turibdi. Örik yeb ketasiz­lar!” dedi u. Matnazar aka bajonidil rozi böldi. Mening esa könglim notinç edi. Qizim Nilufar kasallangandi. Tezroq qişloqqa qaytişim kerak. Uzrimizni aytdik. “Endigi safar Turkmanistonda bir oy yaşaydigan bölib kelamiz”, dedik.

Darvoqe, Omondurdi Annadurdiyev ruboiylarini Matnazar Abdulhakim maromi­­ga yetkazib ögirgan. Şundan bir şingil:

 

Sensan yuragimning sehri, faxri ham,

Sensan yuragimning mehri, qahri ham,

Faqat asalimas, asalarining

Jonga darmon axir nişi, zahri ham.

Bir hafta mobaynida Feruza şaharçasidagi Adiblar uyida yaşadik. Dörmon boğlarini yodga soladigan ijodkorlar qönalğasi nihoyatda bahavo edi; avvallari Eron tasarrufida ekan; Kopetdoğ çöqqilari şundoqqina körinib turardi. Keyinçalik men fors modern şoirlari ijodi tahliliga bağişlangan “Kopetdoğ ortidagi diyor” otliğ badiamda uşbu safar taassu­rotlarini ham ifoda qilib ötdim.

Öylab qarasam, haqiqatan “Yoşlik” ka­mina uçun “katta yölning suyunçisi” vazifasini ado etibdi. 1985-yildan toki 2014-yilga dovur suyukli jurnalimizda köplab şeʼriy turkumlarim, tarjimalarim, maqolalarim yoritilgani fikrim tasdiğidir. Mana, işxonamdagi javonda “Yoşlik” jurnalining 2014-yilgi 1-soni… (Buyam 10) “Oqşom tevarakni yaşirgan edi” sarlavhali turkumimga qayta köz taşlayotib xayolga toldimki, jurnal bilan roppa-rosa 29 yil davomi­­da hamkorlik qilibman. Umrimning eng gözal bölaklari – oltin yoşligim “Yoşlik”ka daxldor bölibdi. Bundan şodman.

Bahrom Rözimuhammad

 

1961-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (endilikda ÖzMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Şoirning “Tovuşsiz qadam”, “Terakka yaqin yulduz”, “Ikki nur”, “Davsaman”, “Tinç gullaydigan daraxt”, “Kunduz sarhadlari”, “Soyalar suhbati”, “Men özimni unutdim” (özbek va nemis tillarida Germaniyada çiqqan) kabi şeʼriy töplamlari eʼlon qilingan.

 

2022/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)