Yaqinda Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri Erkin Vohidov haqida şoirning umr yöldoşi Gulçehra aya Vohidovaning “Qalbim ardoği” nomli xotira kitobini öqib qoldim.
Muallif “Qalbim ardoği”da Erkin Vohidov hayot yölini tökis qamrab olişga harakat qilgan va şoirning turli yillarda işlagan idora va taşkilotlari haqida ham qalam tebratgan. Ana şunday manzillardan biri “Yoşlik” jurnalidir. Gulçehra aya “Yoşlik”ning yoşligi” deb nomlangan bölimda: “Jurnalning birinçi soni qölga tekkan kun esimdan çiqmaydi… Jurnal öşa davrdagi yoşlar uçun katta sovğa edi. Jurnal orqali köplab yoş mualliflarga yöl oçildi. Bir talay yangidan-yangi nomlar körindi, şuningdek, ularning ismlari, yozgan asarlari oğizga tuşdi”, deya yozadi.
Bu qisqa jumladan yoş ijodkorlar uçun bir minbar paydo bölganligi, bu minbar adabiyotimizga, maʼnaviy dunyomizga qança katta taʼsir körsatgani köz öngimda namoyon böldi.
“Yoşlik”ning ilk sonini qölga olib varaqlasak, naşrga xalqimizning ardoqli farzandi, davlat va jamoat arbobi Şarof Raşidovning oq yölini öqiymiz. Şarof Raşidov bunday yozadi: “Yoşlik” jurnali adabiyotimiz gulşanida öziga xos nurafşon bir boğ bölib qolsin. Bu boğga qadam qöyganlar undan hamişa xuşnud, köngli munavvar bölib çiqsin. Unda amal olguçi nihollar çinor misol gurkirab össin va çinordek umri boqiy bölsin”.
Yoş ijodkorlarning va jahon adabiyotining eng sara adabiy asarlarini tarğib qilişni, adabiy va ijtimoiy hayotdagi dolzarb masalalarga jamoatçilik eʼtiborini qaratişni, yoş isteʼdodlarni kaşf etişni hamda ularning badiiy-estetik didini şakllantirişni maqsad qilgan naşrga dunyo tanigan adiblar ham tabriklar yöllaganiga guvoh bölamiz.
Ana şunday qutlov xatlaridan biri maxaçqalʼalik Rasul Hamzatovga tegişli: “Özbekistonda yangi yoşlar jurnali çiqayotganini eşitib, ğoyat xursand böldim. Çin yurakdan tabriklayman. “Yoşlik” jurnali har bir navqiron özbek uçun, barça Özbekiston yoşlari uçun öziga xos pasport bölib qolişini istayman. Jurnalga katta tiraj, millionlab muxlis va eng muhimi, yetuk asarlar tilayman”, deya yozgan bölsa, yana birini Ufadan Mustay Karim: “Qanday yaxşi, özbek yoşlari öz adabiy jurnaliga ega böldilar! Quvonçimning çeki yöq. Imonim komilki, “Yoşlik” gözallik va oqillik muxlislarining suyangan döstiga aylanajak. Yana şunga imonim komilki, “Yoşlik” nigohini istiqbolga tikkan holda, öz xalqining köp asrlik maʼnaviy merosiga ehtiyotlik, sadoqat bilan munosabatda böladi. Zero, ötmişga hurmat hissi kelajakka işonç tuğdiradi…” deb tilak bildirgan ekan.
“Yoşlik”ning qariyb qirq yillik jamlanmalarini körsangiz, hozirgaça öquvçilar qöldan qöymay öqib kelayotgan köplab badiiy jihatdan yetuk asarlarga ayni şu naşrda duç kelasiz. Anglaysizki, özbek adabiyotida yangi ohangdagi hikoya-yu qissalar, turkum-turkum şeʼrlar va jahon adabiyotidan sara asarlarning tarjimalari jurnalni mamlakatning eng nufuzli adabiy naşrlari qatoriga qöşgan.
Nazarimda, uluğ ijodkorlarning “Yoşlik”ka bildirgan tilaklari ijobat böldi. Naşrni elga manzur qiliş yölida önlab isteʼdodli adiblar mehnat qildi. Ayniqsa, saksoninçi yillarning söngi va töqsoninçi yillar boşida jurnalda xalqimizning istiqlol orzusi, özbek tilining mavqeyi, qatağon yillarida qurbon bölgan ziyolilarimiz boşiga tuşgan oğir kunlar, xorijda yaşayotgan vatandoşlarimiz haqida ijtimoiy-publitsistik maqolalar yoş ijodkorlar tomonidan yozilganida yanada ravşanroq körinadi.
Bugun esa ikki kişi suhbatlaşsa, bilingki, ularning biri “kunning bir tutamligi”dan, ikkinçisi, albatta, “tunning kiprik qoqqunça” ekanligidan gapiradi. Rostdan ham şunday, bir qarasak, deraza tagida bir tup örik gullaydi, bir qarasak, poyimizda çinor yaproqlari şovullaydi. Soat esa çiqillaydi…
Töğriroği, bugun zamon özgardi, adabiy qaraşlar özgardi, vositalar özgardi. Bir paytlar Rossiyada “Yunost”, Qozoğistonda “Jalin”, Ozarbayjonda “Ulduz”, Armanistonda “Gurun”, Belarusda “Mladoss” kabi yoşlar ijodini çop etib kelgan naşrlarning ham hozirgi ahvoli avvalgidek emasligi köpçilikka maʼlum.
Ammo bir quvonç borki, u ham bölsa, şu özgarişlar tölqinida adabiyotimizga önlab isteʼdodli yoşlar qadam taşlayotir. Bu, albatta, mamlakatimizda yoşlarga berilgan keng imkoniyatning, ularga qaratilayotgan eʼtiborning natijasi ölaroq yuzaga çiqyapti. Maʼlumki, ijodkorning obrösini oşiradigan, naşrning nomini kötaradigan yagona omil bu, albatta, yuksak saviyadagi asardir. Asar öquvçilarning qalbiga yöl topsa, unda katta taassurot qoldirsa, şubhasiz, muallif ham, uning asarini çop etgan naşr ham tilga tuşadi.
Buning uçun yoş ijodkorlar ham, tahririyat ham izlanişi, adabiy pişiq asarlar yozişga, çop etişga intilişi kerak. Jurnal esa ularga uluğ ustozlardan maʼnaviy merosdir. Bu borada zamonaviy texnologiyalardan ham keng foydalanadi. Endilikda, yoshlikjurnali.uz sayti orqali Siz qirq yillik jamlanmalarni va bugun naşr etilayotgan asarlarni turli formatlarda öqiş imkoniga ega bölasiz.
Şu bois “Yoşlik” isteʼdodli yoşlarning OVOZI böliş, ularni adabiy jamoatçilikka yaqindan taniştirib borişda kuç va ğayrat bilan harakat qiladi. Öylaymizki, bu yölda, avvalo, yoşlarning özi jonbozlik körsatadi. Nozim Hikmat aytganidek: “Yoşlik, bu – orzu. Bu – işonç. Bu – jasoratga intiliş. Bu – lirika va romantika. Bu – kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Bu – istiqbolning boşlanişi”.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


