2 daqiqada öqiladi

738 marta körilgan

Sultonga dars bergan qul

Sultonga dars bergan qul

Ayoz ismli bir qul taqdir bölib, Sulton Mahmudning xizmatkori bölibdi. Sulton qulining odob-axloqini körib, uni yaxşi körib qolibdi. Şunçalik işonçini qozonibdiki, butun saltanatning xazinaboni etib tayinlanib, saroyning barça xazina-boyliklari unga topşiriladigan bölibdi. Bu holatni körgan saroydagilarning baʼzilari bunga hasad qilişibdi. Hasad va kibrlari tufayli “şunday oddiy bir qulga bunçalik katta mavqeʼ berilişi”ni va özlarining şu darajada ham obrölari yöqligini özlariga singdira olmabdilar. Holat şunday davom etgaç, Sultonga har kuni, har xil bahona bilan Ayozdan şikoyat qila boşlaşibdi. Uning obröyini tuşiriş uçun qöllaridan kelgan hamma yölni sinab körişibdi.
Kunlarning birida Sultonning huzurida bir saroy aʼyoni ikkinçisiga: “Qul Ayoz xazinaga tez-tez qatnaydigan bölib qoldi, bilasanmi? Menimça u gavharlarimizni öğirlab yuribdi. Bunga aminman”, debdi.
Buni eşitgan Sulton quloqlariga işonmay “Haqiqatdan ham şundaymikin, şunday bölsa öz közim bilan körayin” deb, xazina xonasi devoriga kiçkinagina teşikça teşdiribdi. Şunday qilib, içkarida bölayotgan narsalarni tomoşa qilişni boşlabdi.
Keç tuşibdi, qul sekin saroy xazinasiga borib, eşikni ham bildirmasdan yopib içkariga kiribdi. Sulton qulning sandiq oldiga yaqinlaşganini köribdi. U yerda yaşirib qöygani kiçkinagina bir tugun ekan. Tugunni öpib, peşonasiga surtib uni oçibdi. Içidan qullik payti kiygan eski-tuski kiyimi çiqibdi. Uni kiyib oynaning oldiga ötibdi. Öziga özi: “Avvallari şu kiyimni kiyib yurganingda kim ekanligingni eslaysanmi?” – deb sörabdi. – Heç kim… Bor yöği sotiladigan qul eding, xolos. Alloh senga Sultonning qöli bilan, loyiq bölmasang ham Öz rahmatidan şunday neʼmatlarini lutf qildi. Aslo qayerdan kelganingni unutma! Çunki mol-mulk insonning aqlini oladi, unutişga majburlaydi. Şunday ekan, sen ham sendan kamroq neʼmatga ega bölganlarga past nazar bilan qarab, kibrlanma! Buni aslo unutma, ey Ayoz! – deb sandiqni yopib, qulflabdi va sekingina eşikdan çiqibdi. Xazinadan çiqar-çiqmas, Sulton bilan yuzma-yuz kelibdi. Şunda Sulton Ayozga qarab turib, közidan dona-dona yoş oqa boşlabdi. Sulton gapirişga ham qiynalib, tomoği ham tiqilib qolibdi va özini majburlab bölsa ham quliga şunday debdi:
— Bugunga qadar boyliklarimning xazinaboni eding. Endi… Qalbimizning ham xazinaboniga aylanding. Menga, haqiqiy Sultonim oldida heç kim ekanligimni va unga qanday munosabatda bölişim kerakligini örgatding…

Manba: Jaloliddin Rumiy. “Masnaviy”
Turk tilidan Abdulloh Rahimboyev tarjimasi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)