“Isteʼdodli yoşlar – yurt tayançi” şiori ostida ötkazilayotgan tadbirlar davomida “Yoşlik” jurnali ijodkorlari yurtimizning turli hududlarida bölib, yoşlar bilan muloqotga kirişmoqda, ularning orzu-intilişlari, maqsadlari bilan qiziqayotir. Uçraşuvlardan birida: “Omad degani bor gapmi? Insonning baxtli bölişida uning örni qanday?” degan savol berildi. Tabiiyki, katta hayot ostonasida turgan har bir yigit-qizni öylantiradi bu savol.
Aslida, bu dunyoga kelişimizning özi omadli ekanimizga dalil emasmi? Hikmatli qonuniyat – heç narsa tasodifiy, şunçaki röy bermaydi. Har bir gödak aniq vazifa bilan bu olamga keladi. Hamma gap – ana şu maqsadni, hayotning boş maʼnosini anglab yetişda. Aks holda, çalkaş yöllarda surinamiz, omad ham bizga begona bölib qolaveradi.
Muhtaram Prezidentimizning quyidagi sözlari yoş avlod uçun yölçi yulduz vazifasini ötaydi: “Avvalambor, bilimga intiliş, ikkinçidan, heç tortinmasdan boşqalardan örganiş kerak. Men bolalarimga aytmoqçiman: aziz farzandlarim, heç qaçon öqiş-örganişdan, izlanişdan uyalmanglar. Odamzod bor ekan, umrining oxirigaça örganadi. Men hamma narsani bilaman, deb boşqalarni pisand qilmasdan yuradigan odamning heç qaçon biri ikki bölmaydi”.
Mana, omadning boş siri!
Şu örinda bir rivoyat yodga tuşadi. Aytişlariça, ustoz qoşiga bir şogirdi kelib, hayotda omadim çopişi uçun nima qilmoğim kerak, deb sörabdi. Ustoz unga boşini suv töla idişga solişni buyuribdi, söng özi uning soçidan çangallab, bosib turibdi. Şogird bor kuçini işga solib, zörğa boşini suvdan çiqarib, yengil nafas olibdi. “Mening qarşiligimni yengayotgan çoğingda qanday istakni his qilding?” deya sörabdi ustoz. “Nafas olişni…” debdi şogird. “Yana nimani?” – qiziqibdi ustoz. “Boşqa heç narsani”, javob beribdi şogird. Ustoz şogirdiga jilmayib: “Omadga erişişning yagona yöli şu – nimani istaşingni aniq bil va boşqa heç narsaga çalğima”, deb javob bergan ekan.
Barça ezgu orzu-istaklari röyobi uçun yetarli şart-şaroit yaratilgan Vatanda yaşayotgan yoşlarimizga qarata şu savolni bergimiz keldi: siz hayotdagi öz vazifangizni, maqsadingizni aniq tasavvur qila olyapsizmi?
“Ha”, desangiz – demak, siz omadlisiz! Manzilni töğri belgilagan va unga eltuvçi yölda sobitqadam bölgan insonga hamma narsa – taqdirning özi ham yordamga şoşiladi. Faqat yana öşa gap: intilişdan çarçamasangiz va örganişdan uyalmasangiz bas…
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

