“Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus taʼlim, Madaniyat va sport işlari vazirliklari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yoş pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oşiriş “Isteʼdod” jamğarmasi va boşqa taşkilotlar hamkorligida taşkil etilgan “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” şiori ostida Yoşlar haftaligi ötkazildi.
Haftalikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, “Nihol” mukofoti, “Özbekiston belgisi” kökrak nişoni sovrindorlari, xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, sport musobaqalari ğoliblari, sanʼat va madaniyat namoyandalari, taniqli ilm-fan arboblari, kino va moda yönalişida ijod qilayotgan xorijiy ekspertlar iştirok etdi.
Ilmiy-ijodiy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy xarakterga ega bölgan mazkur tadbir Özbekiston Respublikasida 2015-yilda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar dasturiga muvofiq ötkazildi.
Yoşlar haftaligi doirasida:
1. Qisqa metrajli filmlar festivali;
2. Moda va dizayn festivali;
3. Talabalar teatr studiyalari festivali;
4. “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi;
5. “Tafakkur sinovlari” tanlovining final bosqiçi;
6. “XXI asr – intellektual avlod asri” şiori ostidagi ilmiy-amaliy konferensiya;
7. “Yangi nigoh” videoroliklar tanlovi sovrindorlarini taqdirlaş marosimi kabi tadbirlar bölib ötdi.
Feruza Otaxonova,
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Libos dizayni” kafedrasi mudiri:
– Yoşlarning zamonaviy bilim va könikmalarni puxta egallaşi uçun barça şart-şaroitni yaratiş, ijodkor, izlanuvçan va taşabbuskor yigit-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning muhim yönalişlaridan biridir.
Mazkur tadbir doirasida Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat, Toşkent arxitektura-quriliş, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutlari talabalari va erkin ijodkorlarning asarlari namoyiş etildi.
Şahzoda Mahkamova,
Respublika rassomlik kolleji Teatr liboslari sanʼati rassomi bölimi öquvçisi:
– Kolleksiyamni yaratişda turli tesmalardan foydalanganman. Şu bilan birga kolleksiyamni yorqin ranglar va quş patlari bilan boyitdim. Niyatim kelajakda özbek moda olamining yorqin namoyandasi bölib, milliy liboslar böyiça boy kolleksiyaga ega böliş.
Usmon Samuğjonov,
“Özbekistonning turizm salohiyatini namoyon etgan eng yaxşi videorolik” yönalişi ğolibi
– Bizning yurtda isteʼdodi, fikri, ğoyasi bor har bir inson qöllab-quvvatlanadi. Buni ayni paytda yana bir karra his qilayapman. “Yangi nigoh” videoroliklar tanloviga “Özbekistonga xuş kelibsiz!” nomli ijodiy işim bilan iştirok etdim va 1-öringa loyiq deb topildim. Roligimda kun sayin taraqqiy etib borayotgan davlatimizning qölga kiritayotgan yutuqlarini, qadimiy obidalariyu zamonaviy binolarini aks ettirganman. Şubhasiz, biz yoşlar Vatanimizning har bir qariç yerini sevib, u bilan çeksiz faxrlanamiz!
Çaros Sadinova,
“Özbekistonning ekoturizm salohiyatini namoyon etgan eng yaxşi videorolik” yönalişi ğolibi
– Yangi nigoh – bu öziga xos fikrlar tanlovi, jumladan, biz kabi yoşlarning mehnati, ğoyalari qadr topadigan tanlovdir. Men tanlovda “Qorabayir” nomli videoroligim bilan iştirok etdim. Turli viloyatlardan taşrif buyurgan yoşlar bugun öz harakatlarining hosilini olişdi. Men ham ular qatorida ekanligimdan baxtiyorman. Bolaligimdan otlarga mehr qöyganim sababli aynan şu mavzudagi ijodiy işimni tanlovga taqdim etdim. Albatta, videoroliklar tayyorlaş jarayonida operator, jurnalist, montajçi hamkorligi ham muhim örin tutadi. Men ijodiy jamoamga va taşkilotçilarga öz minnatdorçiligimni bildiraman.
Yoşlar haftalik davomida “Quvnoqlar va zukkolar” körik-tanlovining yakuniy bosqiçi bölib ötdi.
Körik-tanlovda Alişer Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining “Ilhom”, Nukus davlat pedagogika institutining “Turon”, Andijon qişloq xöjaligi institutining “Oğalar”, Toşkent avtomobil-yöllar institutining “Osmondagi bolalar”, Özbekiston Milliy universitetining “Şovvozlar” va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining “Duv-duv gap” jamoalari özaro bahslaşdi.
Jamoalar “Bu kunlarga yetganlar bor…” mavzusida taniştiruv, savol-javob va “Orzular oğuşida” deb nomlangan musiqiy çiqiş şartlari böyiça öz bilim va könikmalarini sinovdan ötkazdi. Ular har bir çiqişida buyuk ajdodlarimizning boy merosi namunalari, pandu nasihatlaridan keng foydalandi.
Tanlov yakunida ğolib bölgan Nukus davlat pedagogika institutining “Turon” jamoasiga körik-tanlovning maxsus kubogi topşirildi.
Kinofestival davomida “Qisqa metrajli film – yoş kinoijodkorlar uçun mahorat maktabi” mavzusida davra suhbati, maxsus effektlardan foydalaniş va 3D-texnologiyasi asosida filmlar suratga oliş böyiça xorijlik mutaxassislar iştirokidagi master-klass va yoş kinoçilar tomonidan suratga olingan turli janr va mavzudagi eng sara qisqa metrajli filmlar taqdimotlari bölib ötdi.
“Moda va dizayn” festivali – milliy va zamonaviy liboslar namoyişi
Moda va dizayn festivali haftalikning eng yirik va köp qirrali loyihalaridan biri bölib, u turli sanʼat yönalişlarini qamrab oladi. Festival anʼanaviy modalar haftaliklaridan tubdan farq qilib, uning doirasida nafaqat “Moda laboratoriyasi” namoyişi, "Moda: muammo va yeçim” ilmiy-amaliy anjumani, yoş hunarmand va rassomlarning körgazmalari, mahorat darslari taşkil etildi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

