2 daqiqada öqiladi

501 marta körilgan

Öqiş va uqiş baxti

Kitob azaldan xalqimizda muqaddas sanalgan. Nafaqat ilohiy kitoblar, uluğ ajdodlarimizning risolayu devonlari ham közga surilib, uylarimizning eng baland joylarida, maxsus jildlarda saqlangan. Har bir kitob maʼnolar xazinasi sifatida eʼzozlangan. Kitob öqib, mağzini çaqqan kişilar mullo, olim deb ardoqlangan, davralarning töriga ötkazilgan.
Ötgan asrda savodxonlik oşgan, kitobxonlar soni köpaygan bölsa-da, kitobga munosabat yaxşi tomonga özgargandi deb aytolmaymiz. Sababi, turli yolğon ğoyalarga xizmat qilgan asarlar tufayli odamlar orasida kitobning qadri pasaydi. Kitob va hayot haqiqati örtasida tafovut, jarlik yuzaga keldi. Bu esa xalq içida “Kitob boşqa – hayot boşqa”, “Öqib dunyoni olarmiding?!” singari köplab kinoyaomuz iboralarning paydo bölişiga zamin yaratdi.
Erkinlikka erişgaç, ming şukrki, soxta ğoyalardan xalos böldik – yillar mobaynida xalqimiz ong-şuurini zaharlaşga uringan, ammo maʼnaviy immunitetini sindirolmagan kitoblar muqovali makulaturaga aylandi. Uzoq yillar taqiqlangan, qoralangan çinakam kitoblarimizni yana öqiş va uqiş baxtiga muyassar böldik. Qadri baland kitoblarimiz köpaydi. Bularning bariga yurtimizda erkin ijod qiliş, matbaa faoliyati bilan şuğullaniş imkoniyati yaratilgani sabab böldi, desak adaşmaymiz.
“Tanganing ikki tomoni bor”, deganlaridek, goho ana şu erkinlikni suiisteʼmol qiliş oqibatida yengil-yelpi, badiiy sayoz, milliy qadriyatlarimiz poymol qilingan kitoblar ham dunyo yuzini köra boşladi. Bu esa, xuddi ötgan asrda bölgani kabi, faqat öquvçi ongini zaharlaşga, didini pasaytirişga xizmat qiladi, xolos. Xöş, bunga qarşi nima qiliş kerak? Köplab çora-tadbirlar qatori, avvalo, öquvçilarning badiiy saviyasini, didini kötarişimiz kerak. Özbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari bilan yoşlarimizni taniştirişimiz, yaxşi kitoblarni öqişda, uqişda ularga örnak bölişimiz kerak.
Milliy adabiyotimiz xazinasi boy. Dunyoga köz-köz qilib faxrlanişga arzigulik mumtoz ijodkorlarimiz bor. Öta murakkab va qaltis keçgan ötgan asrda ham isteʼdodli, jasoratli adiblarimiz tomonidan yaxşi asarlar yaratildi. Keyingi yigirma beş yil davomida ham mazmun va uslub jihatidan rang-barang bölgan, xalqimizning maʼnaviy dunyosini boyitadigan şeʼr, hikoya, qissa, romanlar yozildi. Hamma gap – ularni tarğib qilişda, öquvçiga yetkazib berişda va, albatta, boşqa köngiloçar ermaklardan uzilib, öqişu uqişda.
Bugun hali tili çiqmagan gödakning eng sönggi smartfonlar sir-sinoatiga oson tuşunayotganini körib hayratlanamiz.  “Qoyil, yangi zamonning bolalari-da!” deb tahsin öqiymiz. Biroq farzandimiz bu jozibali zamonaviy moslamalardan köproq badiiy-estetik zavq emas, quruq maʼlumot-axborot olayotgani, aksariyat hollarda esa pista çaqiş singari “vaqtni öldiriş” uçun foydalanayotganini unutmasligimiz kerak. Nima bölganda ham, ming yillik haqiqat heç qaçon öz kuçini yöqotmaydi: asl kitob kirgan uyga ziyo kiradi. Özi va oila aʼzolarining zulmatda qolişini istagan johil kişigina kitobdan yuz ögirişi mumkin. Agar siz ayni kunlarda qaysidir yaxşi kitobni öqiyotgan bölsangiz, demak, lahzalarni oltinga aylantiryapsiz. Bu baxt sizga muborak bölsin, deymiz!

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)