Örinov joyida ötirolmadi. Göyoki oromkursiga tipratikan taşlab qöyilgan-u, bilmay orqasini qöygandek edi. Saldan söng ana şu jonivor uning içiga kirgandek aʼzoyi badaniga niş sançişga ötdi. Yuragida allaqanday talotöp boşlandi.
– Ablah, – dedi u öziga özi piçirlab, – kim sotdi ekan-a. Aslida, ayb özimda, töğriköngilligimga borib xodimlar orasida har qanday gapni aytaveraman-da..
Ertalab işga yaxşi kayfiyatda kelgandi. Kadrlar bölimi boşliğining xonasiga kirdi-da, hol-ahvol söraşgandan söng, eski odatiga köra, hamma xodimlar hayotini “varaqlay” boşladi: “Eşmamat, maşina olibdi. Aslida-ku, maoşiga maşina tugul eşak-arava ham bermaydi. Biror yaşirin daromadi bor. Oyşa yolğiz boşi bilan danğillama töy qildi. Orqasida kimdir turibdi-yov”. Örinovning “röyxat”i tugaşiga ança bor edi-yu, ammo kadrlar bölimi boşliği Ğoziyev uning gapini böldi:
– Ğulom aka, böldi, şu haqda sözlaşmaylik. Bunaqa gaplar “katta”ga ham yetib boribdi, – dedi boşliqning xonasiga işora qilib. – Keça meni çaqirib, rosa izza qildilar. “Kap-katta odamlar uyalmaysizlarmi, ğiybat, mayda gap-sözni kötarib yurişga”, dedilar. Hali bugun özingizga ham gapirib qolsa kerak.
Tamom, Örinovning içiga qurt tuşdi. Tentak qöydek u yoqdan-bu yoqqa yura boşladi: “Kim sotdi ekan-a, kim sotdi?!”
“Darvoqe, – öyladi u. – Ğoziyev bilan suhbat çoğida kimlar bor edi? Öşa bölimdagi “Opa” hamda yangi işga kelgan Tolmasov degan yigit. Topdim! “Opa” sotgan. Baribir ayol-da. Tili qulf-kalitsiz. Endi “Katta” men haqimda nima deb öylaydi. Yöq. Otni özim qamçilaşim kerak”.
Ana şu xayollar oğuşida Örinov qörqa-pisa boşliqning xonasiga yaqinlaşdi. Eşik oldida ham biroz kalovlandi-da, “tavakkal” deya içkariga kirdi. Özini göyo salomlaşgani kirgandek körsatgan örinbosar birozdan söng muddaoga köçdi:
– Jamoamizda ajoyib insonlar bor-da, Muzaffar Isʼhoqoviç, – arqonni uzun taşladi u. – Şu “Opa”ni aytyapman. Butun hayotini şu yerda ötkazdi. Özi yaxşi xodim-u, tilining yugurikligi yomon-da. Mana, keça köçada avariya bölibdi. Şuni derazadan köribdi-yu, har bir xonaga kirib, birma-bir aytib yuribdi. Hay, dedim, xalqning köngliga ğulğula soliş yaxşi emas, dedim. Undan keyin tilingizga bir filtr ham örnatib oling. Xayolingizga kelgan har qanday sözning keragini, çiroylisini çiqaring, dedim. Ha, endi, Muzaffar Isʼhoqoviç, baribir besuyak til-da, sizning qabulingizda ham men yoki boşqa xodimlar haqida har xil sözlarni aytişi mumkin. Şunga eʼtibor berib, muborak asablaringizni urintirmang, demoqçiydim.
“Xayriyat, – yelkasidan toğ ağdarilgandek his qildi özini Örinov. – Rejam şunçalik özini oqladiki, boşliq keçagi gapdan söz oçişgayam botinolmadi. Şoşma, agar bu gapni haligi Tolmasov yetkazgan bölsa-çi? Har holda, yoş, “kötariliş” ilinjida özini yaxşi körsatiş uçun gap taşigan bölişi mumkin-ku.
Örinov darhol orqasiga qaytdi. Endi direktor bilan suhbat Tolmasovning ayollarga öçligi-yu, öz bola-çaqasi böla turib, tuturiqsizlik bilan boşqalarga ilakişgani haqida bordi. Gap oxirida örinbosar tuturiqsiz kimsalarning oğzidan har narsa çiqişi-yu, baʼzan özi haqida tuhmat gap aytib qöyganda eʼtibor bermaslikni iltimos qildi.
Ammo baribir Örinovning köngli tinçimadi. Boşliqning xotirjamligi, sir boy bermayotgani uni xavotirga soldi.
“Mabodo Ğoziyevning özi sotdimikan, – yana öz-özini söroqqa tutdi örinbosar. – Ha-ha, şunday. Özimam öylovdim-a, nega bu oxirgi paytlarda boşliqning xonasiga serqatnov bölib qoldi, deb”.
Örinbosarning uçinçi marotaba ham ayb iş qilgan boladay şalvirab kirganini körgan Muzaffar Isʼhoqoviç oxiri yorildi:
– Tinçlikmi, Ğulom Ösaroviç. Nima kindigingizni yöqotdingizmi?
– Tinçlik, Muzaffar Isʼhoqoviç, tinçlik, – dedi örinbosar kalovlanib, – Şunçaki, anavi Ğoziyev masalasida kelgandim. Özi tajribali xodim-u, ammo ölgudek içi qora. Tağin, özi qilgan baʼzi işlarni birovlarga tönkaşga ham ustasi farang.
– Gapingizni tuşunmadim, örtoq Örinov?
– Haligi, keçagi tanbehingiz juda örinli edi. Asli hamma işni qilgan Ğoziyev. Ammo yöğimda özi töqigan yolğon-yaşiqni menga tönkagani biroz xijil…
– Qanaqa tanbeh, qanaqa Ğoziyev? – dedi asabiylaşayotgan boşliq ensasi qotib.
– Keça Ğoziyevni çaqirganingiz…
– Men keça Ğoziyevni çaqirtirmadim! Umuman, uç kundan buyon u mening qabulimga kirgan emas!
– Ha, ha, şundaymi, keçirasiz, – rangiga qizillik yugurdi Örinovning. Ğoziyevning öziga aytgan sözlari şunçaki “ilmoq” ekanini bildi. Lekin şunday bölsa-da, suv kelmasdan burun bandni boğlamoqçi böldi. – Har holda, jamoada ana şunday muloyimxunuk, gap taşuvçilar bor. Bildirib qöyay dedim-da.
– Rahmat, – dedi Muzaffar Isʼhoqoviç özini biroz bosib olib. – Har holda, bugun bir muloyimxunukni tanib oldim.
Boşliqning gapidagi şaʼmani tuşunmadi çoği, Örinov qölini köksiga qöyarkan, iljayib dedi:
– Ha-ha, Muzaffar Isʼhoqoviç, kördingizmi, men sizga doimo yaxşi bölişini istayman.
Direktor xonasidan çiqarkan, örinbosar xayolini boşqa taşviş çulğab oldi: “Boşliq aytgan muloyimxunuk kim ekan? Opami? Yo Tolmasovmi? Ehtimol, Ğoziyevdir? Yoki boşqa birov bormikan? Tezda şuni aniqlaşim kerak! Keyin şuning yonida tilimni tiy-yib gapiraman”.
Rustam NAZAR
1949-yili tuğilgan. Respublika rus tili va adabiyoti instituti (hozirgi ÖzDJTU)da
tahsil oldi.
Uning „Yaşasin quyoşli kun“, „Rangli favvora“, „Möjiza“ nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi bölgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


