Yurtimizda Şanxay hamkorlik taşkilotining sammiti ötayotgan kunlardan biri edi. Tong otar-otmas payti zaruriyat yuzasidan yölga tuşib, taksiga çiqdim. Yoşi uluğroq haydovçi birdan hayajon bilan gap boşlab qoldi:
– Neça kundan buyon bir quşqönim fursat mizğib olaman-u, oyoğim köçaga tortaveradi. Körgan köçalarim, körgan manzaralarimni takror köraman, lekin soğinaveraman. Mana bu muhtaşam imoratlar, mana bu daraxtlar, gulzorlardan nur çiqib turganga öxşaydi. Şu nurda odamni öziga ohanraboday tortadigan nimadir borday, – dedi u. Men köpni körgan, köp narsalarni qiyoslab, keyin gapirayotgan bu kişining hayajonlariga munosib javob topgunimça, u yana gapini davom ettirdi:
– Rost, bu şunçaki tasavvur emas. Ollohning nazari tuşgan joylardan vaqti-vaqti bilan nur kötarilib turadi, degan gapni eşitganmisiz? Nurota çaşmasida ham şunday manzara bor-ku, borganmisiz, bilasizmi?
Men:
– Amaki, atrofingizdagi hamma narsalar nur aralaş körinayotganiga işonaman. Bu qalbingizdagi quvonç şuʼlasi. Ozodlik nuri, desayam böladi buni, – dedim.
… Yaqinda Farğonada “Barkamol avlod” sport musobaqalari bölib ötayotgan pallada öşa viloyatda xizmat safarida yurib qaytgan hamkasbim ham haydovçining gapiga öxşaş fikrni aytgan edi:
– Vodiyga bormaganimga, nari borsa, uç-tört oy bölgandir. Lekin şu qisqa fursat oraliğida şu qadar gözallaşib ketibdiki, qarab közlaring töymaydi odamning. Ayniqsa, musobaqa iştirokçisi bölgan yoşlarni aytmaysizmi? Boşdan oyoq oppoq kiyingan, yurgan yöllarida nur qolayotgandek…
Odamlarning içkin bir hayajon, botiniy quvonç bilan aytgan bu eʼtiroflari bizga – har bir sözdan hikmat izlab yurgan qalamkaşlarga neçoğlik faxru ğurur baxş etişini tasavvur qilavering. Xayolga yana öşa gap keladi:
– Ozodlik nuri bu!
Agar yurtimiz, kundan-kun barça ijobiy ölçamlarda jahon maydonida balandlab borayotgan Özbekistonimiz rivoji bilan boğliq zalvorli raqamlarni köz oldimizga keltirsak, bu hayajonlarimiz, faxru ğururimiz yana ham aniqlik kasb etadi:
Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq, Özbekiston 2014-2015-yillardagi rivojlanişi yakunlari va 2016-2017-yillarda iqtisodiy ösiş prognozlari böyiça dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beşta mamlakat qatoridan joy olgan…
… 2015-yilning oktyabr oyida Jahon banki “Biznes yuritiş” reytingini eʼlon qildi. Ana şu reytingda Özbekiston faqat bir yilning özida 16 poğonaga kötarilib, 87-örinni egalladi.
… “Kiçik biznes subyektlariga kredit beriş” deb nomlangan körsatkiç böyiça Özbekiston sönggi uç yilda 154-örindan 42-öringa kötarildi va ötgan yilning özida reytingini 63 pozitsiyaga yaxşiladi.
… Jahon banki maʼruzasida Özbekistonning keyingi yillarda işbilarmonlik muhitini yaxşilaş sohasida eng yaxşi natijalarga erişgan dunyodagi önta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan…
… Bu rasmiy maʼlumotlardagi har bir raqamning orqasidagi mehnat, maşaqqat, sinovu imtihonlar, ğalabalarni tasavvur qilar ekanmiz, “Özimiz peşona teri bilan halol topganimizning özimizga buyurgani şu-da”, deymiz. Tarix uçun “yilt” etgan fursat sanalgan, lekin özimiz uçun kuraş, yaratiş yillari bölgan istiqlolning 25 yilligiga şunday yoruğ yuz bilan yetib kelganimizga dil-dilimizdan şukrona aytamiz. Bir paytlar – paxta yakkahokimligi avjiga çiqqan, istiqlol arafasida şunday yozgan edim:
Köp narsa kerakmas aslida menga,
Xalqim öz uyida qaddi tik yursin.
Tört fasl misqollab topgan xazina
Eng avval öziga buyursin!
Ha, öşa paytlar… Baʼzilar: “Hadeb ötganni eslayverişning nima keragi bor? Ötgan ötdi, inson buguni bilan yaşaşi lozim”, deyişadi. Balki, bu gapda ham jon bordir. Xotiraning oğir yukini irğitib taşlab, bugunning quvonçlaridan kuç olib yaşagan yaxşiroqdir. Lekin şunday kunlar borki, unutilmaydi.
1991-yilning 31-avgust oqşomida Yurtboşimiz Özbekiston mustaqilligini eʼlon qilganlarida zalda ötirganlar bir muddat taraddudlanib qolgani yodimda. Öşanda Miraziz aka (turmuş örtoğim)ga:
– Yuring, bunaqa quvonçli daqiqalarda uyda ötirib bölar ekanmi? Hamma allaqaçon köçalarga çiqib bayramni boşlab yuborgan bölsa kerak, – deya bolalarimni, dadasini köçaga boşladim. Çiqsak, mahallamiz jim-jit, beşta-oltita uyda çiroq köringan, xolos.
“Qullikdan karaxt bölgan bu el ozodligini hali-beri bilmasa kerak”, deb yiğlaganman öşanda. Mana, menday bir ziyolining şubhali oğriqlarining butkul yöqqa çiqişiga bor-yöği çorak asr, yöq, undan ança kam fursat kerak bölibdi. Ozodlik şunday buyuk kuç ekanki, özining nimalarga qodirligini juda tez fursatda namoyon qila olar ekan. Erk jarçisi Çölponning:
"Oydan-da gözaldir,
Kundan-da gözal…" –
misralarini bejiz Ozodlikning taʼrifi deyişmas ekan.
… Yana öşa istiqlolimizning ilk kunlari. Biz – öşa paytning ön navqiron ijodkoriga istiqlol qasidasi yoziş haqida taklif böldi. Qasidadagi menga tegişli qism:
Hurriyat, qiynalib ketarsan,
Qiynalib ketarsan biz bilan…
deb boşlangan edi. Şunda dugonam, şoira Muhtarama Uluğova:
– Hammamizning quvonç sözlarimiz raqsga tuşib turganida, siz nega bunaqa yozdingiz? – deya gina qilganida:
– Kayfiyatim şunaqa, – deb javob bergan edim. Men nega bu gaplarni batafsil yozyapman? Çunki qaramlik ruhiyatidan ozod inson darajasiga kötariliş osongina keçadigan jarayon emas. Lekin yurtimizda juda jadal fursatda yuz bergan, berayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy özgarişlar bizning yaşaş, fikrlaş tarzimiz , orzu-maqsadlarimizni butkul özgartirib yubordi. “Özgartiriş” degan ança umumiy sözdan qoçib, aniqlikka qaytsak, aytayotganlarimning mohiyati yana ham yaqqolroq körinadi…
… Men 12-13 yoşlarimdan yoza boşlagan bölsam, ilk kitobçam 1980-yilda – 28 yoşimda çop etilgan. Şunda ham quvonganimdan döppimni osmonga otganman. Yoş ijodkorlarning piyozning pöstiday yupqa kitobçalari “Iqtisod qilingan qoğozlar hisobiga” degan yozuv bilan (“Yaxşiyam, kattalarning kitobidan sen uçun qoğoz iqtisod qildik, bölmasa, senga bu röşnolik qayda edi?” deb turardi-da bu yozuv, taʼna, minnat qilib) çop etilardi.
Bugun “Ijod” jamoat fondi hisobidan önlab 19-20 yoşdagi, hatto undan ham yoşroq ijodkorlarning ilk kitobçalari 20 ming nusxada çop etilib, bepul tarqatilmoqda. Yana bu kitoblarning çiroyli taqdimotlari ham ötkazilyapti. Ilk kitob – faqat ilk sinov emas, işonç olamining darçasi ham. Ijodkorning öziga özining işonçini uyğotadi. Bu – kiçkina gap emas. Ilhom, rağbat beradi. Qalamkaşda: “Şu yurt, Vatan meniki. Men uning baland-pastiga masʼulman” tarzidagi fuqarolik pozitsiyasini erta şakllantiradi. Uni maişiy hayotdan balandga kötaradi. Şoiri, yozuvçisi Vatanni erta tanigan xalq ham Vatanni ertaroq taniydi. Bu oltin zanjir, olmos zanjir yurtning maʼnaviy taraqqiyotiga turtki beruvçi kuçlardan biri ekan.
70-yillar oxirlarida Quva tumanining Akbarobod qişloğidagi ön-ön beş çoğlik xonaçalari bor maktabda dars berganman. Özim rahbar bölgan sinfda ikki-uç bolagina öqişga iştiyoqmand edi. Kunda kunora: “Ğözapoya yiğdik”, “Kalişimdan qor kirib ketdi”, “Qurt ğonadik” tarzidagi bahonalar bilan bolalar darsga kelmasdi. Özim uyma-uy yurib, öquvçilarni yiğib çiqardim. Bugun Akbarobodga şaharça maqomi berilgan. Butun vodiyda maşhur muhtaşam, atrofi gulzor, boğ bilan öralgan ikkinçi maktab-internat öşa Akbarobodda qurilgan. Har yili 85-90 foiz bitiruvçisi oliy öquv yurtlariga kiradi. Maktab koridorida har bir öquvçining kiriş imtihonlarida olgan bali, kirgan oliy öquv yurti röyxati osilib turibdi. Işonmaslikka, ular uçun quvonmaslikka örin yöq.
Özim maktab-internatning sinflariga kirib, maʼnaviyat darslarini ötdim: bolalari qarsillaydi. Qayerdan sörasang, javobi tayyor!
Ayniqsa, tanaffusda öğil-qizlarni kuzatib, quvonganimdan yiğlab yubordim. Çunki odatda, öğil bolalar tanaffusda u-bu öyinga çalğiydi yo işkal boşlaydi. Ammo hozir ösmirlar yerga formulalar çizib, kimyo darslarini davom ettirişar, bahslaşişar edi…
Xalqaro fan olimpiadalaridan bir neça yillardan buyon diyorimiz öquvçilari oltin, kumuş, bronza medallar olib qaytişadi.
Şaharu qişloqlarimizdagi barça maktablarda tökis taʼlim-tarbiya şaroiti yaratilgani uçun, öqiş-öqitişga iştiyoq kuçaygani uçun xalqaro miqyosda şunday muvaffaqiyatlarga erişayotganimiz sir emas-ku.
Faqat ijod, faqat taʼlim sohasi emas, qaysi yönalişni olib qarasangiz, bor-yöği 25 yoşga – bir sarvar yigit, bir dilbar qizning yoşiga kirgan istiqlolimizning 25 ming turli neʼmatlarini köramiz. Şu neʼmatlardan bahramandmiz, ular bilan birga ösib-ulğaymoqdamiz, yoşlar şu neʼmatlar bağrida kamolga yetmoqda.
Sport böyiça çempion yoşlar, sanʼat sohasidagi xalqaro musobaqa ğoliblari… Tağin oddiy ğoliblar emas, oliy örin sohiblari… Ularni körib, bahor yomğirlaridan söng barq urib oçilgan, oçilayotgan çeçaklar köz oldimizga keladi. “Isteʼdodlaring şunça köpmidi, yurtim? Şunça xazinani bağringda yaşirganmiding? Endi fursati kelib xazinangni oçdingmi? Dunyoga köz-köz qilyapsanmi?” – deb hayqirging, öz ovozingdan özing kuç olib, dala-qirlarda yugurging keladi…
Ijod izidan, özimiz va özligimizga imkon, yöl izlab poytaxtga kelgan yoşlarning deyarli hammasi öşa paytlarda ijara uylarda yaşardik. Eşik qönğiroği bosilsa, “Uy egasi keldimikan, biror narsaga eʼtiroz qilmasmikan?” deya yuragimiz öynab turardi. Ayniqsa, bola-çaqasi, oilasi bilan ijara uyda yaşaydigan tengdoşlarimiz azob tortardi.
… Hozir esa qançadan qança navqiron yoşdagi, işlayman, yarataman, yurtimning maʼnaviy boyligiga boylik qöşaman, deb turgan yoşlarga imtiyozli kreditlar asosida “Kamolot” uylari berilyapti. Uyni xalqimiz bejiz “vatan” demaydi. Vatani borning panohi, xotirjamligi bor. “Özimniki, özimnikiga egaman”, degan tuyğu odamning yuragiga quvvat beradi. Bularning hammasi – bizning hayotimiz, mustaqil Vatan manzaralari; atrofimizdagi dunyo esa çayqalib turibdi. Diniy, milliy nizolar dunyoning qay bir göşalarida odamlarni olovga taşlagan. Taqdirlar, isteʼdodlar, umidlar, orzu-havaslar yonyapti bu olovda. Yana bir göşada “erkin muhabbat”, “erkin hayot”, “erkin şaxs” niqobi ostida axloqsizliklar urçiyapti, dunyoning maʼnaviy iqlimiga oğu purkayapti. Qurollanişlar poygasi, ğiybatlar bozori qizigan… Şunday talatöp hayotda özimizni öz erişganlarimiz bilan asrab qoliş, kör-körona kimlargadir ergaşmaslik, taqlid qilmaslik, Yurtboşimiz taʼbiri bilan aytganda, oqni qoradan, rostni yolğondan ajratib yaşaş har birimizdan doimiy uyğoqlik, huşyorlik va ayni çoğda sadoqat, fidoyilik talab etadi.
Madomiki ozod diyor, ozod yurt ekanmiz, har birimiz jon-jismimiz bilan şu yurtning bir ozod parçasimiz.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati, şoira Mehrinoz Abbosovaning bir gözal satri bor:
… Özbekiston bölmoq oson bölmadi…
Darhaqiqat, şunday. Kamsitilgan, parçalangan yurtdan yaxlit, bir butun yurtga aylangunça, kultepalar aro qaqnusdek qayta tirilib çiqqunça, bu yurt boşidan ne-ne savdolarni ötkazdi. Xalqimizda hayot yöllarini çidam, bardoş bilan odimlayotgan insonga: “Boşing toşdan bölsin”, deya tilak bildiradilar. Biz ham şu tilakka tilovdoşmiz. Hurriyatimizning boşi toşdan bölsin, deyman. Dunyoning, eng insonparvar, erksevar yozuvçilaridan biri Ernest Heminguey:
– Ğalabaning özi emas, ğalabagaça bölgan yöl muhim, – degan edi.
Biz öşa yöldamiz. 25-bekat esa öşa yöldagi bir nurafşon bekat. Yölimiz davomli, manzilimiz yoruğ. Oldimizda yigirma oltinçi, öttizinçi, qirqinçi bekatlar kutib turibdi. Hamişa sinovdamiz. Ozod yaşamoqning şarti şu: har daqiqa, har kun özingning qanday ezguliklarga qodir ekaningni isbotlab, jonkuyarlik, fidoyilik bilan yaşaşing kerak. Ozodlik ruhiy dangasalikni ham, jismoniy sustkaşlikni ham, loqaydlikni ham siğdirolmaydi, kötarolmaydi. Unga faoliyat odami, harakat odami kerak. Borar yöllarimizdagi bekatlarga yetganimizda ham yurakka qadalgan bayroq – şaʼn, ğurur bayroği tik bölsa, faqat özbekona iltifot bilan kölimiz köksimizda, öz lahjamizda:
– Xuş kelibsan, xuş kördik seni, Ozodlik! – desak… U bizning qaddimizni, biz uning qadrini kötarsak…
Bu orzu yuraklardan yuraklarga daryoday oqaversa, töxtamasa, tinmasa…
Qutlibeka RAHIMBOYEVA,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
1952-yili tuğilgan. Farğona pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan. “Yuragimda körganlarim”, “Uzun kunduzlar”, “Uyğoniş fasli”, “Ozodlik”, “Köksimdagi Tangritoğ”, “Qoraközlarim” kabi şeʼriy töplamlari
naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


