7 daqiqada öqiladi

1 388 marta körilgan

Salom, Zomin toğlari!

Salom, Zomin toğlari!

1997-yili Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi yam-yaşil arçazorlarga burkangan, baland toğlardan toyçoqdek sakrab-sakrab tuşayotgan Öriklisoy böylaridagi sölim maskanda respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari taşkil etildi. Şeʼriyat karvonining sorboni ustoz Abdulla Oripov, qadrdon şoir akalarim Yöldoş Sulaymon, Muhammad Yusuf ortidan bir qator yoş ijodkorlar har yili Zomin toğlarida ötkaziladigan ijodkorlar maktabiga boradigan böldik.
Tez orada Zomin seminari adabiy gurunglarda maşhur bölib ketdi.
– Eşitdingmi, Zomin seminari boşlanibdi?
– Yöğ-yey, qaçon ekan? Kimlar borar ekan?
– Nomzodlar aniq emiş, bu yilgi yöllanma tugabdi.
– Men ham bir bora Zominga borsam qaniydi…
– Yozuvçilar uyuşmasiga borib, Abdulla Oripov yoki Muhammad Yusufga şeʼr öqib bersak, zora, şeʼrlarimiz maʼqul bölib, bizni ham ola ketişsa…
Köngli oçiq, bağrikeng ustozlarimiz isteʼdodli yigit-qizlarni doimo qöllab-quvvatlar edilar.
Keyin Zomin seminari haqidagi matbuotdagi çiqişlar, televideniyedagi körsatuvlar, radio… Xullas, şov-şuv ketidan şov-şuv…
Ayniqsa, seminardan keyin ğoliblarning köksini ğoz tutib, gerdayib yurişlari. Kim Yozuvçilar uyuşmasi aʼzoligiga tavsiya etilgan, kim Özbekiston Milliy universiteti qoşidagi Oliy adabiyot kursida öqişga yöllanma olgan… Eng muhimi, seminarda orttirilgan yangi döstlar suhbatlari, soğinçli maktub yozişlar… Hatto ğolib böla olmagan taʼsirçan qizlarning köz yoşlari… Hammasi yoşlikning özidek nihoyatda gözal, Öriklisoyda oqayotgan suvdek tiniq, beğubor edi.
Saxovatli yoz faslining belgilangan kunlarida mamlakatimizning turli hududlaridan adabiyotning barça janrlari böyiça ijod namunalari tanlab olingan 60 nafarga yaqin yoş ijodkorlar, ustoz adiblar dastlab Yozuvçilar uyuşmasi binosi (öşa paytda Mustaqillik maydoni, J. Neru köçasi, 1-uy) yonida töplanişadi. Uç-törtta avtobus karvoni bilan, qaydasan, Zomin, deya ravona bölamiz. Borgunça turli viloyatlardan kelgan yoşlar bir-birini hali unçalik yaxşi tanimaydi. Sobir Önar, Baxtiyor Genjamurod, gazeta-jurnallarda birga işlaydigan hamkasblar hazil-huzulni boşlaymiz. Yöl uzoq bölgani uçun yoşlar dam-badam savol berişadi:
– Qaçon yetib boramiz?
– Avval qirlar boşlanadi, söng toğlar, juda balandga kötarilamiz. Şoxlariga oppoq qorlar yoqqan arçalar yonidan ötamiz, – Jörttaga mubolağa qila boşlayman. – Qoyalar orasidan ayiqlar çiqib qoladi… Böri ham, yölbars ham bor…
– Voy! Rostdanmi? – çuvillaşadi Zominga ilk bora borayotgan qizlar. Yigitlar sir bermaganday indaşmaydi-yu, biroq göyo toğlar orasidan ayiqmi, yölbarsmi çiqib qoladigandek avtobus oynasidan atrofga olazarak boqişadi.
– Abdulla aka bilan Muhammad Yusuf kelguniça avtobusdan tuşmay turinglar, xöpmi! – deyman ularga.
Yoşlar ayiq, yölbars, böri borligiga işonganday bölişadi-yu, lekin ustozlarning har qanday şaroitda ham ularni hamişa himoya qilişiga aniq işonişadi…
Yoşlar seminarga borgunlariça şunday hayajonlanişardi, lekin Zomin seminarini ötkazib, uyiga qaytayotganlarida har birining yuragida ayiq, yölbars, böri uyğonar, tuyğulari çarxlanib, şijoatli va kuçli şaxsga aylanar edilar.   
Zomin seminarini Özbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami arafasida ötkaziş anʼanaviy tus oldi. Dastlabki paytlarda “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining muxbiri sifatida mazkur seminarda qatnaşgan bölsam, keyinçalik seminarning köngildagidek ötkazişga jalb etilgan masʼul ijodkorlardan biri sifatida faoliyat yuritdim. 2000-yili Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga adabiy maslahatçi bölib işga qabul qilinganim tufayli Zomin seminarining taşkiliy işlarini bajariş bevosita xizmat vazifamga kirar edi. Mamlakatimizning barça viloyatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent şahridan taklif etilgan yoş ijodkorlar uç kun davomida Abdulla Oripov, Jumaniyoz Jabborov, Yöldoş Sulaymon, Muhammad Yusuf, Safar Barnoyev, Tursunboy Adaşboyev, Halima Xudoyberdiyeva, Enaxon Siddiqova, Mahmud Toir, Sirojiddin Sayyid, Minhojiddin Mirzo, Tursun Ali, Baxtiyor Genjamurod, Salim Aşur, Sobir Önar, Ahmadjon Meliboyev, Murod Abdullayev, Mirpölat Mirzo, Umida Abduazimova, Zebo Mirzayeva, Qöçqor Norqobil, Luqmon Börixon, Xosiyat Rustamova, Xurşida va boşqa ijodkorlardan adabiyotning barça janrlari böyiça badiiy ijod sirlarini örganar edi. Seminarni yuksak darajada ötkaziş, ham ustoz şoirlaru yozuvçilarning, ham yoş ijodkorlarning könglini kötariş, ularning ilhomlariga ilhom qöşiş uçun Jizzax viloyati hokimiyati rahbarlari, mahalliy taşkilotçilar jon-jahdi bilan ter tökib mehnat qilar edilar. Jizzaxlik maşhur mirişkor Öriş Majidov, şoira Sayyora Töyçiyevaning döstona suhbatlari, rahmatli Şarofat Botirova, Turob Maqsudning dil izhorlari hamon yodimizda. Ularning özlarini ötga-çöqqa urib yelib-yugurişlari şundoq köz öngimizda turibdi.  Iştirokçilarni kutib oliş, kuzatiş, ijodiy maşğulotlarni ötkaziş, keçki dam oliş vaqtini mazmunli taşkil etiş uçun barça şaroit bekamu köst muhayyo etilardi. Seminarda qatnaşgan har bir yoş ijodkorni, har bir ustoz adibni qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlaşga alohida eʼtibor berilar edi.
Öriklisoyda yangragan şeʼrlarni qorli toğlar, asriy arçalar, tiniq suvli şalolalaru sarkaş soylar, turli gulu giyohlar ham tinglab rohatlanar edi, desam, mubolağa qilmayman.
Baxtiyor Genjamurod, Yangiboy Qöçqorov, Obodon Turdimuratova, Sarvinoz Musatdinova, Nasibali Mambetirzayevalar qoraqalpoq tilida, Özbekiston xalq şoiri Aleksandr Faynberg, Veka Osadçenko, Dmitriy    Çernikov, Antonina Iplina rus tilida şeʼrlar öqir, şu joyning özidayoq ularning şeʼrlari özbek tiliga tarjima qiliş uçun tanlab olinar va matbuotga tavsiya etilardi.
“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi, “Yoşlik” jurnalining öşa yillarda çop etilgan sonlarini kutubxonadan olib varaqlasangiz, turli janrdagi köplab yangi asarlarning, yoşlar ijodiga bağişlab yozilgan maqolalar va xabarlarni yana qaytadan miriqib öqiysiz va adabiyotimiz rivojida Zomin seminarining naqadar katta ahamiyatga ega bölganiga işonç hosil qilasiz. Öşa yillarda zominçi yoşlarning asarlaridan jamlangan “Gullaş payti keldi, boğlarim” töplami ham Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Adabiyot jamğarmasi naşriyoti tomonidan naşr etilgan edi.
Mana, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining 2004-yil 9-iyul sonidagi xabarda şunday yozilgan: “Sakkiz yildirki, yozning ayni çillasida jannatmonand Zomin toğlari yoş isteʼdodlarni öz bağriga çorlaydi. Sakkiz yildirki, zilol suvli Öriklisoy adabiy gurunglarni, muşoiralarni tinglaydi. Şu sabablimi, uning şildir-şildiri ham şeʼr ohangiga monand.
– Turli nomlardagi yiğinlar, seminarlar köp, – dedi anjumanni oçgan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Xalq şoiri Abdulla Oripov. – Lekin bu seminarning maqsadi özgaça, u allaqaçon madaniyatimiz, adabiyotimiz tarixiga öz nomini yozdirib ulgurdi. Uning adabiy hayotimizda berayotgan natijalari bunga dalil. Yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaşda, ularni birlaştirişda Zomin saboqlari öziga xos ijodiy maktab vazifasini bajarmoqda”.
Zominda yuz bergan bir voqea heç esimdan çiqmaydi. Seminar oçilişiga bağişlangan yiğindan söng biroz dam oliş va sayr etiş uçun vaqt böldi. Qarasam, Azim Suyun qoraqalpoq şoiri Baxtiyor Genjamurodni ergaştirib yurib, har bitta toğ guli, butayu daraxtlar bilan taniştirayapti. Öşa paytda bir ilon örmalab çiqdi-da, yana butalar orasiga kirib ketdi.
– Qörqma, – dedi Azim Suyun Baxtiyor Genjamurodga xuddi Dersu Uzalaga öxşab, – u mening yaqin döstim, u bilan gaplaşib qöyibman, seni çaqmaydi.
Söng Azim aka baland ovozda şunday dedi:
– Salom, toğlarim! Salom, arçalarim! Salom, ilonlarim! Men keldim, men Azim Suyunman! Mana bu mening döstim Baxtiyor Genjamurod!
Toğlar aks sado beradi:
– Muro-od!
– Ot-ot-ot…
Şoir har bitta toşga, har bir giyohga, çögirmaning çöqqisidek uzun qubba bölib gullagan siraçlar, sariq gullar, ziralar, kiyikötlarga birma-bir salom berib çiqadi va Baxtiyor Genjamurodni taniştiradi.
Ikki şoirning bolalarça sodda va beğubor suhbatini eşitib, miyiğimda kulib qöydim. Ana şundan keyin Baxtiyor Nukusga borib, “Azim Suyunning Zomin toğidagi aytimlari” degan bir şeʼr yozib, poçta orqali jönatdi, men uni özbek tiliga tarjima qildim.

Çöplarda sapçib çalqaygan,
toşlarni turtib taltaygan,
naştari norni qulatgan,
asov otlarni sulaytgan,
tubi yöq tunning tilsimi,
quyoşli kunning zar simi –
Çayonlarim!
Bu – men:
               Azim Suyun…
Toğ börisiman.
Bu – çöl börisi:
               Baxtiyor Genjamurod!
Bizlarga tegmang…
Bizlarga tegmang…
 Maşğulotlar davomida isteʼdodli yoşlar yarq etib közga taşlanib qolar va bir ovozdan hammaning eʼtirofiga sazovar bölar edi. Bugun katta yozuvçi bölib ketgan Uyğun Röziyev, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod, “Yoşlik” jurnali boş muharriri Nodir Jonuzoq, Yozuvçilar uyuşmasi masʼul kotibi Muhiddin Abdusamad, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari Adiba Umirova, Nilufar Umarova, Obodon Turdimuradova, Orif Töxtaş, Ğayrat Majid, Behzod Fazliddin, Şodi Otamurod, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari Guljamol Asqarova, Maʼmura Yoqubova, Nasibali Mambetirzayeva, Qumar Bekniyazova, rusiyzabon ijodkorlar Veka Osadçenko, Aleksandr Maxnyov Zomin maktabidan çiqqan.
Zomin toğlari bugun yoş ijodkorlarni yana öz bağriga çorlamoqda. Zomin seminarida iştirok etgan yoşlarga adabiyot saboqlarini örgatgan Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf kabi ustozlar ruhi bugun albatta şod bölgay. Zotan, ana öşa gözal va sölim göşalarda uluğ ustozlarning izlari, heç qaçon ölmaydigan sözlari qolgan.
Men yana yoş ijodkorlar bilan Zominga otlandim.
Ustozlar ruhiga salom beraman.
Toğlarga salom beraman:
Salom, Zomin toğlari!

Rustam MUSURMON,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi

1963-yili tuğilgan.
Özbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. “Ruhimning tovuşi” (1994), “Xirgoyi” (1997) şeʼrlar töplamlari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)