Maşhur qiziqçimiz aytganidek, bola paytimiz injiqlansak, ota-onamiz: “Hozir döxtirga olib boraman, ukol qiladi!” deb qörqitardi. Şifokor bilan yuzma-yuz böliş biz uçun göyo eng oğir jazoday edi. Nima uçun? Çunki oq libosli mutaxassislarni faqat jonimiz oğrib turgan, oğriqli muolaja paytidagina körar edik.
Bugun esa mamlakatimizda tuğilayotgan gödaklar tuğruqxonadan olib çiqilib, uyga keltirilişi bilanoq oilaviy poliklinika şifokorlari ğamxörligidan bahramand bölmoqda. Tibbiyot xodimlari bolalarimizdan tobi qoçganida emas, soğ payti ham muntazam xabar olib turibdi. Odamlarimizning dunyoqaraşi özgardi, oilada soğlom turmuş tarziga alohida eʼtibor beradigan bölişdi.
Bu nimaning natijasi? Albatta, mustaqillik yillarida soğliqni saqlaş tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar, aholi salomatligini mustahkamlaş yölida körilayotgan çora-tadbirlar samarasidir. Prezidentimiz Islom Karimov taklifi bilan 2016-yil “Soğlom ona va bola yili” deb atalgani ham ayni muddao böldi: bu borada qilinayotgan işlar izçil davom ettirilib, yangi sifat bosqiçiga kötariladi.
Yurtboşimiz taʼkidlaganidek: “Soğlom bola soğlom va ahil oilaning mevasi bölib, faqatgina soğlom onadan soğlom bola tuğiladi”. Bu yerda bejiz AHIL OILAga alohida urğu berilmayapti. Negaki, oilamizda muhit soğlom bölsagina, bir-birimizning salomatligimiz, umumiy baxtimiz yölida çinakamiga qayğuramiz.
Umumiy baxt haqida gap ketganda bir rivoyat yodga tuşadi. Bexosdan bir xonadon eşigi taqillabdi. Uy sohibi çiqib qarasa, ostonada Soğlik, Boylik va Ahillik turgan ekan. Mezbon mehmonlarni içkariga taklif qilsa, ular faqat bittamizni tanla, deyişibdi qatʼiy ohangda. Erkak uyga kirib, ayoli va qizi bilan maslahatlaşibdi. “Boylikni taklif qilaylik, farovon yaşaymiz”, debdi xotini. “Soğlikni çaqirsak-çi, hammamiz salomat bölamiz”, debdi er. “Yöq, – deya eʼtiroz bildiribdi qizi, – Ahillikni çaqiraylik, doim bir-birimizni yaxşi körib yaşaşimizni xohlayman”. Ota-onasi uning taklifiga könibdi. Uy sohibi taşqariga çiqib, Ahillikni uyga taklif qilibdi. Qarasa, uning izidan Soğlik va Boylik ergaşibdi. “Iya, – hayron bölibdi u, – uyga faqat bittamiz kirişimiz mumkin, degan edingiz-ku!”. “Töğri, – debdi Boylik, – agar siz meni yoki Soğlikni tanlaganingizda edi, yolğiz birimiz içkariga kirardik. Siz esa Ahillikni tanladingiz: u qayerda bölsa, Boylik ham, Soğlik ham öşa yerda böladi”.
Qissadan hissa şuki, Soğlom ona va bola yilida közlangan ezgu rejalarning samarasidan bahramand bölişni istasak, eng avvalo, oilamizda ahillikni, totuvlikni ustuvor qilişimiz lozim. Şubhasiz, ahil oilada ona va bola salomatligi ham kafolatlangan böladi. Tabiiyki, bunday oilada tarbiya topayotgan soğlom bolalarni şifokor bilan çöçitişga heç qanday hojat qolmaydi…
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


